Vatan va vatanparvarlik. Vatan himoyachilari. O’zbekistonning Qurolli kuchlari


Download 115.5 Kb.
bet3/10
Sana05.01.2022
Hajmi115.5 Kb.
#226838
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Vatan va vatanparvarlik

VATAN MUSTAQILLIGI – OLIY NE’MAT
1991- yilning 31- avgustidan O‘zbekiston tarixida yangi davr boshlandi. Mamlakat taqdirini hal etgan eng muhim ushbu kunda Oliy Kengashning navbatdan tashqari 12- chaqiriq 6- sessiyasi “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risida” qaror qabul qildi, shuningdek, tegishli Bayonot bilan chiqib, “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to‘g‘risida”gi Qonunn tasdiqladi. Bu bilan mamlakatimiz siyosiy, iqtisodiy va xalqaro jihatdan o‘z huquqlarini qonunan mustahkamlab, xalqaro hamjamiyatning to‘la huquqli a’zosiga aylandi.

Milliy mustaqillik asoslarini himoya qilish masalalariga mustaqillikning ustuvormasalalaridan biri sifatida qaraldi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘n ikkinchi sessiyasida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida”gi bayonotida “Davlat mustaqilligi, hududiy yaxlitligi, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqi va erkinligini himoya qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida Mudofaa ishlari vazirligi va Milliy gvardiya tuziladi. Respublika hududida joylashgan SSSR Ichki ishlar vazirligi, SSSR Davlat xavfsizlik qo‘mitasi hamda ichki qo‘shinlar O‘zbekiston Respublikasi tasarrufiga olinadi” deb ko‘rsatilgan edi. Bu “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to‘g‘risida”gi Qonunda, huquqiy jihatdan va uning 6-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish, Milliy gvardiya va muqobil xizmatni tashkil etish huquqiga ega” deb mustahkamlandi. Bu amalda yosh respublikaga harbiy siyosatni amalga oshirish huquqini berar edi.

Bu hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi o‘z Qurolli Kuchlarini tuzishida huquqiy asos bo‘ldi.



Download 115.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling