Vatan yagonadur, Vatan bittadir
Faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi
Download 489.5 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Yo’l qoidasi-umr foydasi” ta’limiy
- Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
- Sinf soati mashg`ulotning borishi: Tashkiliy qism
- Maktab MMIBDO‘______________________ sana______ _______ 20___yil
Faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi
Maktab MMIBDO‘______________________ ____________________ sana______ ______ 20___yil 6-mavzu: Ko‘chalarda piyodalar qanday harakatlanishlari kerak. (yo‘l harakati qoidalari) Kun shiori: “Yo’l qoidasi-umr foydasi” ta’limiy: o’quvchilarga yo’l belgilari haqida tushunchalar berish, ko’chada yurish qoidalarini orgatish; Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish. Sinf soati: ko’chada va jamoat joylarida o’quvchi o’zini qanday tutishi lozimligi haqida axloqiy sifatlarni shakllantirish; Sinf soati mashg`ulotning jihozi: tarqatma material,rasmlar. Sinf soati mashg`ulotning borishi: Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti. Asosiy qism: Piyodalar trotuardan yoki piyodalar yo'lkasidan, ular bo'lmaganda esa yo'l yoqasidan yurishlari kerak. Qo'pol yuklarni olib ketayotgan, nogironlarning yurgizgichsiz aravasida borayotgan shaxslarning trotuar yoki yo'l yoqasidan yurishlari boshqa piyodalarning harakatlanishiga halaqit berayotgan bo'lsa, ular qatnov qismining chetidan yurishlari kerak. Trotuarlar, piyodalar yo'lkasi, yo'l yoqasi bo'lmasa yoki ulardan yurishning imkoniyati bo'lmagan hollarda piyodalar velosiped yulkasidan yoki qatnov qismining chetidan (ajratuvchi bo'lagi bor yo'llarda qatnov qismining o'ng chetidan) bir qator bo'lib yurishlari mumkin. Aholi yashaydigan joylardan tashqarida yo'lning qatnov qismida harakatlanayotgan piyodalar transport vositalarining harakatiga qarshi yo'nalishda yurishlari kerak. Nogironlarning yurgizgichsiz aravasida ketayotgan, mototsikl, moped, velosiped etaklab ketayotgan shaxslar esa bunday hollarda transport vositalarining harakat yunalishi buylab yurishlari kerak. Eslatma: piyodalar yulkasida, trotuarlarda, yo'lning yoqasida piyodalarning harakatlanishiga halaqit beradigan qurilma va jihozlar o'rnatish man etiladi. Piyodalarning tashkiliy jamlanmasiga bir qatorda to'rt kishidan ortiq bo'lmasdan yo'lning qatnov qismida faqat transport vositalarining harakat yunalishi bo'ylab o'ng tomondan yurishga ruxsat etiladi. Jamlanmaning oldi va orqasida chap tomondan qizil bayroqcha, qoronri vaqtda yoki etarlicha ko'rinmaslik sharoitida esa oldinda oq, orqada qizil rangli chiroq ko'targan kuzatuvchilar bo'lishi kerak. Bolalar guruhini trotuarlar va piyodalar yo'lkalaridangina, ular bo'lmaganda esa yo'l yoqasidan faqat kunduzi va katta yoshdagilar kuzatuvida olib yurishga ruhsat etiladi. Piyodalar yo'lning qatnov qismini piyodalar o'tish joylaridan, shuningdek, er osti va er usti o'tish joylaridan, ular bo'lmaganda esa chorrahalarda trotuar chiziqlari yoki yo'l yoqasi bo'ylab kesib utishlari kerak. Ko'rinadigan oraliqda o'tish joyi yoki chorraha bo'lmasa, ajratuvchi bo'laksiz va to'siqsiz yo'llarda piyodalarga yo'lning ikki tomoni yaxshi ko'rinadigan joyidan qatnov qismining chetiga nisbatan to'g'ri burchak ostida kesib o'tishlariga ruhsat etiladi. Piyodalar yo'l harakati tartibga solingan joylarda tartibga soluvchining yoki svetoforlarning, ular bo'lmaganda esa transport svetoforlarining ishoralariga amal qilishlari kerak. Maktab MMIBDO‘______________________ sana______ _______ 20___yil Download 489.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling