Vatanga sodiqlik tushunchasi nimada koʻrinadi, u oʻzini qanday namoyon qiladi?


Umr va umrning mazmunini qanday tushunish mumkin?


Download 20.32 Kb.
bet10/10
Sana08.01.2022
Hajmi20.32 Kb.
#243253
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
SINF RAHBARLIK MA'RUZASI

Umr va umrning mazmunini qanday tushunish mumkin?

— Umr, oʻlchovsiz berilgan vaqt, bugun bor, ertaga esa yoʻq. Sharaf bilan yashash, boriga shukr, yoʻgʻiga sabr qilish, birini koʻrib fikr va birini koʻrib zikr qilish, kechirish va kechirimli boʻlish, afv soʻrab, yaxshilikni koʻziga tik qarab, halol yashash umrning mazmunidir.



Odamning umrini oqar suvga qiyos qiladilar. Umr ham suv kabi loyqalanib, goh tinib, goh toʻlqinlanib, goh sokin oqadi. Biroq qalb sadoqatga, poklikka toʻliq boʻlsa, umr hamma vaqt har ishda yaratish bilan band boʻladi. Uning oqimi qay tarzda boʻlmasin, hamma uchun hamisha hayotiy tashvish va shu tashvishni yenguvchi kuch baxshida qiladi, natijasi huzur va rohatga olib boradi. Demak, sadoqat, vatanparvarlik, ilm umrning mevharidir. Haqiqat va adolatning bosh tarozisidir. Sadoqatli boʻling, ilmga intiling, ona diyoringizni seving — umringizni nurga oʻraysiz!

14 yanvar O’zbekiston Respublikasining suvereniteti, xududiy yaxlitligi, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qiladigan kasb egalari – Vatan himoyachilari kuni   va O’zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari tashkil topgan kun sifatida nishonlanadi. Bayram sanasi O’zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari tarixidagi quyidagi eng muhim voqealar bilan bog’liqdir: 1991 yilning 31 avgust kuni «O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilindi. Ushbu muhim hujjat yosh respublikamizga o’zining harbiy siyosatini yuritish huquqini berdi. Shu kuni e’lon qilingan «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to’g’risida»gi bayonot esa milliy qurolli Kuchlarimizni tashkil etish uchun huquqiy asos bo’lib xizmat qildi. 1991 yil 6 sentyabrdagi «Mudofaa ishlari vazirligini tashkil etish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni sohaning ilk poydevori sanaladi. 1992 yil 3 iyul kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga aylantirildi. 1992 yilning 14 yanvar kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining «O’zbekiston Respublikasi xududida joylashgan harbiy qismlar va harbiy o’quv muassasalari to’g’risida»gi qarori juda muhim tarixiy ahamiyatga egadir. Mazkur qarorga ko’ra davlatimiz hududidagi harbiy tuzilmalar respublika tasarrufiga olindi. 1993 yil 29 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan «14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni» deb belgilandi. Vatan himoyachilari kunini nafaqat harbiy xizmatchilar, balki ayni vaqtda armiya saflarida o’z burchini o’tab qaytgan vatandoshlarimiz va ertaga xizmatga boradigan ming-minglab navqiron yigitlarning bayrami, deb qabul qilingan. Ushbu bayram munosabati bilan har yili tantanali tadbirlar o’tkaziladi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo’mondonining Vatan himoyachilariga yo’llagan tabrigi chop etilib, unda qurolli Kuchlar oldida turgan eng dolzarb vazifalar belgilab beriladi. Ona yurtimiz har doim o’zining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelgan. Yigitlarimiz ota-ona va oilasini, o’zi yashayotgan yurt tuprog’ini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch deb hisoblagan.
Download 20.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling