Vatanga sodiqlik tushunchasi nimada koʻrinadi, u oʻzini qanday namoyon qiladi?
— Bu savolga har bir yigit-qizning oʻz javobi boʻlishi kerak. Boshqacha qilib aytganda, sadoqatni kinofilm, spektakl, kitoblardan hayotga olib chiqishimiz kerak. Toki toʻrt tomonimizda vatanim, deb oʻz sohasida shijoat koʻrsatayotgan millionlab yigit-qizlarni koʻraylik. Aks holda, sadoqat dilda, yo tilda qolib ketishi mumkin. Vatanga sodiqlik — fazilat. Tarbiya, maʼrifat hosilasi. Vatanga sadoqat bugun bizdan nimalarni talab qilyapti? Mehr va safarbarlikni. Amaliy, natijali ishlarni. Prezidentimiz iboralari bilan aytganda, jonajon Vatanimizga farzandlik mehrimiz va sadoqatimizni safarbar etishimiz kerak.
— Vatanparvar soʻzini eshitganimizda, koʻhna tarix, Sohibqiron Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, jadid bobolarimiz, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining jasoratlari gavdalanadi. Bugunchi?
— Ular oʻz zamonasida Vatanim, xalqim uchun, deb bor farzandlik mehri va vatanparvarligini, sadoqatini safarbar etgan. Bugun Harakatlar strategiyasi bizdan sadoqatning maʼnosini bugungi kun shiddatidan kelib chiqib tushunishni talab qilmoqda. Hukumatimiz xalqimizning ertaga emas, hozir, bugun baxtli yashashini istaydi. Bu bizdan sadoqatni ham ertaga, kelajakda yoki favqulodda holatda emas, bugun, hozir safarbar etishni talab qilmoqda. Safarbar sadoqatning bugungi talablari, rioyasi qanday? Buni anglash uchun Vatanga sodiq inson qanday boʻlishi kerak? Vatan bizdek oʻgʻil-qizlaridan yolchishi uchun biz amalda nimalarni qilish yo qilmasligimiz kerak? Yoki nega bayrogʻimizni, undagi moviy rang — sadoqat timsolini boshimizdan ham baland tutamiz?, degan savollarga javoblarimiz boʻlishi kerak.
—
Do'stlaringiz bilan baham: |