Vatanimiz posbonlari (bayram tadbiri ssenariysi)


Download 54.5 Kb.
Sana22.11.2020
Hajmi54.5 Kb.
#150160
Bog'liq
Vatanimiz posbonlari (bayram tadbiri ssenariysi)




Vatanimiz posbonlari

(bayram tadbiri ssenariysi).
Tadbir maktab sahnasida o’tkaziladi. Saha bayramona tarzda bezalgan.

Sahnada “O’g’lon , bilib qo’yki, seni –Vatan kutadi”, 25-oktabr O’zbekiston ichki ishlar idorlari xodimlari kuni shiori ilingan.

Sahnaga boshlovchilar chiqib kelishadi.
1-boshlovchi:

- O’zbekiston chaman diyor,

Yashnar bog’u bo’stonlari,

“Oq oltin” u mo’l-ko’l, bisyor,

Xazinaga boy konlari,

Ona –Vatan posbonlari!



2-boshlovchi : Assalomu -alaykum, hurmatli va aziz o’quvchilar ! Vatanimizning mard va jasur o’g’lonlari ! Shunkor yigitlar !

1-boshlovchi : - Assalomu alaykum, tadbirimizda ishtirok etayotgan, davramizga fayz qo’shib turgan qadrli ustozlar hamda mo’tabar mehmonlar !

2-boshlovchi : O’zbekiston ichki ishlar idorlari xodimlari kuniga bag’ishlab o’tkazilayotgan « Vatanimiz posbonlari » deb nomlangan bayram tadbirimizga xush kelibsiz.

1-boshlovchi : - Har bir insonning kindik qoni to’kilgan muqaddas tuprog’i , o’z yurti , ona –Vatani bo’ladi.

2-boshlovchi : -Ha, darhaqiqat , ana shu muqaddas zaminni ko’z qorachig’day asrash , uning sarhadlarini yovuz kuchlardan qo’riqlash har bir farzandning sharafli burchidir.

1- boshlovchi : - Shu yurtda kamol topgan , non –tuzini totgan har bir kishi Vatanni asdoyidil sevishni, uning koriga yarashni oliy burch , deb bilmog’i lozim.

2-boshlovchi : - O’zini o’zbek elining bek o’g’liman , deb hisoblagan har bir yigit ertaga Vatan shunkoriga aylanishi shubxasiz. Zero, birinchi Prezidentimiz Islom Karimov aytganiday : « Dunyoda Vatan so’zidan aziz va yurakka yaqin kalom topilmagani kabi Vatan himoyachisi bo’lishidan ortiq shon-sharaf ham yo’qdir »

1-boshlovchi :- Mustaqil O’zbekistonimizni qo’riqlayotgan O’zbekiston Qurolli Kuchlari butun navqiron 23 yoshga to’ldi. U xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini ko’z qorachig’iday asraydi. Bolalarning sog’lom kamol topishi , ota –ona va oila bilan birga yashash, ta’lim olish va boshqa huquqlarni himoya qiladi va kafolatlaydi.

2-boshlovchi: - Ixcham, tezkor va harakatchan , zamonaviy qurol-yarog’ hamda texnika bilan ta’minlangan Milliy Armiyamiz sarhadlarimiz dahlsizligini , yutimizdagi tinchlik va barqarorlikni buzishga qaratilgan har qanday yovuz harakat va hurujlarni bartaraf etish va ularga munosib zarba berishga qodir.

1-boshlovchi :-Ha, darhaqiqat , O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari mustaqilligimizning muhim kafolati , ozod va obod Vatanimizdagi har qanday tajavvuzlardan himoya qilishga qodir ishonchli qalqondir. Bugun armiyamiz eng zamonaviy qurol-yarog’ va harbiy texnika , moddiy texnika vositalari bilan jihozlangan .

2-boshlovchi:- Yigitlik burchini ado etishga chog’langan har bir askar ona –Vatanga , xalqiga va Prezidentiga o’g’lonlik va’dasi sifatida sodiqlik to’g’risiga harbiy qasamiyod qabul qiladi.

Askarning qalbidan otilib chiqayotgan bu so’zlar uning kindik qoni to’kilgan muqaddas tuproq , avlod-ajdodlari hoki yotgan tabarruk zamin , uning mustaqilligi va hududiy yahlitligini avaylab-asrash , o’z xalqini tinchligi , sho’x-shodon bolakayning beg’ubor damlari , nurli kelajagi uchun ma’suliyatni o’z zimmasiga olish hammaga nasib qilavermaydi.



1-boshlovchi:

-Otkir ko’zli lochinlarin,

Ko’zday asrar sarhadlarin.

Uyda kutar Barchinlari,

Alpomishu Farhodlarin,

Ona-Vatan posbonlari !



2-boshlovchi :

-O’zbegimning nomus –ori,

Oriyatli askarlari.

Momlarim iftixori

Toza vijdon , iymonlari,

Ona –Vatan posbonlari !



1-boshlovchi : -Diqqat sahnaga bo’lajak Vatan posbonlarini taklif qilamiz.

Sahnaning o’ng tomonida shaxdam qadamlar bilan bir tordan bolalar O’zbekiston xalq shoiri To’ra Sulaymoning « Askarlar qo’shig’i » nomli jangavor qo’shig’ini aytib kelishadi.

Yakka ovoz-Bir-ikki , uch,

Hamma : -Sarflanamiz zich.

Yakka ovoz : Baland bo’lsin parvozing,

Hamma: Samolarda uch.

Yakka ovoz: Bir-ikki, uch,

Hamma: Doim zafar quch.

Yakka ovoz:- Qudratimiz qoshida ,

Hamma :-Dushman makri puch.

Yakka ovoz:-Bir-ikki, uch,

Hamma:- Tanga sig’mas kuch,

Yakka ovoz:- Vatan uchun ko’ksimiz-

Hamma :- Qalqon va qilich.

Yakka ovoz:-Bir –ikki, uch,

Hamma:- Olam bo’lsin tich.

Yakka ovoz; - Bir –ikki, uch,

Hamma:- Ona yurtni qo’riqlash.

Hamma :- Eng muqaddas burch!

Qo’shiq tugashi bilan “To’xta!” degan buyruqomus ovoz eshtiladi. Ular turgan joyda uch marta debsinib, keyin to’xtashadi. “Sahnaga yuzlanib, o’nga buril!” degan buyruq beriladi. Keyin “Uch qadam orqaga!” degan ovoz yangraydi.Hamma buruqqa mos ravishda orqaga tisarilib sahnaga yuzlanib turishadi.

Shu joyda qizlar ishtirokida raqs ijro etiladi. Raqs tugagach , o’quvchilar safdan ajralib , navbat bilan shoir Rauf Tolibning “O’zbek askari” so’zi nomli she’rini o’qishadi.

1-o’quvchi :

Men sakarman doimo.

Hushyorlik menga qurol.

Darrov sezaman , hatto

Shitirlasa, gar shamol.

2-o’quvchi:

Axir, Ona-Vatanim,

Tikkan menga ko’zini.

Fido etib bu jonim,

Oqlayman yurt tuzini.

3-o’quvchi:

Qo’riqlayman el tinchin,

Tonglarning kulgusin.

Keksalar baxt, sevinchin,

Go’daklar kulgusini.

4-o’quvchi:

Mustaqil Ona-Vatan ,

Mening ko’z qarog’imga.

Axir shu yurt , shu chaman,

O’stiqdi quchog’ida.

5-o’quvchi:

Bu askarlik hayotim,

Yigitlikka sinovdir.

Tinchlik hayot-momotim,

Yurtim unga garovdir.

6-o’quvchi:

- Kunduz bo’lsin yoki tun ,

Issiqmi, sovuqmi yo …..

Farqi yo’qdir men uchun .

Hushyorman men doimo.

Yigitlar ijrosida jangavor raqs ijro etiladi. Raqs tugagach , to’rt nafar o’quvchi safdan ajralib chiqib, shoir Mirzo G’olibning “Ona-Vatanimga xizmat qilaman,” deb nomlangan she’rini ko’ratinki ruh bilan o’qishadi.



1-o’quvchi:

Qurolim mehr-la ko’ksimda qo’yib,

Diyorim nomini ko’ksimga o’yib.

Xalqimni, elimni jonimdan suyib,

Ona-Vatanimga xizmat qilaman.

2-o’quvchi:

Ajdodlar o’gitin yodimda sqalab,

Tinchlik kalomin doimo yoqlab,

Sharafli farzandlik burchimni oqlab.

Ona _vatanimga xizmat qilamn.

3-o’quvchi:

Xalqimning ko’zidan yoshlar to’kilmas,

Yigitlar bardoshi aslo bukilmas.

Musaffo osmonim bag’ri so’kilmas,

Ona –Vatanimga xizmat qilaman.

4-o’quvchi:

Yurboshim, elimga sodiqman doim,

Bizlarni qo’llasin o’zi Xudoyim.

O’zbegim chekmasin zaham iloim,

Ona –Vatanimga xizmat qilaman.

Yuqori sinf o’quvchilari ishtirokida kichik sahna ko’rinishi ijro etiladi.

Sahnaga yelkasiha yuk halta ilib olgan sport kiyimidagi o’smir yigit va boshiga oq ro’mol tashagan onaxon birga yetaklanib chiqb kelishadi.

Ona: O’sib ulg’ayib, xash-pash deguncha Vatan koriga, el xizmatiga yaraydigan yigit bo’lib qolganingni sezmay qolibman.

O’g’il: O’zimning, mehribon oyijonim. Baxtimga siz , dadam, ukalarimomon bo’linglar, menga shuning o’zi yetarli . Mendan sira xavotir olmanglar.

Ona: O’g’lim bilsang, xarbiyda xizmat qilish hammaga ham nasib etavermaydi. Komandirlaringdan biri aytdi , chaqiriq yoshdagi yigitlarning hammasi ham test sinovlaridan o’ta olmas ekan . Har o’ntadan bittasi xarbiy xiamatga jo’natilayotgan ekan. Men sen bilanfaxrlanaman.

O’g’il: Oyijonim, sizning yuzingizni yerga qaratmayman. “Vatan himoyasi” degan nomiga sodiq bo’lib, xalqimga, yurtimizga sidqidildan xizmat qilaman. Axir, Vatanni mardlar qo’riqlaydi-ku.

Ona: Rahmat , bolajonom! Oy borib , omon qayt! Yaxshi xaizmat qilib , bergan tuzimni oqla. Biz seni kutamiz.

O’g’il : Xayr, onajon! Albatta avvalo, Vatanimga, keyin sizga munosib o’g’lon bo’laman. (Keyin sahnaga yuzlanib) –Aziz ukalarim! Yaxshi o’qib a’lo bilm oling.

Sport bilan ko’proq va asdoyidil shug’ullaning ! Ana shundagini qaddi-qomatingizni ko’rganda hammaning havasi keladigan sog’lom va baquvvat, gap –so’zlari ba’mani , alpomish kelbat , mard o’g’lonlar bo’lib ulg’ayasiz. Vatanga bahodirlar , pahlavonlar , mardu maydonlar kerak!

Sahana ko’rinishi tugagach , o’quvchilar shoir Ravshan Isoqovning “Jajji askarlar” nomli she’rini yoddan o’qishadi:

1-o’quvchi:

Bizlar jajji askarlar ,

Yurt posboni navkarlar.

Yovga qilmaymiz shafqat ,

Qo’rqmas botir , shunqorlar .

2-o’quvchi:

Yelkamizda avtomat,

Turib navbatma-navbat.

Qo’riqlaymiz sarhadni,

Misli alpomish kelbat.

3-o’quvchi:

Jajji askarmiz hali,

Ko’rganlar aytar balli.

Vatan ishonar, uning,

Biz ertasi, iqbolli.

O’g’il bolalar jo’rligida shoir Aziz Abdurazzoqning “Askar-askar o’ynaymiz” qo’shig’i ijro etiladi.

Yakka ovoz: -Askar-askar o’ynaymiz,

Qolganlar:-Biz askar, biz askar.

Yakka ovoz: -Askar-askar o’ynaymiz,

Qolganlar:- Siz askar, siz askar.

Yakka ovoz:-O’q otishga yo’l bo’lsin ,

Qolganlar: -Qo’ymaymiz-qo’ymaymiz.

Yakka ovoz:-Biz ham kichik qo’riqchi,

Qolganlar: - Askarlarmiz, askarlar.

Yakka ovoz: -Yurtimizni tinch ,omon ,

Qolganlar: -Asraymiz, asraymiz.

Qo’shiq tugagach yana jangavor buyruq yangrab , yosh posbonlar shaxdam qadamlar bilan sahnadan chiqib ketadi.

Sahnaga boshlovchilar chiqadi.



1-boshlovchi:- O’zbekiston zaminidagi bugungi tinch va osuda hayot , farovonlik xalqimizga istiqlol baxsh etgan bebaho ne’matlaridandir. Milliy Armiyamiz -O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ana shu osudalik va faravonlik muhim kafolati va ishonchli qalqonidir.

2-boshlovchi: Yigitlarimiz armiya safida harbiy mutaxasisliklarni egallash bilan birga , jismoniy va ma’naviy jihatdan chiniqib , irodasi toblanmoqda, eng muhimi ular Vatan himoyasi uchun doimo tayyor turadigan fidoyi insonlar bo’lib kamol topmoqda.

1-boshlovchi: O’zbekiston Respublikasi fuqarolarning umumiy harbiy majburiyatlarini bajarish va harbiy xizmatini o’tash bilan bog’liq munosabatlar O’zbekiston Respublikasining 2012 –yil 12-dekabardagi “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to’g’risida “gi qonun bilan tartibga solingan .

2-boshlovchi: -Ushbu Qonuning 3-moddasida O’zbekiston Respublikasi xalqi va Prezidentiga sodiqlik to’g’risida Harbiy qasamyod qabul qilinishi ko’zda tutilgan bo’lsa , uning 51- moddasida harbiy xizmatdan bo’yin tovlaganligi uchun amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq jinoy javobgarlikka tortilishi pisanda qilinadi.

1-boshlovchi: -Yurtim tinch –men tinch, elimning boshiga tushgan kulfat mening ham kulfatimdir” degan o’y har bir o’zbek o’g’lonining hayotiy shioriga aylangan , desak , xato qilmaymiz. Darhaqiqat, bugun yurt himoyasi yo’lida , bizning osoyishta hayotimiz, faravon turmushimiz uchun muddatli harbiy xizmatni o’tayotgan halqimizning eng sara farzandlarining qay biriga murojat qilmang O’zbekiston askari bo’lishidan Ona Vatanni , muqaddas zaminni himoyalashdek ma’suliyatidan faxrlanayotganliklarini his etasiz.

2-boshlovchi: -Harbiy xizmatchilarni har tomonlama ijtimoiy va ma’naviy himoyalash kun sayin kuchayib borayotganini kuzatar ekansiz, bobokalonimiz Amir Temurning “Boy mamalakatning askari baquvvat bo’lur askari baquvvat mamalakat boy bo’lur” degan so’zlari bejizga aytmaganligi, mardlar kasbini tanlanlaganlar doimo e’zozda ekaniga yana bir karra amin bo’lasiz.

1-boshlovchi: -Qadamidan o’t chaqnaydi,

Tomirida Temur qoni.

Shunqori bor el qo’rqmaydi,

Ortar olqish, sharf-shoni.

Alp –qomatli polvonlar,

Ona Vatan posbonlari!



2-boshlovchi: -Vatanimiz O’zbekiston ,

Ushalmoqda armonlari.

Madhiyasi tilda daston,

Dardida em-darmonlari.



Ona –Vatan posbonlari!

1-boshlovchi: -Mana bayram tadbirimiz ham nihoyasiga yetib borayapti. Barchalaringizni mamalakatimiz hayotoidagi qutlug’ sana – O’zbekiston ichki ishlar idorlari xodimlari kuni bilan chin qalbdan yana bir muborakbod etamiz!

2-boshlovchi: -Sizlarga sihat-salomatlik, baxt-saodat, yaxshi kayfiyat , o’qish va ishlaringizda omad yor bo’lishini tilaymiz.

Xonadonarinigizdan fayzu baraka arimasin! Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo’lsin!
Download 54.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling