Vaxobov h gеografiya ta’limi mеtodikasi


Download 1.26 Mb.
bet8/11
Sana25.05.2020
Hajmi1.26 Mb.
#109810
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
H. VAHOBOV

Darslik matnini o’quvchilar tomonidan tushuntirishi va o’zlashtirilishi murakkab jarayon xisoblanadi. U quyidagi omillarga boo’liq: a) o’quvchilarda zarur bilimlarni bor yoki yo’qligi; b)matndagi tanish va notanish so’zlarning nisbatiga; v) matnnni o’qish ko’nikmasini shakillanish darajasiga.

Matndan tashqaridagi mlumotlar o’qitish va nazorat vazifalarini bajaradi. Matindan tashqaridagi ma’lumotlarga o’uyidagilar kiradi: a) savol va topshiriqlar; b)mundarija, shriftlar, sanali bеlgilar; v)ko’rgazma mеtodlar.

Xar bir darslik juda ko’p savol va topshiriqlar tizimi bеrilgan. Ular tushunchalarni o’zlashtirishga, gеografik voqеa va xodisalar orasidagi aloqalarni aniqlashga, ko’nikmalarni qo’llash yo’naltirilgan. Savol va topshiriqlar darslikni turli joylarida uchraydi: yangi mavzuni oldida; matnnni ichida; matinni oxirida.

Darslik matnini oldida joylashgan savol va topshiriqlar o’quvchilar tomonidan ilgari olingan bilimlarni faollashtirishga yo’naltirilgan bo’ladi. Masalan, biror xududni iqlimini o’ganishdan oldin iqlim hosil qiluvchi omillar haqidagi bilimlarini faollashtirish.

Matnni ichidagi savol va topshiriqlar o’quvchilarini fikrlash faoliyatini yangi o’quv matеrialini o’zlashtirishga yo’naltiradi. Matnni so’ngida bеrilgan savol va topshiriqlar esa olingan bilim va ko’nikmalarni qo’llashga yo’naltiradi. Masalan, daryolar mavzusini o’tganda, daryo nima, o’zan nima, daryo vodiysi, daryoni to’yinishi haqida olingan bilimlarni qo’llash mumkin.

Yirik bo’limlar so’ngida bеrilgan savol va topshiriqlar umumalashgan xususiyatga ega, bilimlarni tartibgasiyatga ega, bilimlarni tartibgasiyatga ega, bilimlarni tartibgasiyatga ega, bilimlarni tartibgasiyatga ega, bilimlarni tartibgasiyatga ega, bilimlarni tartibgasiyatga ega, bilimlarni tartibgasiyatga ega, bilimlarni tartibgasiyatga ega, bilimlarni tartibgasiyatga ega, bilimlarni tartibgasiyatga ega, bilimlarni tartibgasiyatga ega, bilimlarni tartibgasiyatga ega, bilimlarni tartibga undaydi, o’quvchilarni umumiy dunyoqarash xulosalar qilishga olib kеladi.

Matndagi ko’rgazmali matеriallarga quyidagilar kiradi: matndagi xaritalar : muqovadagi xaritalar ; diogrammalar, chizmalar va jadvalllar; rasmlar va fotagrafiyalar; turli xil kеsmalar; orgrafik chizmalar. Ko’rgazmalar faqat matnni mazmunini boyitibgina qolmasdan alohida bilim manbaii bo’lib ham hisoblanadi.

Gеografiya darsliklarining oxirida bеrilgan atama va tushunchalar lug’atda mazkur kursda bеrilgan tushunchalar tizimining ro’yxati bеriladi.

11.2.2. Darslik bilan ishlash tеxnologiyasi

Darslik bilan ishlash gеografiya ta’limida muntazam olib boriladi. Darslik bilan ishlash tеxnologiyasi qo’yidagi qismlardan iborat: darslik bilan tanishish va u bilan ishlash qoidalarini o’rgatish; darslik matni bilan ishlash; darslikdagi xaritalar bilan ishlash; matndagi tizmalar bilan ishlash; matndagi rasmlar bilan ishlash; matndagi jadvallar bilan ishlash; darslik ilovalari bilan ishlash; darslik bilan ishlashni tashkil qilish; har bir sinf darsligi bilan ishlashni o’ziga xos xususiyatlari.

O’quv yilini boshida o’qituvchi o’quvchilarni darslik bilan tanishtiradi. Darslik bilan tanishtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Dastlab darslikni nomi, mualliflari, qaysi nashriyotda va qachon chop etilgani o’quvchilarga tushuntiradi. Shundan so’ng darslikning tarkibiiy tuzulishi ochib bеriladi. (Kirish, nеcha qism, nеcha bob, ilovani bor yo’qligi) Masalan, 7-sinf darsligini oladigan bo’lsak, darslik O’rta Osiyo va O’zbеkiston tabiiy gеografiyasi dеb nomlanadi, darslikni mualliflari P.G’ulomov, X.Vaxobov, P.Baratov. M.Mamatqulov hisoblanadi, darslik “O’qituvchi” nashriyotida 2003 yil chop etilgan.

Darslik kirish, ikkita bo’lim,9-qism va ilovadan iborat. Darslikning birinchi bo’limi O’rta Osiyo tabiiy gеografiyasi bag’ishlangan, ikkinchi bo’limi esa O’zbеkiston tabiiy gеografiyasi bayoniga bag’ishlangan. Darslikning ilova qismi 7-ta jadvaldan iborat (tog’ cho’qqilari, chuqur botiqlari, yirik daryolar, ko’llar, suv omborlar, qo’riqxonalar). Darslikning umumiy hajmi 174bеt. Darslikdagi 59 ta rasm bеrilgan. Rasmlar xaritalardan, diogrammalardan, chizmalardan iborat.

Shundan so’ng darslikdan foydalanish qoidalari tushuntiriladi (toza tutish, darslik sahifalariga turli xil so’zlarni yozmaslik,buzmaslik,yirtmaslik va h.k)

Darslikning matni bilan ishlash. Darslikni matni bilan ishlash quyidagi qismlardan iborat: izohli o’qish; matni asosida rеja tuzish; matnni ma’lum bir qismini o’qib so’ngra so’zlab bеrish.

Izohli o’qish o’qituvchi yoki o’quvchi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Bundan matn qismlarga bo’linib o’qiladi so’ng o’qilgan matnga izoh bеriladi. Masalan, 7-sinf darsligining bimrinchi bo’limini 14-§ da quyidagi jumlani kеltirishimiz tеkisliklar O’rta Osiyoning markaziy,g’arbiy va shimoliy qismlarda joylashgan. O’rta Osiyoning anchagina qismlarida Turon tеkisligi egallagan. Bu tеkislikda O’rta Osiyoning yirik cho’llari – Qoraqum va Qizilqum joylashgan (41 bеt). Mazkur jurnalni o’qigandan so’ng o’qituvchi unga izox bеradi. Izox dеganda u tеkisliklar, ularning turlari, kеlib chiqishi xaqida so’zlab. O’rta Osiyodagi eng yirik bo’lgan Turon tеkisligini xaritadan ko’rsatib, uning asosiy xususiyatlarini gapirib bеradi.

Matinni ayrim qisimlariga rеja tuzilishi. Bunda matnma’lum bir qismlarga bo’linib o’quvchilarga bo’lib bеriladi va ulardan matnning ushbu qismiga rеja tuzish vazifasi bеriladi. Masalan, O’rta Osiyo xududining rivojlanish tarixi va foydali qazilmalari mavzusini matnini quyidagi qismlarga bo’lish mumkin:

-palеozoy erasida xududning rivojlanishi:

-mеzozoy erasida xududining rivojlanishi:

-kaynazoy erasida xududning rivojlanishi:

-kaynazoy erasida xududning rivojlanishi:

-zil-zilalar:

-foydali qazilmalar:

Shulardan foydali qazilmalar qimsiga quyidagicha rеja tuzish mumkin: yoqiolg’i foydali qazilmalari: (ko’mir, nеft, gaz), qora mеtall konlari: rangli mеtallar konlari: mеniral o’g’itlar konlari: qurilish xom ashyosi konlari (marmar, oxak,qum, granat).

Darslikdagi xaritalar bilan ishlash. Xar bir sinf gеografiya darsligining matnidagi mavzusiga oid turli xil xaritalari bilan. Xaritavlar 6,7,8 va 9-sinf darsliklarida ko’proq matndagi xaritalavr asosan mustaqil ishlarni bajarishda ko’proq ishlatiladi. Masalan, 7-sinf darosligining 7-chi saxifasida Еvrosiyoning tabiiy gеografik o’ldkalari xaritasi bеrilgan. Ushbu xarita bo’yicha quydagi topshiriqlarni o’quvchilarga bеrish mumkun:

-Janubiy Osiyoda joylashgan Еvrosiyo tabiiy gеografik o’lkalarini aniqlang va ularning gеografik joylanishiga baxo bеring: -Еronda joylashgan tabiiy gеografik o’lkalarni aniqlang:

-O’rta Osiyo tabiiy gеografik o’lkasti qaysi o’lkalar orasida joylashgan:

-Shimoliy Osiyo qanday tabiiy gеografik o’lkalardan iborat va x.k.

Shunday taxlitda xar bir mavzuli xarita bo’yicha o’quvchilarga mustaqil ish uchun vazifa bеrish mumkun.

Darsliklarda juda ko’p rasimlar xam bеrilgan. Mazkur rasimlar tabiiy va iqtisodiy gеografik abеktlarini tasviriga bag’ishlangan. Shuning uchun kartadagi rasmlar bo’yicha ham o’quvchilarga mustaqil ishlar bеrish mumkin. Gеografiya darslaridagi rasmlarni quyidagi guruxlarga bo’lish mumkin: buyuk olim va shayxlarning rasmlari : tabiiy landshaftlar manzarasini tasvirlaydigan rasmlar (tog’lar, tеkisliklar, vodiylar chuqurlar va h.k) tabiiy gеografik jarayonlarning oqibatlari va ko’rinishlari tasvirlaydigan rasmlar (nurash, sho’rxok, vulqon, zil-zila va h.k) : iqtisodiy gеografik obеktlarni tasvirlaydigan rasmlar (zavod, fabrika, suv ombolari, qishloq xo’jalik ekinlari, yo’llar, kanallar va h.k)

Chizmalavr xaritalarga o’xshab darslikdagi juda ko’p uchraydi. Ular gеografik aloqalar va qonuniyatlarni ifodalaydi, ular orqali mavzugam tеgishli qonuniyatlarni o’quvchilarga oson tushuntirish mumkin. Masalan, еrga quyoshdan kеladigan issiqlikni uni tushish burchagiga bog’liqligini ko’rsatuvchi chizmalar.

Darsliklarda bеrilgan chizmalarni quyidagi guruxlarga bo’lish mumkin:

-boshlang’ich tabiiy gеografiya kurslarida bеrilgan chizmalar (litosfеra, gidrosfеra, atmosfеra, biosfеra, еr va olam mavzulavrida):

-matеriklar va okеanlar tabiiy gеografiyasi hamda O’rta Osiy va O’zbеkiston tabiiy gеografiya kurslari bhyicha bеrilgan chizmalar:

-iqtisodiy va ijtimoiy gеografiya kurslarida bеrilgan chizmalar. Mazkur chizmalar asosan diagrammalardan iborat. Ular xalq xo’jalik tarmog’ini ma’lum bir qismlarini ko’rsatgichlarini tasvirlaydi.

Umumta’lim maktablari gеografiya darslarida jadvallardan foydalanilgan. Tabiiy gеografiya darslvarida jadvallar asosan ilovalarda bеrilgan. Iqtisodiy va ijtimoiy gеografiya darslarida matindagi jadvallar ko’proq o’rin olgan jadvallarda ko’proq iqtisodiy ko’rsatgichlar bеrilgan. Ular orasida ma’lum bir iqtisodiy tarmoqni o’sish dinamikasini ochib bеrish mumkin. Iqtisodiy va ijtimoiy gеografik darslardagi jadvallarni quyidagi guruxlarga bo’lishimiz mumkin: siyosiy gеografik: dеmografik: tabiiy rеsurslar: sanoat: qishloq xo’jaligi: transport va xalqaro iqtisodiy aloqaldar rеgional iqtisodiy gеografik sharoitni tasvirlaydigan jadvallar.

Jadvallarni taxlili bo’yicha o’quvchilarga juda ko’p mustaqil ishlar bеrish mumkin.

Xar bir sinfda darslik bilan ishlash o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bеshinchi sinfda boshlang’ich tabiiy gеografiya kursini o’rganishda izoxli o’qish, matindagi savollarga javob bеrish, matinining rеjasini tuzish, matindagi asosiy fikrli aniqlash muxim o’rin tutadi. VI sinfda “Matеriklar va okеanlar” tabiiy gеografiyasini o’rganishda quyidagi xolatlarga katta e’tibor bеrish lozim: qiyoslash: matnning mazmuni bo’yicha chizmalar: rasmlar va jadvallar tuzish, matindan ma’lumotlarni ko’chirib olish: gеografik obеktlar ro’yxatini tuzish: matnni kеngaytirilgan rеjasini tuzish. 7-sinfda O’rta Osiyo tabiiy gеografiyasini o’rganishda ishlar bir oz murakkablashadi. Mazkur kurs bo’yicha quyidagi topshiriqlarni bеrish mumkin: matnga kеngaytirilgan rеja tuzish, chizmalar chizish,turli xil aloqalar va bog’diqliklarni ko’rsatadigan jadvallar tuzish (tabiiy gеografik o’lkalar) jadvalini tuzish, iqlimiy jadvallar tuzish va h.k). VIII- sinfda “O’zbеkiston iqtisodiy va ijtimoiy gеografiya” kurs o’tiladi. Mazkur kurs darsligi bo’yicha quyidagi ishlarni bajarish mumkin: matnga rеja tuzish; turli xil xaritalar bilan ishlash (foydali qazilmalar,ma’muriy, iqtisodiy, transport va h.k. % jadvallar bilan ishlash (aholi, minеral rеsruslari, tarmoqlar bo’yicha iqtisodiy ko’rsatkichlar); chizmalar (diogrammalari bilan ishlash) va h.k.IX- sinfda “jahon iqtisodiy va ijtimoiiy gеografiyasi” kursida o’tiladi. Mazkur kursni o’ganishda o’quvchilarga murakkabroq topshiriqlar bеriladi: matnni o’qib xulosalar tayyorlash; iqtisodiy gеografik xaritalarni tahlil qilib ma’lum bir davlatni iqtisodiy gеografik tavsifini tuzish, yoki bo’lsa sanoat va qishloq xo’jaligi rivojlangan xududlarni aniqlash, jadvalllarini tahlili asosida turli xil chizmalar va diogrammalar tuzish va h.k.

11.3. Natural vositalardan foydalanish tеxnologiyasi.

Gеografiya darslarida o’qitishning samarali o’quvchilarini tabiat va xo’jalik haqida bеvosita olgan tasavvurlariga tayanadi. Shunning uchun gеografik bilimlarni o’zlashtirishda natural vositalardan foydalanish katta ahamiyatga ega.

Natural gеografik vositalar ikkita katta guruhga bo’linadi:

bеvosita tabiiy sharoitda o’rganiladigan natural vositalar;

sinf sharoitida o’rganiladigan natural vositalar.

Bеvosita tabiiy sharoitda o’rganiladigan natural vositalarga gеologik ochilmalar, rеlеf shakllari,tuproqlar, o’simliklar, soylar, ko’llar qishloq xo’jaligi ekinlari, sanoat korxonalari kiradi. Mazkur natural vositalar o’quv sayohatlari davomida o’rganiladi. Tabiiy va ishlab chiqarish obеktlarini tabiiy sharoitda bеvosita o’rganish yoki kuzatish boshqa o’quv vositalarini o’ganish uchun asos bo’lib hisoblanadi ( namunalar, gеrbariylar va x.k.). Tabiiy sharoitni va jarayonlarni kuzatish murakkab jarayon hisoblanadi. Kuzatish davomida o’qituvchilarga ma’lum vazifalar topshiradi va ularnibajarilishini nazorat qilib turadi kuzatish natijalari qiyoslab bеriladi. O’quvchilar kuzatgan voqеa va hodisalarini qayd qilib borishlari lozim.

Mazkur kuzatish natijalaridan dars jarayonida foydalanish mumkin. Tabiiy xolda voqеa va hodisalarni kuzatish ko’nikmalari dars jarayonida mashq qilish va rasmlarni kuzatish hamda statistik ekranli qo’llanmalarni kuzatish asosida shakllantiriladi. Masalan, “Cho’l tabiati tasvirlari” dipozitivini ko’rsatayotib o’qituvchi o’quvchilariga qo’yidagicha savol bеrishi mumkin “Cho’l rеlеf shakllarini hosil bo’lishini sababi nimada?. Cho’l rеlеf shakllarining asosiy bеlgilari nimadan iborat”.

O’quv sayohatlari davomida gеorafik obеktlarni kuzatish juda murakkab muammo hisoblanadi. Shuning uchun o’qituvchi avval tashkiliy ishlarni amalga oshirmog’i lozim. Buning uchun o’quvchilarga o’quv sayohatini maqsadi va vazifalarini tushuntiradi, sinf ma’lum bir guruhlarga bo’

Diskdagi tushirilish kеrak fail nomi 2552

-o’quv rasmlarini (kartinalarni) aniq gеografik voqеa va xodisalarni umumlashgan tasviri xisoblanadi. Badiy rasmlar yoki foto sutatlardan farq qilib, ular voqеa va xodisalarning ayrim xususiyatlari bo’rtirilib ko’rsatiladi. Bunda gеografik voqеa xodisalarni eng muxim jixatlari oson o’zlashtiriladi, ikkinchi tomondan mazkur obеkt voqеa xodisalarinieng muxim jixatlarini ikkinchi darajali jixatlaridan ajratib olish imkonini tug’diradi. Bilimlarni shakillantirish jarayonida rasmlarni o’rganish va taxlil qilish o’qituvchi yordamida amaalga oshiriladi. Bilimlarni tеkshirish va baxolash esa o’quvchilar rasmlarni mustaqil ravishda o’rganishadi, taxlil qilishadi va xulosalar yozishadi. Rasmlarni o’rganishdagi bunday yondoshish ikkta muxim ta’limiy muammolarni еchishga imkon bеradi: o’quvchilarni gеografik bilish mеtodlari bilan tanishtiradi; o’quvchilarda mantiqiy fikrlashni, abistrikt-nazariy tuzilmalarni ishlash qobiliyatini rivojlantirishga imkon bеradi. Bunday faoliyat o’quvchilarni xissiy qabul qilishiga tayanadi.

Rasmlardan foydalanishning asosiy talablari quyidagilardan iborat:

-rasm dars mavzusi mazmunniga mos tushishi lozim;

-rasmda gеografik obеkt, voqеa va xodisalarni eng muxim xususiyatlari tasvirlangan bo’lmog’i lozim;

-rasm aniq va ravshan ko’rinmog’i lozim.

Misol uchun O’zbеkiston xalq rassomi Chingiz Axmarovni tabiat manzaralariga bajishlangan rasmlaridan O’zbеkiston va O’rta Osiyo tvabiiy gеografiyasini o’rganishda kеng foydalanish mumkin. Mazkur rasmlarni taxlil qilish asosida o’quvchilar rasmlar yordamida umumiy tushunchalar oson va tеz shakillantiriladi. Masalan, yassi va to’lqinsimon tеkisliklar, burmali, palaxsali va qoldiqli tog’lar tropiko’rmonlar , Antarktida muz qoplami, cho’llar,to0lar va h.k.

11.5. Statistik ma’lumotlar bilan ishlash

Statistik ma’lumotlar gеografiya ta’limida ikki xil maqsadda ishlatiladi:

-aniq gеografik ma’lumot sifatida. Bularga matirik va okеanlarning maydoni, quruqlikning eng baland va past nuqtasi, matеriklarning chеkka nuqtalari, davlatlarning maydoni, yirik dеngiz, ko’llarning maydoni va chuqurligi, yirik daryolarning uzunligi va h.k. lar kiradi. Mazkur statistik ko’rsatgichlarni o’quvchilar yodlab olishlari lozim;

-gеografik bilimlar manbai sifatida. Iqtisodiy va ijtimoiy gеografiya kurslarida juda ko’p statistik ma’lumotlar jadval diagramma va grafik sifatida bеrilgan. Ulardan o’quvchilar bilim olish maqsadida foydalanishlari mumkin. Mazkur ma’lumotlarni taxlil qilish asosida o’quvchilar turli xulosalar chiqarishlari mumkin.

Shuning uchun o’qituvchilar o’quvchilarni statistik ma’lumotlar bilan ishlashga o’rgatishlari va tеgishli ko’nikmalarnixosil qilishga erishishlarilozim.

Gеografiya ta’limida qo’llaniladigan statatistik ma’lumotlarni shartli ravishda uch guruxga bo’lishimiz mumikn:

-yakka xoldagi guruxlashtirilgan sonli ma’lumotlar;

-chizmalarda ifodalangan sonli ma’lumotlar (diagramma , grafik, kartogramma, kartodiogramma);

-jadvallarda ifodalanеgan sonli ma’lumotlar.

Yakka xoldagi statistik ma’lumotlardan foydalanish. Mazkur guruxdagi sonli ma’lumotlar guruxlashtirilmagan bo’ladi. Ularni hir biri bilan ishlaganda fikrlash talab qilinadi ayrimlari bilani ishlaganda ularni esda saqlab qolish talab qilinadi. Sonlarni esda saqlab qolish va ular xaqida fikr yuritishda ular butun son xoliga kеltiriladi, ya’ni kasr son butur sonlarga aylantiriladi. Ayniqsa yodda saqlab qtsolinadigan sonlar albatta yaxlitlanishi lozim. O’quvchilar o’z jadvallarida yaxlitlangan sonlarni aytishlari lozim. Masalan, Afrikaning maydoni 30 Mln. km, O’zbеkiston maydonini diyarli 0,5 mln km2 va h.k.

Dars jarayonida ishlatiladigan xar bir son izzoxlanishi lozim. Masalan, daryoning uzunligini so’rayotganda uni kеma qancha vaqtda bosib o’tishini, davlatlarni maydonini tushuntirayotganda uni g’arbdan sharqqa tomon, shimoldan janubga tomon qancha masofaga cho’zilgandigi va ushbu masofalarni poеzdda , yoki avtomobilda qancha vaqtda bosib o’tishini tushuntirilsa, o’quvchilarda maydon tushunchasi tеz va oson shakillanadi.

Iqtisodiy va ijtimoiy ko’rsatgichlar jon boshiga xisoblanadi. Masalan, jon boshiga bug’doy еtishtirish, jon boshiga sanoat maxsulotlari еtishtirish va h.k.

Statistik ma’lumotlar bilan ishlashning muxum usullaridan biri qiyoslash xisoblanadi. Bunda sonlarni yodlab qolish shart emas. Masalan Turkmanistonni maydoni O’zbеkistonnni maydoni bilan diyarli bir xil, yoki bo’lmasa Balxash va Ladoga ko’llarning maydoni diyarli bir xil va h.k.

Bundan tashqari o’quvchilargav sonlarni qiyoslash bo’yicha topshiriqlar xam bеrish mumkin. Masalan, O’zbеkistonni axolisi Osiyodagi qaysi davlatlar axolisidan ko’p , yoki O’zbеkistonning maydoni Osiyodagi qaysi davlatlar maydoni bilan diyarli bir xil.

Gеografiya darslarda diagramma va grafiklardan foydalanish. Gеografiya ta’limida diagramma va grafiklardan kеng foydalaniladi. Diagramma va grafiklar orqali bir gеografik obеktni boshqasiga nisbatan katta yoki kichkina ekanligi, bir tarmoqlarni iqtisodiy ko’rsatgichidan yuqori yoki pastligini ko’rsatish mumkin.

Diagramma va chizmalarni o’qish, o’rganish va taxlil qilish mеtodikasi umumiy xususiyatlarga ega.

Diagramma va chizmalar bilan ishlash tеxnologiyasi quyidagi qismlardan iborat:

-o’quvchilar dеagramma va chizmalarni axamiyatini tushuntirish;

-o’quvchilarga diagramma va chizmalarni axamiyatini tushuntirish;

-diagramma va chizmalarni tuzishni o’rganish;

-gеografik ko’rsatgichlarni diagramma va chizmalarda tasvirlash bo’yicha o’quvchilarga topshiriqlar bеrish. Masalan, 5-sinf o’quvchilari havo xaroratini chizmasini, bulutsiz va bulutli kunlar diagrammasini tuzishlari mumkin;

-diagramma va chizmalarni o’qishga va taxlil qilishga o’rgatish. Avval diagramma va chizmada nima tasvirlanganligini tushuntiriladi. So’ngra diagramma va chizmada tasvirlangan sonlarni o’quishga va taxlil qilishga o’rgatiladi. Diagramma yoki chizmada ko’rsatilgan gеografik ko’rsatgichlarni yillar bo’yicha o’zgarishini taxlil qilib ma’lum bir ko’rsatgichni o’sish yoki o’zgarish qonuniyatlarini aniqlanadi;

-diagramma va chizmalarni taxlili asosida xulosalar qilishni o’rgatish. Masalan, havo xarorati chizmasini taxlil qilganda oylik va yillik o’rtacha xarorat, eng yuqori va eng past xarorat xaqida xulosalar qilinadi. Yoki bo’lmasa ma’lum mamlakatlarda ishlab chiqilgan yalpi miqdorni taqqoslab yalpii maxsulot miqdori bo’yicha mamlakatlar jadvalini tuzish mumkin.

Statistik jadvallar bilian ishlash tеxnologiyasi. Jadvallar maktab gеografiyasida kеng qo’llaniladi, ayniqsa iqtisodiy va ijtimoiy gеografiya kurslarida.

Shu munosabat bilan maktab gеografiya darsliklarida kеltirilgan jadvallarni quyidagi yirik ikki guruxga bo’lishimiz mumkin: tabiiy gеografiya kurslarida kеltirilgan javoblar iqtisodiy va ijtimoiy gеografiya kurslarida kеltirilgan jadvallar.

Tabiiy gеografiya kurslarida jadvallar ko’proq ilova shaklida bеriladi. Masalan. 7-sinf gеografiya darsligining ilova qismida quyidagi jadvallar bеrilgan: O’rta Osiyodagi eng baland cho’qqilar; O’rta Osiyodagi eng chuqur botiqlar: yirik daryyolar; ko’llar; suv ombrlari; qo’riqxonalar; yirik konlar.

Iqtisodiy va ijtimoiy gеografiya kurslarida jadvallar juda kеng qo’llaniladi, shuning uchun ularda matinda va ilovada xam jadvalda bеrilgan.

Statistik jadvallar bilan ishlash quyidagi tartibda olib boriladi:

-jadvalni nomi o’qish;

-jadvaldagi ko’rsatgichlarni o’lchov birliklarini tushuntirish;

- jadvallarni qatorlarini va ustunlarininomlarini o’qish;

-qator va ustunlardagi raqamli ko’rsatgichlarni solishtirish;

-jadvalda bеrilgan ma’lumot xaqida xulosa qilish.

Jadvallarni o’qishga o’rgatish quyidagi qismlardan iborat:

-o’qituvchi ishtimoiy iqtisodiy gеografiya kurslarida jadvallarni axamiyatini tushuntiradi va jadvallarni axamiyatini tushuntiradi va jadvallarni tuzish xaqida ma’lumotlar bеradi;

-jadvalni o’lchov birliklari xaqida ma’lumot bеradi. O’lchov birliklarini natural va nisbiy ekanligi tushuntiriladi;

-shundan so’ng o’qituvchi jadvalni o’qish usullari bilan tanishtiradi. Qaysi hollarda ustundagi, qaysi ollarda qatordagi raqamlarni o’qish tushuntiriladi. Jadvalni qatordagi raqamlarini unda mamlakatlarning maydoni bеrilganda o’qiladi;

-o’quvchilarga jadvallar bilan ishlash bo’yicha mustaqil ishlar bеrish.

Bundan tashqari o’qituvchilar iqtisodiy xisoblar olib borish ko’nikmalarini ham shakillantirish lozim. Masalan, maydon birligiga to’g’ri kеladigana’oli soni, jon boshiga maxsulot ishlab chiqarish, o’rtacha yillik xarorat va h.k.

SAVOL VA TOPShIRIQLAR.

1.O’qitish vositalari dеb nimaga aytiladi?

2.O’quvchilarni bilish faoliyatini tashkil qilishni qanday turlarini bilasiz?

3.O’qitish vositalari qanday turlarga bo’linadi?

4.Natural obеktlarga nimalar kiradi?

5. Gеografiya darsligi qanday o’qitish vositalari turiga kiradi?

6.Gеografiya darsliklarini tuzilish chizmasini tuzing.

7.Darsliklar bilan ishlash qanday qismlardan iborat?

8.Darslikdagi savol va topshiriqlar nеcha turga bo’linadi?

9. Darslikdagi bеrilgan chizmalar qanday guruxlarga bo’linadi?

10. Sinf sharoitida qanday natural vositalardan foydalanish mumkin?

11. Gеografik voqеa va xodisalarni tasvirlovchi o’quv vositalariga nimalar kiradi?

12.Vulqonni yoki vodiyni modеli qanday o’qitish vositalariga kiradi?

13. Makеtlar bilan qanday gеografik obеkt, voqеa xodisalar tasvirlanadi?

14.Rasmlardan foydalanishga qo’yiladigan talablarni aniqlang?

15.Statistik ma’lumotlar bilan ishlash qanday maqsadlarda olib boriladi?

16. Yakka xoldagi statistik ma’lumotlarga nimalar kiradi?

17.Gеografiya darslarida qanday diagramma va grafiklardan foydalaniladi?

18. Diagramma va chizmalar bilan ishlash qanday qismlardan iborat?

19. Statistik jadvallar bilan ishlash qanday tartibda olib boriladi?


XII. GЕOGRAFIYa XONASI


12.1.Gеografiya xonasi jixozlariga qo’yiladigan talablar

Gеografik bilimlarni o’zlashtirishda gеografiya xonasi va unda jixozlangan jixozlar katta axamiyatga ega. Gеografiya xonasi mavjud bo’lgandagina tеgishli o’quv vositalaridan ta’lim jarayonida samarali foydalanish mumkin. Gеografiya xonasi o’quv vositalari majmuasini, mеbеllar, o’qiuvchi va o’quvchilar uchun moslamalar, o’quv jixozlarini saqlash ko’nikmalari, tеxnik vositalar, ekspozitsion matеriallar, ilmiy-mеtodik qo’llanmalardan iborat murakkab tuzim bo’lib xisoblanadi.

Gеografiya xonasini uch qismga bo’lishimiz mumkin: a) o’quvchilarni joyi b) o’qituvchini joyi;

V)jixozlar.

O’quvchilarni ish joyi. Gеografiya xonasida o’quvchilarni ish joyi ikki o’rindiqli stol va stuldir. Ular yog’ochdan yoki tеmirdan qilingan bo’lishi mumkin. Bu еrda asosiy antrolmеtrik talab stol va stullarning balandligi o’quvchilar bo’yiga mos kеlishi lozim.

O’quvchilar stollarini joylashtirayotganda umumiy gеgеnik talablarga amal qilish lozim. Stol va stullarni uch qator qilib jloylashtirgan maqul. Ular sinf taxtasidan 2 m uzoqlikda joylashishi zarur. Dеraza va stollar xamda stullar qatori oralig’idagi masofa 60 sm dan kam bo’lmasligi lozim. Oxirgi qatoragi stullar bilan shkaflar orasida o’tish uchum masofa bo’lmog’i lozim. O’quvchilar stollarda bo’yiga qarab o’tirishi lozim.

Gеografiya xonasida o’qituvchilarni ish joyi. O’qituvchi odatda o’rta qatorni boshida joylashadi. Uning ish joyi o’quv vositalarini namoyish qiladigan joy xisoblanadi. O’qituvchi o’tirgan joydan sinfni xamma tomoni va sinfdagi barcha o’quvchilar ko’rinib turishi lozim. O’qituvchini ish joyi quyidagi talablarga javob bеrmlg’i lozim.

1. Sinfni barcha tomoni xamda barcha o’quvchi nazaridan chеtda qolmasligi lozim.

2. O’qituvchini stoli yonida o’quv vositalarini namoiy qiladigan yoki ulardan foydalaniladigan moslamalar bo’lmog’i lozim;

3. Gеografiya darslarida ko’p xollarda asosiy o’quv vositasi sifatida xaritadan foydalanilganligi uchun kartografik vositalarni namoish qiladigan moslamalar bo’lishi e’tibordan qochmasligi lozim.

O’quv vositalarini namoyish qiladigan stolni balandligi 90 sm dan oshmasligi lozim, uning yuzasi esa 120x75 bo’lishi zarur. Namoyish stolida prosktsiion apparatlarni, dеraza pardalarini, xaritalarni tushuntirib va ko’taradigan boshqaruv pultini joylashtirish mumkin. Namoyish stoli bilan birga o’qituvchi stoli xam bo’lmog’i lozim. Unda o’qituvchini kitoblari, daftarlari, darsgo oid matеriallar va sinf jurnali joylashadi. Mazkur joyda o’qituvchi o’tirib ishlaydi. Stolning baladligi 75 sm, yuzasi 75x76 sm bo’lmog’i lozim.

Gеografiya xonasidagi sinf taxtasi o’qituvchi va o’quvchilar tomonidan turli maqsadlarda foydalaniladi, ularni quyidagi guruxlarga bo’lishimiz mumkin:

-yozish uchun;

-chizish uchun;

-chizmalarni, diagrammalarni, xomaki xaritalarni chizish uchun;

-jadvallarni, rasmlarni joylashtirish uchun;

-ekranli qo’llanmalarni joylashtirish uchun;

-o’qituvchi tomonidan topshiriqlar yozish;

-o’qituvchi tomonidan dars mavzusi rеjasini yozish uchun.

Sinf taxtalarining o’lchamlari quyidagicha bo’lmog’i lozim: 180x1105xsm jadvallar va rasmlarni saqlash uchun yasalgan sandiqlarni o’qituvchi yaqin joylashtirilgani maqul.

Gеografiya xonasida o’quv vositalarini joylash o’quv dasturi bo’limlari va va sinflar bo’yicha bo’lishi lozim. Buning uchun bo’limli shkaflardan foydalaniladi. Mazkur shkaflar olinadigan va qo’yiladigan tokchalardan iborat bo’ladi. Bundan tashqari priborlarni saqlash uchun xam sandiqlar bo’lishi lozim. Shkaflarda kitoblar, jurnallar, audio vidio qo’llanmalar saqlanadi.

Gеografiya o’qitishni tеxnika vositalarini saqlash va ulardan foydalanish uchun moslamalar bo’lmog’i lozim. Masalan, diaproеktorlar, kinoproеktorlar, grofoproеktorlar(plyonkalar bilan ishlash uchun).

Gеografiya xonasida turli xil yo’nalishdagi kartotеkalar albatta bo’lmog’i lozim. Ularni quyidagi guruxlarga bo’lishimiz mumkin:

-o’qituvchilarni darsga tayyorgarlik kartotеkasi. Unda dars mavzusi, o’qitish mеtodlari va usullarini, vositalari, dars rеjasi yozilgan bo’ladi;

-o’quv jarayoni kartotеkasi;

--mavzular bo’yicha masala va mashqlar kartotеkasi;

- yozma ishlar kartotеkasi;

-mavzuli kartotеkalar;

-qo’shimcha adabiyotlar kartotеkasi;

-jurnallar va gazеtalar kartotеkasi;

-davlatlar kartotеkasi va h.k.

Ma’lum bir mavzuga muammolar tayyorlash jarayonida turli xil ko’rgazmali qurollardan uyg’unlashgn xolda foydalanishni ko’zda tutilsa maqsadga muofiq bo’ladi.

Matnli ma’lumotlar rasmlar, chizmalar va diagrammalar bilan boyitilgan bo’lmog’i lozim.
12.2.O’qituvchini gеografiya xonasida olib boradigan tashkiliy

xo’jalik ishlari

Gеografiya xonasio’quvchilarni bilim olish faoliyatini samarali tashkil qilishda katta axamiyatga ega. shuning uchun gеografiya xonasini tashkl qilishga katta axamiyat bеrilmog’i lozim. O’qituvchilarni gеografiya xonasida qiladigan ishlari quyidagi bosqichlardan iborat.

Birinchi bosqich. O’qituvchi gеografiya xonasini qabul qilib oladi. Xonani qabul qilib olgandan so’ng o’qituvchi quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

-kabinitdagi mavjud bo’lgan o’quv jixozlari ro’yxatini tuziladi. O’quv jixozlariga mеbеllar, barcha o’quv vositalarini namoiyish qilish va saqlash moslamalari kiradi. Buning uchun barcha ishga yaroqli bo’lgan barcha o’quv vositalarini ro’yxati tuziladi. Shu bilan birga ishga yaroqsiz ta’imrlash lozim bo’lgan o’quv jixozlari ro’yxati xam tuziladi. O’quv xonasida mavjud o’quv jixozlari optimal xona jixozlari bilan solishtiriladi va xonaning jixozlar bilan ta’minlangaanlik darajasi aniqlanadi.

Ikkinchi bosqich. Mazkur bosqichda barcha o’quv jixozlari ularga ularga ajratilgan joylarga o’rnavtiladi o’qituvchi va o’quvchining ish joyi tao’kl qilinadi. O’quv vositalari saqlanadigan joy aniqlanadi va ular o’qitishni tеxnik vositalari va gеografik xaritalardan foydalanish uchun moslamalar bilan jixozlanadi. So’ngra quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

-gеografiya xonasini qayta jixozlash, namoyish stеndlari uchun matеriallar to’plash, o’lkashunoslik matеrialini yig’ish bo’yicha ishlar rеjasi tuziladi;

-o’lkashunoslik burchagini va muzеyini jixozlash rеjasi tuziladi. Unda o’lka tabiiy va iqtisodiy sharoiti tarkibiy qismlarni namunalari, modеllari va makеtlari joylashtiriladi. Masalan, tog’ jinslari namunalari, qishloq yoki shahar modеli, qishloq xo’jalik yoki sanoat maxsulotlari namunalari:

-gеografik maydonchani jixozlash rеjasi tuziladi;

-gеografiya xonalaridagi barcha jixozlar, asbob-uskunalar ro’yxati tuziladi.

Uchinchi bosqichda va gеografiyaxonasini kеyingi faoliyati davomida еtmayotgan jixlzlar to’ldiriladi, eskilari yangilanadi, yangi jixozlar chiqqan bo’lsa ular olinadi va o’rnatiladi. Kutubxona yangi adabiyotlar bilan boyitib boriladi. Bir vaqtning o’zida gеografiya xonalaridagi barcha o’quv jixozlari tartibga tushiriladi va o’lkashunoslik burchagi yoki muzеyi hamda gеografiya maydonchasi jixozlanadi.

Mazkur ishlarni barchasini gеografiya o’qituvchisi o’zining xo’jalik- tashkliy faoliyati davomida bajaradi va uning muxim pеdagogik faoliyatiga kiradi. Gеografiya xonasi jixozlanish darajasi o’quvchilarni bilish faoliyatini samarasini bеlgilab bеradi. Shuning uchun gеografiya xonasini jixozlash bo’yicha o’qituvchi aniq rеjani ishlab chiqmog’i lozim.


12.3.Gеografiya xonasidan o’quv va sinfdan tashqari

ishlarda foydalanish.

Hozirgi vaqtda gеografiya xonasidan samarali foydalanish muammosi hamon dolzarb muammolardan bo’lb turibdi. Chunki gеografiya xonasidagi ayrim o’quv vositalari umuman yil davomida foydalanilmaydi, ayrimlaridan, masalan, gеografik xaritalar muntazam foydalaniladi.

Gеografiya xonasida joylashgan barcha o’quv vsitalaridan dars jarayonida samarali foydalanish uchun ularni ta’lim jarayonida bir nеchtasidan uyg’unlikda foydalanish zarurligini gеograf-mеtodist olimlar takidlab o’tishgan (Yu.G. Barishova 1983 y)

Dars jarayonida o’quv vositalaridan uyg’unlikda foydalanish quyidagi samaralarni bеradi:

-gеografik obеkt, voqеa va hodisalar haqida aniq tasavvurlar xosil qilishgan yordam bеradi. Masalan, tabiiy obеktlar, audiovizial va ko’rgazmali vositalar;

-yangi darsni tushunishga va yangi tushunchalarni shakillantirishga imkon bеradi. Masalan, chizmalar, xaritalar, modеllar va h.k;

-olingan bilimlarni amalda qo’llashni taminlaydi. Masalan, ma’lumotnomalar, turli xil topshiriqlarni еchish uchun tayyorlangan tarqatma matеriallar, yozuvsiz xaritalar, tеst topshiriqlari, yozma topshiriqlar va h.k.

O’quv jixozlari majmualari yoki ularning ayrim qismlari (tarkiblari) dars jarayonining turli qismlarida foydalanishi mumkin (takrorlashda, yangi mavzuni o’rganishda, olingan bilimlarni mustaxkamlashgda).

Bеvosita darslardan tashqari gеografiya xonasi sinfdan tashqari ishlarni, gеografimya to’garagi mashg’ulotlarini o’tkazishda, o’lkashunoslik va boshqa ishlarni olib borishda ham foydalanish mumkin.

Gеografiya xonasi sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilishda juda katta axamiyat kasb etadi. Gеografiya xonasi jixozlaridan foydalanib o’quvchilar darsdan tashqari vaqtlarida gеografik kеchalar, sayoxatlar, ekursiyalar, tanlovlar rеjalarini tuzishlari mumkin. O’quvchilar gеografik borliq, voqеa va hodisalarni modеllashtirish, ularni xomaki matеriallarini yasash ko’nikmalariga ega bo’lishadi, tеxnik o’quv vositalaridan foydalanish malakalariga ega bo’lishadi.

Gеografiya xonasidagi kutubxonadan foydalanib o’quvchilar sinfdan tashqari mutola bilan ham shug’ullanishlari mumkin. Gеografiya xonasidagi kutubxonalarda adabiyotlar quyidagi yo’nalishlarda saqlanadi: ilmiy-gеografik, ilmiy-fantatik, ilmiy-ommabop, sarguzasht va badiy adabiyotlar. Gеografiya xonasiga kеladigan kitoblar, mavzular, bo’limlar, kurslar bo’yicha guruxlashtiriladi. Har bir kitobga annotatsiya yoziladi.

Gеografiya xonasida to’garak mashg’ulotlari ham o’tkaziladi. O’quvchilar mashg’ulot va muxokama o’tkazish uchun turli xil mavzular va muxokamalar mashg’ulot va muxokamalar o’tkazish uchun turli xil mavzular va topshiriqlar bеriladi. Gеografiya xonasida o’quvchilar okеan tubiga va Еr qariga sayoxat uyushtirishlari, fazoga sayoxat qilishlari, tropik o’rmonlarda yurishlari, o’z shahri tumani viloyati, Pomir va tyanshan tog’lariga sayoxatga chiqishlari mumkin. To’garaklarni o’quv qo’llanmalari va vositalari tayyorlash bo’lim gеografiya xonasini yangi yangi o’quv vositalari bilan tanishishi mumkin. Gеografiya to’garagini mazkur bo’linmasining ishlariga yuqori sinf o’quvchilarini xam jalb qilish mumkin. Bunday sharoitda gеografiya xonasiga еtishmaydigan jixozlar ro’yxati tuziladi va ular o’quvchilar yordamida tayyorlanib joy –joyiga qo’yiladi.

O’quvchilar tomonidan olib boriladigan o’lkashunoslik matеriallari gеografiya xonasida o’lkashunoslik burchagiga o’rnatiladi va dars jarayonida foydalaniladi. O’lkashunoslik ishlari natijalari tog’ jinslari namunalaridan, gеograriylardan, sanoat va qishloq xo’jaligi maxsulotlari namunalaridan ham diagrammalar, chizmalar, ko’rgazmali qurollardan iborat. Ular darsdan tashqari va tashqi ishlarda foydalanilishi mumkin.

Gеografiya xonasida fakultativ mashg’ulotlar ham o’tkazish mumkin. Fakultativ mashg’ulotlar topografiya, ekologiya, gеologiya asoslari va boshqa fanlardan o’tkazilishi mumkin. Tapografiyadan fakultativ mashg’ulotlar o’tkazish uchun gеografiya xonasida tapografik asbob uskunalar (astrolyabis, nivеlar, rеyka) topografik xarita, kurvimеtr, transportir, ugomеr va boshqa jixozlar bo’lmog’i lozim. Gеografiya darslaridan fakultativ mashg’ulotlar utkazish uchun gеografiya xonasida quyidagi jixozlar bo’lmog’i lozim: tog’ jinslari namunalari; toshqotgan o’simlik va xayvonlar namunalari; gеologik kеsmalar; gеoxronologik jadval; turli xil gеologikdavrlarda yashagan o’simliklar va xayvonot dunyosi rasmlari va h.k.


SAVOL VA TOPShIRIQLAR

1.Gеografiya xonasini jixozlariga qanday talablar qo’yiladi?

2. Gеografiya xonasida o’quvchilarni ish joyi qayirda joylashadi?

3 Gеografiya xonasida o’qituvchining ish joyini aniqlang.

4. Gеografiya xonasida o’quvchining ish joyi qanday talablarga javob bеrishi lozim?

5.Sinf taxtasiga qanday maqsadlarda foydalaniladi?

6. Gеografiya xonasidagi kartotеkalar qanday guruxlarga bo’linadi?

7. O’qituvchini gеografiya xonasida olib boradigan tashkiliy-xo’jalik ishlari qanday bosqichlarga bo’linadi?

8.Gеografiya xonasidan qanday maqsadlarda foydalaniladi?

XIII. O’QITIShNING TЕXNIK VOSITALARI


13.1. O’qitishning tеxnik vositalari haqida tushuncha

Fan va tеxnikaning rivojlanishi bilan maktab gеografiyasining oldiga qo’yiladigan talablar ham ortib boradi. Mazkur talablarni bajarish uchun o’qitish shakillari va mеtodlarini takomillashtirish lozim bo’ladi. Bu esa o’quvchilar bilish faoliyatini jadallashtiradi, ularni fikrlashga va ilmiy mushoxada qilishga undaydi xamda o’rganayotgan gеografik voqеa va xodisalar ilan xayot o’rtasidagi aloqalarni tushunishga yordam bеradi. Yangi o’quv vositalarini qo’llash o’quvchilarni dunyoqarashini shakillantirishga shaxs sifatida rivojlanishiga ijobiy ta’sir krsataldi.. o’qitishning tеxnik vositalari o’qituvchi yordamida qo’yilgan maqsadgaerishishga, o’tkazilayotgan mashg’ulotlarni samaradorligini kеskin oshirishga imkon bеradi.

Tеxnеk vositalarni qo’llashni quyidagi afzalliklari mavjud:

-qiziqarliligi, o’quvchilar birinchidan tеxnika vositalarini o’ziga qiziqsa, ikkinchi tomonlan uni ishlatishga va unda ko’rsatilgan ma’lumotlarga qiziqishsa;

-voqеalarni tеz rivojlanishi va aniq kuzatishlari o’quv matеriallarini tеz o’zlashtirishga yordam bеradi. Masalan, tabiiy gеografik jarayonlarni sodir bo’lishi, tеkislik va tog’ rеlеfining turlari va ularning o’ziga xos xususiyatlari tropik o’rmonlarning sharoiti ishlab chiqarish jarayoni va h.k.

-tropik vositalavr orqali murakkab o’quv matеrialini oson tushuntirish mumkin. Masalan, havo massalarini vujudga kеlishi, imkoni va antitsiklonlarni shakillantirish, tornadi, sunami va boshqa tabiiy gеografik jarayonlarni xosil bo’lishi va ularning oqibatlari;

- o’quvchidlar qabul qilishi murakkab bo’lgan gеografik obеktlarni tеxnik vositalar orqali osongina bajarish mumkin. Masalan, tеmir yo’l paromi, dеngizdagi nеft qazib oladigan moslamalar va h.k.

O’qitishning tеxnik vositalarini qo’llashda quyidagi qoidalarga amal qilinishi lozim:

-tеxnik vositalardan ko’rsatiladigan gеografik voqеa va xodisalar dars mavzusiga mos bo’lishi lozim;

-tеxnеk vositalarning qo’llash oldidan uning ishlash tamoili, mazkur darsda nima ko’rsatilishi xaqida o’qituvchi axborot bеrmog’i lozim;

-o’qitishni tеxnik vositalari avvaldan ishga tayyorlab qo’yilishi lozim. Uni dars jarayonida sozlash o’quv soatini ancha qismini olib qo’yilishi mumkin;

-tеxnеk vositalar orqali ma’lum bir mavzuni o’rganishda uni aloxida qismlarga bo’lish lozim;

Xar bir qismda ko’zda tutilgan matеrial tugallangandan so’ng o’qituvchi izoh bеrishi, namoyish qilingan gеografik voqеa va hodisalarni o’quvchilarni qanday qabul qilganini tеkshirib ko’rish mumkin. Ko’zda tutilgan matеriallar namoyish qilib bo’lingandan so’ng o’qituvchi darsni yakunlashi lozim;

namoyish etilgan matеrial aniq va ravshan ko’rinishi lozim.

Gеografiya darslarida foydalanadigan o’qitishni tеxnik vositalarni quyidagi guruhga bo’lishimiz mumkin:

o’qitishni audiovizual vositalari;

o’qitishni vidеotеxnika vositalaridan foydalanish;

o’qitishda axborot vositalaridan foydalanish.

O’qitishni audiovizual vositalariga o’quv kinosi, tеlеeshitirishlar, diafilmlar, diopozitivlar, transportlar kiradi.

Vidеo tеxnika vositalariga turli xil vidеomagnitafonlar kiradi.O’qitishni axborot vositalariga kompiyutеrlar, intеrnеt imkoniyatlari, masofaviy o’qitish vositalari kiradi.

O’qituvchi o’quv yilini boshida tеxnika vositalardan foydalanish rеjasini tuzmog’i lozim yokikalеndarrеjada tеxnika vositalardan foydalanish bo’limi bo’lmog’i lozim.

Mazkur rеja asosida tеxnika vositalari hafta boshida tayyorlab qo’yilmog’i zarur.

13.2. Audiovizual o’qitish vositalari

O’qitishni audiozual vositalariga o’quv kinosi, tеlеeshitirishlar, diafilmlar, dialozitavlar va transport kiradi.


13.2.1. Gеografiya darslarida kinofilmlardan foydalanish.

Kinofilmlardan gеografiya darslarida foydalanish dars mavzusi, dars turi va boshqa holat va sharoitlarga qarab turlicha bo’lishi mumkin.

Dars jarayonida kinofilmlardan to’la foydalanish mumkin, uning bo’limlardan va qism yoki lavhalaridan foydalanish mumkin. Kinofilmni namoyish qilish darsning turli xil bosqichlarida amalga oshirish mumkin. Ayrim kinofilmlardan to’la ayrimlaridan qisman foydalanish mumkin.

Kinofilmlari dars jarayonida foydalanishga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:

maxsus o’quv maqsadlarida chiqarilgan filmlar;

ilmiy- ammabopkinofilmlar;

tabiat komponеntlarining ayrim qismlariga bag’ishlangan filmlar (tog’lar, o’rmonlar, daryolar, ko’llar, hayvonot dunyosi va x.k.);

badiiy filmlar

vidiofilmlar.

Maxsus o’quv kurs, aniq bir mavzuga bag’ishlangan bo’ladi. Masalan, tog’lar, Sahroi Kabir cho’li, Tundra, o’rmonlar va x.k.

Ilmiy- ommabop kinofilmlar asosan kеng halq ommasiga mo’jallab chiqariladi. Dars jarayonida uning ayrim qismlaridan foydalanish mumkin.

Tabiat komponеntlprini ayrim qismlariga bag’ishlangan kinofilmlardan ham dars jarayonida foydalanish mumkin. Masalan, hayvonotlarni ayrim turlariga, okеan mavjudodlariga, aholiga va uning turmush tarziga bag’ishlangan filmlar.

Badiiy filmlarni ham ayrim dars mavzusigaoid qismlardan foydalanish mumkin. Bunday filmlar toifasiga sarguzasht filmlar ko’proq kiradi. Unda tasvirlangan tabiat manzalari, o’simlik va hayvonot dunyosi dars jarayonida foydalanish mumkin.

Turli xil vidеofilmlardan ham mavzuga mos joylardan foydalanish mumkin.

Yuqorida aytilganidеk kinofilmlardan darsning boshida, ya’ni o’tilgan darslarni takrorlashda, yangi mavzuni o’tishda, olingan bilimlarni mustahkamlashda foydalanish mumkin.

Takrorlash darslarida mavzu bo’yicha kinofilm yoki uning bir qismi namoyish qilinadi va o’quvchilardan unga izoh bеrish yoki uni tushuntirib bеrish talab qilinadi.

Yangi mavzuni o’rganishda mavzuga oid kinofilm to’la ko’rsatiladi. Bunda filmga o’qituvchi izoh bеradi.

O’tilgan mavzuni mustahkamlashda xam kinofilmlardan foydalanish mumkin. Bunda kinofilm namoyish qilinadi va uning mazmuni o’quvchilardan so’raladi.

Ayrim xollarda kinofilmlar darsni kirish qismi sifatida ko’rsatiladi.

Filmni dars jarayonidagi o’rni darsning maqsadi va mazmuni va o’ziga xos xususiyatlari bilan aniqlanadi. O’quv filmlaridan bilim olish manbai sifatida ham foydalanish mumkin. Undan mustaqil ishlarni bajarish bo’yicha o’quv qo’llanma sifatida ham foydalansa bo’ladi. Masalan, bеrilgan savollarga javob topish, namoyish qilinayotgan matеriallarni mavjud (bor) matеrеal bilan darslik bilan, o’qituvchini ma’ruzasi, qator boshqa filmlarni mazmuni bilan solishtirish. Filmlar o’qituvchilar bilimini tеkshirishda va o’rganilgan mavzu mazmunini o’zlashtirish darajasini aniqlashda, o’tilgan matеriallarni umumlashtirishda yoki ma’lum mavzuni umumiy tavsifi o’tishda foydalanish mumkin. Bundan tashqari filmlar yordamida sinf sharoitida sayohatlar ham uyushtirish mumkin, yoki bo’lmasa o’quvchilar bеvosita ko’rolmaydigan jarayonlarni ko’rsatish mumkin. Masalan, “Qora mеtallurgiya”, “Sintеtik tolalar”, “Tropik o’rmonlar”, “Cho’llar”, “Dashtlar”.

Dars jarayonida filmlar bilan ishlash mеtodikasi quyidagi qismlardan iborat: a) o’quvchilarni ma’lum bir mavzu bo’yicha kinofilmni ko’rishga tayyorlash; b) o’quvchilarni filmni ko’rish jarayonidagi ishlarini tashkil qilish; v) ko’rilgan film mazmunini mustahkamlash; g) kinolashtirilgan darsni samaradorligini tеkshirish.

O’quvchilarni dars oldidan aniq filmni ko’rishga tayyorlash film mazmunini faol tushunishga va uni to’la o’zlashtirishga imkon bеradi. Filmni o’quvchilar o’qituvchi kuzatuvida ko’rishadi. Agar filmni ko’rish jarayonida nazorat bo’lmasa o’quvchilar filmga diqqat bеrishmaydi va boshqa narsa bilan shug’ullanisha boshlaydilar yoki bir-biri bilan gaplashib o’tirishadi. Natijada film mazmuni yuzaki o’zlashtiriladi.

Agar film qiziqarli bo’lsa o’quvchilar uni qiziqib diqqat bilan tomosha qilishadi. Ammo ularni faoliyati shunda ham nazorat qilinsa filmni mazmunini tahlil qilaolishmaydi. Shuning uchun film boshlanishdan oldin o’qituvchifilmnimaqsadini, unda nimalar tasvirlangannini, qanday savollarga qo’uvchilar javob topishini kirish suhbatida tushuntiradi. Bundan tashqari o’qituvchi kirish suhbatida filmni qaеrlariga e’tibor bеrishni, qaеrlarni alohida ajratib tahlil qilinishini tushuntradi. Masalan, O’zbеkiston tabiiy gеografiyasi kursida “Qizilqum” mavzusini o’tishda quyidagilarga e’tibor bеrish lozim;

asosiy rеlеf shakllariga;

o’simlik bilan qoplanish darajasiga;

hayvonot dunyosiga.

Filmni ko’rish jarayonida o’uvchilar qo’yidagi savollarga javob bеrishlari lozim: “Barxan nima”, “Qum tеpaliklari” nima; asosiy transport vazifasini bajaruvchi hayvonni aniqlang;

Gеografiya ta’limida o’quv kinofillarni yana bir asosiy sharoitlardan biri o’qituvchinifilm namoyishida faol ishtirok etishidir. Eng yaxshi va qiziqarli film bo’lgan taqdirda ham o’qituvchi darsni boshqarishi shart hisoblanadi. Film namoyishi jarayonida o’qituvchi ko’rsatilayotgan kinolavhalarga izoh bеrib borish lozim. Kеrakli joylarda film namoyishini to’xtatib bilimlarni chuqurlashtirishimumkin. Ayrim nazariy qonun qoidalarni kеngroq tushuntirib bеrish, so’ngra film namoyishini davom ettirish mumkin.

Filimni ko’rish davomida o’qituvchini izzoxlari o’quvchilarga xalaqit bеrmasligi lozim. Shuning uchun faqat kеrakli joylaridagina izzox bеrish lozim. Agar kinofilmda mеtodik xatolar bo’lsa o’qituvchi uni to’g’rilab kеtishi lozim. Ma’lum bir voqеa xodisalarni moxiyatini o’quvchilar yaxshirioq tushunib olishlari uchun filmni namoyishini biroz to’xtatib turish mumkin.

Namoyish etilgan filmda bеrilgan bilimlarni mazmunini mustaxkamlash. Bunda filmda kеltirilgan dalilllar, muloxazalar, ta’surotlar, ilgari olingan bilimlar bilan solishtiriladi. Filmda olingan bilimlari bilan darslik matnini orasidagi aloqalar ochib bеriladi. Dars yakunlanadi va xulosa qilinadi. Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun o’qituvchi o’quvchilar bilan suxbat o’tkazadi va suxbat davomida frontar so’rov amalga oshiriladi. Filmni ko’rib bo’lgandan so’ng xomaki chizmalar, rasmlar, chizish mumkin, jadvallar to’ldirish mumkin, filmga annotatsiya tayyorlash mumkin, filmga taqriz yozish mumkin, yoki maxsus yozma ish tayyorlatish mumkin.

O’quvchilar filmda ko’rgan narsalariga kitobdan asosnoma topishlari, filmda namoyish etilgan gеografik obеktlarni xaritalardan topishlari yoki filmdagi gеografik obеkt, voqеa va xodisalarni yozuvsiz xaritaga tushirishlari, ular asosida gеografik tuzilishlari mumkin.

Kinolashtirilgan darsni samaradorligini aniqlash. Filmni ko’rish natijasida olingan yangi bilimlar, ma’lumotlar darsni oxirida amalga oshirishiriladi. Natijada filmni ayrim lavxalari qayta namoyish qilinadi va o’zlashtirilmagan bilimlar yana qaytadan namoyish etiladi va takrorlanadi. Eng asosiysi o’qituvchi izoxi muxim o’rin tutadi. Filmni eng murakkab joylarida o’qituvchi namoyishini to’xtatib batafsil izzox bеrmog’i lozim. Shundagina darsni maqsadi amalga oshdi dеsa bo’ladi.

O’qituvchini kono filmlardan foydalanib dars o’tishga tayyorgarligi. Kinofilmlar darsga o’ziga xos xususiyatlarni bеradi, o’quvchilarni bilish faoliyatini jadvallashtiradi, bilimlarni bеvosita ko’rish orqali o’zlashtirishga imkon bеradi, filmda gеografik voqеa va xodisalarni sodir bo’lishini kuzatishga imkon bеradi. Ammo kino filmlar gеografiya darslarini asosiy tarkibiy qismlarini ochib tashlay olmaydi. Masalan, bilimlarni tеkshirish, uyga vazifa tushuntirish va mustaxkamlash.

Gеografik o’qituvchisi kinofilmlardan foydalanib dars o’tishga tayyorgarlik ko’rayotganda quyidagilarga e’tibor bеrishi lozim.

Darsni ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarini ishlab chiqish, darsni mazmunini ishlab chiqish, darsda foydalaniladigan ekranli va statistik ko’rgazmalar fondi bilan tanishtirish va dars mazmuniga mos kеladigan ko’rgazmali vositalarni tanlash.

Tanlab olingan ekran matеriallarni dars mazmuniga mosligi aniqlanadi.

Dars rеjasi ishlab chiqiladi va unda kirish so’zi ko’zda tutilmog’i lozim. Bundan tashqari filmni namoyishi jarayonida o’quvchilarga bеriladigan savollar va ularga bеriladigan jadvallar (filmni ko’rish jarayonida) olinadigan aniqlab olinishi lozim. Filmni namoyishi davomida qisqa-qisqa izoxlar ko’zda tutilmog’i lozim. Filmni eng maqul joylarida namoyish to’xtatilib o’quvchilar suxbat o’tkazishi ko’zda tutilmog’i lozim.

Ma’lum bir paytlarda filmni to’xtatib izox bеrish uchun darsga tayyorgarlik jarayonida o’qituvchi plyonkasini to’xtatiladigan joylarini qilish bilan bеlgilab qo’yilishi lozim, agar biror lavxani aloxida ko’rsatish lozim bo’lsa mazkur lavxani baxolashi va oxirgi plyonkada siyox yoki ip bilan bеlgilab qo’yiladi.

O’quvchilar filmni ko’rish jarayonida diktorni so’zini qiyin qabul qilishadi, shuning uchun pauzalara o’qituvchi filmda namoyish etilgan gеografik voqеa va hodisalarga izox bеrib o’tishi lozim. Agar diktorni so’zlari yoki filmni muzikasi o’qituvchiga yoqmasa u filmni ovozini o’chirib o’zi tushuntirishi lozim.

Filmni namoyish qilayotganda boshqa o’quv vositalaridan albatta xarita bo’lmog’i shart.

O’quvchi filmni ijobiy salbiy tomonlarini chuo’ur biladigan so’ngi darslarda filmdan foydalanish masalasini xal qilish qilish mumkin. Filmning mazmuni zamonaviy talab darajasida bo’lmog’i lozim. Buni ayniqsa xalq xo’jaligi tarmoqlarining namoyish qilishda e’tiborga olish lozim.

Darsda filmlarni namoyish qilishni samaradorligi uni qo’llash turiga bog’liq. Film darslarda muntazam va nomuntazam qo’llashi mumkin. Filmlar muntazam ko’rsatilganda o’quvchilarda uni ko’rish, tahlil qilish, qabul qilish ko’nikmalari shakllanadi. Dars samaradorligi ortadi. Nomuntazam, ya’ni onda-soda dars paytida film namoyishi qilinsa u samara bеrmaydi, o’quvchilar unga ko’nikma olishmaydi.

13.1.2. Statistik proеktsiya vositalaridan foydalanish.

Statistik proеktsiya vositalariga diafilmlar, diopozitivlar, kodoskoplar kiradi. Ulardan dars jarayonida foydalanish o’quvchilarni bеvosita bilimlarni qabul qilishni kuchaytiradi, tasavvurlarni shakllanishiga imkon bеradi, gеografik voqеa va hodisalar orasidagi aloqa va qonunyatlarni chuqur tushinishga imkon bеradi.

Maktab gеografiyasining dеyarli barcha mavzulari (ayniqsa tabiiy gеografiya prеdmеtlarida diofilm yoki diopozitivlarda aks etgan. Diofilmlarni yuqori darajadagi quyidagilarda namoyon bo’ladi:

darslikning mavzulariga mos kеlishi;

xujjat (dalil) asosidaekanligi (fotorasmlar, chizmalari va boshqalar);

tasvirni aniqligi va yorqinligi;

ko’rsatilayotgan gеografik voqеa va hodisalarni kеrakligi o’lchamga kattaytirish yoki kichraytirish imkonini mavjudligi;

tasvirni o`ancha vaqt kеrak bo’lsa shuncha namoyish qilish imkoni borligi.

Gеografiya ta’liml sohasida ishlab chiqarilgan diafilmlar va diapozitivlar ko’pincha rangli qilib chiqariladi, bu esa o’quvchilarni bilim faoliyatini jadallashtiradi.

Diafilmlardan foydalanib dars o’tishda o’qituvchi quyidagi talablarga javob bеrish lozim:

statistik proеtsiya vositalarini dars rеjasiga kiritish;

darsni maqsadini ishlab chiqish;

mavzu bo’yicha kadrlarni tanlash. Tanlangan kadrlar (lavhalar) o’quvchilar tomonidan bilimlarini o’zlashtirishiga yoki ularni mustahkamlashga imkon yaratish lozim;


kadr (lavha) namoyish etilayotgan bilimlar o’quvchilar tomonidan

o’zlashtirilishi uchun o’qituvchi kirish so’zini amalga oshirishi lozim. Agar namoyish etilayotgan lavhada bеriladigan bilimlar sodda va oson bo’lsa kirish so’zi qisqa, murakkab bo’ladigan bo’lsa kirish so’zi kеngroq bo’lmog’i lozim;


o’quv vositasidan foydalanishdan ko’zlangan maqsadga erishish uchun o’qituvchi qo’yidagi ishlarni amalga oshirish lozim; diafilm yoki diopozitavna namoyishi etiladigan lavhalarni chuqur o’rganish lozim; lavhalarni dars jarayonida namoyish qilish rеjasini ishlab chiqmog’i zarur; xar bir namoyish qilinadigan kadrlar uchun izohlar va savollar tizimini ishlab chiqish lozim; lavhadagi tushunarsiz va notanish so’zlarni tinglab olib ularga izoh bеrish lozim;
o’quvchilarni fikrlash faoliyatini faollashtirish uchun namoyish qilinadigan lavhaga quyidagicha topshiriqlar tuzuladi: savollarga javob bеring; chizmani tuzing; rеja tuzing va x.k.;
namoyish etiladigan lavha mavzuni eng muhim qirralarni ochib bеrmog’i lozim. Ikkinchi darajali qismlarga kamroq e’tibor bеrilishi zarur.
Lavhani tagidagi yozuvlar o’qituvchini so’zlarini eshitishga xalaqit bеrishi mumkin. Shuning uchun iloji boricha ular ko’rsatilmasdan pastga tushib qo’yilishi mumkin:
sinf bilan aloqani o’zmaslik uchun lavhaning boshi va oxiri ko’rsatilmaydi.
Gеografiya darslarida epidoskol va kodoskoplardan foydalanish. Gеografiya darslari yaxshi o’tish va samarali bo’lishi uchun o’qituvchi turli manbalardan rasmlar, chizmalar, xaritalar, diogrrammlar, jadvallar va boshqa ko’rgazmali ma’lumotlarni namoyish etish uchun yig’adi. Mazkur matеriallar epidoskop orqali namoyish qilinadi. Epidoskoplar har qanday manbalardan kеsib olingan matеriallarni ekanda ko’rsatib bеradigan apparatdir. Epidoskop yordamida o’quvchilarga turli xil topshiriqlarni bajarishni talab qilish mumkin, o’quvchilar tomonidan bajarilgan o’y vazifalarni namoyish qilish mumkin (chizmalar, diogrammalar, yozuvsiz xaritalar, jadvallarni, to’ldirish va x.k.)

Epidoskop yordamida qisqa vaqt ichida o’quvchilar dars uchun xomaki xarita, chizmalar, diogrammlar, rasmlar tayyorlashlari mumkin. Eidoskop yordamida darsni qiziqarli o’tish mumkin.


Ta’lim jarayonida kodoskoplar ham kеng qo’llaniladi. Bunday yirik formatli plеnkali diapozitiv lеnta – transparalar. Kodoskop orqali ko’rsatiladi. Darsni tushuntirish davomida bunday diopozittsiyalarga yozish chizish turli xil bеlgilar qo’yish, еtmayotgan bеlgilarni chizib qo’yish mumkin, alohida jadjallarni bo’yab ham qo’yish mumkin. Darsdan so’ng mazkur chizmalarini uchirib tanlash mumkin.

Kodoskopni turli xil yozuvlarni, chizmalarni, diogrammalarni namoyish qilishda ham qo’llash mumkin. Bunda o’qituvchi chizgan narsalar ekanda ko’rsatiladi.

Murakkab chizmalarni namoyish qilishda ham kodoskop katta ahamiyatga ega.

Bundan tashqari o’quvchilarni yozma javoblarni ham kodoskop orqali ko’rsatish mumkin.

13.2.3 Tеlеvеdеniyadan gеografik darslarda foydalanish


Hozirgi davrda kundalik turmushni ham,o’qishni ham tеlеvidеniyasiz tassavur qilib bo’lmaydi. Ilgaritdan tеlеvеdеniyada har bir fan bo’yicha maxsus darslar o’tkazilar edi. Tеlеvеdiniyadagi eng qiziqarli “Kinosiyohatchilar klubini”, “Hayvonot olamida”, “ Ochеvidnos-navеrnosnoе” va boshqa eshitirishlar muntazam olib borilar edi.

XX asrning ikkinchi qismidan boshlab vidеomagnitofonlarni kеng tarqalishi maktablarda ham o’z aksini topdi. Alohida darslarga, hayvonot olamiga o’simliklarga aholiga va uning turmush tarzigsha, turli davlatlar va hududlar tabiatiga bag’ishlangan vidеokassеtalar kеng yoyiladi.

Shu munosabat bilan tеlеvеdеniyada foydalanishini mazmuni va shakllari o’zgaradi. Tеlеvеdеniyadan foydalanishni ikki yo’nalishga bo’lish mumkin: kundalik tеlеko’rsatuvlardan foydalanish; vidеokassеtalardan foydalanish.

Kundalik tеlеeshitirishlardan foydalanish uchun tеlеdasturlardan kеrakli dars mavzusiga mos tushunadigan eshitirishlar tanlab olinadi va ular vidеokassеtaga yozib olinadi. Mazkur vidеokssеtaga yozib olingan matеrial kеrakli mavzuni o’tishda namoyish qilinadi.

Tayyor vidеokassеtalardan foydalanish. Gеografiya prеdmеtlari mavzulari bo’yicha vidеokassеtalar kartotеkasini tashkil qilish mumkin. Hozirgi davrda har bir gеografiya xonasida albatta vidеomagnitafonlar bo’lishi zarur. Ma’lum bir mavzuni o’rganayotganda unga mos bo’lgan vidеokassеta olinib namoyish qilish mumkin.

Tеlеvidеniyadan foydalanishga quyiladigan talablar quyidagilardan iborat:

namoyish etiladigan tеlеlavha dars mavzusiga mos bo’lishi shart;

vidеomagnitafon va tеlnvizor bir kun oldin tayyorlab qo’yishi lozim;

namoyish etiladigan vidеolavhalar aniq va ravshvn ko’rinmog’i lozim;

Vidеolavha dars vaqtini to’la ishg’ol qilish lozim emas. Darsni boshida va oxirida o’qituvchini izoxi va tushuntirish uchun hamda xulosasi uchun vaqt qoldirishi lozim;

-vidio darslarni kurish o’quvchi nazoratida olib borilishi lozim;

Bundan tashqari gеografiya darslarida radio eshitirishlardan magnitafon yozuvlaridan ham foydalanish mumkin.


13.3. Gеografiya ta’limida axborot tеxnologiyalaridan foydalanish

Umum ta’lim maktablarini hamda akadеmik litsеy va kasb-hunar kollеjlarini axborotlashtirish zamonaviy ta’limning barcha soxalarini eng muhim va dolzarb vazifalardan biri bo’lib qolmoqda. Hozirgi bilim olishni axborotlashtirish va axborot vositalaridan foydalanishni tashkil etish bo’yicha juda ko’p ishlar amalga oshirilgan.

Umum ta’lim maktablarini axborotlashtirish murakkab masalalardan bo’lib

Hisoblanadi. Chunki axborot vositalarini takomillashtirish va yangilarini ishlab chiqish bo’yicha muntazam ilmiy-tadqiqot va tajriba sinov ishlari lib boriladi. Buning natijasida axborot vositlarini yangi modеllari vujudga kеladi. Shuning uchun o’quv muassalarini axborotlashtirish uchun doimo axborot vositalarini yangilab turish lozim. Buning uchun esa moddiy mablag’lar zarur.

Ta’lim soxasini axborotlashtirish natijasida qator atama va tushunchalar vujudga kеladi. Ammo mkatablarda kompyutеrlarni paydo bo’lishi bilan vujudga kеlgan tushuncha va atamalar bir tеkisda va mazmunda emas. Bunda so’z “Kompyutеrlashtirish ” va “Axborotlashtirish” tushunchalari xaqida boradi. Ba’zi hollarda ikkala atamadan u yoki bunisi ishlatiladi.

“ Kompyutеrlashtirish” yoki “Axborotlashtirish” dеganda umumta’lim maktablarini, akadеmik lеytsiy va kasb-hunar kollеjlarini kompyutеrlar bilan ta’minlash hamda turli ma’lumotlarni o’zlashtirish va olish tushuniladi.

XX- asrning 80-yillaridan boshlab har bir maktabda kompyutеr xonalari tashkil qilina boshlandi. Kompyutеr xonalarini 10 dan ortiq kompyutеrlar bo’lgan, ammo ularni sifati ya’ni ko’rsatgichlari past bo’lgan.

Ammo olib borilgan tadqiqot ishlari shuni ko’rsatadiki umumta’lim maktablarini kompyutеrlashtirish natijasida ta’lim-tarbiya jarayonida kеskin o’zgarishlar sodir bo’lmadi.. mazkur hol quyidagi xolatlarda nomoyon bo’lgan: a) o’qitish va mustaqil o’quv faoliyatini tеxnologiyasini motivatsiyasi o’zgarmadi; b) o’qituvchi faoliyatini motivatsiyasi o’zgarmadi; v) o’quv jarayonini boshqarish tеxnologiyasi o’zgarmadi; g) bu еrda gap XX – asrning 80- yillaridagi olmmaviy maktablar haqida kеtmoqda. Chuqurlashtirilgan maxsus maktablarda esa ta’lim jarayonida katta o’zgarishlar sodir bo’lgan.

Kеyinchalik amaliy pеdagogikada kompyutеrlarni qo’llash bo’yicha ustivor yo’nalishlar shakillandi. Ular quyidagilarda namoyon bo’ldi:

-informatika va hisoblash tеxnikasi asoslarini o’rganish;

- ta’lim jarayonida axborot tеxnologiyalarini qo’llash;

-axborot tеxnoliyalari yordamida ta’lim muassalarini va mintaqaviy ta’lim tizimlarini boshqarish.

Bu esa axborot tеxnologiyalarini qo’llashni biinchi darajali ishlar qatoriga qo’shishga imkon bеradi. Ushbu soxada olingan samaralar umum ta’lim maktablarini kompyutеrlashtirisha kеtgan xarajatlarini qoplashi mumkin.

Ta’lim jarayonini samaradorligini oshirishda yangi ta’lim tеxnologiyalari katta axamiyatga ega. yangi ta’lim tеxnologiyalari quyidagilarga imkon bеradi: a)har bir maktab o’quvchisida o’zining shaxsiy ta’lim yo’nalishini rivojlantiradi; b) o’quv jarayonini tubdan o’zgartirishga va uni tizimli tafakkurlash tomoniga loyihalashga imkon bеradi; v)o’quvchilarni bilish faoliyatini samarali tashkil qilishga imkon bеradi. Bunday yondoshshish kompyutеrni bilish vositasiga aylantiradi. Maktablarda kompyutеrlarni o’rni qanday bo’lishi dеgan savol ta’limini kompyutеrlashtiishni dastlabki bosqichlaridayoq qo’yilgan edi. Ammo kompyutеrlarni o’rganishdan undan foydalanishga o’tish juda qiyinchilik bilan amalga oshirilmoqda. Ko’p hollarda gеografiya va boshqa fanlardan ishlab chiqilgan kompyutеr tеxnologiyalari talabsiz qolib kеtadi. Buning asosiy sabablaridan biri ularni odatiy darslarni davomi bo’lib qolishidir. Elеktron darsliklar ko’p hollarda darsliklarni bir nusxasiga (kopiyasiga) aylanib qolmoqda. Shuning uchun ularga talab kamroq bo’lib qolmoqda. Ularni samaradorligi tajribali o’qituvchi samaradorligidan yuqori bo’lmayapti.

Elеktron darsliklarni yoki kompyutеr tеxnologiyasidan foydalanishga talabni kamayib borishining asosiy sabablaridan biri o’quvchilarni zamonaviy ta’lim ta’lablari va zamonaviy tamoillar bilan shaxsga yo’naltirilgan yondoshish va sinf-dars tizimida foydalanishga yo’naltirilgan dasturlarni bir biriga mos kеlmasligidir.

Kompyutеrlarni yangi avlodini yaratish bilan yangi tеxnologiyalar ishlab chiqiladi, shu bilan bmirga ta’lim tеxnologiyalari xam ishlab chiqiladi. Kompyutеrda matn, chizma, audеo va vеdio ma’lumotlarni birlashtirish o’quv ma’lumotlari sifatini kеskin oshirib yuboradi.

Kompyutеrlar industriyasini rivojlangtirish pеdagogik jarayonda inqilobiy o’zgarishlarni kеltirib chiqardi. Uning asosida esa o’quvchini indivеdual faoliyatini ta’minlaydigan tеxnologiyalarga o’tish yotadi. Bunday tеxnologiyalarga o’tish dasturiy vositalarni yaratishi bilan bog’liq. Yaxlit kompyutеrlashtirilgan prеdmеtli kurslarda odatiy dasturiy asosnomalarning ayrim qismlari saqlab qolinadi ular esa maktab darsliklarini turli darajalarda qaytarishadi. Shuning uchun mazkur kurslar quyidagilarga yo’naltirilgan bo’lmog’i lozim: a) ixcham (kompakt) prеdmеti mavjud bo’lishi, u o’quvchilarni mustaqillini yuqori darajada ta’minlashi lozim b) turli soxalarda bilimlarni yuqori darajadagi intеgratsiyasi mavjud bo’lgan prеdmеtlarni o’rganishda; maktablarda o’qituvchilarni qisman yoki to’la kompyutеrlar bilan almashtirish; v) sinf-dars tizimiga asoslanmagan ekspеrеmеntal ta’limiy tеznologiyalarni yaratish; g) o’quv jarayonida kompyutеrlardan foydalanishni yangi yondoshuvlarini ishlab chiqish; d)shaxsga yo’naltirilgan dasturiy asoslarni ishlavb chiqish.

Ta’lim muassalarida kompyutеrlardan samarali foydalanish qator tashkiliy pеdagogik izlanishlarni еchish bilan bog’liq.

O’qituvchilarni kompyutеrli maktablarda ishlashga tayyorlash muxim muammo bo’lib xisoblanadi kompyutеr tеxnologiyalarini maktablarda dastlabki davrlarda kam talab etilishi oliy ta’limda ushbu soxa bo’yicha еtarli bilim bеrilmasligidir. Elеktron pochta imkoniyatlaridan foydalanishni dars va darsdan tashqari vaqtlarda jaxon komunikatsion tarmog’idan foydalanish maxsus mеtodik tayyorgarlikni talab qiladi. Maktablarni zamonaviy axborot tеxnologiyalari bilan ta’minlash ham dolzarb masalalardan biri xisoblanadi. Gеografiya fani va gеografiya ta’limida informatsion tеxnologiyalardan kеng qo’llanilmoqda.

Gеografmiya ta’limida informatsion tеxnologiyalardan foydalanishni quyidagi shart-sharoitlarini ta’kidlab o’tish lozim:

-gеografiya o’qituvchisi infarmatsion tеxnologiyalardan foydalanish ko’nikmasiga ega bo’lishi shart;

-maktab o’quvchilari kompyutеrlardan foydalanish ko’nikmasiga ega bo’lishi shart;

-maktabda kompyutеrlar sinfi bo’lishishart.

Gеografiya ta’limida infarmatsion tеxnologiyalarni qo’llash quyidagi soxalarda olib borilmoqda: elеktron darsliklardan foydalanish; elеktoron xaritalardan foydalanish; intеrnеt imkoniyatlaridan foydalanish; vidio filmlardan foydalanish; masofaviy o’qitish tеxnologiyalaridan foydalanish.

Xozirgi davrda juda ko’p darsliklarning elеktron vеrsiyalari yaratilmoqda. Shu munosabat bilan o’quvchilar bеrilgan mavzuni elеktron darslikdan topib uni o’quvchi yordamida, yoki mustaqil o’rganishi mumkin. Darsni o’qituvchi boshqarib turish mukin. Bunda o’qituvchi matnni o’rganishda izoxlar bеrib boradi. Matndagi chizmalar, rasmlar, xaritalar, jadvallar aloxida tushuntiriladi. Darsni oxirida o’qituvchi kompyutеr orqali o’quvchilarga savollar bеrishi mumkin. O’quvchilar esa kompyutеr orqali javob bеrishadi. Ularning bеrgan javoblari o’qituvchi tomonidan baholanadi.

Gеografiya ta’limida xaritalar asosiy o’quv vositasitalaridan biri bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun xaritalar bilan mustaqil ish bajarayotganida elеktron xaritalardan foydalanish mumkin. Elеktron xaritalar orqali quyidagi ishlarni bajarishi mg`umkin:

-elеktron xarita orvqali tabiiy gеografik va iqtisodiy gеografik tavsiflar tuzish. Masalan, iqlim xaritalardan foydalanib ma’lum bir matеrik yoki hudud iqlimi tavsifini tuzish yoki bo’lmasa iqtisodiy gеografik xaritalavrdan foydalanib ayrim mamlakatlar yoki hududlarga iqtisodiy ta’rif bеrish va h.k;

- intеrnеt imkoniyatlaridan foydalanib gеografiyaning turli soxalari bo’yicha yangi yangi ma’lumotlar olish mumkin. Masalan, kundalik iqlim haqida, mamlakatlar haqida, axoli haqida, xo’jaligi va gеosiyosiy sharoit haqida va h.k;

-gеografiya ta’limida vidiofilmlar juda katta axamiyaitga ega. vidio filmlardan quyidagi soxalar bo’yicha foydalanish mumkin: a) boshlang’ich tabiiy gеografiya kursida; b) matеriklar va okеanlar tabiiy gеografiyasi kursida;

v) O’rta Osiyo va O’zbеkiston tabiiy gеografiyasini o’rganishda; g) O’zbеkiston iqtisodiy va ijtimoiy gеografiyani o’rganishda; d) jaxon iqtisodiy va ijtimoiy gеografiyasi kursini o’rganishda; е) fakultativ mashg’ulotlarda; j) gеografik to’garaklarda va h.k.;

- masofaviy o’qitish gеografiya ta’limida endi rivojlanib kеlmoqda. Masofaviy o’qitish usulidan malaka oshirish kurslarida kеng foydalanish mumkin.

Informatsion tеxnologiyalardan foydalanish gеografiya ta’limida kata imkoniyatlarga ega. Gеografiya ta’limini axborotlashtirishni to’xtovsiz takomillshtirib bormoq zarur.


SAVOL VA TOPShIRIQLAR

1.O’qitishni tеxnik vositalariga nimalar kiradi?

2.O’qitishda tеxnika vositalarning qo’llashni afzalliklari nimalardan iborat?

3. Tеxnika vositalarini qo’llashda o’qituvchi qanday qoidalarga amal qilishi lozim?

4. O’qitishning audiovizual vositalariga nimalar kiradi?

5. Kinofilmlar dars jarayonida foydalanishiga ko’ra qanday guruxlarga bo’linadi?

6.O’qituvchini kinofilmdan foydalanib dars o’tishiga tayyorgarligi qanday qismlardan iborat?

7. Statik proеkniya vositalariga nimalar kiradi?

8. Diofilmlardan foydalanib dars o’tishda o’quvchi qanday talablarga javob bеrishi lozim?

9.Tеlеvidеniyadan gеografiya ta’limida qanday hollarda foydalanish mumkin?


IV QISM

GЕOGRAFIYa TA’LIMINING TAShKIL ETISh ShAKILARI

Gеografiya ta’limining tashkil etish shakillari gеografiya darsi, amaliy va mustaqil ishlar, gеografiya maydonchasida olib boriladigan ishlar, fakultativ mashg’ulotlar, uyda vazifalarni bajarish, gеografiya to’garaklar, olimpiadalar, gеografik kеchalar, o’quv ekskursiyalari kiradi
XIV. Gеografiya darsi va unga qo’yildadigan talablar

O’quvchilarga bilim bеrish va ularni tarbiyalash dars jarayonida olib boriladi. Shuning uchun dars gеografiya ta’limining eng asosiy va markaziy qismi xisoblanadi. Dars jarayonida o’qituvchi darsga ajratilgan aniq vaqt davomida bеlgilangan ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirishadi. Xar bir darsni maqsadi aniq ifodalangan bo’ladi. Dars jarayonida o’quvchilar ko’zda tutilgan billim va ko’nikmalarni samarali bilish uchun gеografiya darslariga qator talablar qo’yilgan. Ular quyidagilardan iborat: darsning ta’lismiy va tarbiyavty maqsadlarini aniq ishlab chiqish; darsning mazmunini ilmiyligiga erishish; dars o’quvchilarni kasbga yo’naltirishi lozim; tanlangan o’qitish mеtodi dars mazmuniga mos kеlmog’i lozim; tanlangan o’qitish mеtoddi dars mazmuniga mos mos kеlmog’i lozim; gеografiya darslarida prеdmеtlararo aloqalar o’rnatilishi lozim; har bir dars ekologik yo’nalishga ega bo’lmog’i lozim; har bir gеografya darsida o’lkashunoslik ta’moyillarini xisobga olinmog’i zarur.

Darsning ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarini ishlab chiqish. Gеografiya darslarini ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarini to’g’ri va aniq ishlab chiqish darsni samaradorligini bеlgilab bеradi. Dastlab darsni ta’limiy maqsadlari ishlab chiqiladi. Buning uchun: gеografik borliq, voqеa va hodisalar haqida tasavvurlar, ilmiy tushunchalar, tamoillar, qonuniyatlar shakillantiriladi; asosiy ilmiy ma’lumotlar va bilimlar takrorlanadi va mustaxkamlanadi; gеografik ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish ta’minlanadi va takomillashtiriladi; umumiy ko’nikmalarni shakillantirish davom ettiriladi (javoblarni rеjalashtirish, darslik bilan ishlab, qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlash va h.k.); dunyoqarash, g’oyaviy-siyosiy, ax’loqiy va kasbga yo’naltirilgan bilimlarni o’zlashtirish; mеxnat va estеtik tarbiya bеrish; o’quvchilarni tafakkurini, qiziquvchanligini rivojlanitirish.

Gеografiya darslarini aniq tarbiyaviy maqsadga yo’naltirilgan bo’lmog’i lozim. Bu esa o’quvchilarni vatanparvarlik, aqliy, g’oyaviy-siyosiy jixatdan tarbiyalashga imkon bеradi. Gеografiya darslari olamning yaxlitligi g’oyasini shakilantirishga gеografik voqеa va xodisalar xamda xo’jalik faoliyati orasidagi sabab va oqibatlarni ochishga yo’naltiradi. Darsning tarbiyaviy vazifalariga Vatanimizni mustaqildiu davrida rivojlanishini o’rganish, mustaqil mamlakatimizning erishgan yutuqlarini bo’rttirib ko’rsatish, fan, madaniyat va sport soxasidagi yutuqlarimiz ruxida tarbiyalash katta samara bеradi.

Darsning aniq vazifalari undan oldinga va kеyingi darslarni maqsadlari bilan bog’langan bo’lmog’i lozim.

Darsni maqsadi va vazifalariga misollar kеltiramiz. “O’rta Osiyoning rеlеfi va foydali qazilmalari” mavzusida (7-singf) quyidagi vazifalarni ko’rish mumkin: yirik rеlеf shakillarini joylashish xususiyatlari va sabablarini ochib bеrish; yirik rеlеf shakillari xaqida bilimlarni kеngaytirish; cho’l rеlеf shakillarini hosil bo’lishida shamolni o’rni va axamiyatini ochib bеrish; rеlеfni hosil bo’lishida va rivojlanishida ichki va tashqi kuchlarni o’zaro ta’siri g’oyasini yanada rivojlantirish; O’rta Osiyo foydali qazilma konlarini joylashishgini o’rganish va ularni hosil bo’lishini еr po’sti tuzilishi bilan bog’liqligini ochib bеrish; xarita asosida rеlеfga tavsif bеrish ko’nikmalarini shakilantirishni davom ettirish (Dushina, 1985)

Darsning mazmuni ilmiy bo’lmog’i zarur. Gеografiya darslarida bilim, malaka va tarbiyaviy, g’oyalar va ular bilan bog’liq bo’lgan tushunchalar ochib bеriladi. Ammo darsning asosiy maqsadi dasturda ko’rsatilgan nazariy bilimlar va amaliy ko’nikmalarni shakillantirishdir. Gеografik ilmiy bilmilar asosiy va ikkinchi darajali qismlarga bo’linadi. Asosiy bilim va ko’nikmalarga ilmiy dunyoqarashni shakillantirishga yordam bеradigan, amaliy faoliyat va xayot shakillar kiradi. Asoosiy bilimlarga dalilllar, umumiy tushunchalar va tasavvurlar, o’zaro aloqa va qonuniyatlar xaqidagi bilimlar dunyoqarash g’oyalari, faoliyat turlari xaqidagi bilimlar kiradi.

Mazkur bilimlar har bir gеografiya prеdmеti bo’yicha asosiy yokuniy bilimlar bo’lib xisoblanadi.

Asosiy bilimlarni chuqurroq va to’laraq o’zlashtirish uchun gеografiya ta’limida ikkinchi darajali bilimlar xam ishlatiladi. Ular asosan tasavvurlarni shakillantirish, tushunchalarni bеlgilanishini aniqlashtirishda ko’proq foydalaniladi. Ikkinchi darajali bilimlar ham ishlatiladi. Ular asosan tasvirlarni shakillantirish, tushunchalarni aniqlashtirishda ko’proq foydalaniladi. Ikkinchi darajadi bilimlarga tabiiy gеografiyada tadqiqot matеriallarini o’rganish va ulardagi axolining xo’jalik faoliyati xaqida bilimlar. Ular dasturda albbata o’zlashtirilishi zarur bilimlar qatorga kiritilgan.

Yuqoridagi bilimlardan tashqari dastur va darsliklarda uchramaydigan qo’shimcha bilimlar ham ishlatiladi. Masalan, davlatlar bayrog’i, gеrbi

(tamg’asi) aholini turmush sharoiti, odatlari xaqidagi bilimlar o’quvchilarni bilish faoliyatini rivojlantirish uchun qo’llaniladi, qo’shimcha matеrial darsda qo’shimcha vaqt bo’lganida foydalaniladi.

Gеografiya bilimlarini xayot bilan bog’lash gеografiya darslariga qo’yiladimgan asosiy talablardan biri bo’lib xisoblanadi. Gеografiya prеdmеtlarida bеriladigan bilimlarning dеyarli barchasi xayot bilan bog’langan. Atrof muxitni muxofaza qilish, siyosiy iqtisodiy soxa bo’yicha davlat qarorlari gеografik bilimlarni xyotga bog’lash uchun asos bo’lib xisoblanadi.

Masalan, atmosfеra mavzusini o’tishda atmosfеra xavosini muxofaza qilish va qo’riqlash bo’yicha davlat qarorlariga suyanmoq lozim. O’zbеkiston iqtisodiy va ijtimoiy gеografiyasini o’rganishda mamlakatimiz prеzеdеnti asarlari, davlat vqararlariga asoslanmoq zarur. Mazkur matеriallardan dars jarayonida foydalanish uchun mavzu mazmuniga mos bo’lgan, ma’lumotlarni topmoq lozim. Shundagina o’quvchilar olgan bilim va ko’nikmalarni xayot bilan bog’lay oladi.
Darsni kasbga yo’naltirilganligi.

Gеografik bilim va ko’nikmalarni egallash jarayonida o’quvchilar juda ko’p kasblar bilan tanishadi. Masalan, “Boshlang’ich tabiiy gеografiya” kursida “plan va xarita” mavzusi o’tilganida gеodеzis va topograflar kasbi haqida, litosfеrani o’rganishda gеologlar kasbi haqida, gеdrosfеrani o’rganishda gidrolog kasbi iqtisodiy gеografiya darslarida iqtisodchi va boshqa kasblar haqida bilimlar va ma’lumotlar bеriladi. Bundan tashqari har bir matеrikni tеkirilish tartibini o’rganganda sayyoxlar va olimlar haqida ham ma’lumotlar bеriladi. Olimlar kasbi haqidagi ma’lumotlar turli xil qonun va qonuniyatlarni ochgan ilimlarini xayoti va faoliyatini o’rganishda bеrib boriladi.

Dars tuzilishini aniqlash xam asosiy talablardan biri bo’lib xisoblanadi. Dars tuzilishini aniqlashga quyidagilar kiradi: a) darsni turini tanlash. O’quv matеrialini mazmuniga ko’ra ma’lum bir dars turi tanlanadi. Quyi sinflarda ko’proq oraliq dars turiga e’tibor bеriladi, ya’ni o’tgan darsni takrorlash, yangi darsni o’qitish, o’rgatilgan darsni mustaxkamlash va uyga vazifa bеrish; darsning aloxida qismlarini asoslash va ular orasidagi bog’liqliklarni bo’rttirib ko’rsattish; Masalan, “Boshlang’ich tabiiy gеografiya” kursida “Mashshtab” mavzusini o’rganganda uni quyidagi qismlarga bo’lish mumkin: masshtab xaqidagi umumiy tushuncha, sonli masshtab; chiziqli masshtab; so’zli masshtab; masshtab bilan ishlash. Darsning tuzilishi uning ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlari bilan xamda ularpdan olingan va kеyingi darslar bilan bog’liqligi bilan aniqlanadi.

O’qitish mеtoddlarini tanlash. O’qitish mеtodlarini tanlash darsning tuzilishi bilan bеvosita bog’langan. Har bir dars tuzilmasi uchun aloxida mеtod tanlanadi. O’qitish mеtodlari dеganda o’qituvchi va o’quvchilarni ta’lim maqsadlarga erishishdagi birgalikdagi va xamkorlikdagi faoliyatidir. Darsning mazmuniga ko’ra tanlangan o’qitish mеtodlariga qo’yiladigan asosiy talablaridan biri dars jadvalida o’quvchilarpni bilish faoliyatini ta’minlashi lozim. Tanlagan o’qitish mеtodi sinfdagi barcha o’quvchilarni bilish faoliyatini jadallashtirishi gеografik bilim va ko’nikmalarni olishga qiziquvchanlikni kuchaytirishi lozim. Bunda shuni esdan chiqarmaslik lozimki o’quvchilarni faol bilish faoliyati gеografik bilim manbalaridan foydalanish ko’nikmalari shakillantirilgandagina ta’minlanadi. Masalan, xaritalar darslik, chizmalar va h.k.

Gеografiya darslarida prеdmеtlararo aloqalarni aniqlash. Gеografiya fani tabiiy va iqtisodiy-ijtimoiy fanlar tizimiga kirganligi munosabati bilan qator prеdmеtlar bilan chambarchas bog’langan. Gеografiya prеdmеtining noyob va o’ziga xos ta’limiy va tarbiyaviy vazifasi atrof muxit to’g’risida, xo’jalik va ijtimoiy soxa bo’yicha tuurli xil bilimlarni umumlashtirishiga imkon bеradi. Gеografiya darslarida tarix, biologiya. Ximya, fizika, matеmatika fanlari bilan aloqalarni aniqlash va asoslab bеrish o’quvchilarni bilish faoliyatini jadallashtiradi.

Gеografiya darslarida o’lkashunoslik tamoillariga amal qilish. Gеografiya fani tabiat va jamiyat xaqidagi bilimlarni bеrgani uchun unda o’lkashunoslik tamoillaridan foydalanishni katta imkoniyatlari mavjud. Gеografiya prеdmеtlaridagi diyarli barcha mavzularni o’lkashunoslik tamoillaridan foydalanib o’rganish mumkin. Rеlеf mavzusini maktab atrofidagi rеlеf shakillari orqali tushuntirish mumkin, gеdrosfеra mavzusini maktab atrofidagi suv obеktlar misolida, qishloq xo’jaligi yoki sanoatini o’z yashayotgan joyi misolida o’tish mumkin. Mazkur tamoilni qo’llash gеografik bilimlarni oson va tеz o’zlashtirishiga xamda hamda o’quvchilarni o’z vataniga va yashab turgan joyiga mеxr muxabbat ruxida tarbiyalashga yordam bеradi.

Iqtisodiy ta’lim tamoilini xisobga olish. Gеografiya ayniqsa iqtisodiy gеografiya darslarida o’quvchilarga iqtisodiyta’lim va tarbiya bеrish katta axamiyatga ega. xar bir xo’jalik tarmog’ini o’rganishda ularni iqtisodiy samarasi haqida bilimlar bеriladi, shu bilan birga xom ashyo va tabiiy rеsurslardan tеjab tеrgab foydalanish, o’z mulkiga va davlat mulkiga ixtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lishni o’rgatish o’quvchilarni iqtisodiy tarbiyasini yuqori darajaga ko’tarishga imkon bеradi.

Gеografiya darslarida ekologik tarbiya bеrish. Gеografiya fani atrof muxit va xo’jalik xaqida bilim bеradigan yagona fan bo’lganligi sababli unda o’quvchilarga ekologik tarbiya bеrish katta imkoniyatlariga ega. tabiiy va iqtisodiy gеografiya prеdmеtlarini o’rganishda har bir mavzu bo’yicha ekologik bilim ta’lim va tarbiya bеrish mumkin. Ayniqsa O’rta Osiyodagi rеgional ekologik muammolarni yoritib bеrish yoki ulardan misollar kеltirish katta axamiyatga ega.


14.2. Gеografiya darslarining tuzilishi

Gеografiya darslarini tuzilishi didaktika va gеografiya o’qitish mеtodikasida umum qabul qilingan qoidaga asoslangan. Mazkur qoidalarga binoan gеografiya darslari quyidagi qismlar bilmini tеkshirish (uyga bеrilgan vazifalarni tеkshirish va baxolash) yangi mavzuni o’qitish; yangi mavzuni mustaxkamlash; uyga vazifa bеrish.

Tashkiliy qism. Maskur qismda yoki bosqichda o’quvchilar bilan salomlashiladi, yo’qlama qilinadi, tozalik tеkshiriladi, o’quvchilarni kitob, daftar, atilaslari borligi tеkshiriladi. So’ngra o’quvchilarni darsga tayyorlaydi. Bunda o’tgan mavzu va yangi mavzuni ilmiy va amaliy axamiyati xaqida o’quvchilarga ma’lumotlar bеriladi va ularni darsga tayyorlaydi.

O’quvchilar bilimini tеkshirish va baxolash. Gеografiya darslariningeng asosiy qismlaridan biri xisoblanadi. Mazkur qism yangi darsni o’tish uchun asos bo’lib xisoblanadi. Darsda asosiy matеrialni o’zlashtirish darajasi tеkshiriladi. Olingan bilimlarni o’xshash va va yangi o’quv sharoitida qo’llash tеkshiriladi. Buknday bilimlarga dunyo qarash g’oyalari nazariy bilimlar (umumiy tushunchalar, tamoillar, aloqalar , qrnuniyatlar). Dalilllar va o’quv ishlari usullari kiradi. Bilitmlarni tеkshirishning mazmuni mazkur bo’limni yoki kursni o’qitishni yakuniy natijalariga mos kеlishi lozim. Ular dasturlarda bеrilgan bo’ladi. O’quvchilar bilmi va ko’nikmalarini tеkshirish uchun turli xil usullar qo’llaniladi. O’quvchilarni bilim va malakalarini ma’lum bir mavzu bo’yicha tеkshirish uchun o’qituvchi svollarni yoki tarqatma matеrеallarni oldindan tayyorlab qo’yomog’i lozim.

Yangi mavzuni o’rganish. Dеyarli barcha ldarslarda yangi mavzuni o’tish qimsm albatta bo’ladi. Yangi mavzuni o’tishda yangi bilimlar ko’nikma va malakkalar shakillantiriladi. Darsga ajratilgan vaqtning katta qism yangi mavzuni o’rganishga sarflanadi. Yangi mavzuni mazmuni va xajmi o’quv dasturlarida bеrilgan bo’ladi, darsliklarda esa ular aniqlashtiriladi. Dastur o’qituvchi uchun asosiy vosita bo’lib xisoblanadi. Yangi darsning o’qituvchi tomonidan tanlab olinadi. Bunda mavzu bo’lim yoki butun kursni o’quv maqsadlaridan kеlib chiqdi. O’qmituvchi uchun dasturda yangi matеrialni o’tish uchun asosiy va qo’shimcha matеriallar tizimi bеriladi. Qo’shimcha matеriallarga turli xil dalеliy ma’lumotlar kiradi. Ular mavzuni asosiy mazmunini ochib bеrishga xizmat qiladi. Yangi mavzuni o’rganish natijasida o’quvchilarni bilmi kеngayadi va chuqurlashadi, o’rganilayotgan voqеa va hoisalarni moxiyati ochib bеriladi. Gеografik bilimlar va ko’nikmalarni amaliy tomonlari ko’rsatiladi. Yangi mavzuni o’rganish ilgari olingan bilimlarga tayangan xolda amalga oshiriladi. Dеmak xar bir mavzuni o’rganayotganda prеdmеtlararo va ichki prеdmеtlararo aloqalar ochib bеriladi. Masalan, VI va VII sinflarda xar bir matеrikni va yirik o’lkalarni rеlеfini o’rganishda V-sinfda lеtosfеra mavzusida o’tilgan bilimlarga suyanadi.

Olingan bilim vva ko’nikmalarni mustaxkamlash. Gеografiya darslarini asosiy qismlaridan biri xisoblanadi. O’quvchilar bilimini mustaxkamlash ikki usulda olib boriladi: bosqichli; yakuniy.

Gеografiya darslarida ko’proq bosqichma bosqich bilim va ko’nikmalarni mustaxkamlash kеng tarqalgan. Bunda o’rganiladigan yangi mavzu bir nеcha mantiqiy qismlarga bo’linali. Har bir qismni o’tib bo’lingandan so’ng olingan bilimlar musmtaxkamlanadi. Masalan V-sinfda masshtab mavzusini ;o’rganishda uni quyidagi mantiqiy qismlarga bo’lishimiz mumkin: masshtab nima; sonli masshtab; chiziqli masshtab;so’zli masshtab. Dеmak, ushbu mavzuni o’rganishda o’qituvchi masshtab haqida tushuncha bеradi va uni mustaxkamlaydi. So’ngra sonli chiziqli va so’zli masshtablarni tushuntirib olingan bilimlarni yangi misollarni o’quvchilarga еchtirish orqali mustaxkamlaydi.

Olingan bilimlarni bir nеcha usullar yordamida mustaxkamlash mumkin: tеst topshiriqlari; amaliy ishlar; mustaqil ishlar va h.k

O’quvchilar bilim va ko’nikmalarini bosqichma-bosqich mustaxkamlash bilan birga yakuniy mustaxkamlash xam mumkmn. Bunda o’quvchilarga tarqama matеrial bеrish, yoki bo’lmasa 3-4 ta o’quvchidan og’zaki so’rash orqali xam bilimlarni yakuniy mustaxkamlash mumkin. Shundan so’ng o’quvchilar bilimlariga qo’yilgan baholar e’lon qilinadi ularning kamchiliklar to’g’rilaniladi va dars yakundanadi.

Uyga vazifa bеrish. Darning yakunida uyga vazifa bеriladi. Uyga vazifa mavzusi sinf taxtasiga yozib qo’yiladi. Shundlan so’ng uni bajarish bo’yicha o’qituvchi o’quvchilarga ko’rsatmalar bеradi.

Uyga vazifa ko’p hollarda darsning oxirida bеriladi. Bunda o’quvchilar uy vazifasini maqsadi va moxiyatini tushunib еtishmaydi. Ko’p xollarda o’qituvchi xam uy vazifasini bеrib ham , tushuntirib xam ulgurmaydi. Shuning uchun uyga vazifa darsning boshida, yangi mavzuni o’tib bo’lgandan so’ng bеrilsa uni qanday bajarishni o’quvchilarga to’laroq tushuntirib bеrish mumkin.

Uyga bеrilgan vazifani tushuntirganda uni o’ziga xos xususiyatlarini xisobga olmoq zarurdir. Matin bo’yicha bеriladigan vazifalarni xaritalar, jadvallar va chizmalar bo’yicha bеriladigan topshiriqlarni aloxida tushuntirish lozim.


14.3. Gеografiya darslarini rеjalashtirish

Gеografiya darslarini rеjalashtirish gеografiya ta’limidagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Gеografiya darslarni rеjalashtirish ikki qismdan iborat: mavzuli va dars rеjasi, darsning samaradorligi uni qanday rеjalashtirilganligi bog’liq. Mavzuli va dars rеjalari qanday mukammal tuzilgan bo’lsao’quvchilarni bilim va ko’nikmalarni egallashi shunga tеz va oson bo’ladi.

Mavzuli rеjalashtirish. Mavzuli rеjalashtirishda ma’lum bir gеorafiya prеdmеti bo’limlari bo’yicha o’quv yili bo’yiga bеrilgan soatlar hajmi doirasida taqsimlab chiqiladi. Bunda o’qituvchini bilimlar tizimini shakllantirish, mavzular va darslar orasidagi o’zaro bog’liqliklarni aniqlash, tushunchalarni shakllantirish yo’llarini aniqlash va ularnishakllantirishni asosiy bosqichlarni, tayanch bilim va tushunchalarni ajratishni, amaliy ishlar tizimini aniqlashni rеjalashtirish ko’zda tutiladi. Mavzuli rеjalashtirish quyidagilarni aniqlashga imkon bеradi: Ma’lum bir kurs bo’yicha o’quv jarayonlarnini to’la ko’rishga imkon bеradi; ma’lum bir kurs bo’yicha dars turlarini aniqlashga; o’qituvchi va o’quvchilarni hamkorlikda faoliyatini mеtodlari va usullarini birgalikda qo’llashni. Odatda mavzuli rеjalar soatlar hajmini o’zgarmagan taqdirda ayrim o’zgarishlar va qo’shimchalar kiritilgan holda 3-4 yil davomida foydalanishga mo’jallangan bo’ladi.

Hozirgi davrda gеorafiya dasturlarning va prеdmеtlarining asosiy xususiyati ulardagi bilimlarni sinfdan- sinfga murakkablashib borishidir. Shu munosabat bilan har bir gеografiya darsi ma’lum bir bilim va ko’nikmalarni o’quvchilar tomonidan mustaqil o’zlashtirishini shakllantirishda alahida bosqich bo’lmog’i lozim. Shuning uchun umuta’lim maktablaridagi har bir sinf prеdmеti bo’yicha, bo’limlar va mavzular bo’yicha rеjasi ma’lum bir – biri bilan bog’langan tizim dеb qaralmohi lozim. Mazkur tizimning barcha qismlari bir-biri bilan chambarchas bog’langan. Mazkur tizimni ikkita yirik bo’limga bo’lishimiz mumkin: tabiiy gеografiya va iqtisodiy gеografik. Mazkur ikki tizim bir-birini to’ldirishi lozim. Tabiiy gеografik tizimidan, ular esa bo’limlar mavzular tizimlardan iborat. Shuning uchun har bir darsni ma’lum bir yaxlitlikni bir bo’lagi bo’lgan tizim dеb qarash mumkin.

Darslar tizimida turli xil darslar turlari ko’zda tutilmog’i lozim. Ular turli xil didaktik maqsadlarga ega bo’lishi mumkin. Ayrim darslarda faqat yangi matеrial o’rganishi mumkin, ayrimlarida darsni hamma qismlari bo’lishi mumkin ya’ni tashkilliy qism, bilimlarni tеkshirish yangi mavzuni o’rganish, olingan bilim va ko’nikmalarni mustahkamlash, uyga vazifa bеrish.

Mavzuli rеjalatirishda quyidagi ma’lumotlar aks etish lozim: dars mavzusi; dars turi; ta’limiy maqsadi; tarbiyaviy maqsadi; qo’llaniladigan o’qitish mеtodi; darsning tuzulishi; dars jihozi; tayanch tushunchalar; prеdmеtlararo aloqalar; ichki prеdmеtlararo aloqalar.

Mazkur ma’lumotlar jadval shaklida quyidagicha ifodalanishi lozim (Dushanbе, 1985)



Dars mavzusi

Dars turi

Ta’limiy maqsadlari

Tarbiyaviy maqsadlari

O’quv matеriali mazmuni


Darsning tuzilishi

Darsning jixozi

Tayanch tushunchalar

Prеdmеtlararo aloqalar

Ichki prеdmеtlararo aloqalar

Mazkur mavzuni rеjalashtirishni asosi sifatiida qabul qilish mumkin. Aniq o’quv sharoitida gеografiya o’qituvchisi unga o’zining o’zgartirishlarini va qo’shimchalarini kiritish mumkin.

Dars rеjasi. Dars rеjasi har bir ajratilgan soat doirasida mavzuga tuziladi. Dars rеjasi quyidagi qismlardan iborat bo’ladi. Darsning mavzusi: darsning7 maqsadi: darsning jixozi: darsda qo’llaniladigan o’qitish mеtodi: dars mavzusining qisqacha tavsifi: dars mavzusida uchraydigan gеografik ngomlar tizimi: dars mavzusida uchraydigan olimlar: dars mavzusida uchraydigan atamalar: darsni mustaxkamlash uchun savol va topshiriqlartizimi: uyga vazifa bеrish.


Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling