Vazifa 1 Berilgan vazifa bo`yicha bbb pedagogik texnologiyasi bo`yicha javob yozishingiz kerak. Pedagogika. Psixologiya fanidan (nimani bilaman, Bilishni xohlayman, va Bilib oldim) degan savollarga javoblarni yozing Bilaman


Download 28.91 Kb.
bet3/4
Sana15.06.2023
Hajmi28.91 Kb.
#1482156
1   2   3   4
Bog'liq
O2

vazifa 3

Savollarga javob bering.



  1. Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari

Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari haqida tushuncha. Har qanday fan o‘zining ilmiy-tadqiqot metodlariga ega. Bu metodlari orqali u o‘z mazmunini boyitib, yangilab boradi. Hayotda va obyektiv dunyoni bilish nazariyasida nimani o‘rgatish
va qanday o‘rgatish kerak, kimni qanday tarbiyalash lozim degan

masalalar mavjud bo‘lib, ular o‘zaro bog‘liqdir. Nima qilish kerak va qanday amalga oshirish lozim – degan muammolar o‘rtasida dialektik birlik mavjuddir.

Pedagogika o‘z mazmunini boyitish va yangilash maqsadida

mavjud pedagogik hodisa hamda jarayonlarni uning maqsadi va

vazifalariga muvofiq keladigan metodlari bilan o‘rganadi. Shu

ma’noda pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari deganimizda yosh

avlodni tarbiyalash, bilim berish va o‘qitishning real jarayonlariga xos bo’lmagan ichki aloqa va munosabatlarni tekshirish, bilish metodlari, uslublari hamda vositalari majmuini tushunamiz. Pedagogika o‘qitish, bilim berish, tarbiyalash jarayonlarini va

ularning mohiyatini quyidagicha o‘rganishni nazarda tutadi:

1) ularning umumiy aloqasi, bir-birini taqozo etishi hamda o‘zaro

ta’sir jarayonida bolalarni o‘qitish, tarbiyalash, fan, madaniyat, axloq

va san’at, ta’lim-tarbiyaning qayerda amalga oshirilishidan qat’iy

nazar uzviy aloqada bo’lishi;

2) ularning to‘xtovsiz harakati, o‘zgarishi va taraqqiy etish

jarayonida vujudga keladigan o‘qitish hamda tarbiyalash vazifalari,

metodlarining o‘zgarishi, hamma bolalarni bir xil andozada o‘qitish

va tarbiyalash mumkin emasligi;

3) bolalarning o‘sishida ularning o‘ziga xos xususiyatlarini

hisobga olish, aqliy va xulqiy faoliyat, so‘z va ish birligi mezonlariga

tayanish;

4) bolalar kamolotiga ta’sir etuvchi an’ana, urf-odatlar, ular eskilik bilan yangilik, o‘rtasida yuz beradigan nizolarni hisobga olish, o‘zaro tanqid va hokazo.

Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari qanchalik mukammal, aqlga muvofiq, to‘g‘ri tanlansa ta’lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yaxshilanib, pedagogika fani ham boyib boradi.( O’. M. Asqarova, M. Xayitboyev, M. S. Nishonov. O’zR Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi. – T: “Talqin”, 2008, 15-bet.)

Pedаgogik tаdqiqotlаrni tаshkil etishdа аniq ilmiy tаdqiqot metodlаri qo‘llаnilаdi.

Pedаgogik tаdqiqot metodlаri — bu ilmiy nаzаriyаlаrni qurilishi, bog‘liqliklаri, munosаbаtlаri, qonuniy аloqаlаrini o‘rnаtish mаqsаdidа ilmiy mа’lumotlаrni olish yo‘llаridir.

Pedаgogikаdа psixologiyа, sotsiologiyа, fiziologiyа, mаtemаtikа fаnlаridаn kirib kelgаn metodlаrdаn tаshqаri pedаgogikаning o‘zini metodlаri hаm keng qo‘llаnilаdi. Biz pedаgogikаni ilmiy tаdqiqot metodlаri degаndа, yosh аvlodni tа’limi, tаrbiyаsi, rivojlаnishi jаrаyonlаrigа xos bo‘lgаn ichki аloqа vа munosаbаtlаrni tekshirish hаmdа ulаr to‘g‘risidаgi mа’lumotlаrni olish yo‘l vа usullаrni tushunаmiz.

Pedаgogik tаdqiqotlаrni tаshkil etishdа umumnаzаriy metodlаr: аnаliz, sintez, tаqqoslаsh, induksiyа, deduksiyа, mаvhumlаshtirish, umumlаshtirish, konkretlаshtirish, modellаshtirish; sotsiologik metodlаr: аnketа, intervyu, reyting; ijtimoiy psixologik metodlаr: sotsiometriyа, test, trening; mаtemаtik metodlаr.

Pedаgogik tаdqiqot metodlаri nаzаriy vа аmаliy (empirik) turlаrgа bo‘linаdi.

Tаdqiqotning nаzаriy metodlаri ilmiy fаktlаrni tizimlаshtirish, kengаytirish, аniqlаshni tаqozo qilib, hodisаlаrni tushuntirаdi vа oldindаn izohlаb, olingаn nаtijаlаrni ishonchliligini oshirib, mаvhumdаn аniq bilimlаrgа o‘tishni, turli tushunchа vа fаrаzlаr orаsidаgi аloqаdorliklаrni o‘rnаtib, аsosiy vа ikkinchi dаrаjаlilаrini аjrаtаdi. ( O’. J. Yo’ldashev tahriri ostida. Umumiy pedagogika. – T.: “Fan va texnologiya”, 2017, 27- bet.)

Pedagogikada shunday maxsus metodlar mavjudki, ular yordamida ta’lim-tarbiya jarayoniga oid muhim faktlar, turli pedagogik vaziyatlar mohiyatlari, mexanizmlari, xususiyatlari o’rganiladi.

Ob’ektiv dunyoni bilish, nazariyada nimani o’rganish va o’rgatish kerak, kimni va qanday tarbiyalash lozim degan masalalar mavjud bo’lib, ular o’zaro uzviy bog’liqdir.

Har qanday fan sifatida o’zining ilmiy tadqiqot usullariga ega. Bu usullari orqali o’z mazmunini boyitib, yangilab boradi. Pedagogika fani o’z mazmun mohiyatini boyitishda, yangilashda mavjud pedagogik hodisa va nazariyalarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan usullari bilan o’rganadi. Ushbu ilmning ilmiy tadqiqot usullari deganda yosh avlodni tarbiyalash, bilimli qilish va o’qitishning real jarayonlariga xos bo’lgan ichki aloqa va munosabatlarni tekshirish, bilish yo’llari, uslublari va vositalari majmui tushuniladi.

Pedagogikaning ilmiy tadqiqot usullari qanchalik to’g’ri tanlansa ta’lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yaxshilanadi, pedagogika fani ham boyib boradi.( Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruzalar matni. Navoiy – 2012, 15- bet. )

Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo‘nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berish tamoyillari, obyekti va subyektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullaridir.

Ayni vaqtda, O‘zbekiston Respublikasida pedagogik yo‘nalishda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar dialektik yondashuvga asoslanadi. Pedagogik hodisa, voqelik va ularning qonuniyatlarilarni aniqlashga bunday yondashuv pedagogik hodisa va jarayonlarning umumiy aloqasi, ularning izchil, uzluksiz rivojlanishi, bolaning fiziologik rivoji uning psixologik, intellektual jihatdan takomilashtirib borishini ta’minlashi, qarama-qarshiliklarning shaxs kamolotini ta’minlashdagi o‘rni va roli, shuningdek, dialektika kategoriyalarining ahamiyatini e’tirof etadi.

Pedagogik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish murakkab, muayyan muddatni taqozo etuvchi, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik hamda aniq maqsad kabi xususiyatlarga ega bo‘lgan jarayon bo‘lib, uning samarali bo'lishi uchun bir qator shartlarga rioya etish zarur. Ular quyidagilardir: muammoning dolzarbligi va mavzuning aniq belgilanganligi; ilmiy farazlarning to‘g‘ri shakllantirilganligi; vazifalarning tadqiqot maqsadi asosida to‘g‘ri belgilanganligi; tadqiqot metodlar tizimiga nisbatan obyektiv yondashuv; tajriba-

sinov ishlari jarayoniga jalb etiluvchi respondentlarning yosh, psixologik va shaxsiy xususiyatlari, shuningdek, shaxs rivojlanishi qonuniyatlarining to‘g‘ri hisobga olinganligi; tadqiqot natijalarini oldindan tashxislash va uning natijalarini bashorat qilish; tadqiqot natijalarining kafolatlanganligi. ( B. X. Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik.- T.: “ Sano-standart” nashriyoti, 2017-yil, 33-bet. )


  1. Muloqotning ijtimoiy axamiyati.

Muloqot insonning ijtimoiy, ongli mavjudot sifatidagi, ong tashuvchi sifatidagi ehtiyojidir. Turli yuksak hayvonlar va odam turmush tarzlarining ikki taraf: tabiat bilan aloqalar va tirik jonzotlar bilan aloqalarga ajralishini kuzatamiz. Birinchi tur aloqalar odam faolligining maxsus turi sifatidagi faoliyat deb nomlangan. Ikkinchi tur aloqalar bir-birlari bilan o‘zaro ta’sirlashuvchi tomonlar axborot almashinuvchi tirik jonzotlar ekanligi bilan belgilanadi. Tur ichidagi va turlararo bunday aloqalar turi muloqot deb ataladi.[1]
«Muloqot» tushunchasining turlicha ta’riflari mavjud. Muloqotikki yoki undan ortiq odamlar o‘rtasidagi bilish yoki affektiv-baholash xususiyatiga ega bo‘lgan axborot almashinuvida ularning o‘zaro ta’sirlashuvi sifatida ta’riflanadi. YOki: muloqot – odamlar o‘rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va axborot almashinuvi, o‘zaro ta’sirning yagona yo‘lini ishlab chiqish, boshqa odamni idrok qilish va tushunishdan iborat bo‘lgan aloqalarni o‘rnatish va rivojlatirishning murakkab, keng qamrovli jarayoni. Bu «muloqot» tushunchasining eng to‘liq va aniq ta’rifidir.[1]

Muloqot barcha tirik jonzotlarga xosdir, lekin odam darajasida u eng takomillashgan shakllarga ega bo‘ladi, nutq vositasida anglanadi. Muloqotda quyidagi nuqtai nazarlar ajratiladi: mazmun, maqsad va vositalar.


Инсоннинг нутқ фаолияти инсон онгининг барча қирралари билан чамбарчас боғланган. Нутқ – инсон психик камолотининг, шахс сифатида шаклланишининг қудратли омилидир. Нутқ таъсири остида қарашлар, эътиқодлар, интеллектуал, маънавий ва эстетик ҳиссиётлар таркиб топади, ирода ва феъл-атвор шаклланади. Нутқ ёрдамида барча билишга оид психик жараёнлар эркин ва бошқариладиган тус олади. Шундай экан, нутқ – билишга оид психик жараён бўлиб, инсон томонидан талаффуз қилинаётган ва эшитиб турилган товушлар уйғунлигидан иборат, айни вақтда шу товушларга мос ёзув белгилари тизими орқали ифодаланган маъно ва мазмунга эга.


Тил – шартли белгилар тизими бўлиб, уларнинг ёрдамида одамлар учун муайян маънога ва мазмунга эга бўлган товушлар йиғиндиси узатилади.


Нутқда алоҳида инсоннинг руҳияти ифода топади. Нутқ хусусий жиҳатдан алоҳида шахсга хос бўлиб, унда алоҳида олинган инсоннинг психологияси акс этади, тил эса ҳамма учун биттадир.


Нутқ орқали билдирилган ишоралар ёрдамида муайян предмет, ҳаракат, ҳолат ва ҳ.к. ифодаланади. Сўз эса, предмет ёки ҳодиса тўғрисидаги тасаввур билан боғлиқ.


Умумлаштириш функцияси ҳар бир сўз умумлаштириш хусусиятига эга эканлиги билан боғлиқ, бу эса тафаккурнинг юзага чиқишига имкон яратади. Фикр алмашув, яъни мулоқот муайян маълумотларни, фикрларни, туйғуларни одамлар бир-бирларига етказиб беришдан иборат бўлган жараёндир.


Инсон нутқининг аниқлиги чекланган миқдордаги нутқий белгилар – турли мураккабликдаги таркибий қисмлар (товушлар, бўғинлар, сўзлар ва гаплар) ёрдамида инсоннинг чексиз-чегарасиз турли-туман фикрларини, мақсадларини ва туйғуларини ифодалаш имконини беради.





  1. Pedagogika fanining boshqa fanlar bilan oʼzaro ogʼlikligi.

Ijtimoiy tarbiya mohiyatini ilmiy jihatdan asoslash ma’lum pedagogik hodisaning muayyan vaziyatlarda namoyon bo‘lish qonuniyatlarini bilishni taqozo etadi. Bizga ma’lumki, pedagogik hodisa murakkab tuzilmaga ega bo‘lib, uning umumiy mohiyatini to‘laqonli anglash uchun bir qator fanlarning imkoniyatlariga tayaniladi. Ana shu nuqati nazardan pedagogika fani bilan quyidagi fanlar o‘rtasida yaqin aloqadorlik mavjud:
1. Falsafa – shaxs rivojlanishi jarayonining dialektik xususiyatlari, muayyan pedagogik g‘oya, qarash hamda ta’limotlarning falsafiy jihatlari kabi masalalarni tahlil etishga imkon beradi.
2. Iqtisod – ta’lim muassasalarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish, o‘quv binolarini qurish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va ularni moddiy-texnika va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash kabi masalalarning iqtisodiy jihatlarini anglashga xizmat qiladi.
3. Sotsiologiya – ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ularni tashkil etish shartlari xususida ma’lumotlarga ega bo‘lish asosida ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlarini samarali tashkil etish uchun imkoniyat yaratadi.
4. Etika – shaxs ma’naviyatini shakllantirish, unda eng oliy insoniy sifatlar, axloqiy ong va ma’naviy-axloqiy madaniyatni tarbiyalashda muhim o‘rin tutuvchi nazariy g‘oyalarni pedagogik jarayonga tatbiq etishda alohida o‘rin tutadi.
5. Estetika – shaxs tomonidan go‘zallikning his etilishi, unga intilishi, shuningdek, unda estetik didni tarbiyalashda muhim yo‘nalishlarni aniqlashga xizmat qiladi.
6. Fiziologiya – o‘quv-tarbiya jarayonida bolalarning fiziologik, anatomik xususiyatlarini inobatga olinishi uchun boshlang‘ich asoslarni beradi.
7. Gigiena – o‘quvchilarning salomatligini muhofazalash, ularni jinsiy jihatdan to‘g‘ri shakllantirishda nazariy va amaliy g‘oyalari bilan yordam beradi.
8. Psixologiya – shaxsda ma’naviy-axloqiy, ruhiy-intellektual, hissiy-irodaviy sifatlarni tarkib toptirish uchun zamin yaratadi.
9. Tarix – pedagogika fani taraqqiyoti, ta’lim-tarbiya jarayonlarining dinamik, dialektik xususiyatlarini inobatga olish, shuningdek, xalq pedagogikasi g‘oyalarini kelgusi avlodga uzatish uchun yo‘naltiriladi.
10. – o‘quvchilarda insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy madaniyat asoslari haqidagi tasavvurni shakllantirish, ularda madaniy xulq-atvor xislatlarini tarkib toptirish uchun xizmat qiladi.
11. Tibbiy fanlar – shaxsning fiziologik-anatomik jihatidan to‘g‘ri rivojlanishini ta’minlash, uning organizmida namoyon bo‘layotgan ayrim nuqsonlarni bartaraf etishga amaliy yondashuv, shuningdek, nuqsonli bolalarni o‘qitish hamda tarbiyalash muammolarini o‘rganishda ko‘maklashadi.


Download 28.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling