Вазифа 5 Yuritma uchun elektrodvigatel tanlash va uning kinematik xisobi Tishli g’ildirakli reduktor hisobi Reduktor valining dastlabki hisobi. Shesternya va tishli g’ildirakning konstruktiv o’lchamlari
Download 1.15 Mb.
|
Texnik mexanika javobi. oraliq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zanjirli uzatma
Reduktor (lotincha: reductor — orqaga qaytaradigan) — 1) aylanma harakatni bir valdan ikkinchisiga uzatish uchun moʻljallangan qurilmamexanizm. Burovchi momentni oʻzgartirib beradi.reduktor korpus, tishli (yoki chervyakli) va zanjirli uzatmadan iborat boʻladi. Tishli gʻildiraklar soniga qarab, reduktorlar bir, ikki va koʻp pogʻonali boʻlishi mumkin. Masalan, ikki pogʻonali reduktor bir juft konus va bir juft silindrik shesternyalardan iborat boʻladi. Uzatish sonini oʻzgartirish mumkin boʻlgan reduktor uzatmalar qutisi deb ataladi.reduktoravtomobil, traktor, stanok, yuk koʻtarish hamda yoʻl qurilish mashinalari, pookat stanlaoi va boshqalarda keng qoʻllaniladi; 2) ballon yoki boshqa idishlar ichidagi ish muhiti (gaz yoki bugʻ suyuqlik) bosimini pasaytiradigan yoki bir xilda tutib turadigan qurilma. reduktorning asosiy elementi — reduksion klapan. Toʻgʻri va teskari ishlaydigan xillarga boʻlinadi. reduktorgaz payvand apparatlariga, suyultirilgan gaz balloni bilan gaz plita orasiga va boshqalarga oʻrnatiladi.
Zanjirli uzatma - bir valdan ikkinchi valga aylanma harakat uzatuvchi zanjirli mexanizm. Ikkala valga bikr oʻrnatilgan tishli gʻildiraklar (yulduzlar)ga kiydirilgan berk ("uzluksiz") zanjir halqadan iborat. Zanjirning tuzilishi, yulduzchalar soni, yetakchi yulduzchaning aylanish yoʻnalishi, yetakchi valning aylanish chastotasi (aylanishlar soni)ga, moylanishi va boshqalarga koʻra turli xillarga boʻlinadi. Zanjirli uzatma. Tishli gʻiddiraklar zanjir halqa bilan tekis ishlashi uchun gʻildirak tishlari zanjirning tuzilishi (tipi)ga qarab yasaladi. Zanjirli uzatmalar bir tekis va shovqinsiz ishlaydi. Ftulkali va ftulkarolikli zanjirlar paydo boʻlishi bilan zanjirli uzatmalar katta quvvat 700 Mn (70000 kgkuch)ni katta (35 m/s gacha) aylanish tezliklarida uzata oladigan boʻldi. Turli mashinalar, mexanizmlar, mototsikl va velosipedlarda qoʻllaniladi. Podshipnik - aylanuvchi val va oʻqlarning tayanchi. Mexanizmning aylanuvchi yoki tebranuvchi qismlari vaziyatini boshqa qismlarga nisbatan cheklaydi, valdan tushadigan kuchlarni bevosita qabul qilib, valning ravon va oson aylanishiga imkon beradi. Sirpanish va dumalash podshipniklari bor. Sirpanish podshipniklarining tayanch sirti silindr, konus yoki shar shaklida boʻlishi, tayanch sirt bilan val boʻyni quruq (moysiz), yarim quruq yoki suyuq ishqalanib (yaʼni moylanib) ishlashi mumkin. Bunday podshipniklarning ajraladigan va ajralmaydigan xillari boʻladi. Ajraladigan podshipnikda vkladish, ajralmaydiganida vtulka, odatda, korpusdagi teshikka, tayanch sirt bilan val boʻyni orasiga oʻrnatiladi. Bular antifriksion materiallar (babbit, tekstolit, rezina, plastmassa va boshqalar) dan tayyorlanadi. Dumalash podshipnikichki va tashki halqalar, tebranish jismlari (sharcha, rolik) hamda separatordan iborat. Taʼsir kiladigan kuch yoʻnalishiga qarab, radial, radialtirak podshipniklar boʻladi. Tebranish jismlari va halqalarning ish sirtlari shakliga qarab, sharchali, rolikli, sharchali-sferik, silindr, qisqa va uzun rolikli, konus rolikli, sferik-konus rolikli, ignali xillarga; tebranish jismlarining qatorlar soniga qarab, bir, ikki va koʻp qatorli va boshqa xillarga boʻlinadi. Dumalash podshipnikyuqori sifatli poʻlatdan tayyorlanadi. Moylanish usuliga qarab, oʻz-oʻzidan va majburiy moylanadigan podshipniklar boʻladi. Podshipnikmashinasozlik, kemasozlik, samolyotsozlik va boshqa sohalarda ishlatiladi. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling