Vazifa Dorixonaning mulkchilik shakllarini klaster usuli orqali ish daftaringizda aks ettiring. Vazifa 2
Download 25.54 Kb.
|
1 2
Bog'liq3 вазифа
- Bu sahifa navigatsiya:
- ЖАВОБ: DORIXONANING TURLARI VAZIFALARI, IJTIMOIY DORIXONALA TURLARI VA ULARNI JOYLASHTIRISH TARTIBLARI
Vazifa 1. Dorixonaning mulkchilik shakllarini KLASTER usuli orqali ish daftaringizda aks ettiring. Vazifa 2. “Bumerang “ usuli 1-guruh: Dorixona bu- Geriatrik dorixonalar nima? 2-guruh Ijtimoiy dorixona- Dorixona shakllari bu- 3-guruh Farmatsevt kadrlar lavozim nomenklaturasi Dorixona xonalarining tarkibi,jihozlanishi ЖАВОБ: DORIXONANING TURLARI VAZIFALARI, IJTIMOIY DORIXONALA TURLARI VA ULARNI JOYLASHTIRISH TARTIBLARI 0 ‘zbekiston Respublikasida dorixonalar dori vositalarini tayyorlash, qadoqlash, ulaming sifatini nazorat qilish, shuningdek davolash hamda kasallikning oldini olishga moMjallangan dori vositalari, tibbiy buyumlarni, sanitariya va gigiyena ashyolarini, shifobaxsh oziq-ovqatlami,ma’danli suvlarni, davolash-kosmetika mahsulotlami xarid qilish, saqlash va sotishni amalga oshiruvchi tibbiyot muassasasidir. Dorixona muassasalari tarkibiga dorixonalar va ulaming shahobchalari, davolash hamda kasallikning oldini olish muassasalarining dorixonalari kiradi. Dorixona shahobchalari, qishloq shifokorlik punktlari qoshidagi dorixonalar, shuningdek shifo- xonalararo dorixonalar ham shu dorixona muassasalari tarkibiga kiradi. Ayrim holatlarda dorixonalar maxsuslashtirilgan bo‘ladi, chunki maxsuslashtirilgan dorixonalar, aholini va DPM lami yuqori sifatli faoliyatni ta’minlash xizmatiga ega bo‘ladi, maxsuslashtirilgan dorixonalar quyidagi sifat ko‘rsatkichlari bilan farq qiladi: — tayyor dori vositalarining oldi-sotdi savdosi bilan shug‘ullanadigan maxsus tayyor dorilar bilan savdo qiluvchi dorixonalar; — ta’minoti, faoliyati, xususiyati bilan farq qiladigan mayda ulguiji savdo va shifoxonalararo dorixonalar; — alohida kontingentli bemorlarga xizmat qiladigan bolalar va yoshi ulug‘ qariyalarga xizmat qiladigan geriartrik dorixonalar; — sotilayotgan dorilarning maxsus guruhlariga xos dori vositalari, dorivor o'simliklar bilan savdo qiladigan dorixonalar, gomeopatik dorixonalar, va maxsus kasallami davolashga ixtisoslashtirilgan (teri-tanosil, ruhiy va diabet kasallari uchun) dorixonalar. Shuningdek o ‘quv ishlab chiqarish dorixonalari bo‘lishi mumkin. Aksionerlik dorixonalar esa o‘z faoliyatlarini ko‘rsatishda tuman, shahar va qishloq hududida joylashib, aholiga dori vositalari hamda boshqa tibbiyot buyumlari savdosi bilan xizmat qiladi. Tayyor dori vositalari savdosi bilan xizmat qiladigan dorixonalar asosan shahar, qishloq, poliklinikalar qoshida va boshqa joylarda tashkil qilinib, ular aholini retsept asosida yoki retseptsiz berishga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar, sanitariya-gigiyena buyumlari, bog'lov materiallari va bemorlami parvarish qilishda ishlatiladigan ashyolar bilan uzluksiz ta’minlab turadi. Maxsus bolalarga xizmat qiladigan dorixonalar, asosan, katta shaharlarda yoki viloyat markazlarida tashkil etilib, bolalar uchun ishlab chiqarilgan kichik dozada tayyorlangan dori vositalari yoki ekstemporal ravishda retsept asosida tayyorlanadigan dori vositalari bilan savdoni amalga oshiradi. Dorixonada dori tayyorlash ucharur dori xomashyolari (substansiyalar) va yordamchi materiallar zaxirasi boMishi zarur. Shuningdek, bolalar uchun tayyorlanadigan dori vositalari boshqa tayyorlanadigan dori vositalaridan, ta’mi, rangi va tashqi ko'rinishi bilan farq qilishi ko‘zda tutiladi. Geriatrik dorixonalar asosan yoshi ulug‘ insonlarga xizmat qilish uchun m axsuslashtirilgan bo'lib, ushbu dorixonalar qariyalami yoshi, ruhiy fiziologik holatlarini e’tiborga olib, tegishli tartibda shifokorlar tomonidan yozib berilgan retseptlar asosida dori vositalarini berishlari ko‘zda tutilgan. Shuningdek, ushbu dorixonalar dorilami saqlash, ichish tartib-qoidalarini ularga aniq tushuntirib berishlari va qariyalarga dori vositalari qabul qilish bo‘yicha maslahat beruvchi markaz hisoblanadi. Geriatrik dorixonalar shu toifadagi aholini dori vositasi bilan ta’minlanayotganligini har taraflama tahlil qilib, ular uchun zarur dori vositalari va tibbiy buyumlar ehtiyojini doimo o‘rganib boradi va shulami dorixonada uzluksiz ravishda bo‘lishini ta’minlaydi. Dorivor o‘simliklar dorixonasi, odatda, yirik shahariar va viloyat markazlarida aholini dorivor o ‘simliklardan tayyorlangan dori vositalari: damlama, qaynatma holida shifokorlar retsepti bilan va retseptsiz har xil choylar holida, sharbatlar shaklida fitobarlarda tayyorlab aholi uchun foydali va nisbatan bezarar boMgan dori vositalari bilan ta’minlash uchun tashkil qilinadi. Bu dorixonalar retsepturasi o'ziga xos murakkablik tomonlari ham mavjud chunki, ayrim yig‘malaming tarkibiga o‘nlab dorivor o‘simliklar xomashyosi kiritiladi, shuning uchun bu yig‘malami tayyorlash belgilangan tartib asosida amalga oshirilib, farmatsevtdan o‘ziga xos bilim va mahorat talab etadi. Dorivor o'simliklardan dori vositalarga boMgan aholining ehtiyojini qondirish ayrim hollarda farmatsevtlar va shifokorlar hamkorligida dori vositasi choy, qaynatma, damlama yoki kokteyl shaklida dorixonaning alohida boMimlar va fitobarlarda tashkil qilinishi ham mumkin. Hozirgi kunda esa Respublika SSV qoshidagi litsenziya hay’ati tomonidan bunday dorixona yoki boMimlar ochishga ruxsatnoma berilib bormoqda, chunki bunday dorixonalarni boMishi aholi uchun foydali va iqtisodiy tomondan esa arzon dori shakli boMib, om) ishlarini bajarish uchun ham baza bo'lishi mumkin. 2.4. DORIXONALARNING VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar dorixonalarning asosiy vazifalari aholini, davolash-profilaktika muassasalarini va boshqa tashkilotlar, maktab, bolalar bog'chalari hamda ayrim ishlab chiqarish korxonalarining tibbiy sanitariya qismlarini dori vositalari, sanitariya-gigiyena buyumlari, dezinfeksiya vositalari va bemorlami parvarish qilishda ishlatiladigan tibbiy buyumlar bilan uzluksiz ravishda ta’minlab turishdan iborat. Tibbiy buyumlar jumlasiga kasallikning oldini olish, tashxis qo'yish va davolash uchun tibbiyotda qo'llaniladigan buyumlar, ularga bogiash va tikish materiallari, shpritslar, qon va infuzion eritmalari quyishga moMjallangan sistemalar, bemorlami parvarishlashda qo‘llaniladigan ashyolar va materiallar kiradi. Dorixonalar bajargan ishlari, mulkchilik shakllarini e’tiborga olingan holda ular ishlab chiqarish, ta’minlash, savdo va xo'jalik faoliyatlari bilan shug'ullanadi. Ulaming ishlab chiqarish faoliyati shundan iboratki, ular dorixonada shifokorlar tomonidan yozilgan retsept asosida va DPM laming talabnomalari va boshqa tashkilotlami buyurtmalari asosida dori vositalari tayyorlab beradilar yoki tayyor dori vositasini beradilar, laboratoriya-qadoqlash ishlarini bajaradilar, aholiga tayyorlab berilayotgan ekstemporal dori vositalari hamda tayyor dori vositalarining sifatini nazorat qiladilar va tegishli tartibda ulami rasmiylashtirgan holda tashqi tom ondan bezalishiga e’tibor beradilar. Shuningdek, dorixonalar o‘zlariga yuklatilgan vazifalarga mos ravishda quyidagi funksiyalami bajaradilar: — tibbiyot xodimlarining o'rtasida tegishli tartibda axborot berish ishlarini o‘tkazish, unda dorixonadagi mavjud va yangi dori vositalari to‘g‘risida m a’lumot berish, bi'rorta dori vositasi bo‘lmay qolganda uning o‘mini bosuvchi boshqa dori vositasini taklif qilish, bu dorilaming ishlatish tartibi, dozasi va saqlash qoidalari to‘g‘risida obyektiv va mukammal ravishda axborot ishlarini o‘tkazadilar; — ayrim hollarda o‘zlarida vaqtincha yo‘q dori vositalarini, boshqa dorixonalarda mavjud ekanligi aytilib, uning manzili bemoiga tushuntirib beriladi; — dorivor o‘simliklaming xomashyosini terish, tayyorlash, saqlash ishlarini amalga oshiradilar, xuddi shunday ishlaiga ularga biriktirilgan dorixona shahobchalarini ham jalb etadilar; — dorixonalarda sanitariya-gigiyena talablari asosida tegishli boshqaruv ishlarini amalga oshiradilar; — zarur bo‘lib qolgan taqdirda bemorlarga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatishlari zarur. Shuningdek, dorixonalar mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, zarur bo‘lib qolganda aholiga dori vositalari bilan ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatni yaqinlashtirish maqsadida o‘zining dorixona shahobchalarini ochishi mumkin. Dorixonalar iqtisodiy ko‘rsatkichlari mulkchilik shakli, ishlab chiqarish va savdo faoliyatiga qarab yuqorida qayd etilganidek, aksionerlik, jamoa hamda yakka tartibda faoliyat ko‘rsatuvchi xususiy dorixonalar va shifoxona dorixonalariga bo‘linadi. Bu dorixonalarning faoliyat turlari esa dorixona ochish tartib qoidalari to‘g‘risidagi SogMiqni saqlash vazirligining buyrugM asosidagi litsenziya berish hay’ati tomonidan Respublika Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari asosida muvofiqlashtirib turiladi. “ Download 25.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling