Vazifalari
-MAVZU. XOʻJALIK SUBEKTLARINING MAXSULOT (ISH, XIZMATLAR) ISHLAB CHIQARISH VA SOTISH HAJMINI TAHLILI
Download 186.47 Kb.
|
Vazifalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarish chiqimlarini dastlab ikki guruhga bo’lish mumkin
5-MAVZU. XOʻJALIK SUBEKTLARINING MAXSULOT (ISH, XIZMATLAR) ISHLAB CHIQARISH VA SOTISH HAJMINI TAHLILI
Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning xarajatlari: mohiyati, tarkibi, klassifikatsiyalanishi va samaradorligini baholash “Ishlab chiqarish xarajatlari” va “ishlab chiqarish chiqimlari” tushunchalari (iboralari) bir xil ma’noni anglatmaydi. Bu tushunchalarning ikkinchisi birinchisiga nisbatan kengroq bo’lib, jamiyat nuqtai-nazaridan u jonli va buyumlashgan mehnatning barcha hajmini o’zida mujassam etadi va mahsulotning qiymatiga teng. “Ishlab chiqarish “chiqimlari” tushunchasi, aksariyat hollarda, iqtisodiyotning ma’lum bir sohasi bilan bog’langan (masalan, ishlab chiqarish chiqimlari, muomala chiqimlari va boshqalar). Ishlab chiqarish chiqimlarini dastlab ikki guruhga bo’lish mumkin: aniq yoki amaldagi, haqiqatdagi chiqimlar; aniq bo’lmagan chiqimlar. Aniq yoki amaldagi, haqiqatdagi chiqimlar XYuS tomonidan amalga oshirilgan aniq xarajatlardan – ish haqi, xomashyo va materiallar xarajatlari, ijara uchun to’lov va boshqalardan iborat. Aniq bo’lmagan, almashgan chiqimlar yoki qo’ldan boy berilgan, qo’ldan chiqarilgan imkoniyatlar chiqimlari esa shu bilan bog’liqki, XYuS mahsulot ishlab chiqarish uchun kapitaldan foydalanib, shuning o’zida uning muqobilli foydalanish imkoniyatini qo’ldan chiqaradi. Mablag’larning cheklanganligi ularning foydalilik daraja- siga qarab mavjud imkoniyatlarning variantlaridan foyda-lanishga XYuSni majbur qiladi. Bunda har doim qo’ldan chiqarilgan, boy berilgan foydalar elementlari va demak, aniq bo’lmagan chiqimlar elementlari mavjud bo’ladi. U yoki bu mahsulotni ishlab chiqarishni davom ettirish yoki uni yanada kengaytirish xususida har qanday boshqaruv qarori aniq va aniq bo’lmagan chiqimlarning hisob- kitobiga asos-lanadi. U yoki bu iqtisodiy qaror o’rtasidagi tanlanish har doim boshqa maqsadlarga erishish uchun ongli ravishda yuqotilgan yoki rad etilgan imkoniyatlarni xarakterlaydi (tavsivlaydi). “XYuSning xarajatlari” tushunchasi “XYuSning chiqim-lari” tushunchasidan farq qilib, ular bevosita moliyaviy kategoriyalar va birinchi navbatda mahsulot tannarxi bilan uzviy bog’langan. Shuning uchun ham XYuSning xarajatlariga uning mohiyatini ifodalovchi quyidagicha ta’rif berish mumkin: foyda olish yoki XYuSning boshqa maqsadlariga erishish uchun foydalaniladigan resurslarning pul qiymati XYuSning xarajatlari deyiladi. “Xarajatlar” tushunchasi “tannarx” tushunchasiga nisbatan kengroq hisoblanadi. Chunki tannarx umumiy xarajatlarning bir qismini (oddiy takror ishlab chiqarish xarajatlarini) o’zida aks ettiradi. Mahsulot (ish va xizmat) tannarxi mahsulot (ish va xizmat)ni ishlab chiqarish (ko’rsatish) jarayonida foyda-laniladigan xomashyo, materiallar, yoqilg’i, energiya, asosiy fondlar, mehnat resurslari va ularni ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilish boshqa xarajatlarining qiymatiy bahosidan iborat. Amaliyotda “mahsulotning umumiy tannarxi” va “mahsulot birligining tannarxi” tushunchalari mavjud. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida (sanoat, qishloq xo’jaligi, savdo, umumiy ovqatlanish, qurilish va b.) ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tannarxi tarkibiga xarajat-larni aks ettirish (kiritish)ning o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Tannarxga kiritiladigan xarajatlarning tarkibi, bir tomondan, hayotga tatbiq etilayotgan soliq siyosatiga va ikkinchi tomondan, iqtisodiyotning ahvoli (holati) va tarkibiy tuzilishiga bog’liq. Download 186.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling