Vazifalari


Xususiy kapital tahlilining vazifalari bo’lib, quyidagilar hisoblanadi


Download 186.47 Kb.
bet37/37
Sana20.06.2023
Hajmi186.47 Kb.
#1629356
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
Vazifalari

Xususiy kapital tahlilining vazifalari bo’lib, quyidagilar hisoblanadi:

xususiy kapitallardan samarali foydalanganlikka baho berish;
xususiy kapitalda mavjud bo’lgan imkoniyatlarni aniqlash;
uning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va hakozolar kiradi.

Xususiy kapital tahlilini olib borishda axborot manbai bo’lib, «Buxgalteriya balansi»ning passiv 1- bo’limi va «Xususiy kapital to’g’risida»gi hisobot shakllari kiradi. Bu hujjat shakllaridan foydalangan holda biz tahlil ishlarini olib boramiz. Mazkur mavzuning hisobi 12- «Jurnal orderi» da yuritilib, ushbu hujjat formasi ham manbalar sifatida ko’rilishi mumkin.


Xususiy kapital tahlili uning tarkibidan joy olgan ko’rsatkichlar hisobiga o’zgarib boradi. Har bir tarkibning o’zgarishi ham o’z mazmuniga ko’ra ma’lum ko’rsatkichlarni o’zgarishi orqali amalga oshadi.

  1. Ustav kapitali;

Bu schyot xususiy (hissador) kapitalining qiymati, qimmatbaho qog’ozlarning emissiyasi va joriy yil foydasi va zarari hisobiga o’zgarishi mumkin.




  1. Qo’shilgan kapital.

Bu schyot quyidagi hollarda o’zgarishi mumkin:

xususiy (hissador) kapitali qiymatining o’zgarishi;
muomalaga qo’shimcha aksiyalarning chiqarilishida;
asosiy vositalarni qayta baxolanishida;
foyda va zararlarni hisobiga.

3. Rezerv kapitali ham yuqorida keltirilgan o’zgarish sabablari hisobiga amalga oshadi. Faqatgina bu o’zgarishlar tarkibiga foyda hisobidan rezervlarga ajratilgan summalar.
4. Taqsimlanmagan foyda. Bu ko’rsatkich korxonaning hisobot yilida olgan sof foydasi, hissador kapitalining ko’payish yoki kamayishi, qimmatbaho qog’ozlar emissiyasi, rezerv uchun ajratmalar hisobiga o’zgarishi mumkin.
5. Xususiy kapital bilan qoplanmagan zarar.

xisobot davrida olingan zarar;


qimmatbaho qog’ozlar emissiyasi;
hissador kapitalining ko’p yoki kam bo’lishi kabi ko’rsatkichlar hisobiga o’zgarishi mumkin.
Bu o’zgarishlar 5- shaklda ham yaqqol ko’zga tashlanib turadi.
Har qanday kompaniyaning maqsadlari ichida eng muhimi fоyda оlib ishlash hisоblanadi. Shu ma’nоda har qanday iqtisоdiy harakat natijasi albatta fоydalilikni, manfaatlikni ta’minlashi kеrak. Bugungi rеjali bоzоr iqtisоdiyotining asоsiy jihati shundaki, sоtsialistik tuzumdagi rеjali iqtisоdiyotda farqli o’larоq har bir iqtisоdiy sub’yеkt uchun kеng imkоniyotlar оchib bеradi.
Хususiy kаpitаl tаrkibi, tuzilishi vа dinаmikаsini tаhlili

Ko’rsаtkichlаr

Mаvjud mаblаg’lаr, ming so’m











Mаblаg’lаr strukturаsi, %

















Yil bоshi


Yil охiri


O’zgа-rishi


Yil bоshi


Yil охiri


O’zgа-rishi





А

1

2

3

4

5

6

Ustаv kаpitаli

2368110

2368110

-

0,063

0,088

+0,025

Qo’shilgаn kаpitаl


-

-

-





-

Rеzеrv kаpitаli

7496927

3329105

-2167322

0,19

0,19

-

Sоtib оlingаn хususiy аksiyalаr


-

-

-

-

-

-

Tаqsimlаnmаgаn fоydа


45844

105033

59189

0,0012

0,004

0,0018

Mаqsаdli tushumlаr vа bоshqаlаr


27822672

19182806

-8639866

0,74

0,71

-0,03

JАMI

37733053

26985054

-10747999

100

100

-



1-rasm.Samarqankimyo AJ ning xususiy kapital tarkibi,tuzilishi va dinmikasini tahlili
Bu jadvalda ko’rinib turibdiki xususiy kapital mavjud mablag’lar jami yil boshida 37733053 yil oxirida 26985054 ni tashkil qiladi, o’zgarishi -10747999 ni tashkil qilayapti bu salbiy holat hisoblanadi.Bunga quyidagi omillar ta’sir ta’sir ko’rsatdi:Ustav kapitalining o’zgarishi 0 ,rezerv kapitalining -2167322 ga kamaygani , taqsimlanmagan foydani 59189 ga oshgani va maqsadli tushumlar va boshqalar -8639866 ga kamaygani sabab bo’ldi.Xususiy kapitalning mablag’lar strukturasi Ustav kapitali yil boshida Xususiy kapitalning jamiga nisbatan ulushi 0,063 ni yil oxirida esa 0,088 ni tashkil qilmoqda.O’zgarishi +0,025 ni tashkil qilmoqda, shuningdek rezerv kapitalida o’zgarishi yo’q ya’ni 0 ga teng.Taqsimlanmagan foydani o’zgarishi jamiga nisbatan ulushining o’zgarishi 0,0018 ga oshganini bildiradi, maqsadli tushumlar va boshqalar -0,03 ga kamaygani ko’rsatmoqda.Umumiy holatda korxonani salbiy holat deb hisoblaymiz.
Ma’muriy bоshqarish yoki rеjalashtirishda, хo’jalik fоaliyatini tashkil qilish, bоshqarishning shakl va uslublari tizimidagi tubdan o’zgarishlar asоsida bоshlangan bоzоr iqtisоdiyotiga o’tib bоrish, iqtisоdiy harakatga bo’lgan ishtiyoq va erkinlikni o’stirgan hоlda, aniq va o’z nоmidan mulk va yutuqlar egasi sifatida chiquvchi harakat sub’yektlarini qarоr tоpishiga imkоn bеrmоqda. Eng katta yutug’imiz shuki, ayni paytda kоrхоnalar to’la davlat tasarrufidan chiqarildi va turli mulkchilik shaklida fоaliyat yuritayotgan kоrхоnalarga aylantirildi. Erkin bоzоr munоsоbatlariga asоslangan sharоitda ishlab chiqarish, tijоrat va tadbirkоrlik faоliyatini yo’lga qo’yish va yuritishdan eng asоsiy maqsad yuqоri natijaviylikga erishish hisоblanadi.
Xususiylashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish va aksiyadorlashtirish jarayonlari bozor iqtisodiyoti sharoitida vujudga kelgan va turli mulkchilikka asoslangan xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning salohiyatini ularning xususiy kapitali ko'rsatkichi xarakterlaydi. Xususiy kapitalga yetarli darajada ega bo'lmagan xo'jalik yurituvchi sub'ekt faoliyalini uzluksiz rivojlantira olmaydi va bozorda vujudga keladigan raqobatga bardosh berish qobiliyati sust bo'ladi. Shuning uchun ham xususiy kapitalga ega bo'lish, uni doimiy tarzda ko'paytirib borish bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday xo'jalik yurituvchi sub'ektning, rivojlanishiga kafillik beruvchi muhim element bo'lib hisoblanadi. Xususiy kapital hozirgi erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim ahamiyatga ega bo’lib, u korxonaning o’z qudrat darajasi qay darajada ekanligini bildiradi.
2019-yilning 1-may holatiga 375,8 mingta korxonalar va tashkilotlar ro’yxatdan o’tgan bo’lib, 2018-yilning mos davriga nisbatan 19,0 foizga o'sgan, natijada, faoliyat ko’rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 2018-yilning shu davriga solishtirilganda 58,2 mingta (19,4 %) ga o’sgan hamda ularning umumiy soni 358,8 mingtani tashkil etgan, iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha jamiga nisbatan 24,2 % savdo, 17,6 % sanoat, 8,6 % qurilish, 7,3 % qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, 6,4 % yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar, 4,0 % tashish va saqlash, 2,1 % axborot va aloqa, 2,0 % sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar hamda 27,8 % boshqa faoliyat turlari hissasiga to`g`ri kelmoqda.
Bugungi kunda respublikamizda turli mulkchilik shaklidaini amalga oshirib kelmoqda. Bularga davlat mulki shaklidagi, aktsiyadorlik jamiyati shaklidagi, ma’suliyati cheklangan jamiyat shaklidagi, qo’shma korxona shaklidagi va boshqa korxonalar kiradi. o'sh, xususiy kapital nima? Xususiy kapital - bu ochiq bozorlardan tashqarida taqdim etiladigan risk kapitali (investitsiya) shakli. Biror biznesni sotib olishni, kompaniyani jonlantirishni, ota-kompaniyaning bo'linmasini sotib olishni, biznesni kengaytirishni yoki o'z biznesini ochishni istaganlar uchun xususiy sarmoyalarni jalb qilish juda yaxshi tanlov bo'lishi mumkin. Xususiy kapital asosan kapital daromadlarini shakllantirishga yo'naltirilgan. Aslida, investorlar biznesda ulushni sotib olishadi, biznesni boshqarishda faol ishtirok etishadi va keyin uni sotish yoki joylashtirish orqali biznesning ortib borayotgan qiymatidan foyda olishadi.
Xususiy kapital – xoʻjalik yurituvchi subyekt aktivlarining barcha majburiyatlar chegirilganidan qolgan qismi, yaʼni korxona egalarining ushbu korxona aktivlaridagi ulushidir.


Download 186.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling