Vazifalari


Ushbu mаqsаddаn kelib chiqqаn hоlda mavzuda quyidagi vazifalar bеlgilandi


Download 186.47 Kb.
bet36/37
Sana20.06.2023
Hajmi186.47 Kb.
#1629356
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
Vazifalari

Ushbu mаqsаddаn kelib chiqqаn hоlda mavzuda quyidagi vazifalar bеlgilandi:
- korxonalarda xususiy kapitalning iqtisodiy ahamiyatini o’rganish ;
- xususiy kapital tarkibi, tuzilishini va shakllantirish manbalarini tahlil qilish;
- kompaniya faoliyatini moliyalashtirishda xusuylsiy kapitalni ahamiyatini oshirish va takomlillashtirish;

Ushbu mavzuning obyekti va predmeti. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi kompaniyalar faoliyati mavzuning ob’ekti bo’lib hisoblanadi.
Korxonalar va kompaniyalar xususiy kapitali, xususiy kapital tarkibi, xususiy kapitalning shakllanishi, xususiy kapital manbalari korxonalarning faoliyatini moliyalashtirishda xususiy kapital ahamiyati va ulardan samarali foydalanish bilan bog’liq jarayonlar mavzuning predmeti hisoblanadi.

Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarining xususiy kapitalini tahlil qilishning ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalari Erkin iqtisodiy munosabatlar sharoitida xususiy kapital korxonaning moliyaviy holatini tavsiflovchi muhim ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. Negaki, uning holatiga qarab jami mablag’lar tarkibidan kelib chiqqan holda korxonaning iqtisodiy qaramligi yoki mustaqilligiga baho beriladi. Bu biznesni boshqarish, faoliyatni kengaytirish va sheriklik faoliyatini yo’lga qo’yishda o’ta muhim masala hisoblanadi.


Xususiy kapital korxonaning o’z mablag’lari manbaining asosini tashkil etuvchi ko’rsatkich hisoblanib, uning tarkibiga korxona ustav kapitali, zahira kapitali, qo’shilgan kapital hamda taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) kiradi.
Buxgalteriya hisobi fanidan ma’lumki korxona, tashkilot va firmalarni moliyaviy mablag’lar bilan ta’minlash manbai bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

O’z mablag’lar manbai;
Qarz mablag’lari.

Sobiq ittifoq davrida esa bu mablag’lar manbaiga byudjetdan ajratmalar ham kirgan. Lekin bozor iqtisodiyotiga o’tganimizdan keyin bu mablag’lar manbai bekor qilingan. Chunki bu manbaning yo’q qilinishi Respublikamizdagi boqimandalik tizimini tugatishni ta’minladi.
Endilikda esa yuqorida sanab o’tganlarimiz korxonalarni mablag’lar bilan ta’minlash manbai bo’lib kelmoqda.
Korxona, tashkilot yoki firma ochilish davrida o’z mablag’larini belgilab olishi lozim. Bu ish amalga oshirilgach esa mablag’larni qaysi manbaa xisobiga qoplash kerakligini ko’rib o’tiladi. Agarda korxonaning o’z mablag’lari yetarli bo’lsa o’z mablag’lar manbai hisobiga aks holda esa qarz mablag’lari hisobiga qoplaydi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida har bir korxona o’z moliyaviy ehtiyojlarini o’zi mustaqil qondirishi mumkin. Resurslarni ta’minlash manbai bo’lib, uning foydasi, qimmatbaho qog’ozlarini sotishdan kelgan tushum, aksionerlarning pay va boshqa to’lovlari, yuridik va jismoniy shaxslarning pay va boshqa to’lovlari hamda qonundan tashqari bo’lmagan holda kirim qilingan mablag’lar kiradi. Bunday asosda kiritilgan mablag’lar korxona tashkilotlar uchun xususiy kapital deb qaraladi.
Xususiy kapital xisobi Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida muhim ahamiyatga ega bo’lib, u korxonaning o’z qudratining darajasini qay darajada ekanligini bildiradi. Bunday taraflarni e’tiborga olgan holda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi chaqiriq 6-sessiyasida qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonunda ham xususiy kapital hisobiga katta e’tibor berilgan. Uning 16- moddasiga ko’ra3 moliyaviy hisobotlar tarkibida 5- shakl «Xususiy kapital to’g’risida hisobot» deb nomlanib, bu shakl har yili boshqa hisobotlarga qo’shilgan holda yuqori organlarga topshirilishi lozim.

Download 186.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling