Vazifalari


Download 186.47 Kb.
bet29/37
Sana20.06.2023
Hajmi186.47 Kb.
#1629356
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37
Bog'liq
Vazifalari

1. Debitorlik va kreditorlik qarzlarining vujudga kelish sabablari va ularni boshqarishning zarurligi 
Debitorlik qarzlarining oʻz vaqtida va toʻliq kelib tushishi har bir tadbirkorlik 
sub’ektining faoliyatining uzviyligi, uzluksizligi va samarali yuritilishiga xizmat 
qiladi. Bunda oʻz-oʻzidan xaridor va mijozlarning oʻz majburiyatlarini belgilangan 
tartibda ta’minlashiga erishishga e’tibor qaratish talab etiladi. Chunki debitorlik qarzlarining oʻz vaqtida kelib tushmasligi korxona va tashkilotlarda pul mablagʻlariga defitsitni yuzaga keltiradi. Natijada esa joriy faoliyatni moliyalashtirish uchun korxonaning aylanma aktivlarga boʻlgan ehtiyoji oshadi va oʻz navbatida kreditorlik qarzlarini oʻz vaqtida qoplay olmaslik natijasida toʻlovga qobiliyatlilik darajasi pasayishiga sabab boʻladi. Bundan koʻrinib turibdiki, har bir tadbirkorlik sub’ekti asosiy e’tiborini faqatgina debirorlik qarzlariga emas, balki kreditorlik qarzlariga ham qaratish zarurligi kelib chiqadi va keltirib oʻtilayotgan jihatlar korxonalar miqyosida debitorlik va kreditorlik qarzlarini boshqarishning zarurligini oʻzida ifodalaydi. 
Shuning uchun ham debitorlik va kreditorlik qarzlarini boshqarishda asosiy e’tibor ularning miqdor va vaqt jihatdan oʻzaro mosligini ta’minlashga qaratilishini ham 
qayd etib oʻtish zarur. Debitorlik qarzlarini boshqarishdan asosiy maqsad ularning kechikishiga yoʻl qoʻymaslik, jarimalar qoʻllash yoki boshqa usullardan foydalanishgacha olib bormaslik hisoblanadi. Kreditorlik qarzlarini boshqarishdan asosiy maqsad esa moliyaviy majburiyatlarni oʻz vaqtida qoplashni tashkil etish boʻlib, unda kreditorlik qarzlarini toʻlab berishning kechikishi tufayli yuzaga kelishi mumkin boʻlgan qoʻshimcha moliyaviy majburiyatlarga yoʻl qoʻymaslikka e’tibor qaratiladi. Debitorlik va kreditorlik qarzlari vujudga kelish sabablari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: 
1. Bir tizimga boʻysunuvchi korxonalar oʻrtasida zanjirli bogʻlanishning amal qilishi. Bunga misol sifatida davlat xaridi boʻyicha yetishtirilgan mahsulotni davlatga yetkazib berish, oʻz navbatida davlat tomonidan xoʻjalik sub’ektiga zarur moddiy resurslar yetkazib berilishi jarayonida hisobga olinadigan debitorlik qarzlari va ularning qoplanish tartibini keltirish mumkin. 
2. Korxonalarda moliyaviy beqarorlik holatlarining yuzaga kelishi. Ya’ni mijozlar va xaridorlarning oʻz moliyaviy majburiyatlarini moliyaviy barqarorlik holatining pasayishi debitorlik qarzlarining oʻz vaqtida kelib tushmasligiga sabab boʻladi. Korxona tomonidan mijoz va xaridorlarning yetarlicha oʻrganilmasligi natijasida ham mazkur holatning yuzaga kelish holatlari amaliyotda koʻp kuzatiladi. 
3. Debitorlik va kreditorlik qarzlari boʻyicha ta’sir doirasining pastligi. Ya’ni majburiyatlar oʻz vaqtida bajarilmagan holatlarda qoʻllaniladigan moliyaviy jarimalarning yoki boshqa choralarning ta’siri pastligi debitorlik va kreditorlik qarzlarining sun’iy ravishda oʻsishiga olib kelishi mumkin. 
4. Makroiqtisodiy beqarorlik holatlari yuzaga kelishi. Moliya tizimi 
boʻgʻinlarining oʻzaro bogʻliqligidan kelib chiqqan holda ta’kidlash mumkinki, 
makro darajadagi beqarorlik holatlari ham debitorlik va kreditorlik qarzlarining 
oʻsishiga sabab boʻladi. Bunda byudjet defitsitining ortib ketishi, soliqlarning oshib 
ketishi, boshqa mamlakatlar bilan hamkorlik munosabatlarining buzilishi va boshqalar natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan holatlarni ham keltirish mumkin. 
5. Avans toʻlovlarining amal qilishi. Moliyaviy munosabatlarda toʻlovni kafolatlash maqsadida avans toʻlovlari qoʻllaniladi. Avans toʻlovining amalga oshirilishi bir sub’ektda debitorlik qarzi sifatida hisobga olinsa, boshqa bir sub’ektda kreditorlik qarzi sifatida hisobga olinadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 24 yanvardagi “To’lov intizomini va o’zaro hisob-kitoblar tizimini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonida avans toʻlovlari sotilayotgan mahsulot qiymatining kamida 15 foizini tashkil etishi lozimligi belgilab qoʻyilgan. 

Download 186.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling