Vazifalari
Asosiy vositalarning yangilanish manbalari
Download 186.47 Kb.
|
Vazifalari
Asosiy vositalarning yangilanish manbalari:
• kapital qo’yilmalar va investitsiyalar; • xususiy kapitalning o’sishi; • uzoq muddatli kreditlar va qarzlar hisobiga. Asosiy vositalarning chiqib ketish sabablari: • ma’naviy eskirishi; • jismoniy eskirishi va foydalanish uchun yaroqsiz holatga kelishi; • ortiqchaligi; • sotishlar; • yo’qotishlar va boshqa sabablar. Mahsulot ishlab chiqarish nafaqat asosiy vositalarning texnik holat va harakat ko’rsatkichlariga balki ular bilan ta’minlanganlik darajasiga ham bog’liq. Korxona (firma) ning asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik yoki qurollanganlik darajasi deb ishlab chiqarishning me’yor darajasida mehnat vositalari bilan ta’minlanganliga aytiladi. Avvalo, korxonaning mehnat vositalari bilan ta’minlanganligida quyidagi jihatlarini farqlash lozim: • o’ziga tegishli bo’lgan mehnat vositalari hisobiga ta’minlash; • ijaraga olingan mehnat vositalari hisobiga ta’minlash. Demak korxona har ikkala holatda ham asosiy vositalar bilan ta’minlanganlikning me’yor ko’rsatkichlariga ega bo’lishi mumkin. Asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik tahlilida korxonada asosiy vositalarning rejaga va o’tgan yillarga nisbatan mutlaq va nisbiy o’zgarishlariga baho beriladi. Asosiy vositalar bilan qurollanganlik ko’rsatkichlari sifatida bir ishchiga to’g’ri keladigan mehnat vositalari, ish o’rni, maydonining asosiy vositalar bilan qurollanganlik darajasi aniqlanadi. Asosiy vositalar bilan qurollanganlik darajasi ularning samaradorlik ko’rsatkichlarini o’rganish asosida to’ldiriladi. Ya’ni, korxona faoliyatiga faqat miqdor ko’rsatkichlar orqaligina emas balki s ifat ko’rsatkichlarini ham o’rganish asosida baho beriladi. Jadval ma’lumotlaridan xulosa qilish mumkinki, korxonada rentabellik ko’rsatkichlari o’tgan yilga nisbatan bir qadar o’sgan. Faqat mahsulot rentabelligi, ishlab chiqarish tannarxi va qarz mablag’alariga nisbatan rentabellik ko’rsatkichlari bo’yicha o’tgan yilga nisbatan pasayish kuzatilgan. Asosiy vositalar rentabelligi 5,8 % ga, oborot aktivlari rentabelligi (moddiy) 3,2 % ga, o’z mablag’lari rentabelligi 4,5% ga, jami aktivlar rentabelligi 0,9% ga, umumiy rentabellik 2,1 % ga o’sgan. Rentabellik o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillarga tahlilda alohida ahamiyat beriladi. Rentabellik o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni ularda qatnashuvchi birliklarga nisbatan belgilash mumkin. Masalan, mahsulotni sotishga nisbatan rentabellik o’zgarishiga sotishdan olingan yalpi foyda summasining o’zgarishi va sotishdan olingan tushumlar summasining o’zgarishi ta’sir etsa, asosiy vositalar rentabelligiga korxona sof foydasining o’zgarishi va asosiy vositalarning o’rtacha yillik qiymatining o’zgarishi, umumiy rentabellikka bir so’mlik tushumga to’g’ri keladigan sof foyda summasining o’zgarishi, asosiy vositalar qaytimining o’zgarishi va moddiy oborot mablag’lar qaytimining o’zgarishlari ta’sir qiladi va h.k. Download 186.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling