Vazifalari


Davlat tomonidan tartibga solinish darajasiga qarab xarajatlar ikkiga bo’linadi


Download 186.47 Kb.
bet23/37
Sana20.06.2023
Hajmi186.47 Kb.
#1629356
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37
Bog'liq
Vazifalari

Davlat tomonidan tartibga solinish darajasiga qarab xarajatlar ikkiga bo’linadi:

norma (me’yor)lashtiriladigan xarajatlar;

norma (me’yor)lashtirilmaydigan xarajatlar.

Xarajatlarning bunday bo’linishi, odatda, soliqqa tortish sohasida tegishli qaror qabul qilinayotgan paytda qo’llaniladi. Norma (me’yor)lashtiriladigan xarajatlarga soliqqa tortiladigan foydani hisoblash maqsadida o’rna-tilgan (belgilangan) norma (me’yor)lar doirasidagi xara-jatlar kiradi.


Chiqimlarni kamaytirish XYuS ishi samaradorligini oshirishning eng muhim yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Odatda, chiqimlarni kamaytirishning quyidagi asosiy yo’l-lari ajratilib ko’rsatiladi:

resurslarni tejaydigan innovatsion texnologiyalarni qo’llash;


mehnat unumdorligini oshirish;
ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish sifatini yaxshilash;
kadrlarning malakaviy darajasini oshirish;
XYuS taraqqiyotining strategik maqsadlarini asoslash va qabul qilingan strategiyani aniq ijro etish;

XYuSni boshqarish texnikasi va texnologiyasini tako- millashtirish, qabul qilingan boshqaruv qarorlarining asoslanganligini ta’minlash;

xomashyo va material xarajatlarining salmog’ini pasaytirish, ta’minlovchi xizmatlarning uzluksiz ishlashiga erishish;

marketing xizmatining samarali ishlashi, XYuSning marketing strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;

XYuSdagi yo’qotmalarning barcha ko’rinishlarini qisqar-tirish, chiqindilar, ikkilamchi materiallar va energore-surslardan, yo’lovchi mahsulotlardan va h.k.lardan foyda-lanish.

XYuS xarajatlarini tahlil qilish uchun asos bo’lib byudjet tuzish (smetalarni ishlab chiqish, xarajatlarni rejalashtirish va farqlanishni nazorat qilish) xizmat qiladi. Bu xarajatlarni qisqartirishdagi uzilishlarni amalga oshirish bo’yicha XYuS turli bo’linmalarining hara-katini aniqlashga imkon beradi, bu ishning istiqbolli yo’nalishlarini aniqlaydi.


Moddiy xarajatlar (FIFO, LIFO, qiymatning o’rtacha tor- tiluvchanligiga ko’ra baholash), mehnat xarajatlari, amor-tizatsiya
ajratmalari va ularning boshqa ko’rinishlarini hisoblash metodikasi tahlil jarayonida muhim tarkibiy qism sifatida maydonga chiqadi.
XYuS xarajatlarini samarali boshqarish uchun zarur bo’ladigan yuqorida bayon etilgan tarkibiy qismlardan (rejalashtirish, hisob-kitob metodlari, byudjetlashtirish, tahlil) tashqari yana boshqaruv hisobini ham ta’kidlab o’tish kerakki, uni yo’lga qo’ymasdan turib, xarajatlarni samarali boshqarishning iloji yo’q. Boshqaruv hisobi xarajatlarning doimiy (o’zgarmaydigan) va o’zgaruvchan xarajatlarga bo’linishiga, XYuSning xo’jalik yuritish sharoitlariga bog’liq ravishda ularning xususiyatlariga asoslanadi.
Mahsulot ishlab chiqarish chiqimlarini kamaytirish XYuSning mol etkazib beruvchilar bilan munosabatlarini rivojlantirish va optimallashtirish (oqilonalashtirish) bo’yicha rejali ishiga, mehnat, moddiy va moliyaviy resurslardan oqilona foydalanishiga, iste’molchilarning talablariga va ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlariga javob beradigan harakatchan ishlab chiqarishni yaratishiga bog’liq.
Mahsulot ishlab chiqarish hajmini kompleks tahlili ikki yo‘nalishda olib boriladi:
a) mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishini baholash;
b) bir necha yillar bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish dinamikasini tahlili.
Hisobot davridagi mahsulot ishlab chiqarish hajmini reja ma’lumotlari bilan taqqoslash orqali rejaning bajarilishi, rejadan farqlanishi mutloq summada, o‘tgan yil bilan taqqoslash orqali esa mahsulot hajmini o‘sish sur’ati aniqlanadi.

Mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishi tahlili


Ko‘rsatkichlar


Bazaviy bahodagi qiymati ming so‘m


Reja bajarilishi, %


2015 y.

2016 y.

2017 y.

2015

2016

2017

reja

xak

reja

xak

reja

xak










Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi, ming so‘m


260050

282792

420600

442606

502600

532036

108.7

105.2


105.8


Korxonada mahsulot ishlab chiqrish rejasi 2015 yilda 108.07 %ga, 2016 yilda 105.2 %ga, 2017 yil 105.8 % ga bajarilgan.
Kompleks iqtisodiy tahlilga oid ayrim manbalarda mahsulot hajmini o‘sishi mahsulot hajmini indeksi deb ham ataladi. Bu ko‘rsatkich korxonaning rivojlanish dinamikasini ifodalaydi.

Mahsulot ishlab chiqarish hajmining dinamik tahlili


Ko‘rsatkichlar


Bazaviy bahoda qiymati


Mutlaq o‘zgarishi (+,-)


2015 y.

2016 y.

2017 y.

2016 y.
2015

yilga nisbatan


2017 y.
2016 yilga nisbatan




2017 y.
2015 yilga nisbatan




Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi, ming so‘m


282792

442606

532036

+159814

+89430

+249244


Korxonada mahsulot ishlab chiqarish hajmining dinamik o‘zgarishlari 2016-yil 2015-yilga nisbatan 159814 ming so‘mga o‘sgan, 2017-yil 2016-yilga nisbatan 89430 ming so‘mga, 2017-yil 2015-yilga nisbatan 249244 ming so‘mga ortgan.
Mahsulot (ish, xizmat)lar hajmini o‘rganishda solishtirma, ulgurji baholarda hamda joriy yilning amaldagi baholarida aniqlangan ma’lumotlar tahlil qilinadi. Dinamikasini aniqlash uchun hisobot davrida ishlab chiqarilgan haqiqiy mahsulot hajmi o‘tgan yillardagisi bilan taqqoslanib ko‘rsatkichlarni o‘zgarishi mutloq va nisbiy (foiz)larda aniqlanishi lozim.
Faoliyatning eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib, ishlab chiqarilgan mahsulotning sifati hisoblanadi. Mahsulot sifatining oshishi o‘z navbatida sotilgan mahsulot hajmining oshishiga va foydaning ko‘payishiga, oqibatda rentabellik darajasining yuqori bo‘lishiga sababchi bo‘ladi.
Mahsulot sifati navlar bo‘yicha belgilanadigan mahsulotlarni ikki kategoriya bo‘yicha tarkiblash mumkin:
- oliy sifat kategoriyasi;
- birinchi sifat kategoriyasi.
Mazkur sifat kategoriyalari orqali mahsulotning xalqaro va mamlakat standarti talablariga mosligi o‘rganiladi.
Mahsulot sifatini oshirish realizatsiya jarayonini tezlashtiradi, mahsulotga bo‘lgan talabni to‘laroq qondiradi, tovar pul muomalasini tezlashtiradi, eksport imkoniyatlarini oshiradi.

Mahsulot sifati qator ko‘rsatkichlar tizimi bilan baholanadi. Xarakterli xossalariga ko‘ra belgilangan belgilangan me’yorlarga (xalqaro va mamlakat standartlariga mosligi), pishiqligi, puxtaligi, chidamliligi, va h.k. ko‘rsatkichlari bilan farqlanadi.


Mahsulot sifatining tahlili

O‘rtacha nav (sort)lilik koeffitsiyenti:


rejada

haqiqatda

10000/(15000*10000/1000)=0,733


140000/(21000*10000/1000)=0,666


Mahsulot biriligining o‘rtacha sotish bahosi


rejada

haqiqatda

110000/15000=7333 sum


140000/21000=6666 sum



Mahsulot sifatiga odatda quyidagi omillar ta’sir qiladi: foydalanilayotgan xomashyo va materiallar sifati; xodimlarning malakasi va texnik tayyorgarlik darajasi; ishlab chiqarishda ishtirok etadigan texnika va texnologiyani holati va uning progressivligi; ishchi va xodimlarning mahsulot sifatiga javobgarligi hamda ularning moddiy rag‘batlantirilishi va hokazo.


Mahsulot ishlab chiqarishda eng muhim masala bu innovatsion, yangidan yaratilgan mahsulotlar hajmining, eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yilganligiga baho berishdan iboratdir.
Innovatsion mahsulot – yangi, takomillashtirilgan, texnologik o‘zgarishlar tufayli yaratilgan mahsulotdir. Oldingi mahsulotlardan sezilarli yoki tubdan farq etuvchi mahsulotlardir.
Eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarning jami mahsulotlar tarkibidagi salmog‘iga baho berish orqali korxonaning joriy va istiqboldagi taktik strategiyalari ishlab chiqiladi.

Mahsulot ishlab chiqarish va sotishni dinamik tahlili


Ko‘rsatkichlar




Bazaviy bahoda qiymati


Mutlaq o‘zgarishi (+,-)



2015 y.

2016 y.

2017 y.

2016 y.
2015

yilga nisbatan

2017 y.
2016 yilga nisbatan




2017 y.
2015 yilga nisbatan




Jami mahsulot hajmi, ming so‘m


282792

442606

532036

+159814

+89430

+249244

Innovatsion mahsulot hajmi, ming so‘m


52300

85602

120400

+33302

+34798

+68100

Innovatsion mahsulotlar soni


3

5

8

+2

+3

+5

Innovatsion mahsulotlarning jami mahsulot tarkibidagi salmog‘i,%


18.4

19.3

22.6

+0.9

+3.3

+4.2


Korxonada innovatsion mahsulotlarning hajmi 2016-yilda 2015- yilga qiyosan 33302.0 ming so‘mga, 2017-yil 2016-yilga qiyosan 34798 ming so‘mga, 2017-yil 2015-yilga qiyosan 68100 ming so‘mga ortgan. Shu bilan birga jami mahsulotlar tarkibida innovatsion mahsulotlar hajmi 2015-yilda 18.4 %ni, 2016-yilda 19.3 %ni, 2017-yilda 22.6 % ni tashkil etganligini ijobiy baholash mumkin. Innovatsion mahsulotlarning soni ham mos ravishda 2, 3 va 5 taga ko‘paygan.


Foyda, uni shakllantirish va undan foydalanish

XYuSning barcha moliyaviy resurslari o’z mablag’lari hisobidan, moliya va kredit bozorlaridan jalb qilinadigan resurslar hisobidan, uzoq va qisqa muddatli kreditlar hamda kreditorlik qarzlaridan iborat bo’lgan qarz mablag’-lari ko’rinishidagi resurslardan tashkil topadi.


XYuSning o’z mablag’lari quyidagilar manbalar hisobi-dan shakllanadi:
mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan tushum;
moliyaviy operatsiyalardan keladigan daromadlar;
investitsion faoliyatdan olingan daromadlar;
boshqa daromadlar.
Shuningdek, o’z faoliyati hisobidan pullarning kelib tushishi amortizatsiya ajratmalari, chiqib ketgan mol-mulkni sotish, maqsadli tushilmalar, qurilishda ichki resurslarni mobilizatsiya qilish, XYuS ishtirokchilarining a’zolik va boshqa badallarining kelib tushishi hisobidan ham amalga oshirilishi mumkin.
Moliyaviy bozordan jalb qilinadigan resurslar aktsiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qog’ozlarning emissiyasi va sotilishi natijasida va shuningdek, kreditlar hisobidan shakllanadi.
Qayta taqsimlash tartibida olinadigan tushilmalarga sug’urta qoplamalari, xoldinglar, assotsiatsiyalar yoki boshqa tarmoq tuzilmalaridan kelib tushadigan moliyaviy resurs-lar kiradi.
Investitsion faoliyatdan resurslar XYuSga qimmatli qog’ozlar, boshqa XYuSlarga hissali ishtirok etishdan va h.k.lardan olinadigan dividendlar va foizlar ko’rinishida kelib tushadi.
Yuqoridagi barcha manbalar hisobidan XYuSning xara-jatlari amalga oshiriladi.
XYuSning daromadlari va xarajatlari, uning byudjet va byudjetdan tashqari davlat maxsus fondlari bilan o’zaro aloqalari choraklarga bo’lingan tarzda tegishli yil uchun tuziladigan moliyaviy rejada o’z aksini topadi. Moliyaviy reja XYuS moliyaviy faoliyatining tashkil qilinishi va uning natijasi hisoblangan foydani aks ettiruvchi asosiy hujjat bo’lib xizmat qiladi.
Amaliyotda hamma vaqt ham foydaning mazmuni bir xil tarzda ifodalanaverilmaydi. Odatda, foyda deganda XYuS, firma, korporatsiyalar va boshqa xo’jalik yurituvchi sub’-ektlar ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyatining umumlashti-rilgan tarzda baholovchi ko’rsatkich, daromadning mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bog’liq bo’lgan barcha xarajatlar ustidan oshgan qismi tushuniladi.
Amaliy faoliyatda esa “foyda”ning barcha tushuncha-larini quyidagi uch guruhga bo’lish mumkin:

realizatsiya qilinadigan tovar (xizmat)lar sotish bahosi bilan ularni ishlab chiqarish xarajatlari o’rtasi-dagi farq sifatida aniqlanadigan foyda;


sof aktivlarning yil oxiridagi va yil boshidagi miqdorlarining farqi sifatida aniqlanadigan faoliyat-ning ayrim davriga tegishli bo’lgan foyda (uning kapital-lashtirilganligi);
foydani kapitaldan olingan daromad sifatida tushu-nish.
Foydaning mazmunini aniqlashga bo’lgan yondoshuvning turlicha ekanligidan kompaniyalar tomonidan taqdim etiladigan hisobot ma’lumotlarining standart paketlariga qarab turib, uning miqdori to’g’risida aniq bir fikrni aytishning hamma vaqt ham iloji yo’q.
Faoliyatning moliyaviy natijalarini tahlil qilishda XYuSlar, ko’p hollarda, foydaning quyidagi ko’rinishlariga (tushunchalariga) tayanadi:
asos foyda;
balans foyda;
sof foyda yoki sof daromad.
Asos foyda deyilganda hisobot davrida kutilayotgan foyda tushuniladi. Bu ko’rsatkich asos rentabellikni hisoblashda, nomenklatura pozitsiyalari bo’yicha miqdor va tannarx aniq ma’lum bo’lmagan paytda keng assortimentli buyumlar tayyorlovchi XYuSlar, birlashmalar bo’yicha rejalashtirilayotgan yil uchun foyda analitik metodda aniqlanayotganda qo’llaniladi.
Balans foyda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish faoliyatning barcha turlari bo’yicha olingan foydaning umumiy summasidan iborat.
Sof foyda yoki sof daromad operatsion davr mobaynida olingan tushumdan barcha chegirmalar va xarajatlar chiqarilganidan so’ng vujudga keladi. Ma’lum bir miqdorda sof foydaning (netto-foydaning) olinishiga erishilsagina tadbirkorlik jarayonini amalga oshirish o’zining mazmuniga ega bo’ladi.
Hisobotlarda foyda quyidagi ko’rinishlarda aks ettirilishi mumkin:
yalpi foyda;
operatsion foyda;
sof foyda.
XYuSlar faoliyatining umumiy moliyaviy natijalari foyda va zararlar to’g’risidagi hisobotda o’z aksini topadi. Bu hisobot moliyaviy tahlil uchun zarur bo’lgan quyidagi muhim ma’lumotlarni o’zida namoyon etadi:

mahsulotni sotishdan olingan tushum summasi;


soliqqa tortilgunga qadar foyda summasi;
foydadan olinadigan soliq summasi;
XYuSning ixtiyorida qoldiriladigan foyda (sof foyda yoki foyda- netto) summasi.
Foydani tahlil qilish uchun ayrim ko’rsatkichlar yuqoridagi hisobotda mavjud bo’lmaganligi uchun ba’zi bir analitik indikatorlar qo’shimcha tarzda hisoblanmog’i lozim. Bundan tashqari bu jarayonda XYuS faoliyatiga ichki va tashqi omillarning hamda soliq omilining ta’sirini alohida-alohida tahlil qilish imkoniyatiga ega bo’lish juda zarur. Shuningdek, tahlil uchun qulay shaklda har qanday ma’lu-motni operativ ravishda olish ham muhim hisoblanadi.
Foydani tahlil qilishda uni shakllantirishning turli manbalarini hisobga olish kerak. Bu manbalarning ma’lum bir qismi foyda va zararlar to’g’risidagi hisobotda ifodalangan, u yerda ular, birinchidan, faoliyatning odatdagi ko’rinishi bo’yicha daromadlar va xarajatlar,
ikkinchidan esa, boshqa daromadlar va xarajatlar sifatida guruhlashtiriladi.
Faoliyatning odatdagi ko’rinishi bo’yicha daromadlar va xarajatlar quyidagi tarzda hisoblanadi: eng avvalo, sotilgan tovarlar, mahsulotlar, ishlar, xizmatlardan (qo’shilgan qiymat solig’i, aktsizlar va shularga o’xshash majburiy to’lovlar chegirilgan) olingan tushum va ularning tannarxi o’rtasidagi farqdan iborat bo’lgan yalpi foyda aniqlanadi.
Yalpi foydadan tijorat va boshqaruv xarajatlari chegirilsa, sotuvdan olingan foyda paydo bo’ladiki, u faoliyatning odatdagi ko’rinishidan foydani xarakterlaydi. Undan so’ng boshqa daromadlar va xarajatlarni hisobga olgan holda soliqqa tortilguncha foyda hisoblanadi. Odatda, boshqa daromadlar va xarajatlar quyidagilardan iborat bo’ladi:
olinishi lozim bo’lgan foizlar;
to’lanishi lozim bo’lgan foizlar;
boshqa tashkilotlarning faoliyatida ishtirok etishdan olingan daromadlar;
boshqa operatsion daromadlar;
realizatsiyadan tashqaridagi daromadlar;
realizatsiyadan tashqaridagi xarajatlar.
Foydani tahlil qilishning asosiy maqsadi hisobot davri davomidagi XYuS faoliyatining samaradorligini ko’rsatishdan iborat. Buxgalteriya hisobi XYuSning daro-madlari va xarajatlari, shuningdek, uning sof moliyaviy natijasi – sof foyda – to’g’risida ma’lumot olishga imkon beradi. Yuqorida ta’kidlanganidek, soliqqa tortilgunga qadar foydaning summasi aniqlanganidan so’ng uning miq-dori (summasi) soliq qonunchiligiga muvofiq korrektirovka qilishi va foyda hisobidan qoplanadigan soliqlarning summasi chegirilmog’i lozim.
Yalpi foyda, sotuvdan olingan foyda, soliqqa tortil-gunga qadar bo’lgan foyda va nihoyat, sof foydani formu-lada quyidagicha ko’rsatish mumkin:
YaF к = T р - T т
Bu yerda: YaF к - XYuSning yalpi foydasi;
T р - tovarlar, mahsulotlar, ishlar va xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan tushum;
T т - sotilgan tovarlar, mahsulotlar va xizmatlarning tannarxi.
SOF к = YaF к - TX – BX
Bu yerda: SOF к - XYuSning sotuvdan olgan foydasi;
YaF к - XYuSning yalpi foydasi;
TX - tijoriy xaraxatlar;
BX - boshqaruv xarajatlari.
STF к = SOF к + BD – BX
Bu yerda: STF к - soliqqa tortilgunga qadar XYuSning foydasi;
SOF к - XYuSning sotuvdan olgan foydasi;
BD - boshqa daromadlar;
BX - boshqa xarajatlar.
SF к = STF к - FOS
Bu yerda: SF к - XYuSning sof foydasi;

STF к - soliqqa tortilgunga qadar XYuSning foydasi;


FOS - foydadan olingan soliq.
Foydadan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’lan-ganidan so’ng uning qolgan qismi XYuS tomonidan mustaqil ravishda taqsimlanadi va foydalaniladi. Foydaning bu qismi investitsion, ishlab chiqarish va sotsial xaraktyerdagi ehtiyojlarga sarflanishi mumkin. Uni taqsimlash jara-yonida, albatta, XYuSning investitsiyalarga bo’lgan ehtiyoji hisobga olinmog’i lozim. Shuning uchun ham bozor kon’yunk-turasini hisobga olgan holda foydadan ishlab chiqarishni rivojlantirish fondiga ajratmalarning miqdori aniqla- nadi va ular kapital qo’yilmalar, aylanma mablag’larni ko’paytirish, ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik ishla-rini ta’minlash, yangi texnologiyalarni joriy etish uchun foydalaniladi.
Foyda hisobidan rezerv fondi ham shakllantiriladi, chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida ishbilarmonlik tavakkalchiliklarining darajasi keskin oshadi. Bu fond har yillik ajratmalar hisobidan tashkil qilinadi.
Ajrat-malarning miqdori esa XYuSning ta’sis hujjatlariga muvofiq belgilanadi.



Download 186.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling