Vazifalari


O’rtacha soatlik mehnat unumining pasayishining ta’siri


Download 186.47 Kb.
bet9/37
Sana20.06.2023
Hajmi186.47 Kb.
#1629356
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37
Bog'liq
Vazifalari

O’rtacha soatlik mehnat unumining pasayishining ta’siri

ΔYaMMus = Δ Mus × Xs1× Ik1 ×D1 = (-0,47) × 235 × 276 × 7,6 = -231680 m.s.


Ko’ramizki, mutlaq farqlar usuli yordamida zanjirli o’rin almashtirish usulini qo’llashdagi kabi natijalar olinadi. Bu erda alohida omillar hisobiga natijaviy ko’rsatkich o’sishining algebraik miqdori uning umumiy o’sishiga tenglashishini kuzatib borish zarur.
2.7. Nisbiy farqlar usuli
Ushbu usul faqatgina multiplikativ modellarda natijaviy ko’rsatkich o’sishiga omillar ta’sirini o’lchash uchun qo’llaniladi. Bu erda koeffitsientlar yoki foizlar ko’rinishida ifodalangan omilli ko’rsatkichlarning nisbiy o’sishlari qo’llaniladi.
U=xyz turidagi multiplikativ modellar uchun mazkur usulda omillar ta’sirini hisoblash metodikasini ko’rib chiqamiz.
Natijaviy

U=x*y

∆Ux = U0* ∆x/x0
∆Uy = (U0+∆Ux)* ∆y/ y0

U=x*y*z

∆Uz = (U0+∆Ux+∆Uy) * ∆z/ z0

U=x*y*z*q


∆Uq = (U0+∆Ux+∆Uy+∆Uz) * ∆q/ q0


∆U = ∆Ux + ∆Uy + ∆Uz + ∆Uq


Ushbu qoidaga muvofiq birinchi omil ta’sirini hisoblash uchun natijaviy ko’rsatkichning bazaviy miqdorini o’nlik kasrda ifodalangan birinchi omilning nisbiy o’sishiga ko’paytirish zarur.


Ikkinchi omilning ta’sirini hisoblash uchun natijaviy ko’rsatkichning bazaviy miqdoriga uning birinchi omil hisobiga o’zgarishini qo’shish lozim, keyin esa hosil bo’lgan miqdor ikkinchi omilning nisbiy o’sishiga ko’paytiriladi.
Uchinchi omilning ta’siri ham shunga o’xshash aniqlanadi: natijaviy ko’rsatkichning bazaviy miqdoriga uning birinchi va ikkinchi omil hisobiga o’sishini qo’shish va hosil bo’lgan miqdorni uchinchi omilning nisbiy o’sishiga ko’paytirish lozim.
Ko’rib chiqilgan metodikani 2.5-jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan foydalangan holda mustahkamlaymiz.
ΔYaMXs = YaM0 × ΔXs/Xs0 = 3750112 × 22/213 = +387336 m.s.
ΔYaMIk = (YaM0 + ΔYaMXs) × ΔIk/Ik0 = (3750112+387336) × 6/270 = +91943 m.s.
ΔYaMD = (YaM0 + ΔYaMXs + ΔYaMIk) × ΔD/D0 = (3750112+387336+91943) × (-0,2)/7,8 = -108446 m.s.
ΔYaMMus = (YaM0 + ΔYaMXs + ΔYaMIk + ΔYaMD) × ΔMus/Mus0 = (3750112+387336+91943-108446) × (-0,47)/8,36 = -231680 m.s.
Ko’rinib turibdiki, hisoblash natijalari oldingi usullardan foydalangan holda olingan natijalar bilan bir xil.
Agar ko’p sonli (8, 10 va undan ortiq) omillar ta’sirini hisoblash talab qilinsa, nisbiy farqlar usulini qo’llash qulay sanaladi. Oldingi usullardan farqli ravishda bu erda hisoblash amallari miqdori sezilarli darajada qisqaradi, bu esa uning afzalligini belgilab beradi.


2.8. Indeks metodi
Bu metod iqtisodiy tahlilda alohida elementlari o’lchanmas sanalgan murakkab hodisalarni o’rganishda qo’llaniladi. Nisbiy ko’rsatkichlar kabi indekslar ham reja topshiriqlari bajarilishini baholash, mehnat unumdorligi darajasining o’zgarishi, o’rtacha oylik mehnat haqi, ishlab chiqarish hajmi kabi jarayon va hodisalarning dinamikasini aniqlash uchun zarur. Indekslar yordamida turli tumanlarda sodir bo’layotgan iqtisodiy jarayonlar ko’lami va darajasi taqqoslanadi (hududiy indekslar). Indekslarning boshqa vazifasi alohida omillarning natijaviy ko’rsatkich o’zgarishiga ta’sirini o’rganishdan iborat (mahsulot tannarxi, rentabellik, fond qaytimi va boshqalar o’zgarishi).
Omilli tahlil instrumenti sifatida indekslar vazifasi ∑a1b1 = LaLb∑a0b0 tenglamasida ifodalanadi (bu erda a – miqdoriy omil, b – sifat omili).
La∑a0b0 ifodasi a omili o’zgarishi ta’sirida bazis daraja o’zgarishini tavsiflaydi, LaLb∑a0b0 ifodasi esa quyidagilarni ko’rsatadi:
1) ikkala omilning bir vaqtda ta’siri natijasida bazis daraja o’zgarishi va
2) buning oqibati sifatida – hisobot darajasi.
Umumiy indeks xususiy indekslarga (subindekslar) ajratilgan holda aniqlangan og’ishishlarga alohida omillar ta’siri aniqlanadi. Ajratish maxsuslashtirilgan hisob yoki zanjirli o’rin almashtirish usuli deb nom olgan ketma-ket zanjirli usulda olib boriladi. Farqlar usuli zanjirli o’rin almashtirish usulining ko’rinishlaridan biri sanaladi. Maxsuslashtirilgan hisobning o’ziga xosligi shundaki, alohida omilning ta’sir darajasini aniqlar ekanmiz, uni hisobot davri shartlariga tatbiqan ko’rib chiqamiz, o’rganilayotgan omil bilan bir vaqtda ta’sir qilgan boshqa barcha omillar – bazis davr darajasida ko’rib chiqiladi. Omillarni maxsuslashtirilgan o’rganish usulida amalga oshirilgan hisoblashga misol keltiramiz. Birinchi omilni (ishchilar soni) a deb belgilaymiz, ikkinchisi (o’rtacha ishlab chiqarish) – v, ularning bazis davrdagi belgisi – 0, hisobot davrida esa – 1.
Ishlab chiqarish hajmi indeksi quyidagi formula bilan ifodalanadi:
I = a1b1 / a0b0
Bu erda a – ishchilar soni;
v – bir ishchiga to’g’ri keladigan o’rtacha ishlab chiqarish.
Mazkur indeksdan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish hajmiga har bir omilning ta’sirini aniqlaymiz.
Birinchi subindeks Ia = a1b0 / a0b0
Ikkinchi subindeks Ib = a0b1 / a0b0
Qayd qilish joizki, xususiy indekslar (subindekslar) maxrajida ayni bir bazis miqdor bo’lsa, ularning suratida faqat bir omil hisobot darajasiga ega. Quyidagicha deb faraz qilamiz:
a0 = 100; a1 = 110; b0 = 4000; b1 = 4200
I = 110×4200 / 100×4000 = 462000 / 400000 = 1,15
Ia = 110×4000 / 100×4000 = 440000 / 400000 = 1,10
Iv = 100×4200 / 100×4000 = 420000 / 400000 = 1,05
Keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, ikkala omilning ta’siri yig’indisi 60000 (440000-400000)+(420000-400000) ga teng, ya’ni ish hajmining umumiy o’sishi miqdoridan kichik (62000).
Bu esa alohida omillarni ajratib olgan holda o’rganish hisobot davridagi ish hajmining bazis davrdan mavjud og’ishini to’liq izohlashga imkon bermasligini anglatadi.
Umumiy o’sish (+62000) qo’shiluvchilarga ajraladi: (10×4000) + (100×200) + (10×200).
Omillar ta’siri shunday: a omil– 40000 (10×4000)
v omil – 20000 (100×200)
2000 [62000 – (40000+20000)] ga teng uchinchi miqdor ishchilar sonining mutlaq o’sishi va o’rtacha ishlab chiqarish ko’paytmasini o’zida aks ettiradi (10×200). Alohida omillar ahamiyatini aniqlashning ikkinchi usuli ketma-ket zanjir usulida xususiy indekslar tuzishga asoslanadi. Misolimizdagi ma’lumotlarga foydalangan holda ketma-ket zanjir usulida qo’llaniladigan subindekslar formulalarini keltiramiz: Ia = a1b0 / a0b0;
Ib = a1b1 / a0b0
Raqam qiymatlarni qo’yamiz:
Ia = 110×4000 / 100×4000 = 440000 / 400000 = 1,10
Iv = 110×4200 / 110×4000 = 462000 / 440000 = 1,05
Bunda subindekslar metodi o’zgarmasligicha qoldi, lekin alohida omillar ta’sirida ishlab chiqarish hajmi o’zgarishidagi mutlaq ko’rsatkichlar boshqa qiymatga ega bo’ldi. Masalan, a omil= 40000 (440000-400000), b omil= 22000 (462000-440000). Bo’linmas qoldiq yo’q.
Har bir omilning ahamiyatini aniqlashda oldingi omillar miqdori ham maxrajda, ham suratda hisobot davri darajasida qabul qilinadi. Bizning misolimizda a omil uchun b omil ta’sir darajasini oydinlashtirishda formulaning ham maxraji, ham suratida hisobot qiymatlaridan foydalanildi. Bu mazkur metodning umumiy tamoyilidir.
Alohida omillar qo’shilishini hisoblash asosida o’zaro aloqador ko’rsatkichlar tizimi yotadi. Har bir navbatdagi hisoblash (omil ta’siri o’zgarishi) oldingisidan kelib chiqadi. Shuning uchun alohida omilning ta’sirini tavsiflovchi mutlaq miqdor ayni bir hodisaning hisob miqdorlari o’rtasidagi farq sifatida ta’riflanadi. Bu miqdorlar o’zaro aloqador va hisoblashga kiritilgan ko’rsatkichlar (omillar) soni bilan farqlanadi. Har bir yangi hisoblash oldingisidan shunisi bilan farqlanadiki, undagi hisob ko’rsatkichlari soni bazis ko’rsatkichlar hisobiga bittaga ortadi, mos ravishda bazis ko’rsatkichlar bittaga kamayadi.
Agar o’zaro hisoblash tizimi omillarni maxsuslashtirilgan qiyoslash usulida qo’llaniladigan usul bilan taqqoslansa, natija, ya’ni zanjir metodida hisoblanadigan alohida omillar ta’sir ko’rsatkichlari hisoblash ketma-ketligiga bog’liqligini payqash mumkin. Masalan, misolimizdagi ikki omil (a va b) ga qaytib, har birining ta’sirini aniqlashda hisoblashlar ketma-ketligini o’zgartirgan holda alohida omillar ta’sirining boshqa mutlaq ko’rsatkichlariga ega bo’lamiz:
Ib = a0b1 / a0b0 = 100×4200 / 100×4000 = 420000 / 400000
b omil hisobiga ish hajmi ortishining mutlaq miqdori = 20000 (420000-400000).
Ia = a1b1 / a0b1 = 110×4200 / 100×4200 = 462000 / 420000
a omil hisobiga ish hajmi ortishining mutlaq miqdori = 42000 (462000 - 420000).
O’z navbatida, mazkur holatda ham balans hisobi mavjud (42000+20000=62000). Biroq o’z oldimizga nafaqat balanslashtirilgan natija olish vazifasini, balki har bir omil ta’sirining to’g’ri raqamli ifodasini topishni ham qo’ygan holda to’g’ri natijalar olish uchun hisoblashda qanday ketma-ketlikka rioya qilish borasidagi masalani oldindan hal etish lozim. Hisoblash ketma-ketligiga bog’liq bo’lgan ehtimoliy variantlar miqdori omillarning faktorial sonini o’zida namoyon etadi. Ikki omilda variantlar soni 2 ga teng (1×2), to’rttada– 24 (1×2×3×4) va hokazo.

Download 186.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling