Vazifalari


Download 186.47 Kb.
bet7/37
Sana20.06.2023
Hajmi186.47 Kb.
#1629356
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37
Bog'liq
Vazifalari

2. Iqtisodiy tahlilda qo’llaniladigan usullar

Iqtisodiy tahlil jarayonida iqtisodiy axborotlarni analitik qayta ishlashda qator o’ziga xos usul va uslublar qo’llaniladi. Iqtisodiy tahlilning usullarini ikki guruhga ajratish mumkin: an’anaviy va matematik.


Birinchisiga shunday usullar kiritiladiki, ular iqtisodiy tahlil maxsus bilimlarning ixtisoslashgan tarmog’i sifatida, mustaqil o’quv kursi sifatida yuzaga kelgan vaqtdan boshlab qo’llanilgan. Ko’plab matematik usullar keyinroq, tezkor EHMlarni ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan vaqtdan analitik ishlanmalar doirasiga kirgan. Iqtisodiy tahlilning asosiy an’anaviy usul va uslublari sirasiga mutlaq, nisbiy va o’rtacha miqdordan foydalanishni kiritish mumkin: taqqoslash, guruhlash, balans metodi, zanjirli o’rin almashtirish usuli va mutlaq farq usuli. U yoki bu ko’rsatkichlar, iqtisodiy hodisalar, jarayonlar va vaziyatlar tahlili mutlaq miqdorlardan (qiymat bo’yicha yoki natural o’lchovlarda ishlab chiqarish hajmi, tovar aylanmasi hajmi, muomala xarajatlari va sarf-xarajatlar miqdori, foyda miqdori) foydalanishdan boshlanadi. Buxgalteriya hisobi va statistikada bo’lgani kabi tahlilda ham mutlaq miqdorlarsiz ish yuritish mumkin emas. Lekin ular buxgalteriya hisobida asosiy o’lchagichlar hisoblansa, tahlilda ko’pincha o’rtacha va nisbiy miqdorlarni hisoblash uchun baza sifatida foydalaniladi.
Nisbiy miqdorlar analitikligi tuzilmaviy tartib ko’rsatkichlarini o’rganishda ham yaxshi namoyon bo’ladi. Jamining qismini jamining butun olinganiga nisbatini aks ettirarkan, ular butun jamini ham, uning qismini ham yaqqol tasvirlaydi (masalan, yalpi mahsulotda tayyor mahsulot, qo’shimcha mahsulotlar va tugallanmagan ishlab chiqarishning ulushi).
Tahlil jarayonida o’rtacha miqdorlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ularning «analitik kuchi» o’xshash, bir turdagi ko’rsatkichlar, hodisalar va jarayonlarni mutanosib majmuada umumlashtirishdan iborat. Ular xususiydan umumiyga, tasodifiydan qonuniyatliga o’tishga imkon beradi; ularsiz o’rganilayotgan belgini turli majmualar bo’yicha taqqoslash, turlanayotgan ko’rsatkichlarni vaqt bo’yicha o’zgarishlarini tavsiflashning iloji yo’q: ular alohida qiymat va tebranishlar tasodifiyligini mavhumlashtirishga imkon beradi.
Analitik hisob-kitoblarda zaruratga ko’ra “o’rtacha”larning turli shakllari qo’llaniladi: o’rtacha arifmetik, o’rtacha tortilgan, o’rtacha xronologik va b.
2.1. Taqqoslash usuli

Bilishning ilmiy usullaridan biri sifatida taqqoslash iqtisodiy tahlilda keng qo’llaniladi. Uning mohiyati – bir turdagi ob’ektlar o’rtasidagi o’xshashlik yoki farqlarni aniqlash maqsadida ularni qiyoslashdan iborat. Taqqoslash yordamida iqtisodiy hodisalardagi umumiylik va o’ziga xosliklar aniqlanadi, tadqiq etilayotgan ob’ektlar darajasida o’zgarishlar belgilanadi, ularning rivojlanish tendentsiyalari va qonuniyatlari o’rganiladi. Iqtisodiy tahlilda taqqoslashning quyidagi turlari qo’llaniladi:


Haqiqatdagi hisobot ma’lumotlarini rejaviy ma’lumotlar bilan taqqoslash. Rejaning bajarilish foizini aniqlash taqqoslash natijasi hisoblanadi;

Iqtisodiy hodisalar rivojlanishidagi tendentsiyalar, qonuniyatlarni aniqlash maqsadida ko’rsatkichlarni dinamikada taqqoslash;

Tahlil qilinayotgan korxona ko’rsatkichlarini tarmoq bo’yicha o’rtacha qiymatlar bilan taqqoslash;

O’rganilayotgan korxonaning faoliyat ko’rsatkichlarini raqobatchilarning mutanosib ko’rsatkichlari bilan taqqoslash;

optimal qarorlarni tanlash maqsadida turli boshqaruv qarorlari natijalarini taqqoslash;

samaradorligini baholash maqsadida boshqaruv qarorlari qabul qilingunga qadar va qabul qilingandan keyingi faoliyat natijalarini taqqoslash.

Quyidagilar ko’rsatkichlar taqqoslanuvchanligining majburiy sharti hisoblanadi:


hajm, qiymat, sifat va tuzilmaviy ko’rsatkichlar birligi;

qiyoslash amalga oshirilayotgan vaqt davri birligi;

ishlab chiqarish shartlari taqqoslanuvchanligi;

ko’rsatkichlarni hisoblash metodikasi taqqoslanuvchanligi.

Taqqoslanmaydigan ko’rsatkichlarni qiyoslash tahlil natijalari asosida noto’g’ri xulosa chiqarilishiga olib keladi. Shuning uchun qiyoslashni amalga oshirishdan avval ko’rsatkichlarni taqqoslama ko’rinishga keltirish lozim, ya’ni qiyoslanayotgan ko’rsatkichlarni sanab o’tilgan omillarga muvofiq yagona asosga keltirish lozim.


Agar taqqoslanmaydigan ko’rsatkichlar qiymat bahosining turli darajasi oqibatida kelib chiqqan bo’lsa, u holda ushbu omilni neytrallashtirish uchun ko’rsatkichlar ayni bir narxda ifodalanadi. Masalan, yalpi mahsulot qiyoslanuvchanligini ta’minlash uchun uning hisobot va bazis davrdagi jismoniy hajmi bazis davri narxlarida ifodalanadi:

Iyam = ∑q1p0 / ∑q0p0

Bu erda q1 i q0 – mos ravishda hisobot va bazis davrdagi i-turdagi mahsulot ishlab chiqarishning jismoniy hajmi;
p0 – i-turdagi mahsulotning bazis davrdagi narxi.
Korxonalar faoliyat ko’lami o’zgarishi tufayli ko’plab ko’rsatkichlar taqqoslanmaydigan bo’lishi mumkin. Masalan, agar hisobot yili xarajatlar miqdori (∑q1b1+a1) bazis yil xarajatlari (∑q0b0+a0) bilan taqqoslansa, u holda mazkur ko’rsatkichlarning farqi nafaqat mahsulot tannarxi darajasining o’zgarishi bilan, balki mahsulot ishlab chiqarish hajmidagi o’zgarishlar bilan ham shartlangan bo’ladi. Xarajatlarni taqqoslanma ko’rinishga keltirish uchun hajm omilining ta’sirini neytrallash talab etiladi, buning uchun bazis davr xarajatlari miqdorini hisobot davri mahsulot ishlab chiqarishning haqiqatdagi hajmiga (∑q1b0+a0) qayta hisoblash zarur va shundan so’ng hisobot davri xarajatlari miqdori taqqoslanadi:

Iz = ∑q1b1+a1 / ∑q0b0+a0


Bu erda b – i-turdagi mahsulot birligiga o’zgaruvchan xarajatlar;
a – tadqiq etilayotgan davrda jami mahsulot ishlab chiqarish uchun doimiy xarajatlar.
Taqqoslanayotgan ko’rsatkichlarni bir tuzilmaga keltirish uchun mahsulot ishlab chiqarishning haqiqatdagi hajmini bazis davr tarkibiga qayta hisoblash zarur:
Agar mutlaq miqdorlar o’rniga o’rtacha yoki nisbiy miqdorlar qo’llanilsa, qator hollarda ko’rsatkichlar taqqoslanuvchanligiga erishish mumkin. Korxona ishlab chiqarish bazasini hisobga olmay turib mahsulot ishlab chiqarish hajmi, foyda miqdori kabi mutlaq ko’rsatkichlarni taqqoslash mumkin emas. Lekin mutlaq ko’rsatkichlar o’rniga nisbiy ko’rsatkichlar, masalan, bir ishchi uchun mahsulot ishlab chiqarish, bir so’m aktivga foyda miqdori olingan bo’lsa, u holda qiyoslash to’laligicha to’g’ri hisoblanadi.

Download 186.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling