Vazifalari


Iqtisodiy tahlilning mazmuni


Download 186.47 Kb.
bet2/37
Sana20.06.2023
Hajmi186.47 Kb.
#1629356
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
Vazifalari

1.2. Iqtisodiy tahlilning mazmuni 
Bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotda boshqaruv sub-
yektlariga faqat axborotga ega bo‘lishning o‘zi yetarli emas. Chunki 
xo‘jalik subyektlarida rahbar hamda mutaxassislar mavjud axborotlar 
bilan ishlashi, ular asosida to‘g‘ri xulosalar chiqarishi va natijalardan 
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida foydalanishi zarur. 
Boshqarishda eng muhim maslalardan biri axborotlarni egallash va 
undan foydalana bilishdir. Demak, iqtisodiy axborotlar bilan ishlashning 
eng muhim jihatlaridan biri uni tahlil qilish ekan.
Tarkib topgan iqtisodiy munosabatlarda iqtisodiy tahlilning ikki xil 
yo‘nalishi mavjud: 
1. Korxonalar faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish. Mazkur yo‘nalishda 
korxonalar faoliyati iqtisodiy tahlil qilinadi. Shuning uchun u iqtisodiy 
fanlar qatoridan o‘ziga xos mustaqil o‘rin olgan.
2. Iqtisodiyotda tarmoqlar, sohalarni tahlil qilish. Ushbu yo‘nalishda 
iqtisodiyotda alohida olingan tarmoqlar, sohalar, iqtisodiy rayonlar, 
hududlar va milliy iqtisodiyotning o‘zini tahlil qilish tushuniladi. Shu 
o‘rinda aytish kerakki, iqtisodiyotda tarmoqlarni, sohalarni, hududlarni 
tahlil qilish iqtisodiy fanlar majmuasida mustaqil o‘rin olmagan bo‘lib, u 
makroiqtisodiyot, statistika, iqtisodiy nazariya va tarmoqlar iqtisodiyoti 
kurslarida o‘rganiladi.
Korxonalar faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish alohida olingan fan 
bo‘lib quyidagi maxsus bilimlar tizimini o‘rgatadi: 
• Obyektiv iqtisodiy qonunlar va subyektiv tartibdagi omillar 
ta’sirida yuzaga kelgan iqtisodiy jarayonlar hamda ularning o‘zaro 
bog‘liqligini tadqiq qilish. 
• Biznes-rejalarni ilmiy asoslash hamda uning bajarilishiga obyektiv 
baho berish. 
• Ijobiy va salbiy omillarni aniqlash va ularning ta’sirlarini miqdor 
jihatdan o‘lchash. 
• Korxona rivojlanishidagi yo‘nalish va mutanosibliklarni ochib
ulardagi foydalanilmagan tashqi va ichki imkoniyatlarni aniqlab berish. 
• Tajribalarni umumlashtirish asosida maqbul boshqaruv qarorlarini 
qabul qilish. Ta’kidlab o‘tilgan elemetlar iqtisodiy tahlil fanining mazmunini 
tashkil etadi. 

Download 186.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling