Vazifalari


Download 186.47 Kb.
bet8/37
Sana20.06.2023
Hajmi186.47 Kb.
#1629356
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37
Bog'liq
Vazifalari

2.2 Nisbiy va o’rtacha miqdorlardan foydalanish

Mutlaq ma’lumotlar bilan birga iqtisodiy tahlilda odatda foiz yoki koeffitsientlarda ifodalanadigan nisbiy ko’rsatkichlar keng qo’llaniladi. Nisbiy miqdorlar, masalan, aholi jon boshi hisobida mahsulot ishlab chiqarishni aniqlash uchun qo’llaniladigan reja topshiriqlarining bajarilish darajasi, me’yorlarga rioya qilinishi, o’sish sur’ati va ko’payish, tarkibi, intensivlik ko’rsatkichlari yoki ulushini tavsiflaydi. Bunday nisbiy ko’rsatkichlar mutlaqsonlarda hisoblansa-da, nisbiy miqdorlar toifasiga kiritiladi.


Ishlovchilarning mehnat unumdorligi, mahsulot birligiga material sarfi kabi ommaviy hodisalarni o’rganishda o’rtacha miqdorlarni qo’llash zarurati vujudga keladi.
Iqtisodiy tahlilda o’rtacha miqdorlar bir turdagi hodisalar majmuini qandaydir belgi bo’yicha umumlashtirilgan miqdoriy tavsifi uchun foydalaniladi, ya’ni bitta son bilan ob’ektlarning jami majmui tavsiflanadi. Masalan, ishchilarning o’rtacha oylik mehnat haqi o’rganilayotgan ishchilar majmuining mehnatiga haq to’lash darajasining umumlashma tavsifi uchun qo’llaniladi. O’rtacha miqdorlar yordamida turli ob’ektlar majmualarini qiyoslash mumkin: rentabellik darajasi bo’yicha tumanlar, mehnatga haq to’lash darajasi bo’yicha korxonalar va hokazo.
O’rtacha miqdorlarning keng tarqalgan shakli – o’rtacha arifmetik bo’lib, uning oddiy va tortilgan turlari mavjud. O’lchovlar haqida bevosita ma’lumotlar mavjud bo’lmaganda o’rtacha garmonik usul qo’llaniladi, o’sishning o’rtacha sur’atini hisoblashda esa o’rtacha geometrikka murojaat qilinadi.
O’rtachani hisoblashning mazkur usullari o’rganilayotgan majmuaning o’ziga xos jihatlarini tavsiflash uchun etarli bo’lmasligi mumkin. Bunda ixtiyoriy o’rtacha tortilgan miqdor hisoblash manbasi bo’lib xizmat qiluvchi ma’lumotlar tarkibining hosilasi ekanligini nazarda tutish talab etiladi. Sonlarni qatorlarga yanada teng taqsimlash barcha qatorlar uchun yanada tipik o’rtacha miqdorni beradi va aksincha.
2.3 Iqtisodiy tahlilda guruhlash usuli

Guruhlash – bu ma’lumotlar majmuini uning tarkibi yoki komponentlari o’rtasidagi o’zaro aloqalarni o’rganish maqsadida guruhlarga ajratishdir.


Iqtisodiy hodisalarni ilmiy tasniflash, ularni turdosh guruh yoki guruhchalarga birlashtirishni ularni batafsil o’rganish asosidagina amalga oshirish mumkin. Tasodifiy belgilariga ko’ra hodisalarni guruhlash mumkin emas: ularning siyosiy-iqtisodiy tabiatini tushuntirish zarur. Ko’rsatkichlarga ta’sir qiluvchi omillar va sabablar haqida ham xuddi shunday deyish mumkin. Tahlil maqsadiga bog’liq ravishda tipologik, tkzilmaviy va analitik (sabab-oqibat) guruhlashdan foydalaniladi. Tipologik guruhlashga misollar – faoliyat turi bo’yicha aholi guruhlari, mulkchilik shakli bo’yicha korxonalar guruhlari va b.
2.4 Iqtisodiy tahlilda balans usuli
Balans usuli – bu xo’jalik faoliyatining o’zaro aloqador ko’rsatkichlarini ularning o’zaro ta’sirini izohlash va o’lchash uchun, shuningdek, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish zaxiralarini hisoblash uchun maxsus qiyoslashdir.
Tahlilning balans usulini qo’llashda alohida ko’rsatkichlar o’rtasidagi aloqa ularni turlicha qiyoslash orqali olingan natijalar tengligi shaklida ifodalanadi. Xo’jalik faoliyatining ikki natijasi tengligini keltirib chiqarish yo’li bilan uning ko’p sonli ko’rsatkichlarini muvofiqlashtirish bo’yicha ilk tarixiy misol buxgalteriya balansi bo’lganligi uchun tahlilning mazkur usuli balans metodi nomini oldi. U korxonaning mehnat, moliyaviy resurslar, xom ashyo, yoqilg’i, materiallar, ishlab chiqarishning asosiy vositalari va boshqalar bilan ta’minlanganligini tahlil qilishda keng qo’llaniladi.
Masalan, korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanganligi aniqlangan holda balans tuzilib, unda bir tomondan, mehnat resurslariga ehtiyoj, boshqa tomondan – ularning haqiqatda mavjudligi ko’rsatiladi.
Korxonalarning to’lov qobiliyatini aniqlash uchun to’lov balansidan foydalanilib, unda to’lov mablag’larining to’lov majburiyatlari bilan o’zaro nisbati aniqlanadi.
Tayyor mahsulot balansi quyidagi formula asosida hisoblanadi:

Qb+T = S+Qo

Bu erda Qb – yil boshi uchun tovar qoldig’i;
T –tovar mahsulot ishlab chiqarish;
S – sotish;
Qo– yil oxiri uchun tovar qoldig’i.

Ba’zan balans usuli alohida omillarning natijaviy o’krsatkich o’sishiga ta’sir miqdorini aniqlash uchun qo’llaniladi. Masalan, uch omilning ikkitasi ta’siri ma’lum bo’lsa, u holda uchinchisining ta’sirini natijaviy ko’rsatkichning umumiy o’sishidan dastlabki ikki omil ta’siri natijasini ayirib tashlab aniqlash mumkin:


S = Qb+T-Qo

2.5 Zanjirli o’rin almashtirish usuli
Zanjirli o’rin almashtirish va uning matematik o’zgarishiga asoslangan xususiy ko’rsatkichlarning mutlaq va nisbiy miqdorlarining farqlar (tafovut) usuli alohida omillarning ularning o’zaro munosabatlashuv natijasiga ta’sirini o’lchashda keng qo’llaniladigan usullardan biri hisoblanadi.
Omillar ta’siri xususiy (omilli) ko’rsatkichlar orqali, natija esa – umumlashtiruvchi (natijaviy) ko’rsatkich orqali aks ettiriladi. Xususiy va umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar o’rtasidagi bog’lanish hisoblash formulasi ko’rinishida belgilanadi, uning bir tomonida xususiy ko’rsatkichlar va ular ustida bajariladigan matematik amallar, boshqa tomonda esa ushbu ko’rsatkichlar ta’sirida o’zgaradigan umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar qayd qilinadi. Umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarning bazis (reja) dan haqiqatda og’ishi oldindan belgilanadi.
Zanjirli o’rin almashtirish usulining mohiyati hisoblash formulasiga kiruvchi xususiy ko’rsatkichlarning bazis miqdorini mazkur ko’rsatkichlarning haqiqatdagi miqdoriga ketma-ket almashtirishdan va hosila o’rin almashtirishning o’rganilayotgan umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar miqdori o’zgarishiga ta’sirini o’lchashdan iborat. Xususiy ko’rsatkichning bazis miqdorini har bir almashtirishdan so’ng hisoblash formulasida nazarda tutilgan barcha matematik amallar haqiqatda bajariladi va olingan natijadan oldingisi chiqarib tashlanadi ( ushbu ko’rsatkich almashtirilgunga qadar). Natijalar farqi ushbu xususiy ko’rsatkich o’zgarishining umumlashtiruvchiga ta’sirining izlanayotgan miqdorini ko’rsatadi, chunki qiyoslanayotgan ketma-ket hisoblashlarda boshqa barcha xususiy ko’rsatkichlar miqdori bo’yicha bir xil. Xususiy ko’rsatkichning bazis miqdorini almashtirish amalda o’rin almashtirish deyiladi. O’rin almashtirishlar soni hisoblash formulasiga kiruvchilar soniga teng, ketma-ket hisoblashlar soni esa ulardan bittaga ko’p, chunki umumlashtiruvchi ko’rsatkich o’zgarishining umumiy miqdorini aniqlash uchun bazis hisoblash keltirilib, unda barcha ko’rsatkichlar bazis miqdorlarda aks ettiriladi.
2.6. Mutlaq farqlar usuli

Farqlar usuli, ya’ni xususiy ko’rsatkichlarning haqiqatdagi va bazis miqdorlari o’rtasidagi farqni topish, keyin esa ushbu farqning umumlashtiruvchi ko’rsatkichning rejadan yoki boshqa bazadan og’ishiga ta’sirini aniqlash – zanjirli o’rin almashtirish usulining oldindan ma’lum texnik soddalashtirishidir. Farqlar (o’zgarishlar) ning umumiy og’ishga ta’siri zanjirli o’rin almashtirishdagi kabi ketma-ketlikda aniqlanadi, lekin og’ishlar miqdori bevosita har bir hisoblash yakunida olinadi (oldingi hisoblash natijasi ayirib tashlanmagan holda). Ushbu ko’rsatkichning farqini hisoblashdan oldingi barcha ko’rsatkichlar to’liq haqiqatdagi miqdorda, keyingilarning barchasi esa bazis miqdorda hisoblash uchun kiritiladi.


U=x*y

∆Ux = ∆x*y0
∆Uy = ∆y* x1

U=x*y*z

∆Ux = ∆x*y0*z0
∆Uy = ∆y*x1*z0
∆Uz = ∆ z*x1*y1

U=x*y*z*q


∆Ux = ∆x*y0*z0*q0


∆Uy = ∆ y*x1*z0*q0
∆Uz = ∆ z*x1*y1*q0
∆Uq = ∆ q*x1*y1*z1

∆U = ∆Ux + ∆Uy + ∆Uz + ∆Uq


Masalan, mahsulot hajmiga yuqorida ko’rib chiqilgan xususiy ko’rsatkichlarning bazis miqdordan og’ishi ta’sirini quyidagi tarzda darhol topish mumkin:

Ishchilar soni ortishining ta’siri

ΔYaMxs = ΔXs × Ik0× D0 ×Mus0 = (+22) × 270 × 7,8 × 8,36 = +387336 m.s.

Yiliga bir ishchi ish kunlari miqdorining ortishi ta’siri

ΔYaMIk = ΔIk × Xs1× D0 ×Mus0 = (+6) × 235 × 7,8 × 8,36 = +91943 m.s.

Ish vaqtining o’rtacha davomiyligi kamayishi ta’siri

ΔYaMD = ΔD × Xs1× Ik1 ×Mus0 = (-0,2) × 235 × 276 × 8,36 = -108446 m.s.





Download 186.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling