Vazifalari


Download 186.47 Kb.
bet10/37
Sana20.06.2023
Hajmi186.47 Kb.
#1629356
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37
Bog'liq
Vazifalari

2.9. Korrelyatsion tahlil usullari

Agar ko’rsatkichlar o’rtasidagi aloqa qat’iy determinatsiyalangan bo’lmasa, u holda u korrelyatsion hisoblanadi. Korrelyatsion bog‘lanish - bu shunday to‘liqsiz bog‘lanishki, unda omillarning har bir qiymatiga turli zamon va makon sharoitlarida natijaning har xil qiymatlari mos keladi. Bu holda omillar to‘liq soni noma’lumdir.1
U shunisi bilan tavsiflanadiki, o’rganilayotgan asosiy omillar bilan birga natijaviy ko’rsatkichga asosiy ta’sirini buzib ko’rsatuvchi qo’shimcha omillar ham ta’sir ko’rsatadi.
Korrelyatsion metodni qo’llashning majburiy sharti tendentsiya va rivojlanish qonuniyatini aniqlashga imkon beruvchi o’rganilayotgan ko’rsatkichlar qiymatlarining ommaviyligi hisoblanadi. Natijaviy ko’rsatkich va omillar o’rtasidagi o’zaro aloqa shakli tadqiqot uchun ko’p sonli kuzatishlardan foydalanilgan holatdagina aniqlanadi. Bunda katta sonlar qonuniga muvofiq boshqa omillar ta’siri silliqlashadi, neytrallashadi. Korrelyatsiya juft va ko’plikda bo’lishi mumkin.
Juft korrelyatsiya – ikki ko’rsatkich o’rtasidagi aloqa, ulardan biri omil, boshqasi natijaviy ko’rsatkich hisoblanadi.
Ko’plikdagi korrelyatsiya – bir necha omil va bitta natijaviy ko’rsatkich o’rtasidagi aloqa.
Korrelyatsion tahlil ikki vazifani hal qilishga yo’naltirilgan:

Bog’liqlikning zichligini aniqlash;

Omillarning natijaviy ko’rsatkichga ta’sirini miqdoriy baholash.

Hodisalar o’rtasida bog’liqlikning zichligi korrelyatsion munosabat bilan o’lchanadi.


Korrelyatsion nisbatning turli qiymatlarida aloqalar uzviyligini sifat jihatidan baholash

Korrelyatsion nisbat miqdori


0,1-0,3

0,3-0,5

0,5-0,7

0,7-0,9

0,9-0,99

Aloqa uzviyligi

Kuchsiz

Sezilarsiz

Sezilar-li


Yuqori

Ancha yuqori

To’g’ri chiziqli bog’lanishda korrelyatsion munosabat korrelyatsiya koeffitsienti deb ataladi va r harfi bilan belgilanadi. Korrelyatsion munosabat (korrelyatsiya koeffitsienti) 0 dan 1 gacha qiymat qabul qiladi:


Agar r = 0, u holda ko’rsatkichlar o’rtasida aloqa mavjud emas;
u holda r = 1, u holda aloqa – funktsional;
Agar r = manfiy miqdor, u holda ko’rsatkichlar o’rtasidagi aloqa teskari.
Mahsulot tannarxi va material sarf-xarajatlar aloqasi uzviyligini ko’rib chiqamiz

Tsex

Mahsulot birligi tannarxi, so’m X1

Mahsulot birligiga material sarf-xarajatlar, so’m X2


X1²

X2²

X1²* X2²

1.

254

56

64516

3136

14224

2.

230

50

52900

2500

11500

3.

241

54

58081

2916

13014

4.

251

56

63001

3136

14056

5.

264

60

69696

3600

15840

6.

270

62

72900

3844

16740

n=6

∑X1 = 1510


∑X2 = 338


∑X1²=381094


∑X1²=19132


∑X1X2=85374



Ko’rsatkichlar uzviyligi koeffitsienti quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:

r = x1x2 - x1· x2 / λx1 λx2

bu erda, 1. X1X2 = ∑X1X2 / n = 85374/6 = 14229

X1 = ∑X1 / n = 1510/6 = 251,667


X2 = ∑X2 / n = 338/6 = 56,33
λX1 = √∑X1²∕n−X1² = √ 381094/6 – 251,6672= 13,4
λX2 = ⁿ√∑X2²∕n−X2² = √19132/6 – 56,33² = 4,0

r = X1X2 -X1· X2 / λX1 λX2 = (14229 – 251,667 · 56,33) / 13,4 · 4,0 = 0,98


Hisoblash natijasi ko’rsatadiki, mahsulot birligining tannarxi 98% moddiy xarajatlariga bog’liq, boshqa omillar ulushiga esa uning darajasi o’zgarishining 2%i to’g’ri keladi.

Download 186.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling