Vazifalari
Download 186.47 Kb.
|
Vazifalari
4. Iqtisodiy tahlil jarayonida foydalaniladigan axborot manbalari
Korxonalarni to’g’ri va oqilona boshqarish uchun turli-tuman ma`lumotlar tizimidan foydalanish zarurki, ular orqali to’g’ri boshqaruv qarorlari qabul qilinishi mumkin. Malumotlar deyilganda iqtisodiy hodisalar, voqealar va xo’jalik jarayonlarini tegishli manbalar orqali aks etirish, ularni qayta hisoblash va o’rganish, hamda qiziquvchi tashkilotlarga uzatish tushuniladi. Tahlil uchun kerakli bo’lgan ma`lumotlarni mazmuniga qarab quyidagi turlarga ajratish mumkin: Iqtisodiy ma`lumotlar; Huquqiy-me`yoriy ma`lumotlar; Ilmiy- texnikaviy ma`lumotlar; Tabiy- ekologik ma`lumotlar; Boshqa ma`lumotlar. Iqtisodiy ma`lumotlarni biznes reja, turli xil axborot manbaalar, texnalogik ma`lumotlar, operativ- texnik, me`yoriy va hisob hujjatlari tashkil etadi. Bu manbaalar tahlilda eng ko’p foydalaniladi. Huquqiy- me`yoriy ma`lumotlarga esa Respublikamizda amal qilayotgan barcha qonunlar, me`yoriy hujjatlar va normativ aktlarda rasmiylashtirilgan axborotlardan foydalanish tushiniladi.
Hujjatlashganligi – barcha iqtisodiy hodisa va jarayonlar sodir bo’lishi bilan tegishli boshlang’ich hujjatlarda qayt etiladi hamda axborot sifatida rasmiylashadi. Turli-tumanligi – hodisa va voqealar ko’pgina manbaalarda qayt etilib, hajmi, mazmuni, shakli jihatidan bir- biridan farqlanadi. Ommaviyligi va hajmining kengligi – ko’pgina iqtisodiy axborotlar tegishli shaklga ega bo’lganligi, hisobot shakllarining yuqori organlar tomonidan tasdiqlanilganligi ularni tushunishni, bilishni osonlashtiradi. Ma`lum davrlarda takrorlanib turishligi – tasdiqlangan me`yoriy hujjatlar muntazam to’lg’azilib tegishli tashkilotlarga topshirilish ko’zda to’tiladi, hisobot davrlari- choraklar, yarim hamda yillik muddatlarga bo’linib axborotlar to’ziladi. Qonunlashganligi va chegaralanganligi – barcha iqtisodiy axborotlar davlat tashkilotlari, moliya vazirligi, makroiqtisod vazirligi va soliq qo’mitasi tomonidan tasdiqlangan shakllarga asoslanib to’ziladi. Bozor iqtisodi sharoitida korxonalar uchun muhim sanalgan ayrim ma`lumotlar boshqalar uchun maxfiy bo’lib, faqat egasining ruxsati bilan e`lon qilinishi mumkin. Ko’p qirraliligi va sermazmunligi – iqtisodiy axborotlar miqdoriy va qiymat o’lchamlarida ko’rsatiladi, boshlang’ich hujjatlarda korxona nomi, imzo chekuvchilarning nasl-nomasi, davri va mahsulotlarning turlari ko’rsatilgan holda rasmiylashadi. Iqtisodiy ma`lumotlarni aksariyat qismini hisob axborotlari tashkil etib, buxgalteriya, statistika va tezkor hisoblar majmuidan iboratdir. Buxgalteriya hisobi ma`lumotlari iqtisodiy tahlil axborotlari tarkibida 70 foizdan ortiq salmoqni egallaydi. Tahlil uchun kerakli manbaalar quyidagi talablarni bajarishi lozim: Xaqqoniylik va holisonalik tamoiliga amal qilinadi. Manbaalar tahlil qilinishi uchun keng imkoniyatli bo’lmog’i lozim, ya`ni reja, hisob va statistik malumotlar hodisa va jarayonlar mazmunini to’liq yoritishi, talab qilingan vazifalarni bajarishi kerak. Iqtisodiy hodisa va voqealarni ifodalovchi manbaalar aniq o’lchamda aks ettirilishi lozim. Barcha manbaalarning umumiy birligi va uzviy bog’liqligi saqlaniladi hamda ulardagi axbarotlar bir-birini to’ldirib turilishini taqozo etadi. Manbaalarga kiritilgan ko’rsatkichlarni aniqlanish tamoillari va aks ettiriladigan davrlar mosligi zarurdir va hakozolar. Yuqoridagi talablarga javob beruvchi barcha axborotlar tahlilning aniq bajarilishi, sermazmun bo’lishligiga imkon yaratadi. Xo’jalik faoliyatini avtomatik boshqarish sistemasi sharoitida tashkil etish deyilganda, elektron hisoblash mashinalari (komp yuterlar) yordamida va iqtisodiy matematik usullarini qo’llagan holda ishlab chiqarishning muhim sohalarini aniq va to’g’ri boshqarish vazifalarini amalga oshirish maqsadida tashkil etish tushuniladi. Bunday amalga oshirish uch xil yo’nalishda bo’lishi mumkin, ya`ni: Markazlashgan; Markazlashmagan; Aralash.
Xo’jalik faoliyatini tahlil etishning avtomatik boshqarish sistemasi sharoitida amalga oshirish quyidagi printsiplarga amal qiladi: Aniq maqsadga ega ekanligi sistemalashganligi; Kompleksliligi; Ixchamlashganliligi; Uzluksizlik va muntazamlilik; Taqqoslanish imkoniyatini kengligi; Yechim loyihasi aniq va ixchamliligi. Avtomatik boshqarish sistemasi sharoitida tahlil etish quyidagi sharoitda bajariladi: Qayd etish; Boshlang’ich ma`lumotlarni yig’ish va uzatish; Umumiy ma`lumotlar bazasini tashkil etish; Ko’rsatkichlar algoritmi bo’yicha ma`lumotlarni qayta ishlash; Iste`molchilar uchun kerakli ma`lumotlarni tayorlash. Tahlil uchun kerakli ma`lumotlarning aniqligini va tez muddatda tayyorlashning eng aniq yo’llaridan biri – komp yuter dasturlari yordamida qayta ishlash hisoblanadi. Download 186.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling