Vazifalari


Download 186.47 Kb.
bet11/37
Sana20.06.2023
Hajmi186.47 Kb.
#1629356
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37
Bog'liq
Vazifalari

2.10. Integral usul va uning iqtisodiy tahlilda qo’llanishi

Mazkur usul zanjirli o’rin almashtirish usuliga xos kamchiliklarni chetlab o’tishga imkon beradi va omillar bo’yicha bo’linmas qoldiqni taqsimlash bo’yicha usullar qo’llanilishini talab qilmaydi, chunki unda omilli yuklamalar qayta taqsimlanishining logarifmik qonuniyati amal qiladi.


Integral usul omillar bo’yicha natijaviy ko’rsatkich og’ishlarini to’liq bo’linishiga erishish imkonini beradi va universal xarakterga ega.
Universal hisoblash vositalari mavjud bo’lmagan holatda integratsiyalash jarayonlarini bajarish natijasi hisoblanuvchi omillar ta’sirini hisoblash formulasini qo’llash, shuningdek, hisoblash uchun oldindan shakllantirilgan ishchi formulalardan foydalanish mumkin.
Multiplikativ modellarda omillar ta’sirini hisoblash formulasi:

U = x*y

∆Ux = ∆x*y0 + ∆x*∆y / 2
∆Uy = ∆y* x0 + ∆x*∆y / 2

U = x*y*z


∆Ux = 1/2∆x*(y1*z0 + y0*z1) + ∆x*∆y*∆z /3


∆Uy =1/2∆y*(x1*z0 + x0*z1) + ∆x*∆y*∆z /3
∆Uz = 1/2∆z*(x1*y0 + x0*y1) + ∆x*∆y*∆z /3

U = x*y*z*q


∆Ux=1/6∆x*[3q0*y0*z0+y1*q0(z1+∆z)+q1*z0(y1+∆y)+z1*y0(q1+∆q)] + ∆x*∆y*∆z*∆q / 4


∆Uy=1/6∆y*[3q0*x0*z0+x1*q0(z1+∆z)+q1*z0(x1+∆x)+z1*x0(q1+∆q)] + ∆x*∆y*∆z*∆q / 4
∆Uz=1/6∆z*[3q0*x0*y0+x0*q1(y1+∆y)+y1*q0(x1+∆x)+x1*y0(q1+∆q)] + ∆x*∆y*∆z*∆q / 4
∆Uq=1/6∆q*[3z0*x0*y0+x0*z1(y1+∆y)+y1*z0(x1+∆x)+x1*y0(z1+∆z)] + ∆x*∆y*∆z*∆q / 4

Demak, ko’rib turganimizdek, integral usuli - biron bir ko’rsatkichga omillar ta’sirini aniqlashda qo’llaniladi. Xo’jalik faoliyatini o’rganishda voqelikni tashkil etuvchi omillar va ularga ta’sir etuvchi sabablar o’zgarib turadi. Tahlil jarayonida ularning bir-biri bilan bog’liqlikda ekanligi e’tiborga olinishi lozim. Iqtisodiy hodisalarni o’rganish va ularga baho berishda ko’rsatkichning o’zgarishiga ikkita va undan ortiq omillarni ta’sir etishini hisoblashda integral usuli ko’proq qo’llaniladi. Bu usulning mazmunini quyidagi misol orqali ko’rib chiqamiz (2.8- jadval). Jadval ma’lumotlari asosida mahsulot hajmiga mehnat omillari ta’sirini integral usuli yordamida aniqlaymiz.

2.8-jadval
Mahsulot hajmiga mehnat omillari ta’sirining tahlili


Ko’rsatkichlar

Belgi

Biznes reja

Xaqiqat

Farqi
( +;-)

1

Xodimlarning ro’yxat bo’yicha o’rtacha soni, kishi

X

100

110

+10

2

Har bir xodimga to’g’ri keladigan ish kuni, kun

K

280

275

-5

3

Xodimlarning o’rtacha bir kunlik mehnat unumdorligi, so’m

Mu

17500

18100

+600

4

Mahsulot hajmi, ming so’m

Mh

490000

547525

+57525


O’rganilayotgan korxonada xodimlarning ro’yxatdagi o’rtacha sonining 10 kishiga ortishi mahsulot hajmining 49392,5 ming so’mga o’sishiga olib kelgan. O’rtacha ish kunlarining rejaga nisbatan 5 kunga qisqarishi mahsulot hajmining 9347,5 ming so’mga qisqarishiga olib kelgan. Shunga qaramasdan, xodimlarning bir kunlik mehnat unumining 600 so’mga oshishi hisobiga mahsulot hajmi 17480 ming so’mga ko’paygan. Har uchala omil ta’sirida mahsulot hajmi 57525 ming so’mga oshganligini ijobiy baholash mumkin. Yo’qotilgan ish kunlari korxona tomonidan foydalanilmagan ichki imkoniyat sifatida qaraladi.


Karrali va aralash modellarda omillar ta’sirini hisoblash formulasi:

U = x / y


∆Ux = ∆x / ∆y *ln y1 / y0‌


∆Uy = ∆U - ∆Ux

U = x / (y+z)


∆Ux = [∆x/(∆y+ ∆z)] * ln (y1+ z1 )/(y0+ z0)


∆Uy = [(∆U - ∆Ux ) / (∆y+ ∆z)] * ∆y
∆Uz = [(∆U - ∆Ux ) / (∆y+ ∆z) ]* ∆z

Usulning muhim xususiyati shundaki, u omillar tizimi modeliga kiruvchi elementlar miqdori va ularning o’rtasidagi aloqa shaklidan qat’iy nazar turli vazifalarni echish uchun umumiy yondashuvni yuzaga keltiradi.




Download 186.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling