Vazifalari
-MAVZU. XUSUSIY KAPITAL TAHLILI VA UNI XORIJ TAJRIBASI ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH
Download 186.47 Kb.
|
Vazifalari
15-MAVZU. XUSUSIY KAPITAL TAHLILI VA UNI XORIJ TAJRIBASI ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH
Reja:
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarining xususiy kapitalini tahlil qilishning ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalari Xususiy kapital tarkibi, o’zgarishi va dinamikasining tahlili Kompaniyada xususiy kapitalning tarkibi va uning shakllantirish manbalari tahlili. Xususiy kapital orqali kompaniya faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirish. Hozirgi yuqori raqobatli bozor iqtisodiyoti sharoitida kompaniyalar barqaror faoliyati o'z resurslardan oqilona foydalanishga bog'liq hisoblanadi. Bunda korxonalarda xususiy kapital miqdorini ko’paytirish hamda undan samarali foydalanish muhim аmаliy аhаmiyat kаsb etаdi. Kompaniya va korxonalarning hissasi mamlakat YAIMda katta qismni tashkil etib, ularning faoliyati butun iqtisodiyotga ta'sir qilmasdan qolmaydi. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida uchinchi ustuvor yo’nalish “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari” – deb nomlanib, unda davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va uning tartib-taomillarini soddalashtirish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav jamg’armalarida davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan ob’ektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; korporativ boshqaruvning zamonaviy standart va usullarini joriy etish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish kabi ishlar ko'zda tutilgan.1 Hududlarda korxonalarning ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, mahalliy korxonalarni qo’llab quvvatlash, ularning ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlash negizida aynan shu korxonalar va kompaniyalarni xususiy kapitali hajmini oshrish yotadi desak xato bolmaydi. Shu bois, korxonalarda moliyaviy resurslardan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o’z navbatida mazkur mavzuning dolzarbligini bildiradi. Yana bir masala - hozirgi kunda O‘zbekistonning davlat tashqi qarzi Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi mezonlariga ko‘ra xavfsiz hisoblanadi. Ayni vaqtda tashqi qarz hisobidan hududlarda amalga oshiriladigan loyihalar bundan buyon mahalliy kengashlar va jamoatchilik muhokamasidan o‘tkaziladi. Ularning natijalari to‘g‘risida jamoatchilikka hisobot berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, davlat nomidan tashqi qarz olish kamaytirilib, investitsiya va infratuzilma loyihalariga ko‘proq xususiy kapital jalb etiladi. Masalan, keyingi yilda davlat-xususiy sheriklik asosida 40 dan ortiq yirik va o‘rta loyihalarni amalga oshirish boshlanadi. Download 186.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling