Vazifalari


Iqtisodiy fanlar tizimida iqtisodiy tahlilning o‘rni


Download 186.47 Kb.
bet5/37
Sana20.09.2023
Hajmi186.47 Kb.
#1681778
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
Vazifalari

1.6. Iqtisodiy fanlar tizimida iqtisodiy tahlilning o‘rni
Iqtisodiy tahlil xo‘jalik munosabatlaridagi obyektiv zarurat talabi-
dan kelib chiqqan aniq fan bo‘lishiga qaramasdan boshqa fanlardagi 
umumiy qonuniyatlar, usul-uslublar, prinsip kabilarga rioya qiladi. 
Iqtisodiy tahlil iqtisodiy fanlar tizimida informatsion-analitik tavsifiga 
ega bo‘lib, ko‘pgina fanlar bilan o‘zaro bog‘liq. Jumladan, iqtisodiy 
tahlil umumiqtisodiy nazariya fani bilan bevosita aloqador. Chunki obyektlarni iqtisodiy tahlil qilish umumiqtisodiy qonunlarga asoslanadi va 
umum qabul qilingan kategoriyalardan foydalaniladi. Umumiqtisodiy 
nazariya fanida kategoriyalar va atamalarning mohiyati hamda maz-
munini ochib beriladigan bo‘lsa, iqtisodiy tahlilda esa ushbu kategoriya-
lar va atamalar fanning usul-uslublaridan foydalangan holda turli tomon-
dan o‘rganiladi. Misol uchun, mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi 
kategoriyasini oladigan bo‘lsak, umumiqtisodiy nazariya fanida ushbu 
kategoriyani mohiyati va mazmuni nimadan iborat ekanligi, qanday 
aniqlanishi, tarkibi nimalardan iborat bo‘lishini bilib olishimiz mumkin. 
Iqtisodiy tahlil fanida esa mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi 
ko‘rsatkichi dinamikasi, uning tarkibi, tarkibdagi o‘zgarishlar hamda 
o‘zgarishlarga ta’sir etgan omillar va shu kabilar bo‘yicha tahlil qilish 
mumkin. 
Tabiat, jamiyat, iqtisodiyot va tafakkurni rivojlanishi haqidagi 
falsafiy va iqtisodiy ta’limotlar, o‘rganilayotgan jarayonga tarixiy va 
dialektik yondashuv kabilar iqtisodiy tahlil fanida umumiy asos bo‘lib 
hisoblanadi. 
Iqtisodiy tahlil fani quyidagi fanlar bilan o‘zaro aloqadordir: 
• Buxgalteriya hisobi va audit. 
• Menejment va marketing. 
• Mikro va makro iqtisod. 
• Statistika. 
• Axborot texnologiyalari va informatika. 
• Moliya, bank, soliq, investitsiya, qimmatli qog‘ozlar, birja ishi 
sohasidagi fanlar bilan. 
• Iqtisodiy matematika va ekonometriya. 
• Xuquq sohasidagi fanlar. 
• Tabiiy fanlar bilan va hokazolar. 


Download 186.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling