Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-avgustdagi 489-son qaroriga 2-ilova bajardi: Yuldoshboyev Xushrux


Download 0.81 Mb.
bet1/7
Sana18.06.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1558033
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Yuldoshboyev soliq

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-avgustdagi 489-son qaroriga 2-ILOVA

Bajardi: Yuldoshboyev Xushrux

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-avgustdagi 489-son qaroriga 1-ILOVA

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-avgustdagi 489-son qaroriga 1-ILOVA

Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash shartlari va tartibini belgilaydi.

2. Qo‘shilgan qiymat solig‘ining (keyingi o‘rinlarda — soliq) salbiy farq summasini qoplash, shu jumladan, boshqa soliqlar bo‘yicha qarzdorlikni uzish hisobiga qoplash Soliq kodeksiga va ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.

3. Soliq to‘lovchi tomonidan ortiqcha to‘langan yoki undan ortiqcha undirilgan soliq summasini qaytarishga hamda chet davlat fuqarolariga soliq summasi o‘rnini qoplashga (TAX FREE) nisbatan ushbu Nizom qoidalari tatbiq etilmaydi.

4. Ushbu Nizom maqsadlarida qoplanishi lozim bo‘lgan soliq summasi deganda Soliq kodeksiga muvofiq aniqlanadigan, tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir operatsiyalarning soliq bazasidan hisoblab chiqarilgan soliq summasi bilan olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha hisobga olinadigan soliq summasi o‘rtasidagi salbiy farq tushuniladi.

Bunda xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari va ularga tenglashtirilgan tashkilotlari, shuningdek, mahsulot taqsimotiga oid bitim ishtirokchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha yetkazib beruvchilarga tovarlar (xizmatlar) qiymatida to‘langan soliq summasi tushuniladi.

5. Xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari va ularga tenglashtirilgan tashkilotlari, shuningdek, mahsulot taqsimotiga oid bitim ishtirokchilariga (agar bunday bitimda nol darajali stavka qo‘llanilishi nazarda tutilgan bo‘lsa) nol darajali stavkani qo‘llashda qoplanishi lozim bo‘lgan soliq summasi ushbu Nizomning 7 va 8-boblarida belgilangan tartibda o‘ziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi.


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling