Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-avgustdagi 489-son qaroriga 2-ilova bajardi: Yuldoshboyev Xushrux


Download 0.81 Mb.
bet3/7
Sana18.06.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1558033
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Yuldoshboyev soliq

10. Xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari va ularga tenglashtirilgan tashkilotlari tomonidan soliq organiga bevosita yoki buyurtma xati bilan pochta, aloqasi xizmati orqali ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi ariza taqdim etiladi.

11. Xizmatlarni realizatsiya qilish joyi O‘zbekiston Respublikasi hududi deb e’tirof etilmagan holatlarda kontrakt hamda xorijiy xaridor tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi bank ko‘chirmasi ushbu xizmatlar haqiqatda realizatsiya qilinganligini (ko‘rsatilganligini) tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi. Bunda, vositachilik shartnomasiga asosan vositachining (agentning) vositachilik haqi summasi ko‘rsatilgan xizmatlar uchun komitent hisobidan vositachiga kelib tushgan summadan ushlab qolinganligini tasdiqlovchi hisobot (bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi dalolatnoma) taqdim etiladi.

Ushbu xizmatlar butunjahon Internet axborot tarmog‘i orqali ko‘rsatilgan bo‘lsa (elektron shakldagi xizmatlardan tashqari), kontrakt hamda xorijiy xaridor tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi bank ko‘chirmasi ushbu xizmatlar haqiqatda realizatsiya qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi.

12. Xizmatlar elektron shaklda ko‘rsatilgan bo‘lsa, umumqabul qilingan xorijiy amaliyotga muvofiq tuzilgan hisobot va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun xorijiy xaridor tomonidan to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi bank ko‘chirmasi ushbu xizmatlar haqiqatda realizatsiya qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi.

13. Suv ta’minoti, kanalizatsiya, sanitariya jihatdan tozalash, issiqlik ta’minoti bo‘yicha xizmatlar Soliq kodeksining 264-moddasi uchinchi qismida qayd qilingan shaxslarga ko‘rsatilganda arizaga ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda realizatsiya qilingan suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ilova qilinadi.

3-bob. Eksport operatsiyalarini tasdiqlovchi hujjatlar va ularni taqdim etish tartibi


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling