|
|
Kuzgi semestr bo‘yicha
|
|
|
|
|
|
|
1-bosqich
|
|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyrug‘i bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bitta oliy ta’lim muassasasida hamda vazirlikda faoliyat yuritadigan Ishchi guruh tashkil etiladi.
|
|
15-iyungacha
|
|
|
|
|
|
2-bosqich
|
|
Talabalar o‘qishini ko‘chirish (qayta tiklash) bo‘yicha arizalar quyidagi joylarda qabul qilinadi:
oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari hamda mos mutaxassisliklari bo‘yicha ko‘chirish va qayta tiklash ta’lim olgan oliy ta’lim muassasasida;
qolgan hollarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etiladigan Hududiy ishchi guruhlari orqali qabul qilinadi.
|
|
15-iyuldan
5-avgustgacha
|
|
|
|
|
|
3-bosqich
|
|
Oliy ta’lim muassasasi, vazirlik (idora) va Davlat komissiyasi arizalar yuzasidan qaror qabul qiladi va fuqaroga (yoki oliy ta’lim muassasasiga) javob xati yo‘llaydi.
|
|
5-avgustdan
30-avgustgacha
|
|
|
|
|
|
4-bosqich
|
|
Ko‘chirish (qayta tiklash) masalasi ijobiy hal etilgan holda (tegishli vazirlik (idora) yoki Davlat komissiyasining xati asosida) oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i bilan talaba darslarga qo‘yiladi hamda ushbu oliy ta’lim muassasasi tomonidan talaba ilgari ta’lim olgan oliy ta’lim muassasasiga uning shaxsiy yig‘ma jildini jo‘natish uchun so‘rovnoma yuboriladi.
|
|
2-sentabrdan
10-sentabrgacha
|
|
|
|
|
|
5-bosqich
|
|
Talabani talabalar safiga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruq talaba ilgari ta’lim olgan oliy ta’lim muassasasidan uning shaxsiy yig‘ma jildi olinib, to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilganlar to‘lovni belgilangan muddatda amalga oshirgandan so‘ng chiqariladi.
|
|
1-oktabrgacha
|
|
|
Bahorgi semestr bo‘yicha
|
|
|
|
|
|
|
6-bosqich
|
|
Talabalar o‘qishini ko‘chirish (qayta tiklash) bo‘yicha arizalar quyidagi joylarda qabul qilinadi:
oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari hamda mos mutaxassisliklari bo‘yicha ko‘chirish va qayta tiklash ta’lim olgan oliy ta’lim muassasasida;
qolgan hollarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etiladigan Hududiy ishchi guruhlari orqali.
|
|
15-yanvardan
25-yanvargacha
|
|
|
|
|
|
7-bosqich
|
|
Oliy ta’lim muassasasi, vazirlik (idora) va Davlat komissiyasi arizalar yuzasidan qaror qabul qiladi va fuqaroga (yoki oliy ta’lim muassasasiga) javob xati yo‘llaydi.
|
|
25-yanvardan
15-fevralgacha
|
|
|
|
|
|
8-bosqich
|
|
Qayta tiklash (uzrli sabablar bilan ko‘chirish) masalasi ijobiy hal etilgan holda (tegishli vazirlik (idora) yoki Davlat komissiyasining xati asosida) oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i bilan talaba darslarga qo‘yiladi hamda ushbu oliy ta’lim muassasasi tomonidan talaba ilgari ta’lim olgan oliy ta’lim muassasasiga uning shaxsiy yig‘ma jildini jo‘natish uchun so‘rovnoma yuboriladi.
|
|
15-fevraldan
25-fevralgacha
|
|
|
|
|
|
9-bosqich

1-martgacha
|