Mustaqil ta`lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
1.Istiqlol davri hikoyachilikda iymon va e’tiqod masalasi.
2.Istiqlol davri hikoyachiligida ijtimoiy va axloqiy masala.
3.Hozirgi o‘zbek hikoyasida kompozitsiya poetikasi.
4.Istiqlol davri hikoyalarida milliy qadriyatlar masalasi.
5.Hozirgi qissachilikda ijtimoiy va insoniy illatlar ifodasi.
6.Muallif adabiy-estetik qarashlari va ijodiy parallelism.
7.Detektiv yo‘nalishdagi qissalar.
8.Tog‘ay Murod nasrida obrazlar poetikasi.
9.Romanlarda davr, muhit va inson fojiasining badiiy ifodasi.
10.Istiqlol davri o‘zbek romanlarida sharq va g‘arb an’analari ta’siri.
11.Istiqlol davri tarixiy romanlarining o‘ziga xosliklari.
12.Omon Muxtor romanlarida badiiy xronotop muammosi.
13.Istiqlol davri romanlarda tarix va tarixiy shaxslarning badiiy talqini.
14.Hozirgi o‘zbek romanlarida badiiy psixologizim.
15.Hozirgi o‘zbek adabiyotida esse janri.
16.Istiqlol davri she’riyatda milliy g‘oya va mafkura ifodasi.
17.Istiqlol davri she’riyatida xalqona pafosning yangilanishi.
18.Hozirgi o‘zbek she’riyatida xronotop poetikasi
19.Istiqlol davri she’riyatida to‘rtlik va sakkizlik va she’riy turkum tabiati.
20.Liro-epik dostonlar.
21.Liro dramatik dostonlar.
22.Istiqlol davri tanqidchiligining o‘ziga xosliklari.
23.Istiqlol davri dramaturgiyasining o‘ziga xosliklari.
5
|
V. TA’LIM NATIJALARI
“Istiqlol davri o‘zbek adabiyoti” fani 90- yillardan keyingi davrda yaratilgan muhim adabiy manbalarni, istiqlol davrida barcha janrlarda yaratilgan asarlarni o‘rganish, bu davrda ijod qilgan shoirlar, adiblar hayoti va ijodiy faoliyatini, xalqlararo adabiy va madaniy aloqalarni, eng muhimi, istiqlol davri o‘zbek badiiy tafakkuri taraqqiyoti tadrijini o‘rganishni va o‘rgatishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Mazkur fanning vazifasi istiqlol dabri o‘zbek adabiyoti taraqqiyot bosqichlari, har bir bosqichda yashab ijod etgan ijodkorlar asarlarini g‘oyaviy-badiiy va estetik jihatdan tahlil va talqin qilishga va bu jarayonni yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib amalga oshirishga o‘rgatishdir.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |