12-mavzu.Istiqlol davri o‘zbek fantastikasi tarixi va uning o‘ziga xosligi. (2 soat)
Istiqlol davri o‘zbek fantastikasining tarixi, fantastikaning turlari, istiqlol davri o‘zbek adabiyotida fantastik hikoyachilik sohasidagi izlanishlar, fantastik qissalarda ijtimoiy hayot bilan bog‘liq holda genetik masalalar xususida fikr yuritilishi, fantastika va siyosat, istiqlol davri o‘zbek fantastikasida g‘oyaviy-badiiy izlanishlar.
13-mavzu. Istiqlol davri adabiy tanqid va publitsistika. (2 soat)
Istiqlol davri jamiyat ma’naviy taraqqiyotida publitsistika va adabiy tanqidning o‘rni, istiqlol davri o‘zbek publitsistikasida yoritilayotgan ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy muammolar, o‘zbek adabiy tanqidchiligining yetakchi muammolari, adabiy tanqidchilikda mahorat masalasi talqini.
3
|
Аmaliy, seminar yoki laboratoriya mashg`ulotlari bo`yicha ko`rsatma va tavsiyalar
III.1. Amaliy mashg`ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
I-modul. 1-mavzu: Istiqlol davri ko‘ngil she’riyati tahlili.
Reja:
Bugungi kun she’riyatining o‘ziga xos xususiyatlari
Ko‘ngil she’riyati bilan sug‘orilgan she’riyat
Bugungi kun she’riyatida poetik obraz va motivlar
Zebo Mirzayeva, Ikrom Otamurod, Qutlibeka, Bahrom Ro‘zimuxammad, Qo‘chqor Norqobilov, Rustam Musurmonning ko‘ngil she’rlari
2-mavzu. Lirik dostonlarda ruhiyat olamining tasviri. Liro-epik dostonlarda hayot falsafasi va mantiqiy tafakkur sintezi.
REJA:
Bugungi o‘zbek dostonchiligida janr va shakl izlanishlari.
Lirik dostonning xususiyati va lirik qahramon tabiati.
Abdulla Oripov va Ma’ruf Jalilning “Sohibqiron” dramatik dostonlarining tahlili.
Liro-epik dostonlar.
Ch.Ergashning “Ra’noning savdosi”, I.Otamurodning “Ichkari tashkari”, A.Qutbiddinning “Izohsiz lug‘at” dostonlarining tahlili.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |