Vazirligi alisher navoiy


Mahmudxo‘ja Behbudiyning tilshunoslikka qo‘shgan hissasi


Download 0.62 Mb.
bet5/23
Sana17.06.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1533342
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
jahonov shohruh bmi

Mahmudxo‘ja Behbudiyning tilshunoslikka qo‘shgan hissasi


Markaziy Osiyoning XX asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida katta o‘rin egallagan buyuk zotlardan biri Mahmudxo‘ja Behbudiydir. Behbudiy nashr etgan “Oyna” jurnali sahifalaridan o‘sha davrning dolzarb masalalaridan biri til masalasiga bag‘ishlangan maqolalar tez-tez bosilib turdi. Behbudiyning o‘zi ham bu masalaga bag‘ishlangan bir qator asarlarini nashr ettirdi.
Mahmudxo‘ja Behbudiy “Ikki emas, to‘rt til kerak”, “Til masalasi”, “Sart so‘zi majhuldur”, “Sart so‘zi ma’lum bo‘lmadi” singari bir qator maqolalarida o‘zining tilshunoslikka doir qarashlarini bayon qiladi.
“Til masalasi” asarida turkiy tillarni arab va fors tillarining ta’sir darajasiga qarab guruhlarga bo‘ladi. Forsiy va arabiyni eng ko‘p qabul qilgan til “usmonli tili” sanaladi. Bu haqda quyidagilarni yozadi: “Turklarning ba’zi toifasi forsiy va arabiyni u qadar ko‘p oladilarki, tillari turkiy, forsiy va arabiydan qo‘shulib, “usmonli tili” ataladi. Ushbu uch tilni adabiyot va qoidalaridan boxabar bo‘lmaguncha usmonli shevasinda yozmoq mumkin emasdur”1.
Muallif usmonli tilining turk tilidan uzilib qolgani, oddiy xalq bu tilda yozilgan asarlarni tushunmasligini bayon qiladi.
Behbudiy adabiy til bilan jonli so‘zlashuv tilini bir-biridan farqlaydi va adabiy til bilan jonli so‘zlashuv tili o‘rtasidagi bog‘lanish darajasi turlicha bo‘lishi mumkinligini anglaydi. Usmonli turk tili bilan turk so‘zlashuv tili o‘rtasida katta uzilish borligini aytadi.
Kavkaz (ozarbayjon) va Qrimda (qrim tatarlari) yashaydigan turk qavmlarining turli usmonli turk tiliga yaqinligi, ularning bir-birini tez tushunishini bayon qiladi. Bu tillarda ham arab va fors tillarining ta’siri, usmonli turkchaga nisbatan bir muncha kam bo‘lsa ham, kuchli ekani ta’kidlanadi.





1 Нурмонов А. Ўзбек тилшунослиги тарихи.-Тошкент.2002.125-бет
Tatar tilida esa arab va fors tillarining ta’siri yuqoridagi tillarga nisbatan ancha kam ekani, shunga qaramay, matbuot tili adabiy va forsiy unsurlardan qutulolmayotgani ko‘rsatiladi.
Turkistonning chig‘atoy lahjasi ko‘p shevali ekani aytiladi. Behbudiyning fikricha, madaniyat, adabiyot qanchalik rivoj topsa, adabiy til ham shunchalik takomillashadi. Aksincha, madaniyat, san’at inqirozga yuz tutgan mamlakatda, tarqoqlik hukm surgan joyda shevalar rivojiga sharoit yaratiladi. Jumladan, bu haqda u quyidagilarni yozadi: “Turkistonning o‘ziga tegishli shevasi turk tilining chig‘atoy lahjasi bo‘lub, “Navoiy” kitobi bu lahjaning muhim kitobidur. Ammo ko‘pdan beri Turkistonda madaniyat, san’at va adabiyot taraqqiy etgani uchun xalq bu lahjani buzganlar. Buzmoq nari tursun, Turkistonning har bir shaharining va hatto ba’zi bir qasaba va ko‘ylarning shevasi boshqadur”.
Behbudiy turk tilini arab va fors so‘zlaridan tozalash kerak degan ayrim jadidchilik vakillarini bu masalaga ehtiyot bilan yondashishga chaqiradi. Jumladan, “Sadoyi Turkiston” gazetasida “mehmon” so‘zini chiqarib tashlab, uning o‘rniga “qo‘noq” so‘zini qo‘llash tavsiya etiladi. Shu gazetaning 63-sonida A.Muzaffarov afandi handasaga doir ayrim adabiy atamalarga turkiy muqobillar keltiradi. Behbudiy bunday zo‘rma-zo‘raki keltirilgan turkiy muqobillar haqida fikr yuritar ekan, tilni arabizm va forsizmlardan birdaniga emas, asta-sekinlik bilan, shoshilmasdan tozalash lozimligini uqtiradi.
Hech bir tilning boshqa tillardan oziqlanmasdan yashamasligi, arab tilidan so‘ng eng boy til hisoblanuvchi ingliz tili ham boshqa tillardan bir necha minglab so‘zlar olganini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, adabiy tilni jonli so‘zlashuv tiliga yaqinlashtirish bahonasida ayrim kitoblarda shevachilik kuchayib ketayotganini, buning natijasida “Andijonda yozilgan Buxoroda, Avliyo Otada yozilgani Qarshida” tushunilishi qiyin bo‘layotgani tanqid qilinadi. Bundan tashqari Behbudiy o‘zining“Kitob ul-atfol” asarida yoshlarga maktub yozish qoidalari haqida ma’lumot beradi.
Uning xat yozish qoidalariga alohida e’tibor berishi bejiz emas. Chunki xat jamiyat hayotida muhim rol o‘ynaydigan vosita sanalgan. Sharq ziyolilari shuning
uchun ham xatga doimo e’tibor bilan qaraganlar. Jumladan, Zahiriddin Muhammad Bobur o‘g‘li Humoyunning yozgan xati yuzasidan bildirgan fikrlari buning yorqin ifodasidir.
Xatlarni umumiy va xususiy xatlarga ajratadi. Har ikki turidan namunalar keltiradi. Qolaversa, “Rumuzlar” sarlavhasi ostida tinish belgilari haqida ma’lumot beradi. Xullas, Behbudiy millat istiqboli uchun otashin kurashchi sifatida milliy tilning ravnaqi, uning istiqboli uchun kurashdi.



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling