Vazirligi alisher navoiy


III BOB. O‘ZBEK TILSHUNOSLIGI BO‘LIMLARINING TARAQQIYOTI


Download 0.62 Mb.
bet14/23
Sana17.06.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1533342
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Bog'liq
jahonov shohruh bmi

III BOB. O‘ZBEK TILSHUNOSLIGI BO‘LIMLARINING TARAQQIYOTI.


    1. 30-yillarda o‘zbek tilshunosligi o‘zbek tili morfemikasining shakllanishi va rivojlanishi

O‘zbek ilmiy tilshunosligi shakllangandan buyon so‘z tarkibi masalasiga alohida ahamiyat berib kelinadi. So‘z tarkibi unga bog‘liq atamalar tizimining shakllanishida prof. A.G‘ulomovning xizmatlari katta bo‘ldi. Bu muammo aslida so‘z yasalishi bilan uzviy bog‘liq ravishda ko‘tarildi. So‘z yasalish jarayonida ma’lum yasovchi vositalarning (aniq roli, qo‘shimchalarning) muayyan asosga qo‘shiluvi va bu qismlarning o‘zaro munosabatini o‘rganish jarayonida so‘zni ma’noli qismlarga ajratishga to‘g‘ri keldi. Shuningdek, so‘zning morfologik tarkibini belgilashda ham uning eng kichik ma’noli qismlarini ajratishga ehtiyoj tug‘ildi.
Shunday qilib, so‘z yasalishi va so‘zning morfologik tarkibini o‘rganish bilan uzviy bog‘liq ravishda morfemika masalalari ham o‘rganila boshlandi. Eng avvalo, so‘zning eng kichik ma’noli qismi tushunchasi paydo bo‘ldi va ana shu lingvistik tushunchani maxsus atama bilan atash ehtiyoji tug‘ildi. Natijada prof. A.G‘ulomov o‘zbek tilshunosligi tarixida ilk bor Boduen de Kurtene tomonidan eng kichik ma’noli birlikni ifodalash uchun qo‘llangan morfema atamasini olib kirdi.
Morfema so‘zning tarkibiy qismi sifatida qaralgani uchun ham u so‘zdan keltirib chiqarildi va so‘z tayanch nuqta qilib olindi. So‘zning shakllari haqidagi ta’limot morfologiya bo‘lgani uchun morfema haqidagi fikrlar ham o‘z-o‘zidan morfologiya tarkibida bayon qilindi.
O‘zbek tilshunosligida ham morfema haqidagi qarashlar ana shu nazariya ta’sirida dunyoga keldi. Shuning uchun ustoz A.R.G‘ulomov ham morfemani so‘zning eng kichik ma’noli qismi sifatida izohladi. So‘zning tarkibiy qismlari va so‘z yasalishi haqida gap ketganda morfema haqida fikr yuritdi. Shunday qilib, o‘zbek tilshunosligi tarixida morfema tushunchasining va bu tushunchani ifodalovchi atamaning kirib kelishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Shuni ta’kidlash kerakki, prof. A.G‘ulomov davrining zukko tilshunosi sifatida til sathidagi umumiy, ijtimoiy-ruhiy morfema bilan uning nutqiy jarayonda xilma-xil ko‘rinishlarda voqelangan morflar (allomorflar)ni bir-biridan farqladi.
Xususan, «O‘zbek tili grammatikasi»ning I jildiga yozgan «Kirish» qismida u quyidagilarni bayon qiladi: «...Morfemalar turli ko‘rinishlarga ham ega bo‘ladi. Masalan, ishla so‘zidagi la elementi xayda so‘zida da morfemasida kelgan (lekin hay-hayla fe’lida yana la tusida qo‘llangan), hozir ajralmaydigan unda so‘zida ham aslida shu da affiksi bor (unovoz). Bu la va da ko‘rinishlari umumiy tarzda morfema deyiladi. Buning har bir ko‘rinishi esa morf sanaladi. Demak, morfema morflarning yig‘indisidir».
Shuningdek, A.G‘ulomov morfemalarni o‘rganuvchi tilshunoslikning alohida bo‘limi ajralib chiqayotganini ham his etdi. Bu haqda u quyidagilarni yozadi: “o‘zak va affikslarning analizi morfologiyada ham, so‘z yasalishida ham uchraydi, lekin bu ikki sohaning analizi hodisaga qanday nuqtai nazardan yondashishi har xil, shunday bo‘lsa ham, baribir har ikki soha uchun umumiy bo‘lgan hodisalar ham bor. Shunga ko‘ra, keyingi vaqtlarda ularni yoritishning yangi sxemalari paydo bo‘ldi: dastlab morfemalarning har ikki sohaga aloqador bo‘lgan tomonlari ayrim beriladi, bu ayrim qism morfemika deb ataladi, keyin so‘z yasalishi, undan keyin morfologiya bayon qilinadi. Bu yangi tartib ilmiy jihatdan puxta asoslangan bo‘lib, praktik tomondan ham afzalliklarga ega”1.
Shu bilan birgalikda, u so‘zning yasalish tuzilishi bilan morfemik tuzilishini bir-biridan farqladi. Muallifning ta’kidlashicha, so‘zning morfematik tahlilida uning morfemalari aniqlansa (o‘qituvchilik), so‘z yasash tahlilida so‘z yasalma sifatida doimo ikki qismga yasovchi o‘zak yoki yasovchi negiz, yasovchi affiksga ajraladi. Olim so‘zning yasalish va morfemik tarkibi, morfema turlari haqidagi fikrlari «O‘zbek tili morfem lug‘ati» (-Toshkent, 1977) ning kirish qismida yanada izchilroq o‘z ifodasini topdi.
Ko‘rinadiki, u morfemaga an’anaviy yondashuvdan boshqacharoq yondasha boshladi. Bu bilan sistemaviy-struktur tilshunoslikning morfema va uni

1Ғуломов А. Ўзбек тили грамматикаси. –Тошкент. 1979.135-бет
o‘rganuvchi tilshunoslikning alohida bo‘limi morfemika mavjudligi haqidagi qarashlariga yaqinlashdi. Uning katta yutug‘i shundaki, morfemani morflar yig‘indisi hamda umumlashma ekanini e’tirof etdi. Bu bilan morfemaning til tizimida alohida birlik ekanini tasdiqladi.
Shunday qilib, deskriptiv tilshunoslikda til birliklari sifatida fonema, morfema, konstruksiya ajratildi. Tilning ifoda va ma’no tuzilishlari mavjudligini ta’kidlaganlari holda, deskriptivchilar ifoda tuzilishining ikkita birligi haqida: fonema va morfema haqida bahs yuritadilar. Fonema til ifoda tizimining eng kichik birligi sifatida izohlanadi va ma’no farqlash uchun xizmat qilishi ta’kidlanadi.
Ifoda tizimining ikkinchi asosiy birligi sifatida morfema qaraladi va u tilning mazmun tizimi bilan bog‘langan ifoda tizimi birligi deb izohlanadi. Eng sodda so‘zlar bir morfemadan iboratligi, boshqa so‘zlar esa ikki va undan ortiq morfemalar qo‘shiluvidan tashkil topishi haqida fikr yuritiladi.
Ifoda tizimi shu ikki asosiy birlikning o‘rinlashish modellari yig‘indisidan iborat deyiladi. O‘z navbatida, morfologiya o‘zaro zich bog‘langan morfemalarni tavsiflashdan iboratligi bayon qilinadi. Morfemalarning o‘zaro munosabatidan konstruksiyalar vujudga keladi.
Deskriptiv lingvistikada til tizimiga sathli yondashuvning paydo bo‘lishi, tilning ichki tuzilishini fonologik, morfologik, leksik, sintaktik sathlarga ajratilishi va har qaysi til sathining o‘zlariga xos birliklari mavjudligining e’tirof etilishi til tuzilishini o‘rganuvchi tilshunoslikda ham har bir sath birligini o‘rganuvchi alohida bo‘limlarning ajralishiga olib keldi. Natijada tilning eng quyi sath birliklarini o‘rganuvchi tilshunoslikning fonologiya bo‘limi ajratilgani kabi, tilning morfemik sath birligi bo‘lgan morfemalarni o‘rganuvchi tilshunoslikning alohida bo‘limi ajratildi va uning nomi morfemika deb yuritildi. O‘zbek tilshunosligida ham 70- yillardan morfemika tilshunoslikning alohida bo‘limi sifatida ajratila boshlandi.
Morfemika tilshunoslikning alohida bo‘limi sifatida e’tirof etilgandan buyon ham uning o‘rganish predmeti yuzasidan xilma-xil fikrlar yuritildi. Xususan,
o‘zbek tilshunosligida morfemikaga bag‘ishlangan alohida qo‘llanmaning yaratilishi katta voqea bo‘ldi.
O‘zbek tili morfemikasining shakllanishi va uning o‘rganish obyektining to‘g‘ri belgilanishida akad. A.Xojiyevning xizmati katta. Olim morfemikaning o‘rganish obyekti haqida fikr yuritarkan, quyidagilarni yozadi: “Morfemika so‘zning necha morfemadan tashkil topishini o‘rganmaydi, balki morfemalarning turini, har bir turga xos xususiyatlarni o‘rganadi”. Bu morfemik sath birligi bo‘lgan morfemaning obyektivligini e’tirof etuvchi va ana shu obyektiv birlikni o‘rganuvchi alohida tilshunoslik bo‘limining vazifasi haqidagi chin ilmiy bahodir. Shunday qilib, bugungi kunda tilshunoslikning alohida bo‘limi sifatida morfemika ajralib chiqdi. Uning asosiy tamoyili haqida T.Mirzaqulov quyidagilarni yozadi: “Morfema so‘z tarkibida” prinsipidan farqli holda “Morfema til sistemasida”, ”Morfema funksional paradigmatik sistemada” prinsipiga tayanish morfemika obyektini keng planda olib qarash, morfemaga xos belgilarni to‘liqroq kuzatish imkoniyatini beradi”1.
O‘zbek tili morfemalarining xuddi boshqa sath birliklari kabi sath hosil qilish xususiyatini, ularning paradigmatik va sintagmatik munosabatlarini yoritishda T.Mirzaqulov tadqiqotlarini alohida ta’kidlash lozim.



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling