Vazirligi alisher navoiy


Download 0.62 Mb.
bet16/23
Sana17.06.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1533342
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Bog'liq
jahonov shohruh bmi

partonimik (butun bo‘lak), iyerarxik (pog‘onaviy) munosabatlar kabi qator masalalarning yoritilishi bilan o‘zbek leksikologiyasini turkiyshunoslikda yuqori pog‘onaga olib chiqdi.
Shuningdek, o‘zbek tilshunosligiga lisoniy birliklarni mazmuniy maydon asosida o‘rganish ham kirib keldi. Dastlab bu g‘oya o‘zbek tilshunosligida I.Qo’chqortoyev tomonidan bayon qilingan bo‘lsa, Sh.Iskandarovaning o‘zbek tili leksikasini mazmuniy maydon asosida o‘rganish tamoyillariga, X.Shamsutdinovning o‘zbek tilida funksional-semantik sinonimlar, Xojiyevaning o‘zbek tilida hurmat maydoni tadqiqiga bag‘ishlangan maxsus monografik tadqiqotlari maydonga keldiki, bu asarlar o‘zbek tili lingvistik birliklarini mazmuniy maydon, funksional-semantik guruhlarga bo‘lib o‘rganishning afzalliklarini namoyon qildi va sistemaviy-struktur tadqiq usullarini kengaytirdi.

O‘zbek frazeologiyasining shakllanishi va rivojlanishi


Frazeologiya tilshunoslikning boshqa bo‘limlariga nisbatan yangi bo‘limdir. U leksikologiya bag‘ridan XX asrning 50-yillaridan mustaqil bo‘lim sifatida ajralib chiqdi.
Frazeologiyaning alohida tilshunoslik yo‘nalishi sifatida shakllanishi mashhur rus tilshunosi V.Vinogradov nomi bilan bog‘liqdir.
Sobiq sho‘rolar davrida imperiya hududidagi barcha tillarning frazeologiyasi V.V.Vinogradov ta’limoti asosida dunyoga keldi. Jumladan, o‘zbek frazeologiyasi ham bundan mustasno emas.
O‘zbek frazeologiyasining shakllanishi Sh.Rahmatullayev, Y.D.Pinxasov, M.Husayinov nomlari bilan bogliq. Bu mualliflar V.V.Vinogradovning frazeologizmga yondashuvi asosida o‘zbek frazeologizmlari doirasini chegaraladilar va ularni uch guruhga tasnifladilar: 1) frazeologik-chatishma;
2) frazeologik-birlashma (butunlik); 3) frazeologik qo‘shilma.
Faqat M.Husayinov frazeologizmlar tasnifiga to‘rtinchi guruhni ideomalarni kiritdi. O‘zbek frazeologiyasining ilmiy asosda chuqur o‘rganilishi va takomillashuvida Sh.Rahmatullayevning xizmati katta bo‘ldi. U o‘zining qator tadqiqotlari bilan o‘zbek frazeologiyasiga asos soldi. V.V.Vinogradov ta’sirida U.Rahmatullayev frazeologizmlar doirasini ancha toraytirdi va faqat ko‘chma ma’noga asoslangan barqaror birliklarnigina frazeologizmlar tarkibiga kiritdi. Xususan, bu haqda u quyidagilarni yozadi: «Ibora mustaqil turkumlarga mansub bittadan ortiq so‘zdan tarkib topgan bir butun semantik hamda grammatik birlik sifatida gavdalanadi. Ibora lug‘aviy ma’no anglatish uchun xizmat qiladi.
Shunga ko‘ra u lug‘aviy birlik hisoblanadi va shu jihatdan so‘z bilan bir qatorga qo‘yiladi. Masalan: ko‘nglidan o‘tkazdi iborasi o‘ylamoq so‘zini anglatgan ma’noni... bildiradi. Bu iboralarda bittadan ortiq so‘z o‘z ma’no mustaqilligini yuqotgan holda bir umumiy ma’no markaziga buysunadi”1





1 Нурмонов А. Ўзбек тилшунослиги тарихи. –Тошкент. 2002. 190-бет
Shunday qilib, frazeologizmlarni tor va keng tushunish paydo bo‘ldi. Eng muhimi, V.V.Vinogradovning sun’iy ravishda uch guruhga bo‘lgan semantik tasnifi orqaga surildi. Uning o‘rniga frazeologizmlarning ham xuddi boshqa lug‘aviy birliklar kabi semantik tuzilish tahliliga e’tibor berildi. Frazeologizmlarni o‘rganishdagi bunday burilishni ham Sh.Sh.Rahmatullayevning o‘zi boshlab berdi.
«Hozirgi o‘zbek adabiy tili» darsligining uchinchi nashrida frazeologizmlarning uch xil semantik tasnifidan voz kechiladi va frazeologizmlarning uch xil semantik tuzilish tomonidan tahlil qilinadi. O‘zbek frazeologiyasining yangi muvafaqqiyatlarga erishuvida B.Yo‘ldoshev, Abdumurod va Abdug‘ofur Mamatovning xizmatlari katta bo‘ldi. B.Yuldoshev frazeologizmlarning konnotativ ma’nolari, badiiy tasvir vositasi sifatidagi imkoniyatlarini atroflicha yoritib berdi. Abdumurod Mamatov frazeologik norma muammosini ko‘tarib chiqdi va frazeologik norma hamda frazeologik variant o‘rtasidagi munosabatni ko‘rsatib berdi.
Abdug‘ofur Mamatov esa o‘zining qator asarlarida frazeologik shakllanish muammolarini o‘rtaga qo‘ydi va uning paydo bo‘lish omillarini yoritdi. Frazeologizmlarning muhim farqovchi belgisi mazmuniy qayta shakllanish ekanini ko‘rsatdi.

    1. Download 0.62 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling