Vazirligi alisher navoiy


Leksikografiya, so‘z yasalishi bo‘limi hamda o‘zbek ilmiy morfologiyasining shakllanishi va taraqqiyoti


Download 0.62 Mb.
bet17/23
Sana17.06.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1533342
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
Bog'liq
jahonov shohruh bmi

Leksikografiya, so‘z yasalishi bo‘limi hamda o‘zbek ilmiy morfologiyasining shakllanishi va taraqqiyoti


O‘zbek tilshunosligi leksikografiya sohasida juda katta tarixga ega. Lekin o‘rta asr leksikografiyasida ko‘proq e’tibor izohli va tarjima lug‘atlarga qaratilgan. XX asrning 40-yillaridan boshlab leksikografiya yo‘nalishlari ham kengaydi. Lug‘atning yangi-yangi turlari: ensiklopedik, imlo, orfoepik-morfem, chastotali, ters, frazeologik, dialektal, etimologik lug‘atlar paydo bo‘ldi. Ilgari yaratilgan izohli lug‘atlar ko‘proq ayrim mualliflarning, xususan, Alisher Navoiy asarlarida qo‘llanilgan so‘zlarni izohlashga qaratilgan bo‘lsa, 40-yillardan boshlab leksikografiya tilshunoslikning alohida tarmog‘i sifatida shakllanishi natijasida uning xilma-xil turlari maydonga keldi. Umumiy va xususiy izohli lug‘atlar paydo bo‘ldi. Xususan, A.Y.Yunusovning «Fiziologik terminlarning izohli lug‘ati» (1984), A.Xojiyevning «O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati» (1974), Sh.Rahmatullaevning «O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati» (1978),
«O‘zbek tili omonimlarining izohli lug‘ati», (1984), shu muallifning R.Shukurov bilan hamkorlikda tayyorlagan «O‘zbek tili antonimlarining izohli lug‘ati», X.Y.Bekmuhammedovning «Tarix terminlarining izohli lug‘ati» kabi lug‘atlar xususiy izohli lug‘atlar sanaladi.
O‘zbek tilining barcha leksemalarini izohlashga barishlangan lug‘at esa umumiy izohli lug‘at hisoblanadi. 60 ming so‘zni o‘z ichiga olgan ikki jildli
«O‘zbek tilining izohli lug‘ati» (1981) o‘zbek leksikografiyasi tarixida o‘zbek tilining barcha leksemalarini izohlashga qaratilgan ilk izohli lug‘atdir. Bu lug‘at katta mehnat evaziga dunyoga kelgan va leksemalar ma’nolarini yoritishda ko‘plab illyustrativ materiallarga asoslangan, puxta leksikografik tamoyilga tayangan lug‘at bo‘lish bilan birga, sovet voqeligi va sovet til siyosatini o‘zida to‘la aks ettirgan lug‘at hamdir. Shuning uchun unda aks etgan so‘zlikning 40 foizga yaqini rus tilidan kirib kelgan leksemalardir. Ana shuni e’tiborga olgan holda istiqlol qo‘lga kiritilishi bilan O‘zR FA Til va adabiyot instituti ilmiy jamoasi ko‘p jildlik
«O‘zbek tilining izohli lug‘ati»ni yaratishga kirishdi.1



1 Нурмонов А. Ўзбек тилшунослиги тарихи. –Тошкент. 2002. 182-бет
O‘n olti ming so‘zni o‘z ichiga olgan «O‘zbek tili faol so‘zlarining izohli lug‘ati» nashr etilishi (2001) bu yo‘lda qilingan harakatlarning debochasi bo‘ldi.
70-yillarda o‘zbek ensiklopediyasining yaratilishi o‘zbek leksikografiyasining ulkan yutug‘i sanaladi. Bu lug‘at o‘zbek leksikografiyasi tarixida ilk qomusiy lug‘at bo‘lgani bilan qimmatlidir. Shunga qaramay, unda ham sovet voqeligi, sho‘rolar siyosati to‘la aks etgani uchun tariximiz, milliy an’analarimiz, ma’naviy merosimiz buzib ko‘rsatildi. Shuning uchun mustaqillik davrida milliy ensiklopediyani yaratish eng muhim vazifa qiliib qo‘yildi. Uning nashr etilishi ma’naviy hayotimizda katta voqea bo‘ldi.
20-yillar boshlarida E.D.Polivanov tomonidan o‘zbek tilining ilk etimologik lug‘ati yaratilgan bo‘lsa ham, lekin u nashr qilinmasdan yuqolib ketgandi. Prof. Sh.Rahmatullayev tomonidan «O‘zbek tilining etimologik lug‘ati» (2000) nashr qilinishi o‘zbek leksikografiyasini yuqori cho‘qqiga ko‘tardi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling