Vazirligi alisher navoiy


Download 0.62 Mb.
bet20/23
Sana17.06.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1533342
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
jahonov shohruh bmi

O‘zbek ilmiy morfologiyasining shakllanishi va taraqqiyoti. O‘zbek tilining fonetikasi, morfologiyasi va sintaksisini alohida-alohida bo‘limlar sifatida izchil ravishda dastlab Fitrat o‘rgandi va o‘zbek tilshunosligi tarixida o‘zbek tili grammatikasiga asos soldi. Bu grammatika «Sarf» va «Nahv» nomlari bilan yuritilib, 1925-yildan 1930-yilgacha olti marta nashr qilindi. Shundan so‘ng M.Shamsiyev, Sherbakning «O‘zbek tili grammatikasi» (-Toshkent, 1932) va X.Qayumiy, S.Dolimovning «Grammatika» asarlari maydonga keldi.
Demak, bu mualliflar, Fitratdan farqli ravishda, o‘zbek tilshunosligiga grammatika atamasini olib kirdilar. Lekin grammatikaning qismlari eskicha sarf va nahv atamalari bilan qolaverdi.
O‘zbek tilshunosligi tarixiga morfologiya va sintaksis atamalarini O.Usmonov va B.Azizov olib kirdi.
Lekin bu asarlar maktab o‘quvchilari uchun yozilgan darsliklar bo‘lib, lingvistik hodisalarni chuqur ilmiy tahlil qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ymagandi. 50-yillarda esa o‘zbek tilshunosligining barcha ilmiy kuchlari birinchi ilmiy o‘zbek tili grammatikasini yaratishga safarbar qilindi. Bu yillarda
«Hozirgi zamon o‘zbek tili kursidan materiallar» rukni ostida o‘zbek tilining barcha sathlari bo‘yicha bir nechta risolalar e’lon qilindi. Ular orasida A.G‘ulomning «O‘zbek tiliniig morfologiyasiga kirish» (1953), «Fe’l» (1954), S.Usmonovning«O‘zbek tilida undovlar» (1953), X.Komilovaning «O‘zbek tilida son va olmosh» (1953), M.Askarova, R.Jumaniyozovning «O‘zbek tilida ravishdosh va sifatdosh» (1953), S.Fuzailovning «O‘zbek tilida ravishlar» (1953), Sh.Shoabdurahmonovning «O‘zbek tilida yordamchi so‘zlar» (1953) singari asarlari dunyoga keldi. Ana shu risolalar asosida 1958-yili o‘zbek tilshunosligi tarixida birinchi marotaba o‘zbek tilining fonetik, leksik, morfologik sathlarini; shuningdek, o‘zbek tili grafikasi, orfografiya va orfoepiyasini o‘z ichiga olgan yirik asar maydonga keldi. Bunday asarning paydo bo‘lishi o‘zbek tilshunosligi tarixida katta voqea edi. Bu asar bosilib chiqqandan so‘ng o‘zbek tili
morfologiyasining ayrim sohalari maxsus monografik tadqiqot obyekti bo‘ldi. Jumladan, so‘zning morfologik tuzilishiga bagishlangan S.Usmonovning doktorlik va O.Qosimxo‘jayevaning nomzodlik dissertatsiyalari va risolalari maydonga keldi. A.qojyyevning «Fe’l», «Qo‘shma, juft, takroriy so‘zlar» (1963), «O‘zbek tilida ko‘makchi fe’llar» (1966), «To‘liqsiz fe’llar» (1970) singari yirik monografiyalari yaratildi. Shuningdek, o‘zbek tilshunoslari erishgan barcha natijalarni jamuljam etib yozilgan akad. A.N.Kononovning «Hozirgi o‘zbek adabiy tili grammatikasi» (1960) kitobining yaratilishi ham muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
«Hozirgi zamon o‘zbek tili. Fonetika. Grafika. Orfografiya. Orfoepiya. Leksikologiya. Morfologiya» kitobi yaratilgandan so‘ng o‘zbek tili morfologiyasiga doir yangi tadqiqotlarni e’tiborga olgan holda ikki jildli «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» (Toshkent: Fan, 1966), «O‘zbek tili grammatikasi». I tom. Morfologiya (-Toshkent: Fan, 1975); II tom. Sintaksis (-Toshkent, 1976) asarlarining maydonga kelishi esa o‘zbek tili grammatikasining takomillashuvida katta rol o‘ynadi. Bu jihatdan keyingi asar, ayniqsa, katta ahamiyatga ega bo‘ldi. U o‘zbek tilshunosligining so‘nggi yutuqlarini e’tiborga olgan holda yaratildi. Asarda birinchi marotaba so‘z yasalishi morfologiya tarkibidan chiqarilgan holda alohida bo‘lim sifatida o‘rganildi. Shuningdek, o‘zak morfemalar bilan affiks morfemalar oralig‘ida ro‘y beradigan va bugungi kunda morfonologiya atamasi ostidagi maxsus bo‘limning o‘rganish obyekti sifatida qaralayotgan turli xil fonetik o‘zgarishlar ham «Affiksatsiyalash fonetik o‘zgarishlar» sarlavhasi ostida alohida tadqiqot obyekti bo‘ldi.
Bu asarning yana bir muhim jihati shundaki, shu davrgacha bir qator mualliflarning tadqiq usuliga aylangan rus tilshunoslari andazalari asosida o‘zbek tilini o‘rganish tamoyillaridan voz kechishga, o‘zbek tilining o‘z ichki materiallariga tayanib muayyan lingvistik kategoriyalar haqida fikr yuritishga va ularning o‘ziga xos tomonlarini yoritishga intildilar.
Mualliflarning bunday maqsadlari va erishgan natijalari asarning so‘zboshisidayoq bayon qilinadi. U yerda ta’kidlanishicha, har bir hodisani byevosita til materiallaridan kelib chiqib izohlashga, hodisalarning haqiqiy
mohiyatini ochishga erishildi. Bu narsa yangi yangi ilmiy xulosalarga kelish bilan birga ayrim hodisalarning hozirgacha bo‘lgan talqini bilan endigi talqini o‘rtasidagina emas, ularning eski atamasi bilan yangi atamasi o‘rtasida ham ma’lum nomuvofiqlik kelib chiqadi.
Bu jihatdan asarning «Ot» va «Fe’l» qismlarida xuddi ana shunday katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Xususan, otlarda son, egalik kategoriyasining ifodalanishi shu darajada mukammal, shu darajada o‘zbek tili materiallariga asoslanib, o‘ziga xos tomonlarini chuqur yoritib berildiki, u turkologiya fanida ot turkumiga bag‘ishlangan eng sara asar bo‘lib qoldi.
So‘zning grammatik shakli va grammatik kategoriyalari haqidagi tadqiqotlar keyinchalik o‘zbek tili materiallari asosida yana ham chuqurlashtirildi. So‘z o‘zgarishi va shakl yasalishi kabi so‘zning grammatik shakllarini ikki guruhga ajratishga hech qanday asos yo‘qligi ta’kidlagan, hozirgi o‘zbek tilidagi grammatik shakl va grammatik kategoriyalarni o‘rganishga bag‘ishlangan maxsus asarning maydonga kelishi o‘zbek ilmiy morfologiyasining yanada rivojlanishiga olib keldi. O‘zbek tilida affikslarning ba’zan ortiqcha qo‘llanishi, uning sabablari, adabiy me’yorga munosabati kabi masalalarning N.Mahkamov tomonidan
atroflicha yoritib berilishi ham o‘zbek tilshunosligi tarixida katta voqea bo‘ldi.

    1. Download 0.62 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling