Vazirligi alisher navoiy
O‘zbek tili ilmiy sintaksisining shakllanishi va taraqqiyoti
Download 0.62 Mb.
|
jahonov shohruh bmi
O‘zbek tili ilmiy sintaksisining shakllanishi va taraqqiyotiO‘zbek tili sintaksisi tilshunoslikning aloxida bo‘limi sifatida dastlab Fitrat tomonidan «nahv» atamasi ostida o‘rganildi. Shundan so‘ng X.Qayumiy va S.Dolimov ham ikki qismlik «Grammatika» asarini yozib, ikkinchi qismini «Nahv» deb nomladilar (1933). O‘zbek tilshunosligida birinchi marotaba sintaksis nomi ostida O.Usmonov va B.Azizov maktab grammatikasini nashr etdilar (1939). Ta’kidlash kerakki, bu yaratilgan kitoblar o‘zbek tilining sintaktik qurilishi yuzasidan izchil ma’lumot beruvchi ilk asarlar sifatida qadrlidir. Lekin ular faqat bolalarni o‘qitish uchun mo‘ljallangani sababli amaliy qimmatga ega bo‘lib, sintaksis hodisalarini chuqur ilmiy tahlil qilishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ymagandi. O‘zbek tili sintaktik birliklarini ilmiy asosda atroflicha o‘rganish XX asrning 40-yillaridan boshlandi. Sintaktik sath birliklarini Ovrupo tilshunosligining yutuqlari asosida chuqur o‘rganish ham A.G‘ulomov nomi bilan bog‘liq. U «O‘zbek tilida aniqlovchilar» mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi hamda bu dissertatsiya asosida maydonga kelgan xuddi shu nomdagi risolasi (-Toshkent, 1942), «O‘zbek tilida so‘z tartibi» (-Toshkent, 1947), «Sodda gap» (-Toshkent, 1948, 1955) singari risolalari bilan o‘zbek ilmiy sintaksisi poydyevorini yaratdi. Shundan so‘ng A.N.Kononovning «O‘zbek tili grammatikasi» (-Toshkent, 1948) asarining rus tilida nashr etilishi va unda o‘zbek tilining barcha sathlari, jumladan, sintaktik sath birliklarining ham tadqiq etilishi o‘zbek tili sintaksisiga keng ilmiy jamoatchilik diqqatining jalb etilishiga turtki bo‘ldi. 40-yillarga kelib sintaksisga e’tiborning qaratilishi bejiz emasdi. 30-40- yillarda sobiq sho‘rolar davrida avj olgan marrizm ta’limoti tilshunoslikni ham siyosiylashtirishga intildi va morfologiyani burjuacha yondashuv deb baholab, asosiy e’tiborni sintaksisga qaratdi. Shu davrda N.Y.Marr nazariyasi ta’sirida bo‘lgan va I.I.Meshchaninovning marrizm ruhidagi asarlaridan ilhomlangan yosh tadqiqotchi A.R.G‘ulomov bu haqida quyidagilarni yozadi: “Hind-ovrupo til bilimi formal metod bilan ishlaydi va o‘z diqqatini fonetika va morfologiyaga berib, so‘z masalasini ikkinchi darajali o‘ringa kiritadi, semantika hodisalarini mutlaqo hisobga olmaydi. Yangi til bilimi grammatika bo‘limlarining yangi sxemasini beradi: bu sxema bo‘yicha morfologiya bobi yuqolib, uning so‘z yasalishi bo‘limi leksikaga, so‘z o‘zgarishi bahsi sintaksisga o‘tadi”. Lekin A.G‘ulomov keyinchalik bunday qarashga tanqidiy yondashdi. Morfologiya va sintaksisni grammatikani o‘zaro borliq va bir-biri bilan teng huquqli ikki bo‘limi sifatida e’tirof etib, butun ilmiy faoliyati davomida bunga amal qildi. A.G‘ulomov tomonidan 1948-yili yozilgan «Sodda gap» asari 1963-yili A.G‘ulomov va M.Asqarova tomonidan oliy o‘quv yurtlari o‘zbek filologiyasi fakultetlari talabalari uchun darslik sifatida yozilgan «Hozirgi zamon o‘zbek tili. Sintaksis» kitobiga material bo‘lib xizmat qildi. Bu kitob oliy o‘quv yurtlari uchun sintaksisdan yozilgan birinchi darslik bo‘lishi bilan birga birinchi ilmiy asar hamdir. Shuning uchun u hozirgi kungacha uch marta qayta ishlanib, to‘ldirib nashr qilindi va asosiy darslik sifatida foydalanib kelinmoqda. Sodda gap sintaksisi haqidagi ta’limotning rivojlanishida X.Komilovaning «Gapda so‘zlarning boglanishi» (-Toshkent, 1955), R.Abdurahmonovning «Gapning ajratilgan ikkinchi darajali bo‘laklari» (Toshkent, 1956), X.Boltaboyyevaning shu nomdagi risolalari (Farrona, 1957). D.Ashurovaning «Gapning uyushgan bo‘laklari» (-Toshkent, 1962), A.Sayfullayyevning undalmalarga, kirish va kiritmalarga bag‘ishlangan tadqiqotlari, F.Ubayyevaning «Hol» asari, A.Ahmedovning so‘roq gaplar (1965), A.Safayevning bosh va ikkinchi darajali bo‘laklar, I.Rasulovning bir sostavli gaplar, B.Urinboyevning atov gaplar, so‘zlashuv nutqi sintaksisi tadqiqiga qaratilgan asarlari katta xizmat qildi. O‘z FA Til va adabiyot instituti ilmiy hodimlari tomonidan ikki jildli «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» (-Toshkent, 1966) va ikki jildli «O‘zbek tilining grammatikasi» (-Toshkent, 1975) asarlarining yaratilishi o‘zbek tilshunosligining katta yutug‘i bo‘ldi. Unda sodda gap sintaksisi yangi kuzatishlar bilan to‘ldirildi. Ilgari gaplar obyektiv voqelikni ifodalashi va predikativ belgisiga ko‘ra dixotomik tamoyil asosida ikki guruhga sodda va qo‘shma gaplarga ajratilgan bo‘lsa, keyingi ikki asarda gaplar ana shu belgisiga ko‘ra politomik tamoyil asosida sodda, murakkab va qo‘shma gaplarga ajratildi. Sodda va qo‘shma gaplar yuqoridagi belgilarga ko‘ra zidlanishning ikki qutbida tursa, murakkab (murakkablashgan) gaplar bu zidlanuvchilardan har ikkisining muayyan belgilarini o‘zida namoyon etuvchi oraliq holat qilib ko‘rsatiladi. Bu fikr R.Abdurahmonov tomonidan 1971-yili Moskvada nashr etilgan “Turkiy tillar tuzilishi va tarixi» to‘plamidagi «Murakkablashgan gaplar sintaksisi” aks etdi. Ta’kidlash kerakki, yuqorida sanab o‘tilgan asarlarning barchasida sintaksisning markaziy birligi bo‘lgan gapning asosiy belgisi sifatida predikativlik e’tirof etiladi. Predikativlik rus tilshunosligida atributiv mantiq ta’sirida shakllangan ega bilan kesimning munosabati sifatida belgilandi. Gap bo‘laklari ham predikativ munosabatni ifodalashda ishtirok etish darajasiga ko‘ra ikki guruhga bo‘lindi: 1) predikativ munosabatda ishtirok etadigan bo‘laklar; 2) predikativ munosabatda ishtirok etmaydigan bo‘laklar. Birinchi guruh, gap tuzilishining asosi, zaruriy bo‘laklari hisoblandi va ular bosh bo‘laklar nomi bilan yuritildi. Atributiv mantiqda hukm a’zolari bo‘lgan sub’ektga ega, predikatga esa kesim tenglashtirildi, mantiqda predikat sub’ektning belgisini ifodalovchi qism sifatida qaralgani uchun grammatikada ham kesim eganing belgisini bildiruvchi bo‘lak deb qaraldi. Shundan kelib chiqqan holda gapda absolyut hokim bo‘lak ega, nisbiy hokim bo‘lak (ikkinchi darajali bo‘laklarga nisbatan hokim, egaga nisbatan tobe qism) kesim deb hisoblandi. Predikativ munosabat tarkibiga kirmaydigan bo‘laklar gapning konstruktiv bo‘lmagan, nozaruriy, shu sababli ikkinchi darajali bo‘laklari sanaldi. Bosh bo‘laklar ikki a’zo, ikki cho‘qqidan iborat deb qaralgani tufayli bu bo‘laklarning gapda qatnashishiga ko‘ra ular ikki guruhga bo‘lindi: 1) bir sostavli gaplar; 2) ikki sostavli gaplar. Bir sostavli gaplarning monografik tadqiqiga bag‘ishlangan I.Rasulovning «Hozirgi o‘zbek adabiy tilida bir sostavli gaplar» (1974) nomli yirik tadqiqoti dunyoga keldi. Gapning shakliy tuzilish birliklari gap bo‘laklari rukni ostida o‘rganilgandan buyon gap bo‘laklarini belgilash tamoyili sifatida bu birliklarning gapdagi boshqa sintaktik birliklar bilan tobe munosabati belgilandi. Gap bo‘laklari faqat tobe munosabat asosidagina aniqlandi. Tobe munosabatga kirishmaydigan gapning sintaktik a’zolari gap bo‘laklari ruknidan tashqarida qoldi. Teng munosabatdagi bo‘laklar ham boshqa qaysidir bo‘lakka tobe munosabatda bo‘lishiga qarab gap bo‘lagi tarkibiga kiritildi. Natijada gapning tarkibida ishtirok etuvchi va mazmuniga qo‘shimcha ma’no eltuvchi sintaktik birliklar gapning sintaktik tuzilish birliklari sirasidan chiqarildi.1 Bu o‘zbek tilshunosligida rus tilshunosligi andazalari asosida vujudga kelgan gapni bo‘laklarga ajratish tamoyiliga ilk e’tirozning namoyishi edi. Afsuski, shunday katta muammoni ko‘tarib chikkan A.Sayfullayev gapni bo‘laklarga ajratishning mavjud tamoyili qanday kamchiliklarga ega ekanini, uni bartaraf qilish yo‘llarini, qanday tamoyilga suyansa, ziddiyat bartaraf bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatib berolmadi. Lekin mavjud tamoyilga bildirilgan e’tirozning o‘zi o‘zbek tilshunosligida bir voqea bo‘ldi va keyingi tadqiqotchilarni bu muammo bo‘yicha chuqur o‘ylashga da’vat etdi. «Gap haqida sintaktik nazariyalar» kitobining nashr etilishi (Toshkent, 1988) gapda ikki cho‘qqili (ikkita bosh bo‘lakni e’tirof etuvchilar) nazariyaning kelib chiqish ildizlari, gapni bo‘laklarga ajratish tamoyillari va unda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni ko‘rsatib berishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Unda turkiy tillar sintaktik tuzilishida eng muhim konstruktiv bo‘lak kesim ekani, shuning uchun turkiy tillar uchun bir cho‘qqili nazariya muvofiqligi, gap bo‘laklarini gapning ana shu mazmuniy va grammatik markazi bo‘lgan kesim bilan munosabatiga qarab belgilash lozimligi ta’kidlandi. Ayni paytda, gap bo‘laklari ikki darajaga emas, bir necha darajalarga bo‘linishi mumkinligi ko‘rsatildi. O‘zbek tili sodda gap sintaksisining takomillashuvida B.O‘rinboyyevning «Hozirgi o‘zbek adabiy tilida vokativ kategoriya» (Toshkent, 1972), N.Mahmudovning «O‘zbek tilidagi sodda gaplarda mazmun va shakl 1 G‘ulomov A. O‘zbek tili grammatikasi. –Toshkent, 234-б. asimmetriyasi» (Toshkent, 1984) monografiyalari katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu asarlar o‘zbek tili sintaksisini yangicha qarashlar, yangi yo‘nalishlar bilan boyitdi. Turkologiyada qo‘shma gaplarga doir yaratilgan eng sara asarlarni chuqur tahlil etgan va ularga tanqidiy yondashgan holda G‘.Abdurahmonov «Qo‘shma gap» (Toshkent, 1957), «Qo‘shma gap sintaksisi asoslari» (Toshkent, 1958), «Qo‘shma gap sintaksisi» (Toshkent, 1964), M.Asqarova «Hozirgi zamon o‘zbek tilida qo‘shma gaplar» (Toshkent, 1960), «O‘zbek tilida ergashish formalari va ergash gaplar» (Toshkent, 1966) singari kitoblarini nashr etib, o‘zbek tili qo‘shma gap sintaksisinnng ilmiy asoslarini yaratib berdilar. Qo‘shma gap qismlarining o‘zaro semantik, grammatik, intonatsion munosabatlariga ko‘ra G‘.Abdurahmonov tomonidan qo‘shma gaplar uch guruhga bo‘linadi: 1) bog‘langan qo‘shma gaplar; 2) ergash gapli qo‘shma gaplar; 3) bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar M. Asqarova esa qo‘shma gap qismlarining mazmun munosabati, tuzilishi va bog‘lanish yo‘llari xilma-xil ekanini ko‘rsatib, ana shu belgiga ko‘ra qo‘shma gaplarni dastlab ikki guruhga bo‘ladi: 1) bog‘langan qo‘shma gaplar; 2) ergashgan qo‘shma gaplar. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarni esa yuqoridagi ikki turning «o‘tkinchi tipi» sifatida ajratadi. Har ikki muallif ham qo‘shma gaplarni ikki va undan ortiq sodda gaplarning mazmuniy va grammatik munosabatidan tashkil topgan butunlik sifatida e’tirof etadi. qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni belgilashda esa qismlarning tarkibidagi ega va kesim munosabati e’tiborga olinadi. Shuningdek, o‘zbek tili qo‘shma gaplar sintaksisi takomillashuvida A.Berdialiyyev, N.Turniyozovning ham xizmatlarini ta’kidlash joiz. 70-80-yillarda jahon tilshunosligida matn lingvistikasining rivojlanishi o‘zbek tilshunosligiga ham ta’sir etdi va o‘zbek tilshunosligida ham A.Mamajonov, M.Tursonovlarning matn lingvistikasiga va matnning uslubiy xususiyatlariga bag‘ishlangan monografik tadqiqotlari vujudga keldi. Shunday qilib, o‘zbek sintaktik ta’limotining shakllanishi va rivojlanishida A.G‘ulomov, G‘.Abdurahmonov va M.Asqarovalarning xizmatlari katta bo‘ldi. Ular tomonidan o‘zbek tili sintaksisining poydyevori yaratildi. A.Nurmonov, N.Mahmudov, A.Berdaliyyevlar esa ustozlar merosini rivojlantirgan holda o‘zbek tili sintaksisiga sistemaviy-struktur usulini olib kirdi. Mustaqillik davri o‘zbek tilshunosligi boshlangunga qadar sintaktik birliklarni umumiylik-xususiylik dialektikasi asosida til va nutq dixotomiyasini e’tiborga olgan holda lingvistik oppozitsiyalarga tayanib o‘rgandilar. Sintaktik modellarni belgilash muammolarini o‘rtaga qo‘ydilar. Turkiy tillarda gapning mazmuniy va konstruktiv markazi kesim ekanini, gapning egasi ham kesim orqali belgilanishi va unga tobe ekanini, gap bo‘laklarini gapni gap qilib turishdagi zaruriy va fakultativ belgisiga ko‘ra bir necha darajalarga bo‘lish mumkinligini ko‘rsatib berdilar. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling