Vazirligi alisher navoiy


Download 0.62 Mb.
bet22/23
Sana17.06.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1533342
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
jahonov shohruh bmi

Umumiy xulosalar


XX asr bоshlarida Markaziy Osiyo xalqlari, xususan, O‘zbekistonda ziyolilar o‘rtasida milliy o‘zlikni anglash hissi kuchaydi. Milliy madaniyatni rivojlantirishga, adabiy til bilan jonli so‘zlashuv tilini yaqinlashtirishga e’tibor ortdi. Ana shu harakat tufayli tilshunoslik masalalariga alohida ahamiyat berildi. Aynan mana shu davr o‘zbek tilshunosligining rivojiga asos vazifasini bajardi.
O‘zbek tilshunosligi tarixida tilshunoslikning turli bo‘limlari ham aynan XX asrda shakllandi va taraqqiy topdi. O‘zbek tilshunosligi tarixida Abdurauf Fitrat, Ashurali Zohiriy, Abdulla Avloniylarning alohida o‘rni bor. Biz yuqorida ko‘rganimizdek, mazkur olimlar, ma’lum ma’noda, o‘zbek tili milliy grammatikasiga asos solib, tilshunosligimiz rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shishgan.
XX asr o‘zbek tilshunosligi taraqqiyoti yuzasidan olib borgan tadqiqot natijalariga ko‘ra quyidagi xulosalarni belgilaymiz:

  1. XX asr boshlarida o‘zbek tilshunosligi taraqqiyot yo‘nalishlari mavzusida olib borilgan tadqiqot ishimiz natijalariga ko‘ra quyidagi xulosalarga kelindi:

  2. Jadidlar tomonidan yaratilgan tilshunoslik asarlari orqali o‘zbek tilshunosligining rivojlanish holatini o‘rganish mumkin.

  3. Bizningcha, bu davrda yaratilgan tilshunoslikka oid asarlar o‘z davrining lingvistik ehtiyojini qondirishga xizmat qilgan.

  4. Ashurali Zohiriy o‘zbek tilshunosligida birinchi bo‘lib “Imlo” darsligini yaratdi. Tilshunoslikda atamalarning rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi. Birinchilardan bo‘lib lug‘atshunoslikka asos solib, “Ruscha-o‘zbekcha mukammal lug‘at” yaratdi.

  5. Abdurauf Fitrat til ilmi bilan jiddiy shug‘ullangan va bu sohada katta ishlar qilgan olimdir. Uning tilshunoslik merosida o‘zbek tilining ilmiy-nazariy masalalariga bag‘ishlangan bir qancha asarlari bor “Muqaddimatul-adab”, “Imlo konferensiyasi ila”, “sarf”,”Nahv” asarlari shular jumlasidandir.

  6. Mahmudxo‘ja Behbudiyning ham tilshunoslik sohasidagi hissasi salmoqli ekanini biz yaxshi bilamiz, u o‘zining “Ikki emas, to‘rt til kerak”, “Til masalasi”, “Sart so‘zi majhuldur”, “Sart so‘zi ma’lum bo‘lmadi” singari bir qator

maqolalarida tilshunoslikka doir qarashlarini bayon qiladi. Bundan tashqari Behbudiy o‘zining “Kitob ul-atfol” asarida yoshlarga maktub yozish haqida ham ma’lumot berib o‘tadi. ”Rumuzlar” asarida esa tinish belgilari haqida ma’lumot beradi.

  1. Abdulla Avloniy ham o‘zbek tilshunosligi rivojlanishiga o‘zining munosib ulushini qo‘shgani bilan ajralib turadi. U tilshunoslikka doir ko‘plab asar yaratdi. Ular ichida “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Turkiy guliston yohud axloq” kitoblari alohida o‘rin egallaydi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga bag‘ishlangan “Birinchi muallim” kitobi oktabr to‘ntarishigacha to‘rt marta nashr etildi.

  2. Bu davrda tilimizda til-imlo va alifbo islohati olib borildi. Alifbomiz eski o‘zbek yozuvidan lotin alifbosiga va lotin alifbosidan kirill alifbosiga o‘tkazildi va nihoyat 1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi.

  3. XX asrning 30-80-yillar orasida tilshunoslikning morfemika, leksikologiya, frazeologiya, leksikografiya, so‘z yasalishi bo‘limi hamda o‘zbek ilmiy morfologiyasi, o‘zbek tili ilmiy sintaksisi kabi bo‘limlar shakllandi va taraqqiy topdi.


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling