Vazirligi alisher navoiy


Download 0.62 Mb.
bet2/23
Sana17.06.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1533342
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
jahonov shohruh bmi

UCHINCHI BОB
O‘zbek tilshunosligi bo‘limlari taraqqiyoti 33

    1. O‘zbek tili morfemikasi, leksikologiyasi va frazeologiyasining shakllanishi va rivojlanishi 33

    2. Leksikografiya, so‘z yasalishi bo‘limi hamda o‘zbek ilmiy morfologiyasining shakllanishi va taraqqiyoti 44

    3. 40-80-yillar o‘zbek tili ilmiy sintaksisining shakllanishi va taraqqiyoti 53

Хulоsа 59
Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro‘yхаti 62
Ilovalar 65
BMIning umumiy tavsifi
Mavzuning dolzarbligi. Istiqlol tufayli milliy o‘zlik, milliy iftixor, milliy manaviyat, milliy an’analarimiz o‘zining asl ma’nosiga, mazmun mundarijasiga, mohiyat va qadriyatiga ega bo‘ldi. Tilimizni har tomonlama taraqqiy ettirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi, uning davlat tili maqomi yanada mustahkamlandi.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov O‘zbekiston mustaqilligining besh yilligi tantanasida shunday degan edi: “Mustaqillik o‘zbek xalqiga o‘z yurtida qadr-qimmatini, bo‘y-bastini, o‘z madaniyati va an’analarini, tili va ma’naviyatini qayta tiklab olishga, milliy g‘urur va milliy tafakkur, vatanga muhabbat tuyg‘ularini kamol toptirishga zamin tug‘dirdi”. Chindan, milliy ma’naviy qadriyatlar mustaqillik yillarida haqiqiy hayotiy qudratga ega bo‘ldi. Til milliy istiqlol mafkurasining ma’nbai sifatida xalqning milliy uyg‘onishi, milliy o‘zlikni anglashi, ma’naviy kamolotga erishuvida beqiyos va ulkan ahamiyatga ega. Zero, til millatning qalbi, uning mavjudligining asosiy belgisidir. Shu jihatdan qaraganda, barcha zamonlarda xalqning asl farzandlari, ma’rifatparvar siymolar ona tilini millatga o‘zligini anglatishga, uning qudratini, shon-shuhratini ko‘tarishda tushkun va tutqun zamonlarda esa ruhiyatni omon saqlash, unga mayl, kuch bag‘ishlashda zo‘r vosita deb bilganlar. Xususan, milliy uyg‘onish davri bo‘lib tarixga kirgan 20-asrning birinchi choragida ma’rifatparvar ziyolilar kishilarda milliy ruhni uyg‘otishda, milliy ongni o‘stirishda tilga g‘oyat kata ahamiyat berdilar. Negaki, ular millatning mavjudligini tasdiqlaydigan bebaho javohir ona tili ekanligini chuqur anglaganlar. Bu davrda ijod qilgan yetuk tilshunoslardan biri Abdurauf Fitrat, Ashurali Zohiriy, Abdulla Avloniylardir.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling