Vazirligi alisher navoiy


Ashurali Zohiriyning ilmiy merosi


Download 0.62 Mb.
bet7/23
Sana17.06.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1533342
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Bog'liq
jahonov shohruh bmi

Ashurali Zohiriyning ilmiy merosi


Ashurali Zohiriy XX asrning boshlari va 20-yillarda Turkistondagi madaniy va ma’rifiy hayotning taniqli namoyandalaridan biri edi. Lekin u 30-yillar oxirida qatag‘onga uchrab, hayoti va faoliyati, merosi uzoq yillar o‘rganilmay kelindi. 50-yillar oxirlarida rasman oqlangandan keyingina Ashurali Zohiriy biografiyasiga doir ma’lumotlar ko‘rina boshladi. Ashurali Zohiriy 1885-yilda Muqimiy, Furqat, Hamza, Zavqiy kabi mashhur shoirlar vatani - Qo‘qon shahri yaqinidagi Oyim qishlog‘ida tavallud topadi. U dastlab o‘sha yerdagi eski usuldagi maktabda, so‘ng Madalixon madrasasida o‘qiydi. Bu yerda u arab, fors tili, sharq klassik va ayniqsa





1 Нурмонов А. Ўзбек тилшунослиги тарихи.-Тошкент.2002.115-бет


2 Нурмонов А. Ўзбек тилшунослиги тарихи.-Тошкент.2002.129-бет
o‘zbek klassik adabiyotining buyuk namoyandalari asarlarini muhabbat bilan o‘rgana boshlaydi. 1908-1913-yillarda o‘zi dars bergan "Yangi usul" maktabida ularning asarlaridan ma’naviy-ma’rifiy tarbiya quroli sifatida foydalanadi.
Mazkur davrda Alisher Navoiyning mashhur "Muhokamat-ul lug‘atayn" va "Vaqfiya" asarlarini, shuningdek, Boburning "Boburnoma"sini nashr ettiradi. 1914-yilda "Ona tili" degan maxsus maqola yozib, unda Alisher Navoiyning "Muhokamat-ul lug‘atayn" asarini o‘zbek tili tarixidagi muhim o‘rni va ahamiyatini alohida ta’kidlab ko‘rsatadi.
"Sadoyi Farg‘ona" gazetasining 1914-yil 1-sonida (3-aprel) yozgan "So‘zboshi"sida milliy hayot va millatning taraqqiysida milliy matbuot va adabiyotning roli haqida qizg‘in fikr yuritadi, yangi adabiyot va matbuotning milliy ong va hislarni uyg‘otishda ma’naviy-ruhiy tarbiya sohasida muhim qudratli qurol ekanligini ko‘rsatib o‘tadi. Jumladan, u bu haqida alohida to‘xtab shunday deb yozadi: "Gazeta har bir millatning tarjimonidirki, bilmagan narsalarini bildirar va ham millatning muddaosini boshqalarga bildirar.Yana boshqa bir so‘z bilan aytilsa, gazeta har bir millatning tilidir. Gazetasiz millat tilsizdir. Zero, tili va adabiyoti yo‘q millat millat emasdir. har kimning dunyoda tirik turmog‘i uchun havo bilan suv qanday lozim bo‘lsa, har qavmning hayoti saodati uchun ul millatning adabiyoti va matbuoti bo‘lmog‘i lozim"1.
Zamondoshlarining xotiralariga qaraganda u 1912-1913-yillarda ichki Rossiyadagi tatar musulmonlarining yangi maktab va maorif sohasidagi tajribalarini o‘rganish maqsadida Qozonga ham boradi, u erdagi muallimlar va ularning o‘qitish metodlari bilan tanishadi. Qosimiya madrasasida turk-tatar tarixidan dars beruvchi Ahmad Zakiy Validiy To‘g‘on bilan uchrashadi, uning 1912-yilda bosilgan "Turk-tatar tarixi" kitobi bilan qiziqadi.
Kitob muallifiga ko‘pdan Farg‘ona xonlari tarixini o‘rganib yurganligi, lekin ularning Turkiston umumiy tarixi jarayonidagi o‘rnini belgilashda qiynalib





1Нурмонов А. Ўзбек тилшунослиги тарихи.-Тошкент.2002.138-бет
turganini aytadi. Qo‘qonga qaytgach, mazkur sayohat taassurotlari ostida bu yerdagi taraqqiyparvar do‘stlari bilan birga "G‘ayrat" nomli kutubxona ochadi.
Qo‘qondagi rus-tuzem maktabi o‘qituvchisi Serkiboy Oqaev bilan hamkorlikda "Turkiy xrestomatiya yoxud terma kitob" (1912)ini yozib, unga yangi usul maktablarida o‘qiydigan talabalarni ma’naviy-ahloqiy va ruhiy jihatdan tarbiyalash uchun oson bo‘lgan turli badiiy, didaktik namunalarni beradi, ularni imlo, xat-savod jihatdan to‘g‘ri tarbiyalash uchun 1916-yilda ko‘rgazmali "Imlo" risolasini nashr ettiradi. Asta-sekin u, ma’rifatchilik, matbuotchilik ishlari bilan birga, o‘lkadagi milliy istiqlolchilik ishlariga ham aralashib, "El bayrog‘i" (1917) gazetasi va "Yurt" jurnalida faol ishtirok etadi. 1913-1914-yillarda ilmiy izlanishlar olib borish maqsadida Farg‘onada bo‘lib, keyin (1917-yil rus fevral inqilobidan so‘ng) Turkistondagi milliy istiqlolchilik kurashida faol qatnashgan mashhur turkiyshunos olim Ahmad Zaki Validiy To‘g‘on ham 1969-yilda Istambulda bosilgan turkcha "Xotiralar" kitobida 1913-1914-yillarda Qozon universiteti professori Katonov yo‘llanmasi bilan Farg‘onada bo‘lganligi, bu yerda Cho‘lpon, N.To‘raqulov va A.Zohiriy boshqalar bilan tanishganligi, Ashurali Zohiriy uyida yashab, u bilan hamkorlikda birmuncha madaniy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirganligini eslaydi. 1917-yilda ikkinchi bor Turkistonga kelib, bu yerda muxtoriyat g‘oyasi g‘alabasi uchun kurashda rus unitarist millatchilarining qarshiligini yengishda, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Ubaydulla Xo‘jaev bilan birga, Ashurali Zohiriy ham yordam berganini yozadi.
Shu bilan birga Ashurali Zohiriy bu yillarda ham pedogogik faoliyatini to‘xtatmaydi. 1917-yil sentyabridan e’tiboran Farg‘ona viloyati ma’rifatparvarlari va maorif jamiyati a’zolari yordamida tashkil bo‘lgan maktablar uchun muallimlar tayyorlovchi dorilmualliminda Bulat Solyev, hodi Fayzi, Qori Niyoziy kabi pedagoglar bilan birga ishlaydi, u yerda o‘zbek tili va adabiyotidan dars beradi. Dorilmuallimin keyinchalik Farg‘ona viloyat ta’lim-tarbiya texnikumidan mashhur o‘n uch qaldirg‘och - Rahim Otajonov, Faxriddin Shamsuddinov, Tesha Zohidov, Fattoh Rahmonov, Ulug‘ Tursunov kabi mashhur olim, muhandis va muharrirlar etishib chiqadi va ular o‘lkamizning turli oliy, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, ilmiy
muassasa va nashriyotlarida ishlab, fan va madaniyatimizni yuksaltirishga munosib hissa qo‘shadilar.
1920-yil 9-aprelda “Yosh buxoroliklar” tomonidan bir oyda 2 marta chiqarishga mo‘ljallangan, lekin faqat uch sonigina dunyo yuzini ko‘rgan “Tong” nomli jurnalning tili sof o‘zbekcha ekani va “mundarijasining muhimligi”ni maqtaydi.
Matbuot tilining tobora me’yorlashib borayotgani, lekin shunday bo‘lsa ham, ayrim gazetalar shevachilikdan va tatarcha elementlardan qutulolmayotganini, “boru”, “kelu”, “borsamiz”, “kelamiz”, “qoraylar” singari so‘z shakllari ishlatilayotgani ko‘rsatilib o‘tiladi. Shu bilan birgalikda, so‘zlarning yozilishida xilma-xillik uchrayotgani (masalan, qilalik-qilaylik-qilayluk-qiloylik; qandoq-qondoq-qanday kabi), shuning uchun ham mutaxassislar yig‘ilishib, bunday shakllardan qaysi birini tanlashni kelishib olish zarurligini ta’kidlaydi.
“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1929-yil 29-mart sonida mubohasa tariqasida “Til, atama va imlo bahslari” rubrikasi ostida bosilgan “Til va imlo masalasi” maqolasida adabiy til va jonli so‘zlashuv tili, ular o‘rtasidagi munosabat, adabiy tilning tayanch shevalari, atamalarning ahvoli va bundan keyingi istiqbollari, imlo muammolari haqida fikr yuritadi.
Zohiriy nima uchundir adabiy tildan ilmiy tilni ham ajratadi. Bu ikkisi o‘rtasida uncha farq yo‘qligini, har ikkisi jonli til bilan zidlanishini ko‘rsatadi. Adabiy tilning jonli tilga tayanishi, undan oziqlanishi lozimligini, XV asrdan to XX boshlarigacha bo‘lgan o‘zbek adabiy tilida bu munosabat buzilganini, adiblar tomonidan jonli so‘zlashuv tili “qo‘pol til”, “ko‘cha tili” sanalib, “adabiy tilni unga yaqinlashtirish kamchilik, xalq tilida yozishlik qo‘pollik deb e’tiqod etilgani”, bu tilda arabiy, forsiy elementlar juda ko‘p qo‘llanganini, shuning uchun “chig‘atoy (o‘zbek) adabiyoti usmonli adabiyoti singari xalqdan uzoqlasha boshlagani, oddiy xalq uni anglay olmog‘oni, faqat o‘qumushli, ziyoli sinf anglay oladurg‘on bo‘lg‘oni”ni ta’kidlaydi.
Masalan, telegraf, avtomobil, zavut, fabrika singari singib ketgan so‘zlarni “O‘z holiga qo‘yib, paravoz o‘rniga o‘txona, elektr o‘rniga simchiroq, geografiya
o‘rniga yer biligi, astronomiya o‘rniga yulduz biligi, gidrologiya va gidrografiya o‘rniga suv biligi, petrografiya o‘rniga tosh biligi, aerografiya o‘rniga havo biligi, minerologiya o‘rniga ma’dan biligi, botanika o‘rniga o‘simlik biligi, agronomiya o‘rniga ekin biligi singari atamalarni qo‘llashga da’vat etadi.
Imlo masalasi Ashurali Zohiriyning tilshunoslik faoliyatida markaziy o‘rinni egallaydi. U rus olimi professor Afanasevning orfografiyaning besh tamoyili (asosi) mavjudligi haqidagi fikrini ma’qullaydi:

  1. saftiy (fonetik);

  2. shakliy (morfologik);

  3. tarixiy-an’anaviy;

  4. chet so‘zlarni yozmoq asosi;

  5. ayrilma asos.

Zohiriyning lingvistik merosi ichida o‘zbek tili fonetikasiga doir maqolalari alohida qimmatga ega. Uning “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1929-yil mart sonida “Til, atama va imlo bahslari” rubrikasida e’lon qilingan maqolasida “Lab ohangi to‘g‘risida”, “Cho‘zg‘ilar to‘g‘risida”, “Singarmonizm to‘g‘risida”, “Bosh harf to‘g‘risida” so‘z yuritiladi.
20-yillarda yangi alifboga o‘tish arafasida o‘zbek tilining unlilar tizimini belgilash muhim masalaga aylandi.mashhur tilshunos Y.D.Polivanov o‘zining “Fonetika Tashkentskogo govare” asarida turkiy tillar fonologik tizimida ro‘y bergan konvergensiya, divergensiya hodisalarini ochib berish asosida Toshkent dialektida singarmonizm qonuniyati yo‘qolgani, 6 unli fonema mavjudligini ko‘rsatgandi. O‘zbek yozuvining ham shunga asoslanishi lozimligini ta’kidlaydi.
Ashurali Zohiriy 1937-yilgi boshqa siyosiy qatag‘on qurbonlari kabi faqat Stalin vafotidan keyin bir necha yil o‘tgach, 1958-yil 15-sentyabrdagina oqlandi. Lekin haqiqiy ma’noda faqat Mustaqillikdan keyingina qadrini topdi. Umr bo‘yi Vatan hurligini orzu qilgan va bu yo‘lda fidokorona kurashgan ma’rifat va istiqlol fidoyisi nomi dillarda mangu yashaydi.

    1. Download 0.62 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling