Vazirligi alisher navoiy
Muammoning o‘rganilganlik
Download 0.62 Mb.
|
jahonov shohruh bmi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning maqsad va vazifalari.
- Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. O‘zbek tilshunosligining shakllanishi va taraqqiy etishida D.Polivanov, K.K.Yudaxin, A.K.Borovkov, V.V.Reshetov, A.G‘ulomov, M.Asqarova, S.Mutalibov hamda 70-80-yillarda va undan keyin yetishib chiqqan olimlarning hissalari kattadir. O‘tgan asrning 20-yillari o‘zbek tilshunosligi A. Nurmonov, N. Mahmudov, B. O‘rinboyev, M.
Qurbonova, T.M. Tog‘ayev, Sh. Bobomurodovalar tomonidan turli aspektlarda o‘rganilgan. Ayniqsa, Fitratning tilshunoslik merosini o‘rganishda tilshunos M.Qurbonovaning o‘rni kattadir. Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Tadqiqotning asosiy maqsadi XX asrning boshlarida o‘zbek tilshunosligining asosiy taraqqiyot yo‘nalishlarini o‘rganish va ochib berish. Shundan kelib chiqqan holda, tadqiqot oldiga quyidagi vazifalar qo‘yildi: XX asrda o‘zbek tilshunosligining shakllanishi va rivojlanishida berilgan manbalarni aniqlash; o‘zbek tilshunosligining shakllanishi uchun asos bo‘lgan ilmiy manbalarni tavsiflash; XX asrda tilshunoslik bo‘limlarini shakllanishi va rivojlanish bosqichlarini aniqlash va o‘rganish; XX asrdagi tilshunos olimlarning tilshunoslik merosini o‘rganish va tavsiflash. Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati. Ushbu tadqiqot o‘zbek tilshunosligining XX asrdagi taraqqiyot yo‘nalishlarini qamraydi. Tadqiqot materiallari o‘zbek tilining grammatik tizimining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlarini o‘rganishda katta ahamiyatga ega. Shu bilan bir qatorda, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishda tadqiqot materiallaridan unumli foydalanish mumkin. Bundan tashqari, ushbu tadqiqot ishi o‘zbek ma’rifatparvarlarining tilshunoslikka oid qarashlarini o‘rganishga qaratilgan ishlarni muayyan darajada to‘ldiradi. I BOB. XX ASRNING 20-30-YILLARIDA O‘ZBEK TILSHUNOSLIGI TAVSIFIXX asr boshlarida Markaziy Osiyoda ziyolilar o‘rtasida milliy o‘zlikni anglash hissi kuchaydi. XIV asrdan boshlangan madaniy, ma’naviy inqiroz tufayli unutilar darajaga kelib qolgan boy madaniy va ma’naviy merosimizni tiklash, kishilar o‘rtasida o‘tmish madaniyatiga mehr-muhabbat hissini uyg‘otish harakati boshlandi. Bu harakatning yalovbardori sifatida jadidchilik maydonga keldi. Jadidlar taraqqiyotga erishishning bosh yo‘li ma’rifat ekanini his qilganlari holda, birinchi navbatda, yangi tipdagi maktablar ochish, zamonaviy oliy maktablar tashkil etish, dunyo yangiliklarini xalq o‘rtasida tezroq targ‘ib qilish orqali milliy ongni shakllantirish, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini singdirishga urindilar.Yangi maktablar ochishda Abdulla Avloniy, Ibrat, Munavvar Qori, So‘fizoda, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Ashurali Zohiriy, Abdurauf Fitrat singari vatanparvarlar jonbozlik ko‘rsatdilar. Ularning ko‘pchiligi yangi maktablar uchun darsliklar ham yozdilar. Ana shunday jarayonda maktablar uchun yoziladigan darslik va qo‘llanmalar qaysi tilda bo‘lishi kerak? Turkiy til va adabiyotini birlashtirish tarafdorlari bo‘lgan jadidlarning bir guruhi darslik va qo‘llanmalar usmonli turk tilida bo‘lishini ma’qulladilar. Bu haqida Fitrat quyidagilarni yozadi: “ ...Mana shunday kulinch bir holda qolgan burungi ziyolilarimiz: “tilimiz ilmiy, adabiy bir til emas ekan” degan kulinch bir qarashga keldilar. Mana shuning bilan maktablarimiz, yozuvchilarimiz usmonlicha ta’siri ostida qoldilar. Matbuotimizga bir oz tatarcha ham qatnashib qoldi. Toshkentda ochilgan kurslarda ona tili saboqlari uchun berilgan soatlarning ko‘prog‘i usmonlichaga berildi. Samarqandda ochilgan birinchi muallimlar kursiga esa ona tili degan narsa kiritilmadi. 1918-yildagi Maorif sho‘rosining bir majlisida ham o‘tkan yildagi muallimlarning qurultoyida shunday bir qaror berilgan edi: “Maktablarimizning ibtidoiy uch yilida ona til o‘zbekcha o‘qitulsin, ondin so‘ng adabiy umumiy turk tili o‘qitulsin!” Bularning adabiy umumiy turk tili deganlari arabcha qatnashgan usmonlicha edi”1. 1 Фитрат А. Имло конфренсияси муносабати ила // Маориф ва ўқитувчи, 1926. Bu holat tabiiy ravishda jadidchilikning boshqa vakillari o‘rtasida e’tiroz tug‘dirdi. Shuning uchun jadidchilik keyinchalik ikki oqimga – o‘ng va so‘l oqimga bo‘linib ketdi. So‘l oqim tarafdorlari “Chig‘atoy gurungi” nomi ostida to‘garakka birlashdilar. Gurung qatnashchilari o‘zbek adabiy tili va adabiyotini rivojlantirish, o‘zbek adabiy tilini me’yoridan ortib ketgan arab va fors so‘zlaridan tozalashni o‘z oldilariga vazifa qilib qo‘ydilar. Bu yo‘nalishga Abdurauf Fitrat rahbarlik qildi. Gurungning maqsadi haqida Fitrat shunday yozadi: “So‘nglari hayot meni purizmda qotib qolishga qo‘ymadi. Men o‘zbek millatchisiga aylandim”.1 1918-yili tashkil etilgan “Chig‘atoy gurungi” o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘ydi: tilimizni yot so‘zlardan qo‘ldan kelganicha tozalamoq kerak; adabiyotimizni yuksatmoq uchun burungi san’atkor shoirlarimizning o‘lmagan va o‘lmas narsalarindan foydalanmoq ham taraqqiy qilgan uluslar tomonidan oraga solingan umumiy asoslarga ergashmak kerakdir; tilimizning qoidalarini tatarcha yoxud usmoniycha qoida kitoblaridan emas, tilimizning o‘zidan olmoq kerak; shuning uchun xalq og‘zida yurgan so‘zlarni, xalq adabiyoti bo‘lgan ertaklar, maqollar, laparlarni yig‘ib tekshirmak lozim; adabiyot yozug‘chilik bo‘lgani uchun yozuv qoidalarini, imloni ham tuzatmak kerak”.2 Shunday qilib, XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda, xususan, O‘zbekistonda ziyolilar o‘rtasida milliy o‘zlikni anglash hissi kuchaydi. Milliy madaniyatni rivojlantirishga, adabiy til bilan jonli so‘zlashuv tilini yaqinlashtrishga e’tibor ortdi. Ana shu harakat tufayli tilshunoslik masalalariga alohida ahamiyat berildi. 1 Фитрат А. Имло конфренсияси муносабати ила // Маориф ва ўқитувчи, 1926. 2 Нурмонов A. Ўзбек тилшунослиги тарихи. 2002. 138-б. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling