Vazirligi alisher navoiy


O‘zbek tilshunosligining nazariy masalalari talqini


Download 0.62 Mb.
bet8/23
Sana17.06.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1533342
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Bog'liq
jahonov shohruh bmi

O‘zbek tilshunosligining nazariy masalalari talqini


O‘tmishga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 1920-yillarga kelib, o‘zbek tili dialektologiyasi, til tarixi, o‘zbek alfaviti va orfografiyasi, hozirgi zamon o‘zbek tili, leksikografiya, rus tili bilan o‘zbek tilining qiyosiy grammatikasi fani va boshqa sohalar bo‘yicha tadqiqot ishlari keng avj oldi.“Turkistonda maktab va maorif, matbuot va nashriyot, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tekshirish muassasalari, davlatni idora qilish va boshqa tashkilotlar ishini ona tilida olib borish” amalga oshirish sa’y-harakati boshlandi va navbatdagi vazifa – o‘zbek tilshunosligi oldida turmush talablariga javob bera oladigan muhim muammolarni to‘g‘ri hal etish uchun maxsus markaz va kadrlar etishtirish maqsad qilindi.1
Bu davrda o‘zbek tili masalalariga bag‘ishlangan M.M.Faxridinovning “turkcha qoidalar” (-Toshkent, 1923), Elbekning “Bitik yo‘llari” (-Toshkent. 1919) va “Yozuv yo‘llari” (Toshkent, 1921), Shorasul Zununning ‘‘O‘zbekcha til qoidalari” (-Toshkent, 1925) Munavvar qori Ramazon, Shorasul Zununning ‘‘O‘zbekcha til soboqlari” (-Toshkent, 1925) E.D.Polivanovning “Kratkaya gramatika uzbekskogo yazika”(-Toshkent, Moskva, 1926) Sh.Zununning “Til qoidalari (-Samarqand, Toshkent) kabi kitob darsliklari ham nashr qilingan. Ko‘rib o‘tganimizdek, bu davrda Fitrat asarlaridan tashqari, o‘zbek tili haqida anchagina darslik va qo‘lanmalar yaratilgan. Bu asarlar biri ikkinchisini to‘ldiradi, ularning birida qayd etilmagan til hodisasi boshqasida qayd etiladi. Ushbu asarlarning hammasi yig‘ilib 20-yillar o‘zbek tilshunosligining shakllanish bosqichini, vujudga kelish jarayonini ko‘z oldimizda gavdalantiradi. Bu davrning yana bir diqqatga sazovor jihati shundaki, bu davrda olimlarimiz o‘zbek tilining taraqqiyotini turli bosqichlarga bo‘lib o‘rganadi, o‘zbek tili tarixini quyidagi asosiy taraqqiyot bosqichlariga ajratamiz:





1 Sayfullayeva R. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 2010.15-bet




Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling