Vazirligi alisher navoiy


Bu davrda yaratilgan alifbolar


Download 0.62 Mb.
bet11/23
Sana17.06.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1533342
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
Bog'liq
jahonov shohruh bmi

Bu davrda yaratilgan alifbolar


Davrda yaratilgan alifbolar haqida Y.Abdullayev, A.Nurmonovlar o‘z tadqiqotlarida ma'lumot beradi. A.Nurmonov Saidrasul Saidazizovning “Ustodi avval” va Munavvar qori Abdurashidxonovning “Adabi avval” darsliklarini o‘zbek alifbosining ilk, mukammal namunalari sifatida baholaydi hamda Saidrasul Saidazizovning darsligiga alohida to‘xtaladi. Y.Abdullayev 1917-yilgacha o‘ndan ortiq alifbolar yaratilgani, lekin yuqoridagi ikki asar eng mukammali ekanligini ta'kidlaydi. Hoji Muin “Maorif va o‘qitg‘uchi” jurnalining 7-8-sonlari (1926-yil)da bosilgan “O‘zbekcha alifbolar tarixi” maqolasida o‘sha davrlarda yaratilgan, o‘zbekcha, forscha alifbolar haqida mukammal ma'lumot beradi.1
Men bu maqolamda uyg‘onish davrimizning boshidan bu kungacha chiqqan o‘zbekcha alifbolarning tarixidan va ularning xizmatlaridan yozmoqchiman, deydi muallif. “Ustodi avval” kitobi. Bu alifbo rus-tuzem maktablar uchun tuzilgan bo‘lsa ham, ba'zi muallimlar kitob yo‘qlig‘idan shuni vaqtincha o‘z maktablariga kiritgan. Oktyabr inqilobigacha 17 marta qayta bosilgan.
Adibi avval” alifbosi. Mazkur darslik Munavvar qori tomonidan 1901-yilda yozilgan bo‘lsa ham, 1907 -yilda bosmadan chiqqanligi, Turkistondagi usuli jadid maktablarining aksariyati tomonidan (ba'zi rus-tuzem maktablarga ham) qabul qilinib, 10 marta qayta bosilgani, so‘nggi bosmalari rasmli bo‘lib chiqqan.
Savod”. Bu alifboning muallifi bir necha yil Xivada muallimlik qilgan Muxtor Bakir ekani, alifbo o‘zbekcha-totorcha-turkmancha aralash shevada yozilgani uchun faqat Turkmaniston maktablarida o‘qitilgan.
Ta'limi avval”. Uning muallifi Toshkentlik Rustambek Yusuf o‘g‘li ekanligi, 1914-yilda chiqqan 2-bosmasini ko‘rganligi, 1-bosmasi taxminan 1912-yilda bosilgan.
Turkiy alifbo”. Turkistonda uyg‘onish davrida chiqqan alifbolarning yaxshiroqlaridan biri deb baholanadi. 1916-yilda Muhammadjon Abduxoliq





1 Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili.-Toshkent.198-bet
tomonidan yozilgan va Qo‘qonda “G‘ayrat” kutubxonasi homiyligida bosilgan. Alifbo rasmli.
Birinchi yil”. Samarqandda Sayidrizo Alizoda tomonidan tuzilib.
1917-yilda faqat bir marta bosilgan.
Miftoh ul-alifbo”, “Miftoh ul-avval”, “Tahsili alifbo”. Bu uch alifbo 1912-14-yillar orasida Farg‘onada bosilib chiqqan. Lekin muallif ularni ko‘rmaganligini aytadi. Oktyabr inqilobigacha yuqoridagi alifbolar chiqqan bo‘lib, Ko‘plari bir-biriga taqlidan yozilgani, ularning ichida “Adibi avval”, “Turkiy alifbo”, “Birinchi yil” risolalari mukammalroq, degan xulosaga keladi muallif.
Oktyabr inqilobidan so‘ng quyidagi alifbolar nashr qilinganligi haqida ma'lumot beriladi:
Rahbari avval”. Bu alifbo 1918-yilda Toshkentda “Hurriyat” kutubxonasi tomonidan 1 marta nashr qilingan, tuzuvchisi M.Faxriddin bo‘lgan.
O‘rtoq”. Samarqandda maorif mudiri bo‘lgan Checha Vichkin va Viyatkin tomonidan yozilgan va 1918-yilda 20 ming nusxada bosilgan. Lekin tanqidga ham arzimaydigan buzuq va tartibsiz yozilgani uchun muvaffaqiyatsizlikka uchragan.
Sovg‘a”. Shokirjon Rahimiy tomonidan tuzilgan bu rasmli alifbo Turkiston jumhuriyati maorif komissarligi homiyligida bosilgan, 5 marta qayta nashr qilingan.
Kattalarga o‘qush”. Mazkur alifbo M.Qodiriy, I.Mo‘miniy va Sh.Ismoiliy tomonidan tuzilgan bo‘lib, 1920-yilda “Davlat nashriyoti” tomonidan ko‘p miqdorda bosilgan. Uning boshqalardan farqi Amerika usulida birinchi marta bosilgan, bunday usuldan ko‘pchilik muallimlar bexabar bo‘lganligi sababli bu kitobning foydalanuvchisi kam bo‘lgan.
Til ochg‘ichi”. Bu rasmli alifboning tuzuvchisi buxorolik muallim Hasanali bo‘lgan. Kitob Buxoro maorif nazorati tomonidan 1922-yilda besh ming dona bosilgan.
O‘zbek alifbosi”. Shokirjon Rahimiy tomonidan yozilgan. Bu rasmli alifbo “Davlat nashriyoti” tomonidan 1922-yilda 25 ming nusxada bosilib chiqqan.
Kattalar yo‘ldoshi” alifbosi katta yoshdagilar uchun savod o‘rgatishga bag‘ishlangan bo‘lib, uning muallifi ham Shokirjon Rahimiydir. Mazkur darslik “markaz savodsizlikni bitiruv favqulodda komissiyasi” tomonidan 1924-yilda 15 ming dona miqdorida bosilgan.
O‘qitg‘uchi” alifbosi Amerika usulida Hoji Muin va I.Rahmatullaevlar tomonidan yozilgan. Bu rasmli alifbo 1925-yilda 45 ming nusxada bosilib chiqqan. Ko‘rib o‘tganimizdek, Hoji Muin 25 yil ichida Turkistonda 18 nomda alifbolar bosilib chiqqani, ular haqida qisqacha umumiy ma'lumot berishga harakat qilgan. Albatta, bu darsliklar eng sodda, faqat savod o‘rgatish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularda o‘zbek tilining imlo qoidalari hali shakllanmagan edi.

    1. Download 0.62 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling