Vazirligi alisher navoiy
Ilk lotin alifbosiga o‘tish jarayonidagi munozaralar
Download 0.62 Mb.
|
jahonov shohruh bmi
Ilk lotin alifbosiga o‘tish jarayonidagi munozaralarBiz tarixdan yaxshi bilamizki, o‘zbek alifbosining bugungi kundagi holatiga kelguncha ozmuncha insonlarning mehnati va harakati ketmaganini. O‘zbek alifbosining lotin alifbosiga asoslanganini barchamiz yaxshi bilamiz va biz bugungi kundagi foydalanayotgan alifbomiz ham lotin grafikasiga asoslangan o‘zbek alifbosidir. Alifbo xususida gap ketganda shuni ta’kidlash joizki, o‘zbek yozuvining xx asri juda ko‘p murakkab jarayonlarga boy bo‘ldi, bularning bittasi alifbomizning qisqa vaqt mobaynida uch marta tub isloh qilinganidir. Jahon xalqlari tarixiga nazar tashlasak bunday hodisani kamdan-kam uchratishimiz mumkin. Ilk bor lotin alifbosiga 1929-yildan 1940-yilgacha foydalanildi. Bundan oldin bizning diyorimizda arab alifbosi keng qo‘llangan. Bu davrda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tish jarayoni boshlanadi. 1929-yilning 15-23-may kunlari Samarqandda til-imlo konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Unda uchta masala – adabiy til, istiloh (termin) va imlo masalalari qo‘yiladi. Bu konferensiyada adabiy til me’yorlarini belgilashda singormanizmli shevalarni hisobga olish lozimligi haqida takliflar bo‘ladi va alifboda unlilarning soni to‘qqista bo‘lishi ma’qullanadi. Harflar tartibi ham belgilanadi. 1929-yilning 10-avgustida O‘zbekiston Xalq Maorifi Komissarligi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, unda may oyida bo‘lgan til-imlo konferensiyasi tavsiya qilgan imlo qoidalari tasdiqlanadi. 1934-yilning yanvar oyida Toshkentda o‘zbek orfografiyasining yangi loyihasi muhokamalirini yakunlash maqsadida birinchi Respublika Qurultoyi o‘tkaziladi. 1938-yilning boshlarida O‘zbekiston Fanlar Kometitining A.S.Pushkin nomidagi Til-adabiyot institutida A.K.Borovkov boshchiligida maxsus mualliflar tuzilib, unga lotin grafikasi asosidagi o‘zbek alifbosi va orfografiyasi matbuotida bildirilgan fikrlar asosida qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish vazifasi yuklatiladi. 1938-yilning 9-dekabrda lotin grafikasi asosidagi o‘zbek alifbosi imlosining yuqoridagi ishchi guruh tomonidan tayyorlangan yangi loyiha muhokama uchun matbuotda e’lon qilindi. Loyihada alifbo sirasiga quyidagi o‘zgartirishlar kiritilganini ko‘ramiz: a) “ə” harfi alifbodan chiqarildi, uning vazifasini “a” ga yuklanadi; b) kuchsiz lablangan “ͻ” unlisi uchun alifboga ustida chizig‘i bor ӑ harfi kiritiladi; d) alifbodagi harflar tartibi qisman o‘zgaradi va natijada alifbo quyidagi o‘ttiz harfdan tashkil topadi: a, b, v, g, d, e, z, ᵶ, i, j, k, l, m, n, ӑ, o, p, r, s, t, u, f, x, c, ṣ, ç, q, ƍ, h, ƞ, ’(appostrop). 1939-yil Toshkentda poytaxt ziyolilarining shahar partiya kometiti tomonidan uyushtirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda rus grafikasi asosidagi yangi o‘zbek alifbosiga ko‘chish masalasi ko‘tariladi. Yig‘ilish qarorida bu haqida shunday deyiladi: “Biz, intelligensiya yig‘ilishining qatnashchilari, bu eng muhim masalani mehnatkashlarning keng muhokamasiga qo‘yishni ta’kidlaymiz va ayni vaqtida qilinayotgan ish deb topamiz. Biz O‘zbekiston Hukumatidan lotinlashtirilgan alifbodan rus grafikasi asosidagi yangi alifboga o‘tishni tezlashtirishni so‘raymiz” 1929-yilning 23-oktabrida “O‘qituvchilar gazetasi” da “O‘zbek adabiy tilining rus grafikasi asosidagi yangi alfaviti “ nomli bosh maqola chop etildi. Unda shunday deyiladi: “ Hozirgi kunda RSFSR da 36 millat rus grafikasi asosidagi yangi alfavitga ko‘chdi. Ozarbayjon, Tojikiston, Qozog‘iston va boshqa qardosh respublikalar yangi alfavitga o‘tish oldida turadilar...”. “Rus grafikasi asosidagi yangi alfavitga o‘tish kelajakda ham shakl, ham mazmun jihatidan bir... madaniyat va tilga qo‘shilib ketuvchi o‘zbek xalqi madaniyati va tilining tarqqiyotini tezlatish demakdir”. 1939-yilning 18-noyabrida matbuotda “Rus grafikasi asosida tuzilgan yangi o‘zbek alifbosi” ning proekti muhokama uchun e’lon qilinadi. Unga quyidagi harflar kiritilganini ko‘ramiz; a, б, в, г, д,е,ж,з,и,й,к,л,м,н,о,п,р,с,т,у,ф,ц,ч,ш,щ,ъ,ы,э,ю,я,ө,ҷ,қ, ғ,h,ӊ. Shu tariqa biz rus grafikasiga asoslangan o‘zbek alifbosiga 1940-yildan o‘tdik, bunda bizning tilimizning fonetik va grammatik jihatlari hisobga olinmasdan boshqa 36 ta qardosh respublikalar qatorida biz ham rus grafikasiga o‘tdik.1 1 Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili.-Toshkent.2013.154-bet. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling