Vazirligi alisher navoiy
Abdulla Avloniyning lingvistik qarashlari
Download 0.62 Mb.
|
jahonov shohruh bmi
Abdulla Avloniyning lingvistik qarashlariXX asr boshlaridagi ma’rifatparvarlik harakatida Abdulla Avloniy alohida ajralib turadi. Avloniy 1904-yili Toshkentning Mirobod mahallasida yangi maktab ochdi. Bu maktabda savod o‘rgatishning yangi texnologiyasi joriy qilindi. Maktabning tez orada dovrug‘i Toshkentning boshqa mahallalariga tarqaldi. Bu haqda Abdulla Avloniyning o‘quvchilaridan biri Yusuf Tohiriy quyidagilarni yozgandi: “Shaharning qarama-qarshi chekkasida, temir yo‘l ishchilari istiqomat qiladigan Mirobodda yangi tipdagi maktab ochilgani haqida eshitib qoldik. Tez orada bu maktabning fazilatlari haqidagi shov-shuvlar, uning muallimi Avloniyning dovrug‘i bilan shaharga tarqaldi. Hammaning tilida Miroboddagi maktab olti oyda o‘qish-yozishni o‘rgatarmish, jug‘rofiya, hisob, tabiatni o‘rganish degan darslar o‘qitilarmish degan gap yurardi. Bizga juda sirli tuyulgan bu maktabni va uning donishmand muallimini ko‘rgani hammamiz oshiqardik. Nihoyat, bir kuni uch-to‘rttamiz borishga jazm qildik. O‘qishga qabul qilindik. Ko‘p o‘tmay ko‘z oldimizda yangi bir dunyo ochilganiga to‘la ishonch hosil qildik. Ular o‘qish-yozish, hisob masalalarini hal etish, tabiat hodisalaridan xabardor bo‘lish, juda ko‘p she’r va hikoyalarni yod bilishlari bilan hammamizni lol qoldirdi. Ayni zamonda, bizning eski maktabimiz bo‘shab, Miroboddagi Abdulla Avloniy maktabi bizdan borgan bolalar bilan liq to‘ldi”. Bundan biz Abdulla Avloniyning naqadar mohir pedagog bo‘lganiga guvoh bo‘lamiz. U ko‘plab darsliklar yozdi. Ular ichida “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Turkiy guliston yohud axloq” kitoblari alohida o‘rin egallaydi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga bag‘ishlangan “Birinchi muallim” kitobi oktyabr to‘ntarishigacha to‘rt marta nashr etildi. Muallif Saidrasul Saidaziziyning “Ustodi avval” kitobiga suyangan holda, ayni paytda, o‘zining muallimlik tajribasi asosida original asar yaratgan. “Yaxshi qo‘shningdan olguncha yomon uyingni qidir demishlar”, -deb yozadi Abdulla Avloniy. “Bobolarimizga etishg‘on va yarog‘on muqaddas til va adabiyot bizga ham kamlik qilmas. O‘z uyimizni qidirsak va axtarsak, yo‘qolganlarini ham toparmiz”.“Umumiy milliy tilni saqlamoq ila barobar xususiy, og‘iz orasidagi tilni ham saqlamak lozimdur”.1 “Chunki so‘z insonning daraja va kamolini, ilm-fazlini o‘lchab ko‘rsatadurg‘on tarozusidur. Aql sohiblari kishining dilidagi fikr va niyatini, ilm va quvvatini, qadr va qiymatini so‘zlagan so‘zidan bilurlar”2.Yuqorida keltirilgan misollar orqali biz Abdulla Avloniyning teran aql-idrok va keng mushohadali inson ekaniga yana bir karra ishonchimiz komil bo‘ladi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling