Vаzirligi bаrnо Turdiхоdjаеvnа Хаlmаtоvа, Mа’rif Shаkirоvich Kаrimоv, Аlishеr


Download 2.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/186
Sana11.10.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1698144
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   186
Bog'liq
TIBBIYOT KАSBIGА KIRISH

Isituvchi kompress 
Ta’sir mehanizmi: Qon tomirlarni uzoq vaqt kengayishini ta’minlaydi. Bu 
teri va teri osti a’zolariga qon kelishini ko’paytiradi, natijada yallig’lanish 
o’chog’larida so’rilish va og’riq qolishi kuzatiladi.
Ko’rsatma: 
• Halqum, bo’g’im, plevra, emizikli ayollarda sut bezlari, teri, o’rta quloq 
yallig’lanish jarayonlari. 
• In’yeksiyadan keyingi infiltratlar. 
• Boylamlar cho’zilishi va lat yeyishi (jarohatdan bir kun o’tgandan keyin). 
Qarshi ko’rsatma: 
• O’rta quloq yiringli yallig’lanishi (otit). 
• Teri qoplami butunligi buzilishi. 
• Teridagi allergik va yiringli toshmalar (furunkul, karbunkul). 
• Tana yuqori harorati. 
Kerakli anjomlar: 
• Bint, doka, paxta. 
• Kompress qog’oz yoki kleyenka. 


382 
• 40 % etil spirt. 
• Lotok. 
• Qaychi. 
• Ishlatilgan materiallar uchun lotok. 
Bajarilish ketma-ketligi: 
1. Kompress qo’yiladigan tana sohasi hajmidagi 8 qavatli doka tayyorlanadi 
(nam qavat). 
2. Doka salfetkaaning har tomonidan 1-2sm chiqib turadigan qilib kompress 
qog’oz yoki kleyonka kesib olinadi (izolyatsiya qavati). 
3. Kompressda qog’ozdan 1-2 sm katta paxta tayyorlanadi (isituvchi qavat). 
4. Kompressni mahkamlovchi bint tayyorlanadi. 
5. Doka salfetka 40% etil spirt bilan namlanadi. 
6. Ehtiyotkorlik bilan yig’irilma hosil qilmasdan salfetka bemor tanasiga 
qo’yiladi. 
7. Ustidan kompress qog’oz va paxta qo’yiladi (kompress qog’oz qochmasligi, 
paxta ikkala qavatni ham bosib turishi lozim). 
8. Kompress bint bilan o’rab mahkamlanadi, bunda qon aylanishi va 
germetikligi buzilmasligi lozim (rasm.3). 
9. 1-2 soatdan keyin kompress effektivligi bog’lam ostiga barmoq tiqib ko’rish 
bilan tekshiriladi. Agar salfetka nam va issiq bo’lsa, kompress to’g’ri qo’yilgan 
hisoblanadi. 
10. Kompress 6-8 soatga qoldiriladi (asosan tunda). 
11. Kompress yechiladi va uning effektivligi tekshiriladi (salfetka nam va issiq 
bo’lishi lozim). 
12. Kompress yechilgandan so’ng teriga quruq iliq bog’lam qo’yiladi. 
Asorati: teri matseratsiyasi (ta’sirlanishi), kuyish. 
Izoh: Quloqqa kompress qo’yganda birinchi va ikkinchi qavatlarda quloq 
suprasi uchun teshik qilinadi; - Uzoq vaqt kompress qilinganda 1-2 kun tanaffus 
qilinadi; - Qayta kompress oldingi kompress yechilgandan kamida 1 soat 


383 
o’tgandan so’ng qo’yiladi. Teri tirnalishini oldini olish maqsadida oldin teri 
45% etil spirti bilan tozalanadi, quruq qilib artiladi va teriga vazelin yoki 
kamfora moyi surtiladi.

Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling