Vаzirligi bаrnо Turdiхоdjаеvnа Хаlmаtоvа, Mа’rif Shаkirоvich Kаrimоv, Аlishеr


Download 2.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/186
Sana11.10.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1698144
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   186
Bog'liq
TIBBIYOT KАSBIGА KIRISH

 
Vegetativ buzilish sindromi ko’p hollarda o’tib ketuvchi vegetativ krizlar 
– puls tezlashishi, yurak sohasida og’riq va nohush his, bosh og’rig’i, og’iz 
qurishi arterial qon bosimi oshishi, qo’l va oyoqlar uvishishi va sovuq qotishi, 
qaltirash holida namoyon bo’ladi. Shuningdek bemorlar yurak “to’xtab qolishi” 
va og’riq hissini, noto’g’ri urishini sezadilar, ko’krak qafasini kimdir bosib 
turganga o’xshaydi, bosh aylanadi, qo’rquv va bezovtalik bo’ladi. Ba’zan ushbu 
krizlar “vahima xuruji” deb baholanadi.
 
Astenik sindrom. Klinik jihatdan quyidagicha namoyon bo’ladi: ko’p 
charchash, mehnat faoliyatini susayishi, xotira va diqqatni pasayishi, yuqori 
qo’zg’aluvchanlik, ta’sirchanlik oshishi, emotsianal va kayfiyat 
o’zgaruvchanligi. Bu holatdagi bemorlarga shoshqaloqlik va kutishni 
yoqtirmaslik, tashqi sensor ta’sirlarga yuqori sezuvchanlik xos bo’ladi. Astenik 
sindromga uyquni buzilishi, uxlay olmaslik, tunda ko’p uyg’onib ketish xosdir. 
 
Fobiya sindromi. Nevrotik fobiyalar qo’rquvni “shilqim” g’oya shaklida 
o’rnashib olishidir. 
Ipoxondriya – o’z holatiga noadekvat yondoshuv bo’lib, sog’lig’i 
yomonlashishidan o’ta darajada qo’rqish, sog’liq to’g’risida gap ochilsa diqqat 
bilan tinglash, o’zida yo’q kasalliklarni ham bor deb gumon qilish holatidir. 
Asosan bu patologik holat hisoblanib, psixologik korreksiya va psixologik 
suhbatlarni talab etadi. 
Har xil darajadagi depressiv buzilishlar ham katta ahamiyatga ega. 
Bunday holatda o’z joniga qasd qilish fikri paydo bo’ladi, attoki amalda 
qo’llashga harakat bo’ladi. Yurak dekompensatsiyalangan yetishmovchiligida, 
jigar sirrozi va uremiyada ham o’tkir psixik holatni buzilishlari ro’y berishi 
mumkin. Psixik holatni buzilishi tana haroratini ko’tarilishi bilan kechuvchi 
boshqa somatik kasalliklarda, yuqumli kasalliklarda (ko’proq gripp) kuzatilishi 


385 
mumkin. Bemorlar atrof-muhitga oriyentatsiya qila olishmaydi, savollarga 
qiyinchilik bilan yoki kuttirib javob berishadi, ba’zan nutq va harakatni buzilishi 
(psixomotor qo’zg’alish yoki stupor) kuzatiladi. 
Tibbiyot xodimi shuni bilish kerakki, qo’shimcha hayajonlanish va 
bezovtalik bor bo’lgan nevrotik va nevrozsimon simptomlarni kuchaytirish 
mumkin. Har doim davo jarayonida psixik va somatik holatni bir-biriga uzviy 
bog’liqligini unutmaslik lozim.
Bolalar orasida bo’lgan tibbiyot xodimlari har doim bemorlarning 
psixologik xususiyatlarini, his qilishlarini, hissiyotlarini inobatga olishlari lozim. 
Bolalarni holatini yaxshiroq tushunish uchun bolani shaxsiy psixologik holatini 
bilishdan tashqari oiladagi sharoitni, ota-onasini sotsial kelib chiqishini, 
mansabini ham bilish lozim. Bularni hammasi bemor bolani kasalxonada to’g’ri 
parvarishlash va davo natijasini yaxshilashga yordam beradi.
Bola bilan muloqot qilganda his qilish katta ahamiyatga ega, ya’ni 
bemorning qayg’usini tushunishga harakat qilish. Shoshmasdan bola bilan 
suhbatlashish qayg’udan ustun turuvchi shaxsiy xususiyatlarni aniqlashga olib 
keladi va to’g’ri tashxis qo’yishda yordam beradi. Nafaqat bolani shikoyatini 
majburlikdan eshitish kerak, balki eshitgan gaplariga yaxshi e’tibor berib 
yondashishi lozim. Tibbiyot xodimini iliq munosabatini ko’rib bemor 
tinchlanadi, shifokor esa bola to’g’risida qo’shimcha ma’lumotga ega bo’ladi.
Agarda buni teskarisi bo’lsa, ya’ni yuqori va qattiq tonda muomala qilish, 
mensimay gaplashish bemor va tibbiyot xodimi o’rtasida iliq munosabatlar 
yuzaga kelishiga to’sqinlik qiladi. 
Tibbiyot xodimi bolalarga ota-onasi yo’qligini bildirmay, ularni o’rnini 
bosishi lozim. Asosan 5 yoshgacha bo’lgan bolalar ota-onasi yonida yo’qligini 
qiyin qabul qiladi. SHunga qaramay ular yangi sharoitga tezda moslashadi va 
tinchlanadi. Bunday hollarda ota-onani tez-tez kasalxonaga kelishi bola 
psixikasini shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Adaptatsiya davrida (3-5 kun) 
ota-onalarni tez-tez kelishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Bu davrdan keyin ota-


386 
onalar va bemor yaqinlari bolani ko’rishga biror bir ish sababli kela olishmasa 
hamshira ularga xat yozishlarini, narsalar berib yuborishlarini maslahat berishi 
lozim.
Kasalxonada bolani uy sharoitiga o’hshash yaxshi psixologik sharoitni 
(o’yinlar o’ynash, televizor ko’rish va h.o) yaratishda tibbiyot xodimi katta rol 
o’ynaydi. Toza havoda sayr qilish bolalarni yaqinlashtiradi, hamshirani yaxshi 
muomalasi esa bolalarni yangi sharitga moslashishini osonlashtiradi.
Kasalxona kollektivi orasida yaxshi munosabat o’rnatish, ahil bo’lish, 
ishni yaxshi olib borish bolalarni parvarishlash va davolashda yuqori natijalarga 
olib keladi. Kollektivda har bir ishchi o’z vazifasiga ega bo’ladi. Post hamshirasi 
kun tartibiga qat’iy rioya qilishi, shifokor ko’rsatmalarini to’g’ri bajarish, kichik 
tibbiyot xodimi esa palatalarni tozazalash, bolalarni toza tutishi loxim. Hamshira 
bolalar orasida bo’lar va ularni kuzatar ekan, bolaning shaxsiy xususiyatlarini 
ko’rish, o’zaro muloqotlari xarakterini kuzatishi lozim. Bunday hamshira 
shifokorga yaxshi yordamchi bo’ladi, chunki u kasalxonada sog’lom muhitni 
paydo bo’lishida katta rol o’ynaydi. 
Psixologik muammolarga operatsiyadan oldingi qo’rquv kiradi. Bemor 
operatsiyani o’zidan, u bilan bog’liq siqilishlardan, og’riq, operatsiya
asoratlaridan qo’rqadi, operatsiyaning effektivligiga ishonch hosil qilmaydi. 
Hamshira bemorni kuzatishlari natijasidan shifokorni ogoh etishi, u bilan birga 
psixoterapevtik ta’sir qilish taktikasini ishlab chiqishi lozim. Operatsiya bo’lgan 
bemorlar bilan gaplashib endi operatsiya bo’ladigan bemorlarga operatsiya 
to’g’risida qo’rquvli gaplarni gapirishlarini oldini olish lozim. Operatsiyaga 
tayyorlash jarayonida bemor bilan yaxshi psixologik munosabat o’rnatish, u 
bilan suhbatda qo’rquv xarakterini va operatsiyadan nimaga qo’rqishini bilish 
lozim, bemorni tinchlantirish, keyingi davo muolajalariga munosabatini 
o’zgartirishga harakat qilish lozim. Ko’pchilik bemorlar narkozdan qo’rqishadi, 
umuman turmay qolaman, hushimni yo’qotaman, sirlarimni gapiraman va h.o. 
deb o’ylashadi. 


387 
Operatsiyadan keyin ham bir qancha muammolar yuzaga keladi. 
Operatsiyadan keyingi asoratlar yuzaga kelgan ba’zi bir bemorlarda har xil 
psixik buzilishlar kelib chiqishi mumkin. Xirurgik aralashuv va majburiy yotoq 
holati turli nevrotik va nevrozsimon buzilishlarni chaqirishi mumkin. Ba’zan 
operatsiyadan keyingi 2-3 kuni bemorlarda injiqlik, qo’zg’aluvchanlik paydo 
bo’ladi. Operatsiyadan keyingi asteniyada, ayniqsa asoratlar yuzaga kelganda 
o’tkir depressiv holatlar yuzaga kelishi mumkin. Qari, katta yoshli kishilarda 
operatsiyadan keyingi davrda o’tib ketuvchi galyutsinator va vahima holatlari 
rivojlanishi mumkin. Yomon sifatli o’sma bilan operatsiya bo’lgan bemorlar 
bilan muloqot qilish qiyin bo’ladi. Ular keyingi hayoti haqida qayg’urishadi, 
ko’p savollar berishadi. Ular bilan suhbatlashganda juda ehtiyot bo’lish lozim. 
Bemorlarni operatsiya yaxshi chiqqaniga, kelajakda ularga hech narsa xavf 
solmayotganini tushuntirish lozim. Ularni doimo mutaxassislar nazoratida 
bo’lishi, doimiy profilaktik davo olishlari kasallikni qaytalanishini oldini oladi. 
Bunaqa bemorlar bilan har kuni psixoterapevtik suhbatlar olib borish lozim.
Ota-onalar, asosan ona bolasi kasalini og’ir qabul qilishadi. Buni tushunsa 
bo’ladi, sababi: og’ir kasallangan bemor onasi ma’lum bir darajada psixik 
shikastlangan bo’ladi va uning reaksiyasi noadekvat bo’lishi mumkin, chunki 
“onalik instinkti” juda yaxshi rivojlangan bo’ladi. Shu sababli ham tibbiyot 
xodimlari tomonidan onalarga individual yondashish lozim. Ayniqsa 
kasalxonada og’ir bemorga qarab yotgan onalarga alohida e’tibor berish lozim. 
Ayolni nafaqat yaxshi so’z bilan tinchlantirish, balki uni dam olishi va 
ovqatlanishiga sharoit qilib berish, bolasi “yaxshi qo’llarda” ekanligiga va 
to’g’ri davo olayotganiga ishontirish lozim. Ona shifokor va hamshira 
tomonidan bajarilayotgan muolajalar kerakli va to’g’riligini tushunishi lozim. 
Kerak bo’lganda onani ba’zi bir muolajalarni qilishga o’rgatish mumkin, 
masalan ineksiya qilish, ingalyatsiya qilish va h.o.
Ko’pchilik ota-onalar tibbiyot xodimiga ishonch, yaxshi muomala bilan 
yondashishadi, ularning og’ir mehnatlariga rahmatlar aytishadi. Lekin ba’zan 


388 
“og’ir f’elli” ota-onalar ham uchraydiki, o’zining qo’polligi, yomon hulqi bilan 
tibbiyot xodimlarini bolasiga alohida e’tibor berishlarini talab qilishadi. Bunday 
ota-oanalar bilan tibbiyot xodimi ichki va tashqi bosiqlik bilan javob qilishalri 
lozim va bu holat bolaning yomon tarbiyasiga yaxshi ta’sir qiladi.
Tibbiyot xodimlariini bolani ko’rish va narsa (ovqat) olib kelish vaqtida 
ota-ona va bemor yaqinlari bilan suhbati katta ahamiyatga ega. Ish ko’pligiga 
qaramay shifokor hamma savollarga shoshmasdan javob berishga vaqt topishi 
lozim. Ota-ona bolasini tashxisini bilishda, davo muolajalarini to’g’riligini 
aniqlashtirayotganda ba’zi bir qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Bunday 
holatlarda hamshira bemor yaqinlari bilan suhbatda o’z kompetensiyasidan 
tashqariga chiqmasligi lozim. U kasallik simptomlari va kasallikning 
kutilayotgan natijalari to’g’risida gapirishga haqli emas. Hamshira kechirim 
so’rab ma’lumotlardan to’liq xabardor emasligi aytishi va bemor yaqinlarini 
davolovchi shifokorga yoki bo’lim mudiriga yuborishi lozim. 
Ota-onalar so’ziga ko’pam quloq solmaslik lozim, ularning noto’g’ri 
talablarini bajarish kerak emas, masalan ineksiyani to’xtatish, rejim va dietani 
o’zgartirish va h.o. talablarni shifokor asossiz bajarmasligi lozim. Bunday holat 
faqat bemorga yomonlik olib keladi va tibbiyotning insoniylik prinsiplariga va 
professionallikka to’g’ri kelmaydi. Bolalar bo’limida tibbiyot xodimlari ota-
onalar bilan muloqoti har doim emotsianal shaklda, uzviy aloqa holida va tez-tez 
bo’ladi. Tibbiyot xodimini bemor ota-onasi va yaqinlari bilan to’g’ri muloqoti 
tibbiyot xodimi – bemor bola – ota-ona orasidagi psixologik teng 
muvozanatlikni shakllantiradi. 

Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling