Vаzirligi bаrnо Turdiхоdjаеvnа Хаlmаtоvа, Mа’rif Shаkirоvich Kаrimоv, Аlishеr


Download 2.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/186
Sana11.10.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1698144
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   186
Bog'liq
TIBBIYOT KАSBIGА KIRISH

Bog’lamni kuzatish. Narkozdan uyg’onayotganda bemor qimirlab 
bog’lamni olib tashlashi yoki surib qo’yishi mumkin. Bu esa yaradan qon 
ketishiga yoki yara ifloslanib yiringlashiga olib kelishi mumkin. Ba’zida bola 
uxlab yotganda ham bog’lam qon bilan ifloslanib qolishi mumkin. Povyazka 
mojet propitat’sya krov’yu i pri spokoynom sostoyanii bol’nogo. Bunday 
holatlarda hamshira tezda shifokorni ogohlantirishi kerak va ifloslangan bog’lam 
almashtirilishi lozim.
Terini parvarishlashTerini noto’g’ri parvarishlasak suyak chiqib turgan 
joylarda yotoq yaralar paydo bo’lishi mumkin. Klinik jihatdan bu teri qizarishi 


393 
bilan namoyon bo’ladi. Keyinchalik bu sohada to’qima o’ladi, teri ko’chadi, 
to’qimalarni yiringli parchalanishi yuzaga keladi. Yotoq yaralar profilaktikasi: 
operatsiyadan keyingi davrda bemorni aktiv holatga keltirish, terini kamfora 
spirti bilan artib turish, massaj, tanani yumshatib turuvchi yumshoq doira 
balonchalarni ishlatish. Davolash: antiseptik eritma bilan tozalash, Vishnevskiy 
mazi bilan bog’lam qo’yish, 5% kaliy permanganat eritmasida yuvish. 
Defekatsiyadan keyin albatta oraliq soha yuvilishi lozim. Ayollarda defekatsiya 
bo’masa ham har kuni oraliq soha yuvilishi lozim.
Bolalar sovuq qotishga juda sezgir bo’lishadi. Shu sababli ham operatsiya 
xonasi, operatsiyadan keyingi xonada ham havo harorati 20-22°S bo’lishi kerak. 
Chala tug’ilgan va chaqaloqlarda alohida maxsus xonalar bo’lishi lozim. U 
yerda havo harorati 22-26°S bo’lishi kerak. Havo harorati 34-37°S bo’lgan 
ochiq yoki yopiq kyuvezlar bo’lishi ham maqsadga muvofiqdir.
Operatsiyadan keyin bemor narkozdan uyg’onguncha chalqancha 
gorizontal holatda yotishi lozim. Birdan bosh tomonini ko’tarish tavsiya 
etilmaydi, sababi bolani kollapsga tushishiga olib kelishi mumkin. 
Qusish paytida bemorni yonida kuzatib turish kerak. Bunday paytda bola 
boshini yonboshga burish lozim. Qusishdan keyin bemor og’zi paxta bilan 
artiladi. Operatsiyadan keyingi kuni tanani yuqori qismi 30° burchak ostida 
ko’tarilishi lozim. Asosan bu davrda drenaj naychalar va kateterlarga ehtiyot 
bo’lish kerak. Sababi bola ulardan tezroq xalos bo’lishni xohlaydi va qo’li bilan 
yulib tashlashi mumkin. 
Agar mahalliy og’riqsizlantirish ostida operatsiya bo’lgan bo’lsa suv 
(shirin choy) ichirish mumkin. Umumiy narkozda operatsiya bo’lgan bo’lsa 4-6 
soatdan keyin, shuningdek qusish bo’lmasa suyuqlik beriladi.
Bemorni ovqatlantirish 6-8 soatdan keyin boshlanadi. Ovqat turi, tarkibi 
bolani yoshiga, kasallik xarakteriga va operatsiya turiga bog’liq bo’ladi. Suv-tuz 
va oqsil o’rnini to’ldirishga, yetarli vitaminlar berishga katta ahamiyat beriladi. 


394 
Gaz chiqarish maqsadida har kuni orqa teshikka gaz chiqaruv naycha 
qo’yish tavsiya etiladi. 
Bolalardagi xususiyatlardan biri shuki, kichkina operatsiyalardan keyin 
ham tana harorati 40-41°Cgacha ko’tarilishi mumkin.
Shuningdek operatsiya bo’lgan bolalar talvasaga tushishga moyil 
bo’ladilar. Talvasa gipoksiya, giperkapniya, novokain dozasini oshirganda, 
gipertermiya holatida bosh miyani narkotik modddalar ta’sirida ta’sirlanishida 
yuzaga kelishi mumkin.
Hamshira har kuni asosiy funksional ko’rsatkichlarni yozib borishi lozim: 
puls, nafas, arterial bosim, harorat, ichilgan va chiqarilgan suyuqlik (siydik, 
plevra yoki qorin bo’shlig’idan chiqqan suyuqlik) miqdori.
Bemorni turishiga faqat shifokor ruxsat beradi. Hozirgi vaqtda operatsiya 
turi va og’irligiga qarab erta turish (2-3 sutkada) tavsiya etiladi.
Kichik operatsiyalardan keyin (appendektomiya, churrani kesish) choklar 
7-8-sutkada olinadi. Qorin bo’shlig’i (oshqozon rezeksiyasi, xoletsistektmoiya), 
ko’krak qafasi ochilgan (pulmoektomiya, lobektomiya) operatsiyalardan keyin 
choklar 9-10 sutkada olinadi. Choklar faqat tibbiy instrument yordamida 
olinadi, aseptik bog’lam qo’yiladi.
Operatsiyadan keyingi asorat o’tkazilgan operatsiyaga yoki narkozga 
bog’liq bo’ladi.

Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling