Vazirligi boshqarmasi
Download 0.88 Mb.
|
Til bayrami
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyachi: Yusupova Mehribon Mavzu
- Lisoniya mamlakatiga sayohat Bolalar
- Tarbiyachi
- Bola
- So‘zla, mazmuni bo‘lsin, Tingla, foydasi bo‘lsin. Tilga e’tibor – elga e’tibor.
- Undov-naynov
- So‘roq-baqaloq
- Lisoniya malikasi
Tarbiyachi:_Yusupova_Mehribon__Mavzu'>Tarbiyachi: Yusupova Mehribon Mavzu: “Ona tilim – jonu dilim” til bayrami. Tarbiyachi: “Davlat tili haqida”gi Qonun 1989 yil 21 oktabr kuni qabul qilingan. Qonun 30-moddadan iborat bo‘lib, o‘zbek tiliga davlat maqomining berilishi huquqiy jihatdan mustaxkamlaydi va respublika hududida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha muassasalar uchun majburiydir. Maqsad: Bolalarda ona tiliga bo‘lgan hurmatni shakllantirish, o‘zbek tili - davlat tili darajasiga ko‘tarilganligi, uning chiroyi va tomonlari haqida badiiy so‘z vositalaridan (so‘rov va undov gaplaridagi intonatsiya) foydalangan holda tushunchalarni mustaxkamlash. Lisoniya mamlakatiga sayohat Bolalar: nega indamay o‘tiribsan? Gapirsang-chi!? Tiling ravon, so‘zlaganing doston edi-ku?! Nima bo‘ldi, soqov bo‘lib qoldingmi? Tarbiyachi: Nima bo‘ldi? Nima janjal? Bola: bog‘cha bolasidan xafa bo‘lib o‘tiribman. Birdaniga indamas bo‘lib qoldi. Tilini yutib yuborganmi deb qo‘rqaman! Tarbiyachi: Bilasanmi, bog‘cha bolasini Lisoniya mamlakatiga olib borish kerak. U yerda tili chiqib ketadi. Bola: Lisoniya mamlakati?! U qanday mamlakat ekan? Tarbiyachi: “Lison” arabchada “til” ma’nosini bildiradi. Til mamlakatida dunyodagi barcha tillar vakillari to‘plangan. bog‘cha bolasiga faqat Lisoniya mamlakati malikasi yordam berishi mumkin. Bola: Siz bularni qayerdan bilasiz? Lisoniya mamlakatini qanday topamiz? Tarbiyachi: Maktabda ustozimiz o‘rgatgan. Buning yo‘li oson - “Til bilgan - yo‘l topar”. Til haqida 3 ta hikmat aytishimiz bilan biz Lisoniya mamlakatida hozir bo‘lamiz. Bola (tomoshabinlarga murojaat qiladi): Bolalar, yordamingiz kerak - ona tilimiz haqida hikmatlarni misol qilib keltiring? Eng shirin narsa ham, eng achchiq narsa ham til. Odob boshi – til. Til - dil kaliti. Tilni ko‘p bilgan, ko‘pni bilar. Tilni oz bilgan, o‘zini bilar. So‘zla, mazmuni bo‘lsin, Tingla, foydasi bo‘lsin. Tilga e’tibor – elga e’tibor. (2-ko‘rinish: musiqa sadolari yangraydi, sahna Lisoniya mamlakatini bildiruvchi ayrim o‘zgarishlar bilan to‘ldiriladi, ramziy eshik oldida So‘roq-baqaloq va Undov-naynov paydo bo‘ladi) Undov-naynov: Keling, marhamat! Lisoniya mamlakatiga xush kelibsiz! So‘roq-baqaloq: Kimsiz? Nega keldingiz? Bola: bog‘cha bolasi do‘stimiz gapirmay qoldi. Lisoniya malikasidan yordam so‘rab keldik. Undov-naynov: Mana, xaritani oling! Undan yo‘lni o‘zingiz izlab toping! Bola: Lisoniya mamlakatining manzili ko‘p ekan: Ingliz tili Nemis tili Fransuz tili Uyg‘ur tili
(3-ko‘rinish: bolalar yo‘lda davom etadilar. Yugurib, nuqsonchalar kirishadi) 1-Nuqsoncha: Hoy, teling-teling! Bizda mehmon bo‘ding! 2-Nuqsoncha: Tim dapilmas etan, men o‘dim udataman! Yasim chizdilaman, sel uldataman, titob ko‘lsataman! Bola: Xali Siz o‘qituvchi bo‘lmoqchimisiz? Tilingiz chuchuk-ku? So‘roq-baqaloq: Qani, qaysi biringiz tez aytishni aniq va tez ayta olasiz? (Nuqsonchalar bolalar bilan birga tez aytishni mashq qilishadi) Undov-naynov: Barakalla! Mana, Sizlar Lisoniya qasriga ham kirib keldingiz! Bu yerda bog‘cha bolasi, albatta, gapiradi! (4-ko‘rinish: bolalar Ona tili haqida she’rlar o‘qib berishadi. Musiqa sadolari ostida Lisoniya malikasi kirib keladi) Lisoniya malikasi: Aziz, bolajonlar! Ona tili manzili - mening qasrimga yetib keldingiz! Nega aynan shu manzilni tanladingiz? So‘roq-baqaloq: bog‘cha bolasi gapirmay qo‘yibdi. Axir, u o‘z ona tilini bilmay turib, maktabda qanday o‘qiydi? Lisoniya malikasi: To‘g‘ri, Ona tilini bilish kerak. U har bir inson ongi va qalbiga ona allasi bilan kiradi. (Alla yangraydi) Bog‘cha bolasi: Oyijon! Oyijon, qayerdasiz? Undov-naynov: Ana, gapirdi, gapirdi! Barakalla! Lisoniya malikasi: Juda yaxshi! Endi, bog‘cha bolasi, “ona” so‘zi bilan qo‘shib, iboralar tuzib gapir! bog‘cha bolasi: Ona tili, Ona Vatan, Ona diyor, Ona yurt. (Voy-voylab, Nuqsonchalar qochib ketadilar) Lisoniya malikasi: Ana, ko‘rdingizmi! bog‘cha bolasi chiroyli gapirib boshlagan edi - tildagi nuqsonlar yo‘qolib boraveradi. Bolalar, siz ham mashq qilishni to‘xtatmang. Harflarni, so‘zlarni o‘rganing, o‘qishdan saboq oling. Bugun o‘zbek tilimizga – Davlat maqomi berilgan. Uni Ona kabi, Vatan kabi e’zozlang. (5-ko‘rinish: bolalar bayramona she’r va qo‘shiq ijro etadilar) So‘roq-baqaloq: Hikoyamiz oxiriga yetdimi? Undov-naynov: Xuddi shunday! Lisoniya malikasi: Xayrlashadigan vaqt keldi. Ona tili mamlakati eshiklari, sir-sanoatlari sizlar uchun doimo ochiq. Bilingki, kelgusida – ona tili dunyodagi barcha tillarni o‘zlashtirishda sizlarga ko‘prik bo‘lib xizmat qiladi. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling