Vazirligi boshqarmasi


Download 0.88 Mb.
bet5/5
Sana12.11.2020
Hajmi0.88 Mb.
#144302
1   2   3   4   5
Bog'liq
Til bayrami




Tarbiyachi:_Yusupova_Mehribon__Mavzu'>Tarbiyachi: Yusupova Mehribon

Mavzu: “Ona tilim – jonu dilim” til bayrami.

Tarbiyachi: “Davlat tili haqida”gi Qonun 1989 yil 21 oktabr kuni qabul qilingan.

Qonun 30-moddadan iborat bo‘lib, o‘zbek tiliga davlat maqomining berilishi huquqiy jihatdan mustaxkamlaydi va respublika hududida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha muassasalar uchun majburiydir.



Maqsad: Bolalarda ona tiliga bo‘lgan hurmatni shakllantirish, o‘zbek tili - davlat tili darajasiga ko‘tarilganligi, uning chiroyi va tomonlari haqida badiiy so‘z vositalaridan (so‘rov va undov gaplaridagi intonatsiya) foydalangan holda tushunchalarni mustaxkamlash.

Lisoniya mamlakatiga sayohat

Bolalar: nega indamay o‘tiribsan? Gapirsang-chi!? Tiling ravon, so‘zlaganing doston edi-ku?! Nima bo‘ldi, soqov bo‘lib qoldingmi?

Tarbiyachi: Nima bo‘ldi? Nima janjal?

Bola: bog‘cha bolasidan xafa bo‘lib o‘tiribman. Birdaniga indamas bo‘lib qoldi. Tilini yutib yuborganmi deb qo‘rqaman!

Tarbiyachi: Bilasanmi, bog‘cha bolasini Lisoniya mamlakatiga olib borish kerak. U yerda tili chiqib ketadi.

Bola: Lisoniya mamlakati?! U qanday mamlakat ekan?

Tarbiyachi: “Lison” arabchada “til” ma’nosini bildiradi. Til mamlakatida dunyodagi barcha tillar vakillari to‘plangan. bog‘cha bolasiga faqat Lisoniya mamlakati malikasi yordam berishi mumkin.

Bola: Siz bularni qayerdan bilasiz? Lisoniya mamlakatini qanday topamiz?

Tarbiyachi: Maktabda ustozimiz o‘rgatgan. Buning yo‘li oson - “Til bilgan - yo‘l topar”. Til haqida 3 ta hikmat aytishimiz bilan biz Lisoniya mamlakatida hozir bo‘lamiz.

Bola (tomoshabinlarga murojaat qiladi): Bolalar, yordamingiz kerak - ona tilimiz haqida hikmatlarni misol qilib keltiring?

Eng shirin narsa ham, eng achchiq narsa ham til.

Odob boshi – til. Til - dil kaliti.

Tilni ko‘p bilgan, ko‘pni bilar.

Tilni oz bilgan, o‘zini bilar.

So‘zla, mazmuni bo‘lsin,

Tingla, foydasi bo‘lsin.

Tilga e’tibor – elga e’tibor.

(2-ko‘rinish: musiqa sadolari yangraydi, sahna Lisoniya mamlakatini bildiruvchi ayrim o‘zgarishlar bilan to‘ldiriladi, ramziy eshik oldida So‘roq-baqaloq va Undov-naynov paydo bo‘ladi)



Undov-naynov: Keling, marhamat! Lisoniya mamlakatiga xush kelibsiz!

So‘roq-baqaloq: Kimsiz? Nega keldingiz?

Bola: bog‘cha bolasi do‘stimiz gapirmay qoldi. Lisoniya malikasidan yordam so‘rab keldik.

Undov-naynov: Mana, xaritani oling! Undan yo‘lni o‘zingiz izlab toping!

Bola: Lisoniya mamlakatining manzili ko‘p ekan:

Ingliz tili Nemis tili

Fransuz tili Uyg‘ur tili

So‘roq-baqaloq: Ona tili, o‘zbek tili manzili bor ekanmi?

Bola: Mana – bor. Bu tomonga yurishimiz kerak ekan.

(3-ko‘rinish: bolalar yo‘lda davom etadilar. Yugurib, nuqsonchalar kirishadi)



1-Nuqsoncha: Hoy, teling-teling! Bizda mehmon bo‘ding!

2-Nuqsoncha: Tim dapilmas etan, men o‘dim udataman! Yasim chizdilaman, sel uldataman, titob ko‘lsataman!

Bola: Xali Siz o‘qituvchi bo‘lmoqchimisiz? Tilingiz chuchuk-ku?

So‘roq-baqaloq: Qani, qaysi biringiz tez aytishni aniq va tez ayta olasiz?

(Nuqsonchalar bolalar bilan birga tez aytishni mashq qilishadi)



Undov-naynov: Barakalla! Mana, Sizlar Lisoniya qasriga ham kirib keldingiz! Bu yerda bog‘cha bolasi, albatta, gapiradi!

(4-ko‘rinish: bolalar Ona tili haqida she’rlar o‘qib berishadi. Musiqa sadolari ostida Lisoniya malikasi kirib keladi)



Lisoniya malikasi: Aziz, bolajonlar! Ona tili manzili - mening qasrimga yetib keldingiz! Nega aynan shu manzilni tanladingiz?

So‘roq-baqaloq: bog‘cha bolasi gapirmay qo‘yibdi. Axir, u o‘z ona tilini bilmay turib, maktabda qanday o‘qiydi?

Lisoniya malikasi: To‘g‘ri, Ona tilini bilish kerak. U har bir inson ongi va qalbiga ona allasi bilan kiradi.

(Alla yangraydi)



Bog‘cha bolasi: Oyijon! Oyijon, qayerdasiz?

Undov-naynov: Ana, gapirdi, gapirdi! Barakalla!

Lisoniya malikasi: Juda yaxshi! Endi, bog‘cha bolasi, “ona” so‘zi bilan qo‘shib, iboralar tuzib gapir!

bog‘cha bolasi: Ona tili, Ona Vatan, Ona diyor, Ona yurt.

(Voy-voylab, Nuqsonchalar qochib ketadilar)



Lisoniya malikasi: Ana, ko‘rdingizmi! bog‘cha bolasi chiroyli gapirib boshlagan edi - tildagi nuqsonlar yo‘qolib boraveradi. Bolalar, siz ham mashq qilishni to‘xtatmang.

Harflarni, so‘zlarni o‘rganing, o‘qishdan saboq oling. Bugun o‘zbek tilimizga – Davlat maqomi berilgan. Uni Ona kabi, Vatan kabi e’zozlang.



(5-ko‘rinish: bolalar bayramona she’r va qo‘shiq ijro etadilar)

So‘roq-baqaloq: Hikoyamiz oxiriga yetdimi?

Undov-naynov: Xuddi shunday!

Lisoniya malikasi: Xayrlashadigan vaqt keldi. Ona tili mamlakati eshiklari, sir-sanoatlari sizlar uchun doimo ochiq. Bilingki, kelgusida – ona tili dunyodagi barcha tillarni o‘zlashtirishda sizlarga ko‘prik bo‘lib xizmat qiladi.
Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling