Vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti mamajanov r. Y., Rajabov t. J., Saidaxmedov e. I kiberxavfsizlik asoslari


-modda. Kiberxavfsizlik sohasida ilmiy-texnik va innovatsion


Download 7.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/93
Sana06.11.2023
Hajmi7.29 Mb.
#1752120
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   93
Bog'liq
anteplaget

33-modda. Kiberxavfsizlik sohasida ilmiy-texnik va innovatsion
faoliyatni qo‘llab-quvvatlash
Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va xo‘jalik
yurituvchi subyektlar tomonidan kiberxavfsizlik sohasidagi ilmiy-texnik va
innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash quyidagilar vositasida amalga oshiriladi:
ilmiy-tadqiqot,
tajriba-konstruktorlik
va
texnologik
ishlarni
davlat
buyurtmasi doirasida bajarish uchun buyurtmalarni joylashtirish;
investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonida amalga oshiriladigan
ilmiy-tadqiqot, konstruktorlik va texnologik ishlarni moliyalashtirish uchun
kiberxavfsizlik subyektlariga subsidiyalar ajratish;
innovatsion mahsulotlarga bo‘lgan talabni, shu jumladan davlat ehtiyojlari
uchun
sotib
olinadigan
tovarlarning
(ishlarning,
xizmatlarning)
maqbullashtirilishini rag‘batlantirish;


kiberxavfsizlik
darajasini
yaxshilash
bo‘yicha
loyihalarni
amalga
oshiradigan, shu jumladan mavjud ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda
xizmatlar ko‘rsatish borasidagi innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanadigan
tashkilotlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish;
kiberxavfsizlik sohasida ilmiy, ilmiy-texnik va innovatsion faoliyatni amalga
oshirish hamda muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining kiberxavfsizligini
ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish;
kiberxavfsizlikni ta’minlash bilan bog‘liq davlat xaridlarini amalga
oshirishda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotga ustuvorlik berish.
34-modda. Kiberxavfsizlikni ta’minlash sohasidagi kadrlar salohiyatini
rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash
Davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarning va
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kiberxavfsizlikni ta’minlash sohasidagi kadrlari
salohiyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash quyidagilar vositasida amalga
oshirilishi mumkin:
kiberxavfsizlikni ta’minlash sohasidagi kadrlarni qayta tayyorlash va
ularning malakasini oshirish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarga
moliyaviy, axborot-maslahat yordami ko‘rsatish;
kiberxavfsizlikni ta’minlash sohasida o‘quv-uslubiy va ilmiy-pedagogik
yordam ko‘rsatish.
Muhim axborot infratuzilmasi subyektlarining kiberxavfsizlikni ta’minlash
uchun mas’ul bo‘lgan xodimlari xalqaro standartlarga hamda davlat standartlariga
va talablariga muvofiq o‘z malakasini doimiy asosda oshirib borishi kerak.

Download 7.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling