Vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti mamajanov r. Y., Rajabov t. J., Saidaxmedov e. I kiberxavfsizlik asoslari
Download 7.29 Mb. Pdf ko'rish
|
anteplaget
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 BOB. KIBERXAVFSIZLIK ARXITEKTURASI, STRATEGIYASI VA SIYOSATI 2.1 Kiberxavfsizlik arxitekturasi va strategiyasi
Nazorat savollari
1. Kiberxavfsizlikning hayotiy timsollari va ularning vazifalari. 2. Kiberxavfsizlik tushunchasiga ta’rif bering. 3. Kiberxavfsizlikning asosiy tushunchalari. 4. Axborotning konfidensialligini taminlash deganda nimani tushunasiz? 5. Axborotni yaxlitligini taminlash deganda nimani tushunasiz? 6. Axborot uchun foydalanuvchanlikning muhimligi. 7. Risk va uning kiberxavfsizlikdagi o‘rni. 8. Hujumchi kabi fikrlash nima uchun zarur? 9. Tizimli fikrlash nima va u nima uchun zarur? 10.Axborot xavfsizligi va axborotni himoyalash tushunchalarining bir- biridan farqi nimada? 11.Aktiv nima? 12.Tahdid va zaiflik tushunchalariga izoh bering. 13.Axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik tushunchalarining birbiridan farqi nimada? 14.Kiberxavfsizlikning bilim sohalari va ularning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat? 15.Kiberxavfsizlikda inson omilini misollar yordamida tushuntiring. 16.Kiberjinoyatni amalga oshirishdan ko‘zlangan maqsadlar. 17.Kiberjinoyatchilikning asosiy turlari. 18.Kiberetika tushunchasiga izoh bering va ularga misollar keltiring. 19.Kompterdan foydalanish davomida qanday etika qoidalarga e’tibor berish talab qilinadi? 20.Kiberjinoyatchilikni oldini olish usullari va kiberqonunlar haqida ma’lumot bering. 21.“Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunda axborotdan foydalanish tartiblari haqida nimalar deyilgan? 2 BOB. KIBERXAVFSIZLIK ARXITEKTURASI, STRATEGIYASI VA SIYOSATI 2.1 Kiberxavfsizlik arxitekturasi va strategiyasi Zamonaviy tijorat oldida murakkab masalalar to‘plami ko‘ndalangki, beqaror iqtisodiy vaziyatda ularning dolzarbligi yanada oshadi. Bunday masalalarga quyidagilarni kiritish mumkin: - daromadning oshishi; - o‘zgaruvchi vaziyatlarga reaksiya tezligining oshishi; - harajat va chiqimlarning pasayishi; - raqobatlik qobiliyatining oshishi; - me’yoriy talablarga moslikni taminlash. Yuqorida keltirilgan barcha masalalarni yechishda korxona arxitekturasidan foydalaniladi (2.1-rasm). Korxona arxitekturasi prinsiplar, yondashishlar va texnologiyalar naborini shakllantirishga imkon beradiki, ular tashkilotning joriy holatini hisobga olgan holda uning kelgusi transformasiyasi, o‘sishi va rivojlanishi asosini belgilaydi. 2.1-rasm. Korxona arxitekturasi va uning boshqa arxitekturalari bilan bog‘liqligi. Hozirda bunday arxitekturalarni yaratishda bir necha yondashishlar mavjud, masalan TOGAF, Zachman Framework, FEAF, DoDAF va h. Ammo, qaysi bir yondashish tanlanmasin, hozirgi sharoitda axborotdan va axborot tizimidan foydalanmay rivojlanish mumkin emas. Axborot va axborot tizimlari nafaqat tijoratdagi har qanday o‘zgarishlarni madadlaydi, balki ularni oldindan sezadi, ularga oldindan tayyorlanadi, ba’zi xollarda esa yangi tijorat-imkoniyatlarining paydo bo‘lishiga yordam beradi. Biroq tijorat doimo istalgancha rivojlanmaydi. Bunda ma’lumotlarning sirqib chiqishi, axborot texnologiyalari infrastrukturasi elementlarining ishdan chiqishi va h. bilan bog‘liq axborot operatsion risklar anchagina rol o‘ynaydi. Hozirgi va kelajak risklarga tayyor bo‘lish uchun korxonaning boshqa arxitekturalari bilan uzviy bog‘langan axborot xavfsizligi arxitekturasi zarur. Kiberxavfsizlik arxitekturasi- jarayonlarni, inson rolini, texnologiyalarni va turli xil axborotni tavsiflaydi, hamda zamonaviy korxonaning murakkabligini va o‘zgaruvchanligini hisobga oladi. Boshqacha aytganda, kiberxavfsizlikning arxitekturasi tashkilotning va u bilan bog‘liq boshqa komponentlar va interfeyslarning istalgan axborot xavfsizligi tizimi xolatini tavsiflaydi. Bunda axborot xavfsiziligi arxitekturasi tijoratning joriy va eng muhimi, kelgusidagi ehtiyojini akslantiradi. Odatda arxitekturaning 3 ta sathi ajratiladi – konseptual, mantiqiy va Download 7.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling